MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
295
ENDI ESHTISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR HAM
ESHITA OLADI
Xujamova Asal Qudrat qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Special pedagogy fakulteti talabasi
+998970103479
Annotatsiya: Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning
kasalligining aniqlash tarixiy taraqqiyoti, diagnostika metodlarning evolyutsiyasi
hamda zamonaviy tibbiy-amaliy yondashuvlar tahlil qilinadi,eshitish nuqsonlarini
erta aniqlash bola rivojlanishini va ijtimoiy integratsiyasi uchun hal qiluvchi
omildir.Maqolada
qadimgi
davrdan
tortib
hozirgi
zamon
audiologik
texnologiyalarigacha bo’lgan bosqichlar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: eshitish nuqsoni, audiometriya, neonatal skrining, koxlear
implant.
Аннотация: В статье анализируется историческое развитие
диагностики потери слуха у детей, эволюция методов диагностики,
современные медицинские и практические подходы. Раннее выявление потери
слуха является важнейшим фактором развития и социальной интеграции
ребенка. В статье рассматриваются этапы от древних времен до
современных аудиологических технологий.
Ключевые слова: потеря слуха, аудиометрия, неонатальный скрининг,
кохлеарный имплант.
Abstract: This article analyzes the historical development of the diagnosis of
hearing loss in children, the evolution of diagnostic methods, and modern medical
and practical approaches. Early detection of hearing loss is a crucial factor for the
development and social integration of a child. The article covers the stages from
ancient times to modern audiological technologies.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
296
Key words: hearing loss, audiometry, neonatal screening, cochlear implant.
Eshitish qobilyati bolaning nutq,kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida ro’l
o’ynaydi.Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra,dunyoda har
1000 chaqaloqlardan taxminan 1-3nafari tug’ma eshitish nuqsoni bilan
tug’iladi.Qadimgi jamiyatlarda eshitish nuqsoni ko’pincha aqli zaiflik bilan
bog’langan.Biroq 16-asrda Ispaniyalik olim Pedro Ponce de Leon ilk bor kar bolalarni
o’qitishga harakat qiladi.O’zimizning Turkiy davlatlarda qadimda eshitishida nuqsoni
bo’lgan odamlardan podshox va amaldorlar uchun xizmat ko’rsatuvchi sifatida
foydalanishgan.Sababi podshox va amaldorlar o’zaro suhbatlashayotganlarida
ularning suhbatini bu xizmatchilar eshita olmas edilar va sirlaridan voqif bo’la olmas
edilar.Qolaversa eshitishida nuqsoni bor bo’lgan insonlardan josus sifatida ham
foydalanishgan.Chunki bunday insonlarni ko’rish analizatori yaxshi rivojlanganligi
sababli ular masofadan turib ikki kishining suhbatini qiyinchiliksiz labdan o’qib bera
olishgan.20-asrda audiometriya keng qo’llanila boshlandi.1950-1960-yillarda
elektron audiometrlar yordamida eshitish darajasi aniq o’lchana boshlandi.1970-
1980-yillarda esa miya ustuni eshitish javobi (ABR)va otoakustik emissiyalar
(OAE)orqali bolalarda obyektiv tashxis qo’yish mumkin bo’ladi.1990-yillardan
boshlab ko’plab rivojlangan mamlakatlarda yangi tug’ilgan chaqaloqlarda eshitishni
skrining qilish dasturlari yo’lga qo’yildi.Bu dastur eshitish nuqsonini hayotining
dastlabki 6oyida aniqlash imkonini beradi,bu esa rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.1993-yildan boshlab AQSHda har bir yangi tug’ilgan chaqaloqlar eshitish
tekshiruvlaridan o’tkazilishi belgilandi.Bu orqali tug’ma eshitish nuqsonlarni erta
aniqlanib,reabilitatsiya erta boshlangan. 2000-yillarda eshitishida nuqsoni bo’lgan
shaxslarning huquqlari e’tirof etildi. 1990-2000-yillarda o’zbekistonda maxsus
korreksion maktablar kuchaytirildi.Masalan Toshkentdagi 101-sonli maxsus maktab
internati.Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun logopedik va surdopedagogik
xizmatlar yo’lga qo’yildi.Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya
markazida koxlear implantatsiya bo’yicha ilk amaliyotlar o’tkazildi.Ba’zi hollarda
xorijga implantatsiya uchun bolalar yuborilgan.2010-yildan boshlab davlat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
297
tomonidan eshitish apparatlari va implantatsiya jarayoni uchun kvotalar ajratila
boshlandi.
2020-yil va undan keyin inklyuziv ta’lim bo’yicha davlat dasturlari joriy
qilindi.Eshitish nuqsoni bo’lgan bolalarning umumiy o’quv maktablarida o’qishiga
ruxsat berildi.
Kasallik kelib chiqish davriga to’xtaladigan bo’lsak, asosiy uch davrga
bo’linadi:
1)Perenatal-ya’ni tug’riqdan oldingi omillar.
2)Notal-tug’riq paytidagi omillar.
3)Postnatal-tug’riqdan keying omillar.
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga
keladi.Masalan:meningit,skormotika,otit,gripp
kasalliklarini
infeksion-yuqumli
kasalliklar qatoriga kirishi mumkin.Eshitish buzilishlari ichki,o’rta,tashqi quloqlarni
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan
bo’lsa ko’p holatlarda karlik,agar o’rta quloq shikastlangan bo’lsa eshitish pasayishi
kuzatiladi.Maktab davrida ovoz tassurotlarining yuqori chastotasi ham eshitish
qobilyatini pasayishiga olib keladi.Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishga
xomiladorlikni noqulay davom etishi,onaning virusli kasalliklari ham muhim ro’l
o’ynaydi.Eshitish
buzilish
sabablari
eshitish
sezgilarini
tug’ma
deformatsiyasi,eshitish
nervining atrofi,ximik zaharlanish,tug’ish davridagi
travmalar,mexanik travmalar,kuchli ovoz ta’sirotlarining akustik ta’siroti bo’lishi
mumkin.Eshitishning qat’iy buzilishi burun va halqum (adenoid,xronik
shamollash)kasalliklari natijasida ham kuzatiladi.Bu kasallik chaqaloqlik chog’ida
jiddiy xavf soladi.Eshitish pasayishiga ta’sir qiluvchi omillar orasida ototopsik
preporatlar asosan antibiotiklar muhim o’ringa egadir.Eshituv funksiyasi buzilishi
asosan chaqaloqlik davrida ko’p uchraydi.L.V.Neyman eshitish buzilishlari 70%ni
bolaning 2-3yoshlarida kuzatilishini e’tirof etib o’tadi.Bola hayotining keyingi
yillarida eshitishni pasayishi ham kuzatiladi.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni
ta’lim-tarbiyasida qoldirilgan yillar,yuqori sinflarida kompensatsiya qilina
olmaydi.Buzulishlarni bartaraf qilish uchun uzoq muddat,kuch talab etiladi.Ruxiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
298
rivojlanish jarayonida birlamchi va ikkilamchi buzilishlar o’rtasidagi psixik
munosabatlar buzuladi.Ta’lim jarayonidagi datlabki to’siq-bu birlamchi nuqson
sanaladi.Keyingi bosqichlarda psixik rivojlanishi buzilishdagi ikkilamchi nuqsonlar
bolaning ijtimoiy adaptatsiyasiga to’sqinlik qiladi.
Eshitish nuqsonlarning turlari
-uch asosiy turga bo’linadi:
1)Ovoz o’tkazuvchi eshitish yo’lining shikastlanishi (konduktiv eshitish
nuqsoni)-tashqi yoki o’rta quloqda muamo bo’ladi
2)Sensorinerval eshitish nuqsoni-ichki quloq yoki eshitish nervidagi nuqson
3)Aralash(mikst)eshitish
nuqsoni-konduktiv
sensorinerval
eshitish
nuqsonlarning kombinatsiyasi.
Endi mavzuyimizning asosiy qismiga o’tadigan bo’lsak: Eshitishida nuqsoni
bo’lgan bolalar ham eshita oladi.Ho’sh bu qanday amalga oshadi.Koxlear implantli
bolalar haqida eshitganmisiz?
Koxlear implant
-bu chuqur yoki to’liq eshitish qobilyatini yo’qotgan
bolalarda eshitish va nutqni rivojlantirish imkonini beruvchi maxsus tibbiy-texnik
moslama.U odatiy eshitish apparatlaridan farq qiladi,chunki eshitish nervini bevosita
elektr stimulyatsiya qiladi.Koxlear implantli bolalar o’z vaqtida to’g’ri reabilitatsiya
qilinsa,eshitishni o’rganib,nutqni shakllantirishi mumkin.
Koxlear implant nima?-
bu ikki qismdan iborat:
Tashqi qism
(protsessori):
Mikrofon
Nutq protsessori
Transmitter(signallarni yuboruvchi qurilma)
Ichki qism
(implant):
Jarrohlik yo’li bilan quloq ichiga o’rnatiladi.
Elektrodlar majmuasi-eshitish nervini stimulyatsiya qiladi.
Oddiy eshitish apparatlari tovushni kuchaytiradi,koxlear implant esa tovushni
kodlab,eshitish nerviga elektr impuls sifatida yuboriladi.
Koxlear implant kimlar uchun mo’ljallangan?
-Quyidagi holatlarda
qo’llaniladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
299
Chuqur sensorinerval eshitish nuqsoni (ikkala quloqda)
Oddiy eshitish apparati foyda bermagan hollarda
Eshitish nervi saqlanib qolgan bo’lsa
Quloqning ichki tuzilmasi implantatsiyaga yaroqli bo’lsa
Bola 6oydan 5yoshgacha bo’lsa ertaroq qo’yilsa natijasi yaxshi bo’ladi
hamda 5yoshgacha bo’lgan bolalar uchun implantatsiya jarrohligi mutlaqo bepul
amalga oshiriladi.
Koxlear implantatsiya jarayoni:
1)Tibbiy
tekshiruvlar-(audiologik
testlar,MR/KT,eshitish
apparati
samaradorligi tahlili)
2)Maxsus pedagogik va psixologik baholash
3)Jarrohlik amaliyoti-umumiy narkoz ostida,2-4soat davom etadi
4)Operatsiyadan keying reabilitatsiya:
Koxlear implantdan keying rivojlanish
-Implant o’zi bilan eshitishni tiklab
bermaydi eshitishni o’rganish va nutqni shakllantirish kerak bo’ladi.Bunda
quyidagilar muhim:
Audiologik reabilitatsiya:
Tovushlarni eshitishni o’rganish
Farqlash,ajratish,tanish tovushlarga javob berish
Logopedik mashg’ulotlar:
Og’zaki nutqni rivojlantirish
Tovush,so’z,gap tuzilmalari ustida ishlash
Surdopedagogik qo’llab-quvvatlash:
Maxsus o’qituvchilar yordamida individual mashg’ulotlar.
Koxlear implantning afzalliklari:
Eshitish qobilyatini yaxshilaydi.
Nutq va til rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi.
Bolaga o’z atrofini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Ijtimoiy integratsiyani oshiradi.
Kamchilik va cheklovlari:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
300
Koxlear implantni qo’yish jarrohlik operatsiyasi bo’lib,ba’zi xavflar bor
Implant hech qachon tabiiy eshitish darajasiga yetkazmaydi.
Ba’zida texnik muamolar,nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.
Reabilitatsiya uzoq vaqt va mehnat talab qiladi.
Statistika (Jahon va O’zbekiston bo’yicha)
Jahonda:
2024-yil holatiga ko’ra,dunyoda 750 000 dan ortiq bola koxlear implant
qilinadi.
Har yili taxminan 40 000 yangi holat aniqlanadi.
AQSHda har yili 12 000 dan ortiq bola eshitish implantatsiyasini oladi.
O’zbekistonda:
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya markazida har yili
50-100 bola implantatsiyadan o’tadi.
Ayrim bolalar uchun jarrohlik xarajatlarini davlat yoki xayriya
tashkilotlari qoplaydi.
Davolash usullari.
Tibbiy va jarrohlik davolash:
Dorivor terapiya-
quloq yallig’lanishlari,infeksiyalar va boshqa tibbiy
sabablar dorilar bilan davolanadi.
Jarrohlik aralashuvi:
Quloq supralarni ochish (timpanotomiya).
O’rta quloq protezlari qo’yish.
Koxlear implantatsiya-chuqur eshitish nuqsoni bo’lsa maxsus apparat
o’rnatiladi.
Eshitish moslamalari bilan ta’minlash:
Eshitish apparatlari-
ovozni kuchaytirib,eshitishni yaxshilaydi.
Koxlear implant-
agar oddiy eshitish apparatlari foydasiz bo’lsa,ichki
quloqqa joylashtiriladi.
Nutq terapiyasi (logopedik mashg’ulotlar):
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
301
Eshitish qobilyatini cheklangan bolalar ko’pincha nutqni to’g’ri
o’zlashtira olmaydi,shuning uchun logoped bilan ishlash muhim.
Imo-ishora tili yoki alternativ kommunikatsiya usullari:
Og’ir eshitish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun.
O’zbekcha imo-ishora tili,muloqot kartalari yoki elektron qurilmalar
orqali aloqa qilish o’rganiladi.
Agar bolada eshitish nuqsoni bor deb gumon qilinsa,quyidagi mutaxasislarga
murojat qilish zarur:
Audiolog-eshitish tekshiruvini o’tkazadi.
LOR(otorinolaringolog)-eshitish tizimi holatini baholaydi.
Logoped-nutq rivojini baholaydi.
Surdopedagog-eshitish va nutq rivojini qo’llab-quvvatlaydi.
Xulosa:
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar jamiyatda o’ziga xos
qiyinchiliklarga duch keladi.Ularning til va kommunikatsiya rivojlanishidagi
muamolari,ijtimoiy moslashuvda cheklovlar yaratishi mumkin.Shuning uchun
bunday bolalarga erta tashxis qo’yish,maxsus ta’lim va reabilitatsiya usullarini
qo’llash juda muhimdir.Zamonaviy texnalogiyalar va maxsus metodikalarning
yordamida eshitish qobilyatini yaxshilash va bolalarning hayot sifatini oshirish
imkoniyati mavjud.Jamiyat esa ularga nisbatan tushuncha va qo’llab-quvvatlovchi
muhit yaratilishi lozim.Shu bilan birga,ota-ona va pedagoglarning faol ishtiroki
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ijtimoiy hayotga to’liq integratsiyasida hal
qiluvchi ahamiyatga ega.Zamonaviy audiologiya va maxsus pedagogika
yondashuvlari,jumladan,audioprotetik vositalar,maxsus o’quv dasturlari hamda
logopedik yordam orqali bu bolalarning nutq va eshitish qobilyatlarini yaxshilash
mumkin.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ruhiy tuzilishlarini bartaraf etish,uning
birlamchi nuqsonni ikkilamchi va uchlamchi nuqsonni yuzaga keltirilganligi maxsus
tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.Eshitishida nuqsoni bor
bolalarga gapirishni qisman bo’lsada logopedlar o’rgatadi.Ortikulatsion apparat bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
302
qo’l baravar ishlaydi.So’ngra qiynalmasdan asta sekin gapirishni yo’lga qo’yishi
mumkin.
Koxlear implantli bolalar uchun erta tashxis va tezkor aralashuv ularning
eshitish va nutq rivojlanishida katta o’zgarishlarga sabab bo’ladi.Koxlear implant
texnologiyasi eshitish qobilyatini sezilarli darajada yaxshilab,bolalarning til o’rganish
va ijtimoiy muhitga integratsiyasiga imkon yaratadi. Shu bilan birga,muvaffaqiyatli
natijalarga erishish uchun doimiy reabilitatsiya,maxsus pedagogik yordam va ota-
onalar bilan yaqindan hamkorlik muhim ahamiyatga egadir.
Koxlear implant bolalarning nafaqat eshitish qobilyatini,balki o’ziga xos
bo’lgan ishonchini oshiradi,ularni jamiyatda faol ishtirok etishiga undaydi. Bu
texnalogiya orqali bolalar imkoniyatlari kengayib,ularning ta’lim olish va ijtimoiy
moslashuvidagi qiyinchiliklari kamayadi. Shuning uchun koxlear implantli bolalar
uchun tizimli yondashuv va maxsus dasturlarni rivojlantirish,ularning hayot sifatini
yaxshilashda muhim ro’l o’ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
2.
3.
4.
5.