MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
288
OLIY TA’LIM TIZIMIDA TASVIRIY SAN’AT
O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH: AN’ANAVIY
YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TALABLAR
Babadjanov Axmadjon Xudayberdievich
Guliston davlat universiteti, San’atshunoslik fakulteti decani
Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san’atning o‘tkazilgan rivojlanish
jarayoni, uning ta’lim sohasidagi roli va ahamiyati haqida so‘z boradi. Maqolada
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda yuzaga kelayotgan
qiyinchiliklar, xususan, ta’lim tizimidagi kamchiliklar va o‘quvchilarni ijodiy
salohiyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Oliy o‘quv
yurtlarida tasviriy san’at ta’limini zamonaviy talablarga moslashtirish, yangi
texnologiyalarni o‘qitishga integratsiyalash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
zarurligi ta’kidlanadi. Buning natijasida, o‘quvchilarni estetik va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish
maqsadida an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarurati
o‘rtaga chiqadi. Shuningdek, tasviriy san’at o‘qituvchilarining pedagogik
kompetensiyasini rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarining o‘quv
dasturlarini takomillashtirish lozimligi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: San'at ta'limi, badiiy tayyorgarlik, kompetentlik, ijodiy tafakkur,
oliy ta'lim, tasviriy san'at, pedagogika, ijodiy salohiyat, talaba tajribasi,
san'atshunoslik, tasviriy san'at maktablari, ta'lim tizimi
Annotation: This article discusses the development process of visual arts, its
role and importance in the field of education. It analyzes the challenges faced in
preparing future visual arts teachers, particularly the shortcomings in the education
system and factors influencing the development of students' creative potential. The
article emphasizes the need to adapt visual arts education in higher educational
institutions to modern requirements, integrate new technologies into teaching, and
foster international cooperation. As a result, the necessity of combining traditional
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
289
and modern approaches arises in order to develop students' aesthetic and creative
abilities and enhance their interest in art. Additionally, the article addresses the need
to improve the curricula of higher education institutions to develop the pedagogical
competencies of visual arts teachers.
Keywords: Art education, artistic preparation, competence, creative thinking,
higher education, visual arts, pedagogy, creative potential, student experience, art
studies, visual arts schools, education system.
Аннотация: В статье рассматривается процесс развития
изобразительного искусства, его роль и значимость в сфере образования.
Анализируются проблемы, с которыми сталкиваются при подготовке будущих
преподавателей изобразительного искусства, в частности, недостатки в
системе образования и факторы, влияющие на развитие творческого
потенциала студентов. Подчеркивается необходимость адаптации обучения
изобразительному искусству в высших учебных заведениях к современным
требованиям, интеграции новых технологий в преподавание и развития
международного сотрудничества. В результате возникает необходимость
сочетания традиционных и современных подходов для развития эстетических
и творческих способностей студентов, а также повышения их интереса к
искусству. Кроме того, в статье говорится о необходимости
совершенствования учебных программ высших учебных заведений для развития
педагогических компетенций преподавателей изобразительного искусства.
Ключевые слова: Художественное образование, художественная
подготовка, компетентность, творческое мышление, высшее образование,
изобразительное искусство, педагогика, творческий потенциал, опыт
студентов,
искусствоведение,
школы
изобразительного
искусства,
образовательная система.
Oʻlkamiz oʻtmishida tasviriy sanʼat keng koʻlamli taraqqiy etgan boʻlib, har
bir davr oʻz mazmuni, shakli xarakteri jihatidan alohida maktablarni yuzaga keltirgan.
Albatta, bu oʻtmish, maktablarining oʻziga xos anʼana va uslublari mavjud edi. Ammo
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
290
rassom pedagoglar tayyorlashdagi tasviriy sanʼat taʼlimi mazmuni va ustoz
rassomlarning bu boradagi faoliyati, ijodiy yutuqlari, shuningdek, tarixi haqida
qancha gapirsak, oʻrgansak, shuncha oz. San’at ta’limi sohasidagi oliy o‘quv
yurtlarida tasviriy san’at yo‘nalishlaridagi o‘qitish tizimida yuzaga kelayotgan
muammolarning dolzarbligi shundaki, u bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy salohiyati
va malakasini shakllantirishga bevosita ta’sir qilmoqda. Xususan, oliy o‘quv
yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning tasviriy san’at sohasidagi bilimlarining
tobora pasayib borayotganligi muammolardan biri sifatida olishimiz mumkin. Bu
umumta’lim maktablarida ushbu fanga yetarlicha e’tibor berilmaganligi, holbuki, bu
fan oʻquvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, estetik hissiyotlarini
rivojlantirishda va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda katta ahamiyatga egadir.
Shuningdek, ko‘pchilik o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarida tasviriy san’at bilan
shug‘ullanishlari uchun ta’lim muassasalarida yetarlicha imkoniyat yo‘qligidadir.
Jahon miqyosida bo‘lajak mutaxassis, jumladan pedagog kadrlarni tayyorlash
jarayonida ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotining uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim
mazmunini san’atshunoslik asosida va hayotiy tajribalarga asoslangan o‘quv
materiallari asosida tizimlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini
san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini tarkib toptirishning tasviriy san’at
texnologiyalarini rivojlantirishni talab etadi. Bolonya jarayoni mutaxassislar
tayyorlash mazmunini integratsiyalash va ta’limdagi hamkorlikni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishi sifatida bitiruvchilarda umumiy va maxsus, shu jumladan, bo‘lajak
tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirishni taqozo etmoqda. Respublikamizda bo‘lajak tasviriy san’at
o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish
mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini
san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish bo‘yicha o‘quv
materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, bo‘lajak
tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini
shakllantirish tashkiliy-texnologik tizimini takomillashtirish muhim vazifa sifatida
belgilanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
291
Tasviriy san’at jamiyatning madaniy ongini va estetik idrokini
shakllantirishda muhim o‘rin tutishi bois ushbu sohani rivojlantirish natijasida milliy
madaniy merosni saqlash va boyitish, jahon iqtisodiyoti va madaniy almashinuvlar
sharoitida oliy ta’lim bitiruvchilari jahon miqyosida muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishlari uchun tasviriy san’at sohasida raqobatbardosh ko‘nikma va bilimlarga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun oliy
o‘quv yurtlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarni
tayyorlash va malakasini oshirish, zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash,
tizim bilan bog‘liq tashkilotlar va ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirishga
e’tibor qaratishlari kerak. San’at pedagogikasi sohasida bo’lajak mutaxassislarni
badiiy tayyorlash (tasviriy san’at o’qituvchilari, dizayn sohasi bo’yicha kasbiy
ta’lim pedagoglari) badiiy tayyorgarligi “CHizmatasvir”, “Rangtasvir”,
“Kompozisiya” kabi san’at fanlari bo’yicha kurslar mazmuniga asoslanadi.
“Kompozisiya”, “Rangshunoslik”, “Loyihalash”, “SHriftshunoslik” mavzularida
o’quvchilarning badiiy didi, sifat mezonlari haqida ma’lum g’oyalar shakllanadi.
Turli xil grafik muharrirlar yordamida to’laqonli mahsulotni yaratish uchun badiiy
rejaning noto’g’ri hisoblanishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli xil bilimlarni
moslashuvchan tarzda qo’llash, ularni aniq muammolarni hal qilish uchun
qisqartirish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida
bilim va ko’nikmalar dasturini aniq belgilash bilan ta’lim faoliyati mazmuni
ustida maxsus ishlashni talab etadi. Xususan, talabalarning o’qishning har bir
bosqichida har xil turdagi faoliyat turlarini kiritishning nazariy asoslari, bunda
ijodkorlikningham tipik, ham etakchi elementlari bo’lgan aniq vazifalarga kirish
imkoniyati tug’iladi.[1.2]
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik sohasiga tayyorlash
tizimida, tasviriy san’at namunalari maxsus fanlar bo‘yicha tashkil etilgan ma’ruza
va amaliy mashg‘ulotlar, maxsus kurslar, ilmiy-tadqiqot, mustaqil ishlar, bo‘lajak
o‘qituvchilarning kurs va diplom ishlari negizida o‘rganiladi. Ushbu tizimda tasviriy
san’ati uchta yo‘nalishda ko‘rib chiqiladi:
- birinchi yo‘nalish - qadimgi yodgorliklar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
292
- ikkinchi yo‘nalish - tasviriy san’at turlari,
- uchinchi yo‘nalish - tasviriy san’atining asosiy mavzulari va janrlari.
Tasviriy san’atining qadimgi yodgorliklari, qoyatoshdagi chizmalar, tosh va
arxitektura obidalari asosida o‘rganiladi. Qadimgi amaliy-bezak san’ati temir, sopol,
yog‘ochdan ishlangan buyumlarni badiiy tahlil qilish asosida yuzaga chiqadi. Bu
qadimgi qozon, chuqur lagan, chiroq, qabr toshi, shuningdek amaliy-bezak san’ati,
hayvon tasviri aks etgan naqshlar. Inqilobdan oldingi davrda erining birinchi tasviri
rassom V.Vereshagin ijodiga mansubdir. Tasviriy san’at turlari, grafika, rangtasvir va
haykaltaroshlik hamda amaliy-bezak san’ati materiallari asosida ko‘rib chiqiladi.
Grafikani o‘rganish jarayonida dastlabki grafik-rassomlar ijodi e’tiborga olinadi:
A.Ikromov, V.Kaydalov, K.Cherpakov, V.Kedrin, G.Shevyakov, A.Osheyko.
Shuningdek, grafikaning stanokli shakllarini taqdim etgan Q.Basharov, G.Chiganov,
A.Siglintsev, M.Kagarov, V.Parshin, Yu.Strelnikov, I.Siganovlar ham juda samarali
faoliyat olib borishgan. Rangtasvir sohasida kasb mahoratining ortib borishiga o‘rta
avlod vakillarining ijodiy faoliyati ham katta turtki berdi, ushbu jarayon taniqli
mo‘yqalam sohiblari O‘.Tansiqboev, P.Benkov, Z.Kovalavevskaya, N.Kashina,
V.Ufimsev, V.Kedrinlar ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zining individual
ish uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkorlar, biroq tasviriy san’at maktabida
shakllangan an’analarning davomchilaridir. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining san’atshunoslik sohasiga tayyorgarlik
ko‘rishida quyidagi mahoratli rassomlarning ijodini o‘rganish alohida o‘rin tutadi:
A.Abdullaev, L.Abdullaev, Sh,Hasanova, Ch.Ahmarov, M.Nabiev, R.Timurov,
S.Muhamedov, A.Siddiqiy, A.Roziqov, A.Nuridinov va boshqalar. [2. 203]
Tasviriy sanʼat taraqqiyoti natijasi tufayli Oʻzbekistonda shakllangan bugungi
zamonaviy ilgʻor anʼanalar hayotimizga allaqachon kirib borgan boʻlib, u keng
koʻlamda taraqqiy etmoqda. Busiz odamlarning hozirgi ehtiyojini, ayniqsa
yoshlarimizda, sanʼat va maʼnaviyatga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqlarni qondirib
boʻlmaydi. Ijodiy tafakkur butunlay yangi gʻoyalar va tasavvurlarni vujudga keltiradi,
shaxsda yashiringan qobiliyat va imkoniyatlarni, oʻziga xoslikni roʻyobga chiqishga
yordamlashadi. Shuni xam alohida qayd qilish lozimki, bunday sifatlar faqat olimlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
293
uchungina emas, balki hamma sohada ishlovchilar uchun xam muhimdir. Shuning
uchun ham taʼlim tizimida tafakkur va ijodkorlikni rivojlantirish asosiy vazifalardan
biri deb qaraladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida
ijodiy tafakkurni oʻstirishda tasviriy sanʼat darslari boshqa fanlar orasida eng katta
oʻrinni egallaydi. Oʻquvchilarning ijodkorligi esa bolalarda diqqat va tasavvurni
oʻstirishi bilan bogʻlanadi. Oʻquvchi ayniqsa boshqa sayyoralar, suv osti dunyosi,
(afsonaviy hayvonlar, dev, kentavr, suv parisi, dengiz shoxlari va boshq.) bilan
bogʻliq rasmlar ishlaganda tasavvurni kuchli ishga solmasdan turib topshiriqni
samarali hal qilolmaydi. Qolaversa xar bir ijodiy ishni tasavvursiz kuchli ishga
solmasdan turib topshiriqni samarali hal qilolmaydi. [3. 153]Ta’lim muassasalari
talabalar tajribasini boyitish va ijodkorlikning yangi darajalarini yaratish uchun
qo‘shimcha yangi va virtual texnologiyalarni o‘qitishga integratsiyalashlari mumkin.
Sohalar bo‘yicha jahondagi taniqli va tajribali oliy ta’lim muasasalari bilan o‘zaro
hamkorlik aloqalarni mustahkamlashi, amaliyot va stajirovkalarni ko‘paytirish hamda
professional seminarlar orqali talabalarga haqiqiy tajriba uchun ko‘proq
imkoniyatlarni taqdim etilishi darkor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
IKROMOV MUHAMMAD ANASXON XAKIMJON O`G`LI. (2023).
SAN’AT PEDAGOGIKASI SOHASIDA BO’LAJAK MUTAXASSISLARNI
BADIIY TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI.
CONFERENCEA
, 1–5.
RETRIEVED
FROM
HTTPS://WWW.CONFERENCEA.ORG/INDEX.PHP/CONFERENCES/ARTICL
2.
BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBIY
KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH
TEXNOLOGIYALARI
NURTAYEV
URINBAY
NISHANBEKOVICH,
ОБРАЗОВАНИЕ
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ (2024 ГОД № 1)
3.
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI MEROSI AN’ANALARINI ILMIY
PEDAGOGIK JIHATLARINI O’RGANISHNING AMALIY ASOSLARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
294
A.A’ZAMJONOV, IBROHIMOV ASADBEK. ORIENTAL RENAISSANCE:
INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES 2022
4.
BABADJANOV AXMADJAN
QALAMTASVIR [O`QUV QO‘LLANMA]
/ – Т.: “ILM ZIYO ZAKOVAT”, 2023, 112 B.