MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
90
XORIJIY TILNI O'RGANISHDA TALABALAR FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH
Toshkent Amaliy fanlar unversiteti
Tarix va Filologiya fakulteti Tarix yo’nalishi
3-bosqich talabasi
Saydullayeva Iroda
Annatosiya: Xorijiy til o'rganish, zamonaviy ta'lim tizimining eng muhim
qismlaridan biridir. Bu jarayon nafaqat yangi so'zlar va grammatikani o'rganishni,
balki talabalarning fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham o'z
ichiga oladi. O'rganilayotgan tilni samarali va muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun,
talabalar faolligini oshirish, ularni til o'rganish jarayonida faol ishtirok etishga
undash juda muhimdir. Til o'rganishda talabalar faolligini rivojlantirish, nafaqat
ular uchun til o'rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi, balki
kommunikativ kompetensiyalarini ham shakllantiradi. Bu esa, o'z navbatida, global
dunyoda Shu sababli, xorijiy tilni o'rganishda talabalar faoliyatini rivojlantirish,
o'qitish metodlarining yangilanishi va interaktiv yondashuvlarni qo'llash muhim
ahamiyatga ega. Bu maqolada xorijiy tilni o'rganishda talabalar faoliyatini
rivojlantirishning ahamiyati, metodlari va uni amalga oshirish yo'llari haqida so'z
yuritiladi.muvaffaqiyatli kommunikatsiya o'rnatish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kalit so‘zlar: Xorijiy til, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish,
qonun,xorijiy ekspertlar, leksika, kommunikativ kompetensiyalar, interaktiv
yondashuvlar, kommunikatsiya, strategik resurs,lug’at, samarali yondashuvlar,
praktik mashg'ulotlar, grammatik qoidalar.
Jahondagi tillar - biror bir jamiyatning shaxsiyatini, millatini va undagi avlod
yoshlarini ma‘daniy-ma‘naviy shakllantirishning asosiy elementidir. Tillar nafaqat
aloqa vositasi, balki millatning ajralmas qismidir, ma‘lum bir jamiyatdagina tegishli
bo’lgan boylikdir. Shu sababdan ham inson intellektual va ma‘naviy ta‘limning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
91
ahamiyatini anglashi uchun chet tilini mukammal bilishi talab etiladi.
1
Agar xorijiy
tilni talabalar faoliyatidagi biror bir bo'g'ini va ajralmas qismi sifatida qarasak, bu
tilning ahamiyati yanada kuchayadi. Xorijiy til, talabalar hayotining turli jabhalarida
ularga katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga ular uchun muhim strategik resurs
bo'lib xizmat qiladi.Xorijiy tilni talabalar faoliyatida faol rivojlantirish uchun
ularning bu tillarda bilim darajasini oshirish lozim.Chet tilini egallamoqchi bo’lgan
talaba o’rganilmish til bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtiradi
2
.
I.Nutq faoliyati turlari ( 4 ta asosiy va 6 ta qo’shimcha).
II. Til materiali (leksiya ,grammatika ,talaffuz).
III.Lingvistik bilimlar (leksikologiya, grammatika,fonetika).
IV.Chet til o’qitish metodikasi (nazariy kurs, amaliy mashg’ulot va maktab ,
litsey va kollejda dars berish -pedagogika amaliyoti).
Talabalar ingliz tilidagi so’z boyliklarini yaxshi o’zlashtirmay tureb uni o’z
faoliyatlarida rivojlantira olishmaydi.Tilni lug’at tarkibini egallash o’quvchi va
talabalarning dunyoqarashani yanada kengaytiradi.Ularning fiologiyaga oid bilim va
tajribalarini oshiradi.Ma’lum tilning lu’gat tarkibiga kiruvchi so’zlar leksikasi
deyiladi.Leksika tilning rivojlantiruvchi elimenti hisoblanadi.
3
Ingliz metodisti Gerlad Palmer esa quyidagi prinsiplarga asoslanib lug’at
tuzgan:
1.So’zlar birinchi ma’nosiga qarab lug’atga kiritiladi.
2.Ko’p so’z yasash qobiliyatiga ega bo’lgan o’zak so’zlar tanlab olinadi.
3.Boshqa so’zlar bilan munosabatga oson kirishadigan so’zlar .
4.Ko’p uchraydigan so’zlar.
Bu bilan aytmoqchiki,Palmer o’quvchi va talabalarning lug’atidagi so’z
boyliklarini oshirishlari orqali chet tillarini oson o’rganish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
1
Dilnoza Otaxanova. Xorijiy tilni intensiv o’qitish // o’quv qo’llanma. 2023;35-bet.
2
Jamol Jalolov .Chet til o’qitish metodikasi “o’qituvchi” nashiryot-matbuot ijodiy uyi .Toshkent -2012.B:356.
3
Djumali Shabanov .Chet tilini o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalari.Toshkent -2009.B:48.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
92
o‘tkazildi. Yig‘ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor
vazifalar belgilandi.
– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun
mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz
raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan
buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini
mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari
faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni
ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi.Bu Agentlik dunyoda
samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida
joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim
muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet
tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.
Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish beruvchilar bilan birga,
xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to‘liq amalga oshirish imkoniyatini
beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga moslagan holda, amaliyotga joriy
etadi.
Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional
tarjima qilish metodikalarini yaratish ham uning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib,
alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday
ustuvor sohalar etib belgilangan.
4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xorijiy
tillarni o‘rganishni takomillashtirish va mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni
ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu sohani rivojlantirish
uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
4
https://president.uz/oz/lists/view/4327.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
93
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.Ushbu qarorda ko’tarilgan mavzularga
to’xtalib o’tsak:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish
agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “2022-yil uchun O‘zbekiston
Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
bilan Xalq ta’limi vazirligiga Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish
jamg‘armasi uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Agentlikning budjetdan
tashqari jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bir martalik 15,0 mlrd
so‘m miqdoridagi moliyaviy ko‘mak mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi taklifiga
rozilik berilsin.
Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab har yili Agentlikning asoslangan hisob-
kitoblariga muvofiq Davlat budjeti parametrlarida Jamg‘arma mablag‘larini
shakllantirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
2. Belgilansinki, Jamg‘armaga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar
quyidagi maqsadlarda foydalanish buyurildi xususan :dunyo bo‘yicha samarali natija
bergan o‘qitish tizimi metodikalari, dastur va darsliklarni maktabgacha ta’lim
tashkilotlari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari va
o‘quv markazlarida joriy etish;xorijiy davlatlarda chop etiladigan zamonaviy o‘quv
va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni, xalqaro testlar va ularni
joriy qilish uchun tegishli ruxsatnoma va litsenziyalar, xorijiy tillarni o‘rgatishga
qaratilgan kontentlarni mualliflik huquqlarini xarid qilish;
xorijiy
tillarni
o‘rganishni
ommalashtirish
faoliyatiga
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy ta’minot loyihalarini ishlab chiqish va
joriy etish;xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, tilning asosiy ko‘nikmalarini
shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa
o‘rgatuvchi kontent yaratish;fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali
mutaxassislarni, shu jumladan mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etish;
3.2023-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va
professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari chet (ingliz,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
94
fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu
hind) tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka
sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish
ko‘nikmalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida o‘tkaziladi.
4.2022-yil 1-mayga qadar vaqt mobaynida: Agentlik Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish
va xorijiy til o‘qituvchilarining malaka va ko‘nikmalarini baholovchi milliy va
xalqaro tan olingan sertifikatlarning Yagona elektron bazasini ishlab chiqsin va
amaliyotga joriy etsin.
5
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonidagi “Yangi
O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son
“2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-
yil 3-iyuldagi PQ-200-son “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qaror qiladi:
1. Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi ushbu
milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 31-avgustdagi 1-mh va 23-mh-
son “Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning
ro‘yxatini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan
5
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/34/0048-son; 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son;
23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
95
olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
(ro‘yxat raqami 3318, 2021-yil 7-sentabr) (Qonunchilik ma’lumotlari).
6
Xorijiy tilni o'rganishda talabalar faoliyatini rivojlantirish bir nechta samarali
yondashuv yo’llari mavjuddir . Quyida ular haqida ba'zi fikrlar imni keltirib o’tsam:
1. Interaktiv metodlar:
Talabalar o'rgatish jarayonida passiv o'quvchilardan
faol o'quvchilarga aylanishi uchun interaktiv usullarni qo'llash muhim. Bu usullar
orqali talabalar o'z fikrlarini ifoda etish, suhbatlarga qatnashish va guruh ishlari
bajarish orqali tilni faol o'rganadilar. Masalan, rolli o'yinlar, munozaralar yoki til
bo'yicha quizzlar talabalarni qiziqtiradi.
2. Kommunikativ yondashuv:
Xorijiy tilni o'rganish faqat grammatik
qoidalar va lug'atni o'rganish bilan cheklanmasligi kerak. Asosiy e'tibor tilni muloqot
vositasi sifatida o'rganishga qaratilishi lozim. Talabalar suhbatlarni olib borish, fikr
almashish va turli vaziyatlarda to'g'ri javob berishni o'rganishlari kerak.
3. Axborot texnologiyalaridan foydalanish
: Mobil ilovalar, til o'rganish
dasturlari va onlayn resurslar talabalar uchun o'rganish jarayonini yanada qiziqarli va
samarali qilishga yordam beradi. Masalan, "Duolingo", "Memrise", "HelloTalk" kabi
ilovalar yordamida talabalar tilni interaktiv tarzda o'rganishlari mumkin.
4. Praktik mashg'ulotlar:
Tilni o'rganishda faqat nazariy bilimlar emas,
balki amaliy mashg'ulotlar ham muhim. Talabalar o'z til bilimi va ko'nikmalarini real
hayotda qo'llash imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. Misol uchun, tilni o'rganayotgan
mamlakatdan kelgan mehmonlar bilan suhbatlar, tilni o'rganishga qaratilgan klublar
va boshqalar.
5. Madaniyatni o'rganish
: Xorijiy tilni o'rganishda, o'rgatilayotgan tilga xos
madaniyatni tushunish muhim. Bu talabalarni tilni yanada chuqurroq o'rganishga
undaydi, chunki til faqat so'zlar va grammatik qoidalardan iborat emas, balki
madaniyat, urf-odatlar va qadriyatlar bilan bog'liq.
6. Individual yondashuv
: Har bir talabaning o'rganish uslubi turlicha bo'lishi
mumkin. Ba'zilar vizual materiallarni yaxshi o'zlashtirsa, boshqalar eshitish yoki
amaliy mashg'ulotlar orqali samarali o'rganadilar. Talabalar bilan individual suhbatlar
6
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 10/24/3515/0376-son.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
96
o’tkazish, ularning qiziqishlariga qarab darslarni tashkil etish, o’quvchilarning
muvaffaqiyatlarini oshirishga yordam beradi.Shu usullarni qo'llash orqali talabalar
xorijiy tilni samarali va qiziqarli tarzda o'rganishlari mumkin.
Avvalambor Xorijiy tilni o'rganish nima uchun kerakligi va sabablarini yoritib
o'tsam. Xorijiy tilni o'rganishning bir nechta muhim sabablari bilan bir qatorda foydali
taraflari ham mavjuddir. Bu sabablarni keltirish, talabalarni til o'rganish jarayoniga
jalb qilishda juda muhimdir. Quyida xorijiy tilni o'rganishning asosiy sabablari:
1.Bugungi kunda dunyo global tarmoq bilan bog'langan bir vaqtda xorijiy tilni
bilish, boshqa mamlakatlar va madaniyatlar bilan aloqalar o'rnatish imkonini beradi.
Bu nafaqat shaxsiy rivojlanishga, balki professional va biznes aloqalarini ham
kuchaytirishga yordam bera olishidadir. Karyera imkoniyatlarini kengaytirish:
Xorijiy tilni bilish ish bozorida juda muhim ustunlik yaratadi. Ko'plab xalqaro
kompaniyalar va tashkilotlar, xususan, eksport va import bilan shug'ullanuvchi
tashkilotlar, til bilgan mutaxassislarni qidiradilar. Xorijiy til bilimiga ega bo'lish,
talabalar uchun kengroq ish imkoniyatlari ochadi. Madaniyat va dunyoqarashni
kengaytirish: Xorijiy tilni o'rganish faqat so'zlarni o'zlashtirish emas, balki yangi
madaniyatni, tarixni, an'analarni, hayot tarzini tushunishdan iboratdir. Bu esa
odamlarning dunyoqarashini kengaytirish bilan bir qatorda boshqa xalqlarga nisbatan
to'g'ri va hurmat bilan munosabat olib borishni shakllantiradi.
2.Intellektual rivojlanish: Xorijiy tilni o'rganish miyada faoliyatni oshiradi.
Bu yangi so'zlar, grammatik qoidalar va tilning strukturasi bilan tanishish, xotirani va
kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi. Shuningdek, bir nechta tilni bilish miyaning turli
qismlarini faollashtiradi va muammolarni hal qilishda yordam beradi. Ta'lim va ilmiy
izlanishlar: Xorijiy tilni bilish talabalar uchun yangi ilmiy manbalar, maqolalar va
kitoblarni o'qish imkoniyatini yaratadi. Bu ilmiy va akademik sohada yanada
chuqurroq bilim olishga yordam beradi, yangi g'oyalar va fikrlarni o'rganishga imkon
beradi.xorijiy tilni o'rganish nafaqat professional rivojlanish uchun, balki shaxsiy
o'sish, madaniyatlararo tushunishni chuqurlashtirish va yangi imkoniyatlarga ega
bo'lish uchun ham muhimdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
97
Xorijiy tilni talabalarda faoliyatida rivojlantirishning samarali yo‘llari
quyidagilar misol bo’ladi:
1.
Amaliy mashg‘ulotlar va suhbatlar: Talabalar tilni faqat nazariy ravishda
emas, balki amaliy tarzda ham o‘rganishlari kerak. Xorijiy tilni doimiy ravishda
suhbatlarda, debatlarda va diskussiyalarda ishlatish ularning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini oshiradi va nutq malakalarini rivojlantiradi.
2.
Audiovizual materiallar: Kino, serial, videolar, musiqalar va podcastlar
kabi audiovizual materiallarni ishlatish talabalar tilni yaxshiroq tushunishlari va
talaffuzlarini yaxshilashlariga yordam beradi.
3.
Tilni kundalik hayotda qo‘llash: Xorijiy tilni kunlik hayotda, masalan,
do‘stlar bilan suhbatda, sayohatlarda yoki o‘qish materiallarini o‘qishda qo‘llash tilni
tezda o‘rganishga yordam beradi.
4.
Feedback va o‘z-o‘zini baholash: Talabalar o‘zlarining til o‘rganish
jarayonini doimiy ravishda baholashlari va o‘rganish jarayonidagi kamchiliklarni
tahlil qilishlari kerak. Bu yondashuv ularga o‘zining kuchli va zaif tomonlarini
tushunishga yordam beradi.
5.
Maqsadlar qo‘yish va rejalashtirish: Til o‘rganishning aniq maqsadlarini
belgilash, o‘rganish jarayonini rejalashtirish talabalarni motivatsiya qiladi va samarali
o‘rganishga yordam beradi.
Ushbu usullar orqali talabalar xorijiy tilni faqat nazariy o‘rganish bilan
cheklanmasdan, uni amalda samarali ravishda qo‘llashni o‘rganadilar.
Xulosa
Xorijiy tilni talabalar hayotida rivojlantirish orqali xulosa qilib aytganda, aniq
faktlar asosida shuni ta'kidlash kerakki, xorijiy tilni o‘rganish talabalar uchun global
imkoniyatlarni yaratadi. Misol uchun, Global Kompetensiyalar Indeksi (GCI)
bo‘yicha til bilish ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan shaxslar o‘z sohalarida muvaffaqiyatli
bo‘lish ehtimoli 50% yuqori ekanligi statistikada isbotlangan. Xorijiy tilni o‘rganish
orqali talabalar nafaqat yangi madaniyatlar bilan tanishadi, balki global bozor va
xalqaro tashkilotlarda ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Dunyo bo‘ylab ish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
98
beruvchilarning 70% dan ortig‘i til bilishni muhim malaka sifatida ko‘rmoqda va bu
talabalar uchun raqobatbardoshlikni oshiradi. Bunday til ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
talabalar nafaqat o‘z yurtida, balki chet elda ham ish topishda keng imkoniyatlarga
ega bo‘ladi. Bu faktlar xorijiy tilni talabalar hayotida rivojlantirishning ahamiyatini
yanada ta'kidlaydi va uning shaxsiy, professional rivojlanishga qanday katta ta'sir
ko‘rsatishini ko‘rsatib berad
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I.NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR.
1.
1.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI, 19.05.2021 YILDAGI “XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI
OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA”GI 312-SONLI QARORI.
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI, 19.05.2021
YILDAGI
“O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA
XORIJIY
TILLARNI
O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISH FAOLIYATINI SIFAT JIHATIDAN
YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI
PQ-5117-SONLI QARORI.
3.
HTTPS://PRESIDENT.UZ/OZ/LISTS/VIEW/4327
MAXSUS ADABIYOTLAR
4.
DILNOZA OTAXANOVA. XORIJIY TILNI INTENSIV O’QITISH //
O’QUV QO’LLANMA. 2023.
5.
JAMOL JALOLOV .CHET TIL O’QITISH METODIKASI “O’QITUVCHI”
NASHIRYOT-MATBUOT IJODIY UYI .TOSHKENT -2012.
6.
DJUMALI SHABANOV .CHET TILINI O’QITISH METODIKASI VA
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI.TOSHKENT -2009.