Authors

  • Muqimova Hamidaxon

Author Biography

  • Muqimova Hamidaxon

    Farg‘ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi  jamoat salomatligi texnikumi

    Hamshiralik ishi  kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116316

Keywords:

qon-tomir absess qoqshol zardob quymich nervi dori moddasi flakon nevrit falajlik parez.

Abstract

ushbu maqolada  Dori moddalarini mushak orasiga yuborish texnikasi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy  tafsiyalar o’z ifodasini topgan.  


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

424

DORI MODDALARINI MUSHAK ORASIGA YUBORISH

TEXNIKASI

Farg‘ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Hamshiralik ishi kafedrasi o‘qituvchisi

Muqimova Hamidaxon

Annotatsiya-ushbu maqolada Dori moddalarini mushak orasiga yuborish

texnikasi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan

shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.

Kalit so’zlar: qon-tomir, absess, qoqshol, zardob, quymich nervi, dori

moddasi, flakon, nevrit, falajlik, parez.

TECHNIQUE OF INTRAMUSCULAR INJECTION OF DRUGS

Annotation-This article discusses the technique of intramuscular injection of

drugs and reflects the scientific proposals and practical recommendations

formulated by the author on this issue.

Keywords: blood vessel, abscess, tetanus, serum, ulnar nerve, drug, vial,

neuritis, paralysis, paresis.

Mushaklarda qon tomirlar va limfatik tomirlar tarmog’i birmuncha ko’p

bo’lib, shuning uchun ularda dorilar tez va to’liq so’riladi. Dori vositalarini teri ostiga

yuborganda og’riq paydo bo’lsa va yaxshi so’rilmasa, dori moddalari mushak orasiga

yuboriladi. Mushak orasiga inyeksiya qilishda tananing ma’lum joylarida mushak

to’qimasi qavati anchagina qalin sohalar masalan dumba, qorin va sonlarning

mushaklari tanlanadi. Mushak orasiga inyeksiyalar qilish uchun Lyuer shprisi,

ignalarining qalinligi 0,8-0,5 mm va uzunligi 8-10 sm bo’lgan «Rekord» shprisidan

foydalaniladi. Ignaning kalta-uzunligi teri osti klechatkasining qalinligiga bog’liq,

chunki igna kiritilganda teri osti yog’ qavatidan o’tishi va mushak orasiga borishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

425

kerak. Dumbalar sohasi mushak orasiga inyeksiyalar uchun eng qulay joy

hisoblanadi, chunki bu yerdan quymich nervi va yirik qon tomirlar o’tadi,

inyeksiyalar uchun uning yuqori-tashqi qismidangina foydalaniladi. Dumba taxminan

4 qismga bo’linadi, bu holda yuqori tashqi kvadrat inyeksiya uchun eng qulay joy

hisoblanadi.

Aksariyat mushak orasiga antibiotiklar, magniy sulfat, zardoblar yuboriladi.

Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristalli kukun ko’rinishida chiqariladi. Ilitishdan

oldin uni natriy xloridning steril izotonik eritmasida, ikki marta distillangan suvda

yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi. Steril shprisga antibiotik miqdoriga ko’ra

erituvchi olinadi. U ta’sir birliklarida (TB) o’lchanadi. 100000 TB ga 1 ml erituvchi,

500000 TB ga 5 ml erituvchi olish lozim. Flakondan qopqog’i olinadi, rezina

qopqog’i spirt bilan artiladi va erituvchi tortilgan shpris ignasi bilan teshiladi.

Erituvchi asta-sekin kiritiladi, erituvchi bilan antibiotik eriydi, so’ngra flakon

to’nkariladi va suyuqlik shprisga so’rib olinadi. Antibiotik eritmasini isitish mumkin

emas, chunki harorat ta’sirida u parchalanadi. Antibiotikni eritilgan holda 1 kundan

ko’p saqlab bo’lmaydi. Yod ham antibiotiklarni parchalaydi, shuning uchun

flakonlarning rezina qopqog’i va inyeksiya qilinadigan joydagi teri yod nastoykasi

bilan artilmaydi.Tibbiyot hamshirasi shprisni yig’ishdan oldin qo’lini sovunlab oqar

suvda yuvadi. Toza qo’llar bilan boshqa narsalarga tegish mumkin emas. Spirtga

ho’llangan paxta bo’lakchasi bilan tirnoqlarini, so’ng boshqa paxta bo’lagi bilan

bemor terisini artadi.

Asoratlari

1)

Mushaklar orasiga inyeksiya qilishda ham, ignaning xuddi teri osti

inyeksiyalaridagi kabi sinib qolishi va igna sinig’ining to’qimalarda qolib

ketishi, hamda ko’pincha o’tmas va nuqsonli ignani qo’pollik bilan kiritish

vaqtida mushaklarning to’satdan qisqarishi sabab bo’ladi; Nerv stvollarining

(quymich nervi va boshqa nervlarning tarmoqlari) shikastlanishi, bu - mexanik

(inyeksiya uchun joy noto’g’ri tanlanganda inyeksion ignadan), kimyoviy

ta’sirlar (deposi nerv yaqinida joylashgan dorining ta’siridan), tomirlarga

aloqador (nervni oziqlantiruvchi tomirlarning tiqilib qolishi) bo’lishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

426

Nervning

shikastlanishi

-

nevrit paydo bo’lishiga, qo’l-oyoqlarda

sezuvchanlikning buzilishiga (falajlik, parezlar) olib keladi;

2)

Mushaklar orasiga inyeksiya qilinganda dori emboliyalari teri osti

inyeksiyalaridagidan ko’proq sodir bo’ladi, chunki muskullarda tomirlar turi

ko’proq rivojlangan;

3)

Yiringli infeksiya (abssess), gazli infeksiya, qoqshol, zardob

gepatiti bular, dezinfeksiya qoidalariga rioya qilmaslik natijasida kelib

chiqadi, hamshira ampulani ochish oldidan o’z qo’lini va bemorning terisini

yaxshi tozalamasligi oqibatida kelib chiqadi. O’tmas igna bilan inyeksiya

qilinganda to’qimalar qattiq shikastlanib natijada momataloq bo’lib qoladi.

Bu sohalar yiring boylab, abssess paydo bo’lishiga imkon beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

427

Mushak оrаsigа inyеksiya qilish.

Hаrаkаt аlgоritmi:

1.

Qo’l yuvilаdi vа quritilаdi.

2.

5-10 ml li shprits, 40-50 mm li ignа, dоri mоddаsi, stiril pахtа shаrchаsi,

70% li spirt tаyyorlаnаdi.

3.

Dоri mоddаsi dоzаsi tеkshirilаdi.

4.

Vrаch ko’rsаtmаsi o’qilаdi.

5.

Shprits tayyorlanadi.

6.

Dоri mоddаsi shpritsgа tоrtilаdi.

7.

Bеmоrgа

muоlаjа

mаqsаdi

tushuntirilаdi.

8.

Inyеksiya qilinаdigаn sоhа аniqlаnаdi.

9.

Bеmоrgа qulаy shаrоit yarаtilаdi.

10.

Qo’lqоp kiyilаdi.

11.

In’еksiya qilinаdigаn sоhа spirt bilаn 2 mаrtа аrtilаdi.

12.

Shprits o’ng qo’lgа оlinаdi vа 5-bаrmоq bilаn shprits mufti, 2-bаrmоq

bilаn shprits pоrshеni, 1,3,4- bаrmоqlаr bilаn shprits silindri ushlаnаdi.

13.

In’еksiya qilinаdigа sоhа chаp qo’l bilаn siqilаdi yoki tоrtilаdi.

14.

Ignаni 90° burchаk оstidа tеzdа kiritilаdi.

15.

Tоrtilgаn yoki siqilgаn sоhа qo’yib yubоrilаdi vа pоrshеn itаrilib dоri

mоddаsi yubоrilаdi.

16.

Ignа sаnchilgаn jоygа spirtli pахtа qo’yilаdi vа ignа tеzdа tоrtib оlinаdi.

17.

In’еksiya qilingаn jоy аstа-sеkin uqalanadi (mаssаj qilinаdi).

18.

Bеmоrgа qulаy shаrоit yarаtilаdi.

19.

Ishlаtilgаn аsbоblаr zаrаrsizlаntirilаdi.

20.

Qo’lqоp yеchilаdi vа zаrаrsizlаntirilаdi.

21.

Muоlаjа bаjаrilgаnligi hаqidаgi bеlgi muоlаjа vаrаqаsigа bеlgilаnаdi.

22.

20-25 dаqiqаdаn so’ng bеmоrning hоl-аhvоli so’rаlаdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

428

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Hamshiralik ishi asoslari K.U.Zokirova

2.Bemorlarni uyda vashifoxonada parvarish qilishF.G.Nazirov

3.Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko’nikmalar to’plami A.Godoev

4.Hamshiralik ishi asoslari Q.S.Inomov

5.Hamshiralik protakollari

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.Axmedov SH.A. «Anatomiya i fiziologiya s patologicheskimi osnovami».

Toshkent, Tasvir nashriyoti, 2009 god.

2.Ziyamutdinova G.X., Axmedov SH.A. «Normal anatomiya va fiziologiya».

Toshkent, O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi nashriyoti, 2009 yil.

Internet saydlari:

www.ziyouz.сom

www.medical.uz