MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
408
STERELIZATSIYA TURLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH
JARAYONI
Sharipova Muhayyoxon
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Hamshiralik ishi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada Sterelizatsiya turlari va uni amalga oshirish
jarayoni yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan
shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar: cho'g'lantirish, sterelizator, avtoklav, flegmona, absess
TYPES OF STERILIZATION AND THE PROCESS OF ITS
IMPLEMENTATION
Annotation: this article discusses the types of sterilization and the process of
its implementation, and the scientific proposals and practical recommendations
formulated by the author on this issue are reflected.
Keywords: sterilization, sterilizer, autoclave, phlegmon, abscess
Sterilizatsiya-mikrob va ularning sporalarini batamom yo'qotish yoki
qatronlashdir. Sterillash turli usullar: kuydirish, cho'g'lantirish, (qaynatish,
avtoklavlash, gamma-nurlar va kimyoviy moddalar bilan qayta ishlash orqali amalga
oshiriladi.
1.
Kuydirib sterillash usulida sterillik ishonchli bo'lmaydi va asboblar tez
ishdan chiqadi. Bunday asboblar tayyor steril asbob bo'lmagan
shoshilinch operatsiyalarda qo'llaniladi. Shu maqsadda sterilizator
qopqog'iga yoki tog'orachaga asboblar solinib, ozroq miqdorda 96% li spirt
quyiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo'lgandan so'ng asboblar ishlatishuchun tayyor
hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
409
2.
Quruq issiqlik bilan sterillash (cho'g'lantirish) metall asboblaruchun
qo'llaniladi. Bu usulda quraq issiqlik beradigan maxsus shkaflardanfoydalaniladi.
Sterillash ishonchli bo'lgani bilan asboblar qaynatishdagiga nisbatan tezroq ishdan
chiqadi.Quruq issiqlik beradigan shkaflar va avtoklavlar sterilizatorlar, qaynash yo'li
bilan sterillaydigan sterilizatorlar esa qaynatgichlar deb ataladi.
3.
Bosim
ostidagi
bug'
bilan
sterillash
avtoklavlash
deyiladi.
Operatsionchoyshablar, asboblar, qon quyish uchun sistema va jarrohlikda
ishlatiladigan
boshqa asbob-anjomlar avtoklavlash yo'li bilan sterillanadi. Sterillanadigannarsalar
maxsus
qutilar(bikslar)ga
solinib
avtoklavga
qo'yiladi.
Avtoklavdagi
suv qaynab bug' holiga o'tgach, unga bosim beriladi va qancha ko'p bosim
berilsa avtoklav ichidagi harorat shuncha ko'tariladi. 1 atmosfera
bosimi 120° C, 1,5 atro 127°C, 2 ami 134° С ga teng.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
410
Qaynatib sterillash.
Bu usul bilan odatda metall asboblar, shishava
rezina buyumlar sterillanadi. Asboblarhi cho'tka va sovun bilan
yuvgandan so'ng 2 foizli ichimlik sodasi eritmasida suv qaynab chiqqanvaqtdan
boshlab 45 minut davomida qaynatiladi. Yiringli infeksiya va ayniqsa anaerob
mikroorganizmlarda ifloslangan asboblar bo'lib-bo'lib, 2-3 marta 45 minutdan
qaynatiladi. Steriliash qopqog'i zich berkitiladigan elektr isitgichi bo'lgan
metall qutidan iborat maxsus qaynatgich(sterilizator)larda o'tkaziladi.
Shpris, ignalar va boshqa buyumlarni sterillashdan oldin ularni fizik va kimyoviy
tozalashga katta ahamiyat beriladi. Asboblar foydalanilgaridan so'ng oqar suvda
yuviiadi va issiq (50° C) tozalovchi eritmaga. 15 daqiqagacha solib qo'yiladi. Asboblar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
411
ifloslanganda 0,5% li tozalovchi eritma (20 ml 30% li pergidrol ©I'ltmasi, 975 ml
suv, 5 g «Novost» kukuni), yiringdan ifloslanganda 1% li tozalovchi eritma (40 ml
30% li pergidrol eritmasi, 950 ml suv, 10 g «Novost» kukuni)dan foydalaniladi
5.
Nur bilan sterillash - (5 va у nurlar yordamida amalga oshiriladi.Nur
bilan sterillash katta energetik kuchga ega bo'lib, (3 va ynurlarning kuchi
materiallarning
istalgan
chuqurliklarigacha
yetib
boradi.
Bu
usul
katta davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
6.
Ultratovush bilan sterillash maqsadida sterilizatorlarga quyilgankuchsiz
antiseptik vositalar ultratovush toiqinlari ta'sirida jarrohlik asboblari, kichik
hajmdagi plastmassa buyumlar yoki jarrohning barraoqlarini yuqumsizlantiradi.
7.Kimyoviy vositalar yordamida sterillash. Kesadigan asboblar ishqorli suvda
yuvilgandan so'ng oqar suyda chayiladi, qaynab turgan suvga solib 5 daqiqa
sterillanadi,
so'ngra
spirtda
(30
daqiqa)
yoki
tarkibida
3
xil
rnodda bor eritmada (3 soat) saqlanadi. Optik sistemali asboblar (sistoskop,
rektoskop va boshqalar)ni
sterillashda uning har bir qismini 1:1000
konsentratsiyadagi simob oksisianid eritmasi bilan yuvib, so'ngra spirt va natriy
xloridning izotonik eritmasi bilan (optik qismiga tegmasdan) artiladi. Bir qancha
asboblarni steriliaganda ulami zararsizlantiradigan 1:5000 nisbatdagi diosid
eritmasiga (3-4 soatga) solib qo'yish mumkin. Hozirda tibbiyot xodimlari ishiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
412
yengillik yaratish va tibbiy harnshiraning bemor bilan ko'proq muloqotda
bo'lishini ta'minlash maqsadida markazlashgan sterillaydigan bo'limlar tashkil
etilgan. Bu olib kelingan asboblarni bir vaqtning o'zida va yetarli darajada
yuqumsizlantirishga imkon beradi. Hamshiralar ertalab asboblarni sterillash bo'limiga
topshiradilar va sterillangan asboblarni topshirilgan miqdorda qabul qilib oladilar.
Steril materiallarni ishonchli saqlash uchun loyihasi jihatidan har xil filtrli
steriiizatsion qutilardan foydalaniladi.
Tibbiy asboblar, oqliklar va boshqa buyumlarni sterillash jarayonlarini
markazlashtirish mehnatni tashkil etishning ilg'or turi hisoblanadi. Bunday
bo'limlaming tashkil etilishi o'rta tibbiyot xodimini qo'shimcha ishlardan ozod qiladi
va ularga bemorlar uchun ko'proq vaqt ajratish imkonini beradi. Bundan tashqari
virusli gepatit, postinyeksion flegmona va abssesslar bilan kasallanishnmg oldini
olinadi. So'nggi vaqtlarda ko'p marta ishlatiladigan an'anaviy buyumlar o'rniga bir
marta foydalaniladiganlari qo'llanilrnoqda.
Eslatma!
Tibbiyot hamshiralari sterillash usullarini mukammal bilishlari
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Bemorlarni
uyda
va
shifoxonada
davolash
M.Nazirov
2.
Q.S Inomov “Hamshiralik ishi asoslari”
3.
Internet saydlari:
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/
5.
6.
https://daryo.uz/