MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
255
TEZIS MAVZUSI:MINTAQALARDA TADBIRKORLIKN I
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Muallif: Abdullayev Umidjon G’afurovich
Mirzo Ulug’bek nomidagin O’zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot
fakulteti, Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi
Kirish
Tadbirkorlik mintaqaviy iqtisodiyotning strategik yo‘nalishi sifatida
qaralmoqda. Har bir mintaqaning o‘ziga xos resurslari, geografik joylashuvi va
mehnat salohiyati asosida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shu
bois, yaqin istiqbolda bu sohani har bir hududda ustuvor rivojlantirish zarurati ortib
bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik har bir hududning iqtisodiy
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi
bandligi taminlanadi. Tadbirkorlikda nafaqat bo’sh ish o’rinlarini yaratiladi,
mintaqaviy infratuzilmani yaxshilaydi, bozor iqtisodiyotiga mos infratuzilmani
shakllantiradi.Mahalliy byudjetda tushumlarni oshiradi va ijtimoiy iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlaydi. Shu bois mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoni
o’ziga xos omillar, shart sharoitlar va muammolar bilan bog’liq.
1. Rivojlanish istiqbollariga ta’sir etuvchi omillar:
Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirishda kadrlarning salohiyatini
ham o’ziga yarasha o’rni bor. Mehnat bozorini sifatli kadrlar bilan ta’minlanganligi
tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan oliy o’quv
yurtlari,kasb hunar maktablari va o’quv markazlarining mavjudligi tadbirkorlikni
rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Kadrlar tayyorlash: Kasbiy ta’lim va amaliy
ko‘nikmalarga ega yosh kadrlar – mintaqaviy tadbirkorlikni yangilovchi kuchdir.
2. Davlat strategiyalarida istiqbollar:
“Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari orqali
tadbirkorlikning ijtimoiy bazasi kengaymoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
256
Erkin iqtisodiy zonalar va industrial parklar orqali mintaqalarda
sarmoyadorlik muhitini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Innovatsion klasterlar tashkil etish mintaqalarda ko‘p tarmoqli iqtisodiy
muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.
3. Mintaqaviy o‘ziga xosliklar asosida rivojlanish yo‘nalishlari:
Har bir viloyat yoki tuman o’ziga xos ixtisoslashuvga ega. Bu esa
tadbirkorlik subyektlariga aniq yo’nalishni tanlashda yordam beradi. Masalan,
Buxoro va Xorazmda turizm va hunarmandchilik yo’nalishlari rivojlangan bo’lsa
Andijon va Farg’onada avtomobilsozlik va to’qimachilik rivojlangan. Turizm
salohiyati yuqori hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi va mehmonxona biznesini
rivojlantirish.
Mintaqaviy tadbirkorlikning xususiyatlari resurs salohiyatiga ham
bog’liq. Har bir hudud o’zining tabiiy,mehnat va moliyaviy resurslariga ega. Masalan
qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan hududlarda agrar tadbirkorlik faol bo’lsa, sanoat
rivojlangan mintaqalarda qayta ishlash va ishlab chiqarish yo’nalishlari rivojlangan
bo’ladi. Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mintaqalarda agro-biznes klasterlarini
yaratish. Ishlab chiqarish resurslari mavjud bo‘lgan hududlarda kichik sanoat
korxonalarini tashkil etish.
Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilma muhim rol
o’ynaydi, agar infratuzilma rivojlanmagan bo’lsa tadbirkorlikni rivojlanishiga kata
to’siq bo’ladi.Infratuzilma rivojlangan bo’lsa, yollar, elektr energiyasi,internet
aloqasi, logistika kabi infratuzilma imkoniyatlari tadbirkorlikni rivojlantirishda
muhim rol o’ynaydi. Aholi yashash joylarida logistika va transport tizimi
Raqamlashtirish va texnologiyalar: Raqamli infratuzilmaning kengayishi, elektron
tijorat va onlayn xizmatlarning rivojlanishi tadbirkorlik salohiyatini yanada oshiradi.
Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlanishida davlat tomonidan taqdim
etilayotgan grantlar, imtiyozli kreditlar, subsidiya va soliq yengilliklari muhim o’rin
tutadi. Bunga misol qilib “Yoshlar daftari “ , “Ayollar daftari” , “temir daftar’ kabi
ijtimoiy himoya dasturlari doirasida ko’plab fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini
boshlash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
257
Mintaqarda tadbirkorlikni rivojlantirishda o’ziga xos muammolar mavjud:
-
Kredit resurslarining cheklanganligi
-
Tadbirkorlik madaniyatining pastligi
-
Bozor infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi
-
Mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga chiqarishdagi qitinchiliklar
Bunday muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi chora tadbirlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi:
- Tadbirkorlik bo’yicha treniglar, seminar va maslahat xizmatlarini
kengaytirish
- Raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali masofaviy biznes yuritish
imkoniyatlarini kengaytirish
- Eksportga yo’naltirilgan korxonalarni qo’llab quvvatlqsh.
Xulosa
Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari – bu faqat iqtisodiy
o‘sish emas, balki jamiyatning har tomonlama taraqqiy etish kafolatidir. Davlat
siyosatining uzviy tarkibiy qismi sifatida bu yo‘nalishda tizimli yondashuvlar,
investitsion muhitni yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish va hududiy o‘ziga
xosliklarni hisobga olish zarur. Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat
iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy ish
o‘rinlarini yaratish va aholining turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Har bir hududning o‘ziga xos imkoniyatlariga tayangan holda
tadbirkorlikni rivojlantirish – mamlakat iqtisodiy strategiyasining asosi bo‘lishi
lozim.Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash faqatgina iqtisodiy emas, balki ijtimoiy
barqarorlik va hududiy rivojlanish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan aniq va tizimli yondashuvlar tadbirkorlik muhitining
mustahkamlanishiga va raqobatbardosh iqtisodiyot barpo etilishiga xizmat qiladi.
Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirish –bu nafaqat iqtisodiy, balkiki
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning ham asosiy ham asosiy yo’nalishidir. Har bir
hududning o’ziga zos imkoniyatlarini to’g’ri tahlil qilish va ulardan oqilona
foydalaanish orqali samarali tadbirkorlik muhitini shakllantirish mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
258
Davlat siyosati, mahalliy boshqaruv organlari va jamiyatning birgalikda
harakati natijasida mintaqaviy tadbirkorlik yangi bosqichga ko’tarilishi mumkin.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
“O’zbekiston respublikasining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan
Taraqqiyot strategiyasi”. –
strategiya. uz
2.
Razzakov D.Y. “O’zbekistonda kichik biznes va xusisiy tadbirkorlikning
mintaqaviy rivojlanishi”.- “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali,2022,№
4.
3.
Tursunov.B.O “Hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari”.
“Iqtisodiy tahlil” jurnali,2023, №2.
4.
G’ulomov.S.S., To’laganov.O.S. “Tadbirkorlik asoslari”.-Toshkent :
Iqtisod-moliya, 2022