MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
75
INFORMATIKANI OʻQITISHDA TA'LIMNING NOCHIZIQLI
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH TALABALARNING
MUSTAQIL BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI
SIFATIDA
Kilichev Nurilla Abbosovich
Qarshi davlat texnika universiteti
e_mail:
; Tel: +998 991940710.
Annotasiya. Mazkur maqolada informatika fanini oʻqitishda ta'limning
nochiziqli texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning mustaqil bilish
faoliyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan. Informatikanio’qitishda mustaqil
ishlarni talabaning maqsadli, ichki yoʻnaltirilgan mustaqil biluv faoliyati sifatida
koʻrib chiqilgan. Ushbu faoliyat talabaning axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda murakkab kasbiy yoʻnaltirilgan vazifalarni bajarishiga asoslanishi, buning
natijasida ta'lim maqsadlari amalga oshirilishi hamda faol kasbiy pozisiya va ijodiy
faoliyat uslubi rivojlanishi tahlil qilingan.
Tayanch soʻzlar: axborot, texnologiyalar, elektron, bilish, mustaqil,
rivojlanish, tamoyil, talaba, shaxs.
Kirish.
Zamonaviy sharoitlarda bilimning roli shunchalik ortganki, u jamiyat
rivojlanishining asosiy omiliga aylangan. Oʻz navbatida, bu ta'limning yanada
samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va ta'lim amaliyotiga joriy qilish uchun
kuchli ragʻbat boʻlib xizmat qilmoqda. An'anaviy ta'lim shaxs oʻz-oʻzini
rivojlantirishi jarayonini loyihalash va konstruksiyalashga yoʻnaltirilmagan hamda
uning spontaligi omilini e'tiborga olmaydi. Bunda talabalarning bilish faolligi va
tanlash qobiliyati oʻqituvchilar nazar doirasidan tashqarida qolib ketadi. Talabaning
motivasiya doirasi hisobga olinmaydi, oʻquv materialiga ishlov berishning afzal
koʻrilgan strategiyasini, kerakli ma'lumotlarni izlashning bilishga oid tarzini tanlash
huquqi berilmaydi, ta'lim oluvchilarning shaxsiy tajribasi hisobga olinmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
76
Biz informatika boʻyicha mustaqil ishni talabaning maqsadli, ichki
yoʻnaltirilgan mustaqil biluv faoliyati sifatida koʻrib chiqamiz, ushbu faoliyat
talabaning axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tobora murakkab kasbiy
yoʻnaltirilgan vazifalarni bajarishiga asoslanib, buning natijasida ta'lim maqsadlari
amalga oshiriladi, faol kasbiy pozisiya va ijodiy faoliyat uslubi rivojlanadi. Nazariy
tadqiqotlar ta'lim modellarining xilma-xilligini qurish mantigʻining ikki xiliga boʻlish
mumkinligini koʻrsatmoqda, bular:
- chiziqli, izchil, qat'iy belgilangan (an'anaviy), uning maqsadi davlat talablari
darajasida shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, professionallashtirish (kasb egasi
qilish);
- ta'lim jarayonini nochiziqli (noizchil, bir jinsli boʻlmagan, variativ tarzda)
tashkil qilish.
Mazkur ikki yondashuv maqsadlari, ta'lim mazmuni, talabalar bilish
jarayonini tashkil qilish usullari va yoʻllari, pedagogik boshqarishning xarakteri bilan
farqlanadi.
Ta'limning an'anaviy tizimida ta'limning asosiy maqsadi muayyan bilimlar,
malaka va koʻnikmalarga, ya'ni tashqaridan berilgan me'yorlarga ega boʻlishdan
iborat.
Talabalar faoliyati asosan “tayyor” bilimlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliq va
reproduktiv hisoblanadi. Anglash predmeti – bu bilimlar, qisman faoliyat
algoritmlari, kamdan-kam hollarda – yechim usullari va yoʻllarini izlash va
tushunishni talab qiladigan harakatlar yoki muammolarning oʻzi hisoblanadi (E. Yu.
Ignateva) [66].
An'anaviy ta'lim shaxs oʻz-oʻzini rivojlantirishi jarayonini loyihalash va
konstruksiyalashga yoʻnaltirilmagan hamda uning spontaligi omilini e'tiborga
olmaydi. Bunda talabalarning bilish faolligi va tanlash qobiliyati oʻqituvchilar nazar
doirasidan tashqarida qolib ketadi. Talabaning motivasiya doirasi hisobga olinmaydi,
oʻquv materialiga ishlov berishning afzal koʻrilgan strategiyasini, kerakli
ma'lumotlarni izlashning bilishga oid tarzini tanlash huquqi berilmaydi, ta'lim
oluvchilarning shaxsiy tajribasi hisobga olinmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
77
An'anaviy ta'lim ta'lim oluvchilardan asosan predmetli bilimlarni
oʻzlashtirishni, muayyan koʻnikma va malakalarga ega boʻlishni talab qiladi. Bunda
ta'lim oluvchilar faoliyati xarakteriga koʻra passiv, talabarga taqdim qilinayotgan
ma'lumotlarni idrok qilish, oʻzlashtirish, aytib berishga qaratilgan boʻladi. Ta'limning
an'anaviy modeli doirasida faqat oʻqituvchi ta'lim jarayonining faol sub'ekti boʻlib
qoladi.
Xulosa.
An'anaviy yondashuvda asosiy e'tibor butun ta'lim jarayonini
boshqaradigan hamda asosiy shaxs boʻlgan oʻqituvchiga qaratilgan. Aralash modelda
yondashuv shaxsga markazlashgan yondashuvga oʻzgaradi, asosiy e'tibor talabalarga
qaratiladi. An'anaviy ta'lim jarayonini aralash ta'lim bilan almashtirishda bilim va
tushunishga taalluqli darajalar talaba tomonidan yangi materialni mustaqil oʻrganish
orqali mustaqil oʻtiladi, soʻngra foydalanish, tahlil qilish, sintez qilish va baholash
eng muhim bosqichlari oʻqituvchi bilan birgalikda oʻtiladi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Алексеева Т. Е. Реализация традиционных дидактических принципов в
условиях информатизации образования / Т. Е. Алексеева // СИСП. – 2015. – №
5 (49). – С. 393-405.
2.
Мультимедиа в образовании : специализированный учебный курс /Бент
Б. Андресен, Катя ван ден Бринк ; авторизованный пер. с англ. — 2-е изд., испр.
и доп. — М. : Дрофа, 2007. 224 с.
3.
Петрова И.А. Организация самостоятельной работы студентов в
личностно-центрированной информационно-образовательной среде вуза
//Современные наукоемкие технологии. – 2016. – № 2-3. – С. 552-556; URL:
https://www.top-technologies.ru/ru/article/view?id=35672
4.
Полат Е. С. Современные педагогические и информационные
технологии в системе образования : учеб. пособие для студ. вузов / Е. С. Полат,
М. Ю. Бухаркина. – 2-е изд., стер. – М: Академия, 2008. – 368 с.