MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
154
BOLALARDA QANDLI DIABET KASALLIGI SABABLARI,
KLINIK BELGILARI VA ASORATLARI.
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Pediatriya kafedrasi o’qituvchisi
Marasulova Muharramxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda qandli diabet kasalligi sabablari,
klinik belgilari va asoratlarihaqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim
tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: endokrin bezlar, albuminuriya, glyukozuriya, silindruriya,
insulin,
gipotoniya,
insulinoterapiya,
parhez,
gipoglikemiya,
taxikardiya,
giperglikemiya, paratireoid bez, gomeostaz, polietiologik, polidepsiya, polifagiya,
neyrodermiya, paradontoz, retinit, enurez, poliuriya
Annotation: This article discusses the causes, clinical signs and
complications of diabetes in children, and the author gives important
recommendations.
Keywords: endocrine glands, albuminuria, glucosuria, cylindruria, insulin,
hypotension, insulin therapy, diet, hypoglycemia, tachycardia, hyperglycemia,
parathyroid
gland,
homeostasis,
polyetiological,
polydipsia,
polyphagia,
neurodermatitis, periodontosis, retinitis, enuresis, polyuria
Qandli diabet
– me’da osti bezining Langergans orolchalarida hosil
bo‘ladigan insulin gormoni yetishmovchiligi natijasida organizmda uglevodlar
almashinuvi jarayonining buzilishi bilan harakterlanadi. Kasallik bilan maktabgacha
tarbiya, balog‘at yoshidagi bolalar ko‘p og‘riydi. Qandli diabet
polietiologik
kasallik
bo‘lib, bu kasallikda nasliy moyillikning ahamiyati katta. Kasallikning asosiy sababi
– me’da osti bezi gormoni insulin yetishmasligidir. Bolalarda qandli diabet aksari
infeksion kasalliklar (tepki, suvchechak, qizamiq, gripp, skarlatina, angina) dan keyin
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
155
boshlanadi. Ruhiy travma, jismoniy travma, uglevodlar va yog‘larga boy ovqatarga
ruju qo‘yish, ya’ni noto‘g‘ri ovqatlanish ham asosiy sabablardan bo‘lib hisoblanadi.
Klinik manzarasi
– kasallik asta-sekin rivojlanishi yoki to‘satdan boshlanishi
mumkin. Kasallikning birinchi belgilari ko‘p chanqash
va ko‘p miqdorda suv ichish
(polidepsiya), og‘iz va lablar qurishi, tez-tez,
ko‘p-ko‘p siyish
(poliuriya),
siydik
tutolmaslik
(enurez), ishtaha kuchayishi, tez-tez va ko‘p miqdorda Ovqat yeyish
(polifagiya) va shunga qaramay ozib ketishdir. Keyinchalik bola ishtahasi zo‘r
bo‘lishiga qaramay, quvvatsizlanib, boshi og‘riydi, tez charchaydigan bo‘lib qoladi.
Bemor terisi quruqlashib, badan kichishuvi (neyrodermit), furunkulyoz kabi
Qo‘shimcha kasalliklar paydo bo‘lib, kaft va tovon terilari ko‘chib tushadi. Bolaning
hazm organlarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: tili quruq, zo‘rayib boruvchi
tishlar kariyesi,
stomatit
,
paradontoz
(milklar zararlanishi), tishlar tukilishi va
boshqalar. Jigari kattalashadi va og‘riqli bo‘ladi. Bolalarda yurak qon-tomir tizimi
tomonidan: puls labil bo‘ladi, arterial bosim pasayadi,
auskultasiya
da yurak tonlari
bo‘g‘iqroq eshtilishi kabi belgilar kuzatiladi. Bolalarda ko‘ruv organlarida
o‘zgarishlar bo‘lib, diabetik katarakta va
diabetik retinit
(tur parda yallig‘lanishi) avj
olib boadi. Qonning umumiy tahlilida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar bo‘lmasligi
mumkin.
Siydik
tahlilida
albuminuriya
(siydik
bilan
oqsil
ajralishi),
silindruriya(
siydik bilan silindrlar ajralishi),
glukozuriya
(siydik bilan ko‘p miqdorda
qand ajralishi) aniqlanadi. Qondagi qand miqdori, keton tanachalari miqdori ortadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
156
Asoratlari
– noto‘g‘ri davo qilinganida, qandli diabetning o‘tishi og‘irlashib,
bir qancha asoratlar rivojlanadi: bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, jinsiy jihatdan yaxshi
yetilmaslik, Buyrak funksiyasining buzilishi,
katarakta
(ko‘rlik), jigar sirrozi,
gipoglikemik koma
,
mikroangiopatiya
kabilar. Eng og‘ir asorati
diabetik ya’ni
giperglikemik komadir
.
Tashhisoti –
qandli diabet deb tashhis qo‘yishda bemordagi klinik belgilar
(polidepsiya, polifagiya, poliuriya), qon va siydikdagi o‘zgarishlarga asoslanadi.
Sog‘lom bola qonidaga qand miqdori normada 3,3-5,5 mmol/l bo‘ladi. Kasal
bolalarda esa bu ko‘rsatkich nahorda (och qoringa) tekshirilganda 11,5-18,5 mmol/l
gacha, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi. Qandli diabetning yashirin formasida
bemorda asosiy klinik belgilar ko‘rinmaydi, qondagi qand miqdori nahorga normada
bo‘ladi, siydik bilan qand ajralmaydi. Bu bolalarga qand berib, qondagi qand miqdori
aniqlansa, ya’ni qand miqdorini ko‘rsatadigan egri chizikka qarab, aniqlasa bo‘ladi.
Yashirin diabet uchun egri chizikning yuqorilab ketishi, sekinlik bilan pastga tushishi
harakterlidir. Sog‘lom bolada odatda siydik bilan qand ajralib chiqmaydi. Qandli
diabet bilan og‘rigan bolalar siydigida 8,3-11,1 mmol/l va undan ortiq qand miqdori
bo‘ladi. Buni aniqlash uchun sutkalik siydik miqdori va sutkalik glukozuriya
aniqlanadi.
Davosi
– qandli diabetni davolashning asosiy prinsipi fiziologik normaga
to‘g‘ri keladigan, bekamu-kust ovqatar bilan ovqatlanib borish,
insulinoterapiya
qilish va gigiyena rejimiga amal qilishdir. Sog‘lom bolalar uchun belgilangan
Ovqatda oqsil, yog‘, uglevodlar nisbati 1:1:4 bo‘lsa, qandli diabet bilan og‘rigan
bolalar uchun bu nisbat 1:0,75:3,5 bo‘lishi kerak. Parhez to‘tishda sifatli, vitaminlarga
boy ovqatar beriladi, bunda Ovqat tarkibida oqsil yetarlicha bo‘lishi kerak, yog‘lar va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
157
uglevodlar birmuncha cheklangan bo‘ladi. Bola kuniga 5 marta ovqatlanishi kerak.
Ular qora non, go‘sht, sariyog‘, pishloq, tuxum, qatiq, qaymoq, sabzi, karam, lavlagi,
baliq kabi maxsulotlarni iste’mol qilishi kerak. Qandli diabetning yengil turida parhez
bilan davolasa bo‘ladi. Og‘irroq hollarda insulin bilan davolanadi. Insulin
preparatlaridan oddiy insulin, sink-insulin suspenziyasi, globulin-sink-insulin,
semilenta kabilari qo‘llaniladi. Kunlik insulin miqdori (dozasi) siydikdagi qand
miqdoriga qarab aniqlanadi. Siydikdagi har 4-5 gr qand miqdoriga 1 TB da insulin
buyuriladi. Insulin ovqatlanishdan 30-40 minut oldin teri ostiga yuboriladi. Bolalar
yetarli miqdorda S, V1, V2, V6,V12 vitaimnlari bilan ta’minlanib to‘rgan bo‘lishi
kerak. Qandli diabet bilan og‘rigan bolalar umumiy rejimi sog‘lom bolalarniki bilan
bir xil.
Diabetik va gipoglikemik koma belgilari va davosi.
Diabetik koma –
kasallik kechikib aniqlanganda, noto‘g‘ri davolanganda
(tayinlangan insulin miqdori yetarlicha bo‘lmaganda, parhez buzilganda) har xil
yuqumli kasalliklar, ruhiy travmalar ostida kelib chiqadi. Diabetik komaning
darmonsizlik, ko‘p chanqash, ko‘p siydik ajratish, uyquchanlik, ishtaha yo‘qolishi,
ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rigi, og‘zidan aseton hidi kelishi kabi dastlabki
xabarchi belgilarini vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda bemor asta-
sekin xushidan ketadi, reflekslari susayadi, teri va shilliq pardalari quruqlashadi,
og‘zidan aseton hidi kelib turadi, mushaklar bo‘shashadi (gipotoniya), tez-tez chuqur-
chuqur nafas oladi, tomir urishi tezlashadi. Tana harorati biroz ko‘tarilib,
giperglikemiya
(qonda qand miqdorining oshishi) va
glukozuriya
kuchayadi. Bunday
hollarda bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.
Gipoglikemik koma
– qandli diabetni davolashda insulinni keragidan ortiq
yuborish, insulin yuborilgandan keyin to‘g‘ri ovqatlanmaslik natijasida kelib chiqadi.
Bunda bemor bolaning rangi birdan oqarib, o‘zini behol sezadi, terga to‘shadi, kuchli
ochiqish sezadi, yurak urishi tezlashadi (taxikardiya), bosh aylanadi, ko‘z
qorachiqlari kengayadi, qo‘l-oyoqlari titrab, qaltiroq to‘tib xushidan ketadi. Qonda
qand miqdori kamayadi (gipoglikemiya).
Shoshilinch yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
158
Diabetik komada -
qandli diabet bilan og‘riganligi endigina aniqlangan
bemorlarga 1-1,5 TB/kg hisobidan, ilgari davolanib yurgan kasallarga ikki marta
oshirilgan sutkalik dozada insulin yuboriladi. Shu dozanining yarmini izotonik natriy
xlor eritmasi bilan vena ichiga, qolgani teri ostiga yuboriladi. Ignani venadan
chiqarmasdan turib, 0,9%-100 ml natriy xlor eritmasi, 100 ml Ringer eritmasi, 5% li-
1 ml vitamin S eritmasi, 0,6%-1 ml tiamin bromid, 50 mg Kokarboksilazadan iborat
aralashma yuboriladi. 2-3 soatdan so‘ng dastlabki dozaning yarmi teri ostiga
yuboriladi. Natriy xlorning 0,9% li eritmasi vena ichiga tomchilab yuboriladi. Qon
aylanishi buzilganda teri ostiga kofein, kardiamin yuboriladi. Birinchi sutkada bolaga
ovqat berilmaydi. 24 soatdan keyin qoq non bilan choy berish mumkin. 2 hafta
davomida bolani o‘rnidan turgizmay yetkizib quyiladi.
Gipoglikemik komada
– bemor bolaning es-hushi o‘zida bo‘lsa, unga 2 bo‘lak
qand, konfet, murabbo, shirin choy berish kerak. Hushsiz bo‘lsa, darhol vena ichiga
20-30 ml 40% li Glukoza eritmasi yuboriladi. Naf bermasa, 10 minutdan keyin yana
takrorlanadi. Arterial bosim pasayganida teri ostiga 0,1% li adrenalin eritmasi,
kordiamin yuboriladi. Talvasa to‘tganida xloralgidrat bilan xukna qilinadi. Bola
bezovta bo‘lsa, fenobarbital ichiriladi.
Qandli diabet bilan og‘rigan bolalarni parvarishlash xususiyatlari.
Qandli diabet bilan og‘rigan bolalar dispanser hisobida turadi. 6 oyda 1 marta
okulist, nrevrapatolog, ftiziatr
ko‘rigidan o‘tishi kerak. Epidemiologik jihatdan
zaruriyat tug‘ilgandagina bolalar emlanadi. Tibbiyot hamshirasi kasal bolalarni ota-
onalariga diabetning belgilari va davosiga oid asosiy masalalarni, ovqatlanish
rejimini, insulin yuborish yo‘llari va joylari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boradi.
Shu bilan birga, hamshira parhezga qat’iy rioya qilish, shifokor tavsiya qilgan barcha
dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish, bemor terisi, ichki kiyimlari tozaligini ta’minlash
bemor bolani parvarishlashda asosiy rol egallashini aytadi Bemorga qand miqdorini
pasaytiruvchi vositalardan quyidagilarni berish mumkin: grechka (1choy qoshiq xom
grechka ustiga ½ stakan kaynoq suv solib, 2 soat damlanib, keyin beriladi), chernika
(maymunjon) damlamasi, karam bargi, malina sharbatlari, chinnigul damlamasi vash
u kabillar. Bemor oyoqlarini har kuni iliq suvga vanna qilib yuvish, terining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
159
mugo‘zlanuvchi qismni pemza bilan tozalash va shu joylarga krem surtish lozim.
Hamshira oyoq terisida har qanday shikastlar aniqlanganda yarani furasillin eritmasi
bilan yuvish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarurligini tushuntirish va bajarish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Pediatriyada hamshiralik ishi . Qodir Inomov, Manzura G’aniyeva
2. Bolalar kasalliklari DAMINOV T.A., XALMATOVA B.T.
BOBOYEVA U.R.
3. Internet saydlari:
https://uz.wikipedia.org/wiki/