MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
149
GEPATIT “A” KASALLIGINI YUQISH YO’LLARI, BELGILARI VA
OLDINI OLISH CHORALARI
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
“Maxsus fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Giyazova Diloromxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada gepatit A kasalligini yuqish yo’llari, belgilari
va oldini olish choralari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar
berilgan.
Kalit so'zlar: fekal-oral, vaskulit, artrit, sariqlik, gemolitik anemiya, ko’ngil
aynishi, qusish, bosh og’rig’i
Hepatitis A Transmission, Symptoms, and Prevention
Annotation: This article discusses the transmission, symptoms, and
prevention of hepatitis A, and provides important recommendations by the author.
Keywords: fecal-oral, vasculitis, arthritis, jaundice, hemolytic anemia,
nausea, vomiting, headache
Sariq kasalligi deb nom olgan virusli gepatit kasalligi yuqumli bo‘lib, ularning
bir necha turlari mavjud. Virusli gepatitning A va E turlari odamga og‘iz orqali yuqadi
va ko‘proq bolalarda uchraydi.
Gepatit A
– gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan
keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda
yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat
holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich
ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador
boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya,
gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pankreatit va Giyan – Barre sindromi
qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib
ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
150
surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar
yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi.
Fulminant jigar kasalligi rivojlanishi uchun xavf omillariga bir vaqtning oʻzida
gepatit C bilan kasallanganlik hamda homiladorlik kiradi. Klinik jihatdan
boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi.
Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT
ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha
oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali
tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish,
koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi.
Kasallikka ko‘p hollarda:
• qo‘llarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish;
• meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish;
• suvni qaynatmay ichish;
• ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda cho‘milish;
• iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga pashshalarning o‘tirishi sabab bo‘ladi.
Kasallikning yuqish xavfi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
151
Gepatitning yuqish xavfi kasallikning yashirin, boshlang‘ich davrlari va
sariqlik belgilarisiz kechadigan turlarida yuqori bo‘ladi. Bunda bemor o‘zi bilmagan
holda oila a’zolari va yaqinlariga kasallikni yuqtirishi mumkin. Bemor foydalangan
idishlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechak, o‘yinchoq, so‘rg‘ich, hojatxona
anjomlari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari virus bilan zararlangan bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun idishlarni maxsus yuvish vositalari yordamida yuvishga
odatlaning. Pol, eshik tutqichlari va ishlatilishiga qarab boshqa buyumlarni,
muntazam
zararsizlantiruvchi
vositalar
bilan
artib
turing.
Kasallik belgilari quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi:
• darmon qurishi, uyquchanlik;
• ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngilning aynib turishi (ayniqsa yog‘ hidlariga nisbatan),
• ba’zida ovqatlangandan keyin qusish;
• haroratning ko‘tarilishi;
• ba’zan burunning bitishi, oqishi, bosh og‘rishi (grippga o‘xshash);
• ko‘z oqi va pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq va terining sarg‘ayishi;
• peshobning qizarishi (me’yorda peshob sarg‘ish bo‘ladi);
• najasning oqarishi (rangsizlanishi)
Yuqoridagi belgilarning birontasi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
Virusli gepatit asoratlari bilan xavflidir.
Kasallikning belgilariga befarqlik bilan qarash, uning uzoq davom etishiga
sabab bo‘lishi mumkin.Vaqtida zarur choralarning ko‘rilmasligi esa jigar
yetishmovchiligi, jigar sirrozi kabi og‘ir asoratlarni yuzaga keltirishi bilan xavflidir.
Salomatlikning oltin qoidasiga rioya etish kasallikni oldini olish demakdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
152
• Muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning.
• Kuniga kamida 7-8 soat uxlang.
• O‘z vaqtida ovqatlaning.
• Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling.
Bu tanangizni chiniqtirib, baquvvatlashtiradi, kasallikka qarshi kurashuvchanligini
oshiradi.
Esda tuting!
• Ovqatlanishdan oldin va hojatdan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuving.
• Meva va sabzavotlarni toza suvda yuvib, iste’mol qiling.
• Suvni qaynatib ichishga odatlaning.
• Bolalarda qo‘l, o‘yinchoq va boshqa turli narsalarni og‘izga solish, tirnoqlarni
tishlash kabi odatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymang.
• Pashshalarni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang.
• Bolalarni turib qolgan ochiq suv havzalarida cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang.
• Oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol qilinadigan suvni ochiq qoldirmang.
• Gepatit "A" kasalligiga qarshi emlash eng samarali usuldir.
Har bir ota va ona farzand salomatligi uchun mas’ul ekanligini unutmasligi
lozim!
Infeksiyani asosiy yuqish omillaridan biri maishiy-muloqot hisoblanadi.
Kasallik qayd etilgan o‘choqlarda mutaxassislar tomonidan zararsizlantirish tadbirlari
o‘tkazib kelinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–6_Июнь –2025
153
‼️ Kasallikka chalinishni oldini olish maqsadida bolalarni virusli gepatit "A"
kasalligiga qarshi emlash muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Pediatriyada hamshiralik ishi . Qodir Inomov, Manzura G’aniyeva
2. Bolalar kasalliklari DAMINOV T.A., XALMATOVA B.T.
BOBOYEVA U.R.
3. Internet saydlari:
https://uz.wikipedia.org/wiki/