Authors

  • Ozodbekova Moxlaroyim Alisher qizi

Author Biography

  • Ozodbekova Moxlaroyim Alisher qizi

    Bo’ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Umimiy farmakologiya va retseptura fani o’qituvchisi

    Nafas olishn tizimi

    Fiziologik nafas olish jarayoni ikkita yirik qismdan: tashqi nafas olish va ichki nafas olishdan iborat.

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116561

Abstract

Tashqi nafas olish oʻpkaga havoni soʻrib olish (nafas olish) va havoni tashqariga chiqarish (nafas chiqarish)ni oʻz ichiga oladi. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

42

MAVZU:

NAFAS SISTEMASIGA TA`SIR ETADIGAN VOSITALAR

Ozodbekova Moxlaroyim Alisher qizi

Bo’ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Umimiy farmakologiya va retseptura fani o’qituvchisi

Nafas olishn tizimi

Fiziologik nafas olish jarayoni ikkita yirik qismdan: tashqi nafas olish va

ichki nafas olishdan iborat.

Tashqi nafas olish

oʻpkaga havoni soʻrib olish (nafas olish) va havoni

tashqariga chiqarish (nafas chiqarish)ni oʻz ichiga oladi.

Ichki nafas olish

davomida qontomirlar va hujayralar orasida kislorod hamda

karbonat angidrid almashinuviyuz beradi.

Nafas olish jarayonida kislorodga boy havo burun yoki ogʻizdan

boshlanib,

halqum

,

hiqildoq

va

traxeya

ga oʻtkaziladi. Traxeya oʻpka ichida

shoxlanadigan ikkita

bronx

ga boʻlinib ketadi. Har bir bronx maydaroq bronxlarga va

yanada

kichikroq

naychalar

bronxiola

larga

shoxlanadi.

Bronxiolalar

oxirida

alveola

lar deb nomlangan havo xaltachalari bor. Ularda gaz almashinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

43

Nafas tizimining muhim tuzilmasi – bu

diafragma

. Diafragma qisqarganda u

tekislanadi va oʻpkalar kengayib, ularning ichiga havo kiradi. U boʻshashganida havo

sizib chiqadi, oʻpkalar puchayadi.

Shamollash va nafas a’zolari kasalliklariga davo qilishda bir qancha

shifobaxsh o’simliklardan foydalaniladi. Ularning umumiy soni 50 dan ham ortiq.

Ba’zilari balg’am ko’chiruvchi, yo’talni qoldiruvchi va ko’krakni yumshatuvchi

xossaga ega bo’lsa, boshqalari bakteriyalarga qarshi, burushtiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Shu sababli ular og’iz-tomoqni chayish uchun yoki terlatuvchi shifobaxsh vosita

sifatida qo’llaniladi

Nafas a’zolariga ta’sir etadigan dorivor o’simliklar va ularning

preparatlari

Gulxayri.

Altey (Althaea). Tibbiyotda gulxayrining 2 turi: dorivor gulxayri –

altey lekarstvenniy (Althaea officinalis L.) va arman gulxayrisi – altey armyanskiy

(Althaea armeniaca Ten.) dorivor vosita sifatida ishlatiladi.

Dorivor gulxayri – bo’yi 1, 5 m gacha bo’ladigan ko’p yillik o’t o’simlik.

Gulxayrining bir qancha turi bo’lib, ular o’tloqlarda to’qayzorlarda, soylarda,

botqoqliklarda, begona o’t sifatida ekinlar orasida, bog’larda hamda tog’larning o’rta

qismigacha bo’lgan yon bag’irlarida va boshqa nam yerlarda o’sadi. O’zbekistonning

deyarli hamma viloyatlari to’qayzorlarida, tog’li tumanlarining nam yerlarida

gulxayri turlarini uchratish mumkin. Tibbiyotda gulxayrining har ikkala turi ildizidan

va bargidan bir xilda foydalaniladi. Tarkibida 11% shilliq moddalar, 37% kraxmal va

boshqa moddalar bor. Gulxayri qadim zamonlardan beri xalq tabobatida turli

kasalliklarni davolashda ishlatilib kelingan dorivor o’simliklardan. Ibn Sino uning

ildizidan, bargidan va urug’idan tayyorlangan damlama bilan yo’tal, qon tupurish,

zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan hamda balg’am ko’chiruvchi va shishlarni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

44

qaytaruvchi vosita sifatida ishlatgan. Hozirgi vaqtda ham gulxayri ildizidan

tayyorlangan damlama xalq tabobatida yo’tal, ko’k yo’tal, o’pka shamollashi, nafas

qisishi, tomoq yallig’lanishi, ko’krak og’rishi xastaliklarida yumshatuvchi, og’riq

qoldiruvchi sifatida qo’llaniladi. Tibbiyotda gulxayri ildizining dorivor preparatlari

(damlama, quruq ekstrakt, sharbat) nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa bolalarning

nafas yo’llari yallig’lanishiga qarshi) va yallig’lanishda balg’am ko’chiruvchi hamda

me’da-ichak kasalliklarida (ich ketganda)o’rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Gulxayraning mayda kesilgan ildizi nafas yo’llari, ko’krak kasalliklarida

qo’llaniladigan balg’am ko’chiruvchi turli yig’ma-choylar tarkibiga kiradi.

Dalachoy.

Zveroboy (Hypericum perforatum L.). Tibbiyotda dalachoyning 3

turidan foydalaniladi.

Teshik dalachoy

(Hypericum perforatum L.),

dag’al dalachoy

(Hypericum scavrum L.) va

dog’li dalachoy

(Hypericum maculatum Grantz.) Teshik

dalachoy (Hypericum perforatum L.) - bo’yi 100 sm gacha (ko’pincha 30-35 sm)

bo’lgan ko’p yillik o’t o’simlik.

Dalachoy keng tarqalgan o’simliklardan bo’lib, u yo’l yoqalarida, ariq

bo’ylarida, o’tloqlarda, o’rmonlarda, o’rmon chetlarida, bo’talar orasida,

bedazorlarda, bog’larda, sug’oriladigan va boshqa nam yerlarda, tog’larning

etaklaridan to o’rta qismigacha bo’lgan mayda tosh-tuproqli joylarda o’sadi.

O’zbekistonning hamma viloyatlarida uchraydi. Tarkibida oshlovchi moddalar,

antrasten unumlari, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Ibn Sino dalachoyni og’riq

qoldiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida va turli yaralarni davolash uchun

ishlatgan. Xalq tabobatida dalachoy yer ustki qismidan tayyorlangan damlama asosan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

45

me’da-ichak kasalliklari (ich ketish)ni davolash va qon oqishni to’xtatish uchun

qo’llaniladi. Ilmiy tibbiyotda dalachoy yer ustki qismining dorivor preparatlari

(damlama, suyuq ekstrakt) og’iz bo’shlig’ining yallig’lanish kasalliklarida (gingivit,

stomatit) va tomoq yallig’lanishida og’iz va tomoqni chayish hamda me’da-ichak

kasalliklarida (kolit, ichburug’) ichish uchun ishlatiladi. Kuygan joyni va yaralarni

davolash uchun dalachoy yer ustki qismidan tayyorlangan novoimanin preparati

qo’llaniladi. Bu preparat eritmasi og’iz va tomoqni chayish uchun xam ishlatiladi.

Dalachoy yer ustki qismi og’iz va tomoqni chayish, me’da-ichak va boshqa

kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan turli yig’ma-choylar tarkibiga kiradi. Xalq

tabobatida yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarga davo qilish uchun dalachoyning yana

ikki turi: dag’al dalachoy va cho’ziqbarg dalachoy yer ustki qismlaridan tayyorlangan

damlamalar ham ishlatiladi.

Andiz.

Devyasil (Inula L.). Tibbiyot va xalq tabobatida andizning bir necha

turidan foydalaniladi. Bulardan qora andiz devyasil visokiy (Inula helenium L.), sariq

andiz- devyasil krupniy (Inula grandis Schrenk.), Britaniya andizi (chachalbosh) -

devyasil britanskiy (Inula britannica L.)va boshqalarni aytib o’tish mumkin.

Qora andiz bo’yi 150 sm achabo’lgan ko’p yillik o’t o’simlikdir. U tog’li

yerlarda, tog’ etaklarida, tekisliklarda, cho’l va o’rmon - cho’l xududlaridagi

o’tloqlarda, butalar orasida, tepaliklarning pastki qismida, suv bo’ylarida va boshqa

nam yerlarda o’sadi. O’zbekistonda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Andijon,

Namangan, Farg’ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tog’li

tumanlarida, tog’ etaklaridan tog’larning o’rta qismigacha bo’lgan nam yerlarda,

to’qayzorlarda, daryolar, vodiylarda va chakalakzorlarda o’sadi. Tibbiyotda andiz

turlarini ildizpoya va ildizdan foydalaniladi. Andiz antiseptik, yallig’lanishga qarshi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

46

va organizmdan gijjalarni haydash xossasiga ega. Andiz qadimdan tabobatda

ishlatilib kelingan dorivor vosita bo’lib, Ibn Sino uni o’z vaqtida turli kasalliklarda,

jumladan ko’krakni tozalovchi va balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida qo’llagan.

Xalq tabobatida hozir ham ildizpoya va ildizidan tayyorlangan qaynatma o’pka sili

va nafas yo’llarining shamollash kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi, isitmada

haroratni pasaytiruvchi hamda siydik va gijja haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

Yaralar, jarohatlar, ekzema, qo’tir va terining boshqa kasalliklariga davo qilishda

ularning ildizpoya va ildizidan tayyorlangan qaynatma shimdirilgan doka yaraga

qo’yiladi. Sariq andiz farmastevtika institutining farmakognoziya kafedrasida prof.

A.Yo.Yoqubov tomonidan o’rganilgan va amaliyotda tatbiq etilgan. Tibbiyotda andiz

ildizpoyasi va ildiz qaynatmasi (10g-200 ml) nafas yo’llarining yallig’lanishi

kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi dori sifatida xamda me’da- ichak kasalliklariga

davo qilish uchun qo’llaniladi. Qaynatma yo’talni qoldirish va balg’am ko’chiruvchi

vosita sifatida kuniga 3-4 maxal ovqatdan 20 daqiqa oldin 1osh qoshiqdan iste’mol

qilinadi.

Afsonak

. Termopsis (Thermopsis R.Br.). Afsanakning bir necha turlari

ishlatiladi: nashtarsimon afsanak (Thermopsis lanceolate R.Br.). Ketma – ket gulli

afsanak (Thermopsis.alterniflora Rgl. et Schmalh), Turkiston afsanagi (Thermopsis

turkestanica Gand.).

Nashtarsimon afsonak ko’p yillik, bo’yi 10-14 sm keladigan o’to’simlik.

Turkiston afsanagi bo’yi balanligi, sershoxligi bilan ajralib turadi. Nashtarsimon

afsonak qozog’istonda, Ukrainada, Rossiyaning Evropa qismida va O’rta Osiyoda

uchraydi. Turkiston afsanagi, ketma – ket gulli afsanak G’arbiy Tyanshan tog’larida,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

47

Toshkent viloyatining tog’li tumanlarida o’sadi va mahsulot tayyorlanadi.

Afsanakning urug’I tarkibida 2 - 3% alkaloid (sitizin) va boshqa moddalar bor.

O’simlikning yer ustki qismida 0, 5 - 3, 6% alkaloidlar (termopsin, paxikarpin

va b.) mavjud. Ushbu alkaloidlarning farmakologik xossasi balg’am ko’chiruvchi

ta’sirdir, sitizin alkaloidi esa nafas markazini qo’zg’atuvchi ta’sirga ega. O’simlikdan

tayyorlangan galen preparatlari (damlama va qaynatmalar) nafas markazini

qo’zg’atadi, qusish markazini jonlantiradi. Termopsis yaxshigina balg’am ko’chiradi.

Chunki Bronx shilliq pardasidagi bezlarning ishini kuchaytirib balg’amni suyultiradi,

kipriksimon epiteliy xarakatini tezlashtiradi va balg’am ajralib chiqishini

yengilashtiradi. Shu sababli o’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan

fitopreparatlar surunkali bronxitlarda keng miqyosda ishlatiladi.

ASOSIY ADABIYOTLAR

1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.

2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.

Toshkent., 2003y.

3.B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrennix bolezney”. Xarkov.

2003.

4.M.D.Mashkovskiy “Lekarstvennыye sredstva” (1–2 tom). Moskva. 2004y.

Internet saytlari:

http://www

.

ziyonet.uz/http://www.

lex.uz/ httpwww.gugle.com/