Authors

  • Gapparova Gulbahor Malikovna

Author Biography

  • Gapparova Gulbahor Malikovna

    Bos’ton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Hamshiralik ishi fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116563

Abstract

tozalikning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib aqliy va jismoniy mehnatni yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda, badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash tozalik va b. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

29

BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI

Gapparova Gulbahor Malikovna

Bos’ton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Hamshiralik ishi fani o’qituvchisi

Shaxsiy tozalik

- tozalikning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat

faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini

saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir

kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib aqliy va jismoniy mehnatni yoʻlga qoʻyish,

jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va

dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda, badan (teri, soch, tirnoq,

tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash tozalik

va b. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga

eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez

kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri

parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning

tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda

yoshligidanoq odatlanishi zarur.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

30

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq,

ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab

yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida

chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.

Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini

taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham

muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni

chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

31

Shaxsiy gigiyenaga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi

ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq

muntazam amalga oshirish kerak.

Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish

Sh.g. da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va

boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).

Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1-marta uni choʻmiltirish

mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa, kundalik yuvib-tarashdan tashqari, bemor

badanini qaynagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi.

Bemor qattiq terlasa, kiyimi bot-bot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artiladi

(badani doim quruq va toza turishi kerak).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

32

Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qoʻlni har safar

ovqatlanishdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigan bemorlar oyogʻini karavot

ustiga togʻora qoʻyib, haftada 2-3 marta yuviladi. Ogʻir yotgan bemorlarning jinsiy

aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi.

Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham)

almashtiriladi va orqa peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan

namlab

tarab,

toza

tutiladi. Tirnoqlari vaqt-vaqti

bilan

olib

turiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

33

Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib, har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib

turishi

lozim.

Ogʻir

yotgan

bemorlar

tishi

0,5%

li soda yoki margansovkaning kuchsiz

eritmasiga

namlangan paxta bilan

artiladi. Quloqlar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3%

li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib, soʻngra paxta pilikcha

yordamida ehtiyotlik bilan olinadi.

Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi

va

boshqalardan

foydalanish

yaramaydi,

aks

hodda

quloq

pardasini

teshib

yuborish

mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan

suyuqlik ajraganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida koʻzni ehtiyotlik

bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuqlik oqqanda yoki

qaloq hosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta

pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin

tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun

oʻlchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga

qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi.

Qabulxona bo’limining tibbiyot hamshirasi bemorni sanitariya tozalovidan

o'tkazishdan oldin uning badan terisini ko'zdan kechiradi. «Pedikulyoz» (bitliqilik)ni

aniqlaydi. Bitlar boshda, chov va kiyim choklarida uchrashi mumkin. Bitlar 1,5 m m

.dan 4 m m gacha o 'lchovda bo'ladi, tuxumlari esa 0 ,6 — 1 mm dankam bo’lmaydi,

sirkalar uzunchoq shaklda bo'lib, soch tanasining ildiz qismiga yopishqoq moddasi

bilan yopishib oladi.

Bosh va kiyim bitlari og 'ir yuqumli kasalliklar — toshmali hamda qaytalama

tifning tashuvchisi hisoblanadi. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi bit yoki sirka

aniqlanganda zudlik bilan dezinfeksiya o'tkazishi zarur. Pedikulyoz aniqlanganda

tibbiyot hamshirasining harakat algoritmi: 1. Hamshira ro'mol, xalat, qo'lqop kiyadi.

2. Bemorni kleyonka solingan kushetkaga o'tqazadi (agar uning ahvoli yengil bo‘lsa).

3. Bemorga bajariladigan muolajaning zarurligini tushuntiradi. 4. Bemor sochlariga

pedikulyozga qarshi vosita bilan ishlov beradi. 5. Bemor boshini 20 daqiqa ro‘mol

bilan o‘rab qo‘yadi. 6. Bemorsochi iliq suv bilan yuvilib, artiladi va 10— 15 daqiqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

34

davomida mayda tishli taroqda taraladi. 7. Kiyimlar zararsizlantirish uchun qopga

joylanadi (tibbiyot hamshirasining xalati ham). 8 .Qo‘lqoplar yechilib, qo’llar

yuviladi. Gigiyenik vanna va dash qabul qilish. Bemor ahvolidan kelib chiqqan holda

sanitariya tozalovi to'liq (vanna, dush) yoki qisman (artish, yuvintirish) bolishi

mumkin. Muolaja algoritmi: 1. Hamshira qo’lqop kiyadi. 2. Yuvinish xonasi

tayyorlanadi (harorati 25—28 °C darajada). 3. Vanna sathi mochalka yoki cho'tka

yordamida sovun bilan tozalanadi. So'ng 0,5% li xlorli ohak, yoki 2% li xloramin (B)

eritmasi yordamida zararsizlantirilib, keyin issiq suv bilan chayiladi. 4. Vanna teshigi

tiqin bilan berkitilib, suv bilan to’ldiriladi (harorat 3 5 -3 7 °C bo’lishi kerak). 5.

Bemorga vannada qulay holatni egallashiga yordam beriladi, suv sathi to‘sh

suyagigacha bo'lib, sirpanib ketmaslik uchun oyoq tagiga moslama qolyiladi.

6.Qo'lqoplar yangilanadi. 7. Bemorning boshi yuviladi, tanasining ko‘p terlaydigan

qismlari (qo'ltiq osti, ko'krak osti bezlari, chov sohasi)ni mochalka yordamida

yuviladi. 8. Vanna qabul qilish m uddati 20 - 25 daqiqa.

9. Bemorning vannadan chiqishiga yordam berib, badani yum shoq sochiq

bilan quritib artiladi va kiyintiriladi. 10. Vanna ichidagi suv oqizib yuborilgach,

zararsizlantiruvchi modda bilan chayib, issiq suv bilan yuviladi. 11. Mochalkalar 30

daqiqacha 3% li xloramin eritmasiga solib qo‘yiladi, so’ng chayib quruq holda yopiq


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

35

idishda saqlanadi. 12. Vannaxona tozalanadi, qo'lqop yechiladi. Gigiyenik dush qabul

qilish uchun bemor vanna ichiga qo'yilgan stul yoki maxsus moslamaga o'tqaziladi va

muolaja yuqoridagi tartibda olib boriladi. Qisman tozalash uchun hamshira qo'liga

qo'lqop kiyadi. Bemorning tagiga kleyonka solib, tanasini artish uchun nam- langan

oqliq tayyorlaydi. Avval tananing oldingi qismi: ko'krak, qo'llar, qo'ltiq osti sohasi

artiladi, so'ngra kurak artilib, choyshabga o'rab qo'yiladi. Xuddi shu tarzda qorin,

oyoqlar, yelka sohalari artiladi. Muolaja oxirida kleyonka yig'iladi, qo'lqop yechiiadi.

Muolaja davomida hamshira ishtirok etishi shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Zоkirоvа K.O’, Tохtаmаtоvа D.O’ «Hаmshirаlik ishi аsоslаri». Tоshkent, 2019 yil.

2. Tоlkаchyovа О.V., Zinkоvskаya I.V. «Оsnоvы sestrinskоgо delа». Tоshkent,

CHo’lpоn nаshriyoti, 2012 yil.

3. Inоmоv K.S. «Hаmshirаlik ishi аsоslаri». Tоshkent, O’zbekistоn milliy nаshriyoti,

2007 yil