Authors

  • Saidrasulova Lobar Akbar qizi
  • Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi

Author Biographies

  • Saidrasulova Lobar Akbar qizi

    O` zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

  • Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi

    ` zbekiston davlat jahon tillari universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116575

Keywords:

biografik yondashuv tarixiy shaxs tarixiy asar badiiy asar obraz tarixiy haqiqat badiiy to`qima “Boburnoma” “Tarixi Rashidiy”.

Abstract

Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan ulug` siymolar qatorida turadi. Shu bois bu tarixiy shaxs haqida dunyo miqyosida u yashagan davrdan hozirga qadar qator tarixiy va badiiy asarlar yaratildi va yaratilmoqda. Bu tarixiy va badiiy manbalarda ulug` mutafakkir haqidagi muhim haqiqatlar, uning nihoyatda murakkab, biroq mazmunli hayoti o`z ifodasini topgan. Mazkur manbalarni muqoyasaviy o`rganish bugungi adabiyotshunoslik va tarixshunoslik ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada avstriyalik yozuvchi Fris Vyurtlening “Andijon shahzodasi” qissasi hamda amerikalik sharqshunos Harold Lambning “Bobur – yo`lbars” biografik romanida yaratilgan Bobur obrazi Z. M. Boburning “Boburnoma” memuar va Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” tarixiy asarlari bilan qiyosan tekshirilgan. Bunda adabiyotshunoslikdagi biografik metod asos qilib olingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

458

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR OBRAZINING JAHON

ADABIYOTSHUNOSLIGIDAGI ROLI

O` zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi: Saidrasulova Lobar

Akbar qizi

Ilmiy rahbar:Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi,O` zbekiston davlat jahon

tillari universiteti o

`

qituvchisi

Annotatsiya: Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan

ulug` siymolar qatorida turadi. Shu bois bu tarixiy shaxs haqida dunyo miqyosida u

yashagan davrdan hozirga qadar qator tarixiy va badiiy asarlar yaratildi va

yaratilmoqda. Bu tarixiy va badiiy manbalarda ulug` mutafakkir haqidagi muhim

haqiqatlar, uning nihoyatda murakkab, biroq mazmunli hayoti o`z ifodasini topgan.

Mazkur manbalarni muqoyasaviy o`rganish bugungi adabiyotshunoslik va

tarixshunoslik ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan ushbu

maqolada avstriyalik yozuvchi Fris Vyurtlening “Andijon shahzodasi” qissasi hamda

amerikalik sharqshunos Harold Lambning “Bobur – yo`lbars” biografik romanida

yaratilgan Bobur obrazi Z. M. Boburning “Boburnoma” memuar va Muhammad

Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” tarixiy asarlari bilan qiyosan tekshirilgan.

Bunda adabiyotshunoslikdagi biografik metod asos qilib olingan.

Kalit so`zlar: biografik yondashuv, tarixiy shaxs, tarixiy asar, badiiy asar,

obraz, tarixiy haqiqat, badiiy to`qima, “Boburnoma”, “Tarixi Rashidiy”.

O`zbek davlatchiligi tarixi, mumtoz adabiyotimizning bosib o`tgan yo`li,

buyuk mutaffakkir-u allomalarimiz qoldirgan bebaho ma`naviy xazina nafaqat

mamlakatimiz, qolaversa, dunyoning turli hududlarida tadqiqot olib borayotgan

tarixchi, adabiyotshunos olimlarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Xususan, buyuk davlat

arbobi, ulkan imperiya va sulola asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad

Boburning hayoti va ijodi bo`yicha nafaqat yurtimiz yoki Bobur saltanat tuzgan

hududlarda, balki Yevropa va Amerikaning ilmiy-tadqiqot markazlaridan ham


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

459

mutaxassislar tomonidan o`rganib kelinmoqda. Shoh va shoir haqida ko`plab tarixiy

va badiiy asarlar bitilgan va hozirda ham yaratilyapti. Markaziy Osiyo davlatlari,

Eron, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya

va boshqa juda ko`p mamlakatlarda “Boburnoma” memuari dunyo tillariga tarjima

qilindi, kitobxonlarda buyuk bobokalonimiz she`riyatidan xorijiy tillarda ham

tanishish imkoniyati paydo bo`ldi. Zahiriddin Muhammad to`g`risida ma`lumot

beruvchi tarixiy manbalar asosida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etib kelinmoqda.

Aslida bunday ilmiy izlanishlar Sharq mamlakatlarida ancha oldin, G`arbda esa

o`tgan asrning birinchi yarmida boshlangan edi. Bu tadqiqotchilarning darg`alari –

boburshunoslik ilmining nemis tilidagi maktabini boshlab bergan avstriyalik

sharqshunos olim va yozuvchi Fris Vyurtle bo`lsa, olis Amerikada bu yo`nalishda ilk

ilmiy izlanishlar Harold Lambga tegishlidir.

Fris Vyurtle (Woertle Fric) – Аvstriyada yashab, ijod qilgan nemis olimi va

yozuvchisi bo`lib, u haqida bizgacha juda kam ma`lumot yetib kelgan. Asosan, XX

asrning birinchi yarmida ijod qilgan ushbu ijodkordan bizgacha nemis tilida

“BABUR, DER TIGER” (“Bobur – yo`lbars”) asari yetib kelgan. Ushbu sarguzasht-

qissa 1947-yilda Avstriya poytaxti Vena shahrida chop etilgan. Kitob istiqlol yillarida

“Bobur” Xalqaro fondining sa`y-harakatlari bilan topilib, nemis tilidan olima va

tarjimon Yanglish Egamova tomonidan o`girilgan va o`zbek tiliga “Andijon

shahzodasi” nomi bilan (2011) nashr etilgan. Qissani o`qib chiqish jarayonida shunga

amin bo`lish mumkinki, muallif o`z asarini boshlashdan oldin Zahiriddin Muhammad

Boburning hayot yo`li hamda “Boburnoma” asarini qunt bilan o`rganib chiqqan, u

yashagan davr, ijtimoiy-geografik muhit va Movarounnahrning iqtisodiy-siyosiy

holati to`g`risida muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan. Xususan, muallif qissaning

kirish qismida quyidagi ma`lumotlarni keltiradi: “Ushbu asarning qahramoni XVI

asrda yashagan va hukmronlik qilgan yosh Zahiriddin Muhammad Boburdir. U 11

yoshida Farg`ona hukmdori bo`ldi. Hindistonda uzoq hukmronlik qilgan sulolaga u

asos solgan. Bobur o`z boshidan kechirgan voqea-hodisalar haqida o`z ona tili, turkiy-

chig`atoyda bir kitob yozgan. Kitob “Boburnoma” deb ataladi hamda qo`lingizdagi

qissa ushbu asar asosida yaratilgan”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

460

Fris Vyurtlening Bobur haqidagi sarguzasht qissasi G`arbda ushbu mavzuda

yozilgan boshqa asarlardan tubdan farq qiladi. Asar, qissa imkoniyatlaridan kelib

chiqib, Boburning butun hayot-ijod yo`lini emas, balki faqat endi taxtga chiqqanidan

boshlab, dastlabki hukmronlik (1494– 1496) yillarini qamrab olgan. Qolaversa, kitob

barcha yoshdagi kitobxonlar uchun, ayrim tadqiqotchilar ta`kidlaganidek asosan

“F.Vyurtle o`z asarini bolalarbop, ya’ni bolalar adabiyotiga xos tarzda yaratgan” [2].

Qissada navqiron yoshdagi Bobur siymosi badiiy gavdalantirilgan. Muallif o`rta

asrlar Sharq hukmdoriga biroz Yevropa ritsarlariga xos xarakterni beradi. Jumladan,

qissani o`qish jarayonida yosh Bobur o`zidan katta-kichikka, ustozlariga ham “sen”

deb murojaat qiladigan, dag`al, qo`pol; nutqida g`arbcha betakalluf so`zlarni tez-tez

qo`llovchi qo`rs inson sifatida tavsiflangan. Shu bilan birga yozuvchi yosh

Zahiriddinni ilmga qiziqishi past, biroz o`yinqaroq, fors tilini qiynalib o`qiydigan;

ustozi Mirzo Ullohning xipchinlaridan qo`rqqani boisidan majburan ta`lim olayotgan,

yoshi ulug` ustoziga “Baqaloq la’l” deb laqab qo`ygan [3, 12] tolib sifatida

tasvirlaydi. Albatta, bularning barchasi, F.Vyurtlening nuqtai nazaridir. Buni badiiy

to`qima mahsuli deb ham baholash mumkin. Biroq adabiyotshunoslik ilmida badiiy

to`qima asosida tarixiy haqiqat yotishi muhim tamoyildir. Yozuvchi “Andijon

shahzodasi” qissasida Zahiriddin Muhammad Bobur biografiyasiga oid

ma`lumotlarni singdirishga harakat qilgan. Мuallif asarning kirish qismida yosh

hukmdor taxtga 11 yoshida o`tirganini yozadi. “Boburnoma” muqaddimasida

muallifning o`zi “Farg`ona viloyatida o`n ikki yoshda podshoh bo`ldum” [4, 5] deb

yozadi. Ushbu jumla shoh va shoir haqida Sharq-u G`arbda barcha davrlarda yozilgan

tarixiy va badiiy adabiyotlarning boshlanmasi uchun asos bo`lgan. Ammo “11

yoshda” deb Fris Vyurtle xatoga yo`l qo`ymagan, balki shunchaki Boburning

tug`ilgan va taxtga o`tirgan yillarni matematik usulda ayirib (1494-1483=11),

shunday xulosaga kelgan. Yana bir o`rinda yosh Bobur taxtga o`tirgan paytda aslida

navqiron yoshda bo`lgan Qosimbek asarda yoshi ancha joyga borib qolgan, ko`zlari

ojiz bek sifatida tasvirlanadi.

Asardagi alohida diqqatga sazovor yana bir jihat – Boburning otasi

Umarshayx Mirzoning o`limidir. Bugungi kun tarixshunosligida, “Boburnoma” va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

461

shu mavzudagi barcha badiiy adabiyotlarda ham bu o`lim tasodifiy, baxtsiz hodisa

sifatida talqin qilinadi. Xususan, XVI asr muarrixi Mirzo Muhammad Haydar

o`zining o`ta qimmatli “Tarixi Rashidiy” asarida bu holatga “Umarshayx Mirzo

kabutarxonadin kabutar birla uchub, shunqor bo`ldi” [5, 250] – deb yozadi. Aslida

tarixiy haqiqatga aylanib ulgurgan ushbu fakt Fris Vyurtlening qissasida atayin

uyushtirilgan qotillik sifatida baho beriladi. Muallif asarning “Oq kabutar” bobida

“…bit sotqin iblis podshoni yovuzlarcha o`ldirgan” deb badiiy talqin qiladi. Tarixdan

ma`lumki, shoh va shoir tug`ilgandayoq unga shayx Xo`ja Ubaydullоh Ahror

tomonidan bobosi Yunusxon ishtirokida “Zahiriddin Muhammad Bobur” ismi

berilgan. Bu ma`lumot, XV-XVI asrda Sharqda yaratilgan barcha tarixiy va badiiy

kitoblarda, qolaversa, amerikalik sharqshunos va yozuvchi Harold Lambning “Bobur

– yo`lbars” asarida ham ta’kidlab o`tilgan.

F. Vyurtlening qissasida tasvirlanishicha, Bobur tug`ilganida unga faqat

“Zahiriddin Muhammad” ismi berilgan. 15 yoshdan o`tganda, Axsi qal’asini

sotqinlardan qaytarib olganida hukmdorga askarlari tomonidan “Bobur – yo’lbars”

ismi berilgan. Bobur Mirzoning hayot yo`li tinimsiz kurashlar, xiyonat, topish va

yo`qotishlar bilan o`tgan. 12 yoshidanoq mamlakat boshqaruvi zimmasiga tushgan

yosh hukmdorga dastlab qarindoshlari, ishongan beklari pand beradi, keyinchalik

1497-yildan boshlab esa Movarounnahrda hokimiyat uchun Shayboniyxon bilan

kurash olib borishga majbur bo`ladi. Ammo “Andijon shahzodasi” asarida Bobur

taxtga o`tirgan ilk kunlardanoq Shayboniyxondan do`q-po`pisaga to`la maktub olib,

Dashti Qipchoqliklarga qarshi kurashga juda erta kirishadi. “Andijon shahzodasi”

asarining so`nggi boblarida Bobur o`zining azaliy dushmani Shayboniyxonni urushda

yengib, asirga oladi, Bobur uni o`ldirmaydi, balki shart qo`yadi: yo mag`lubiyatni tan

olib, unga bo`lgan dushmanlik munosabatidan voz kechadi, yoki jallodning qo`liga

tushadi. Shayboniyxon Boburning bunday tanti va saxovatpesha ekanligini ko`rib,

unga tan beradi. Gina-qudratlar unutilib, hatto bu ikki sobiq dushman Farg`onada

Umarshayx Mirzo uchun qurilayotgan maqbaraning qurilishini boshlab berishadi.

“Bobur birinchi toshni, Shayboniyxon ikkinchi toshni olib keldi. Shundan so`ng

kishanlardan, bo`shatilgan asir jangchilar tosh tashishga kelishdi” [3, 156]. Tarixiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

462

haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ushbu xulosadan yozuvchining maqsadi – aslida

kitobxonga har qanday vaziyatda ham kechirimli va saxiy bo`lishni, urush

muammoning yechimi emasligini uqtirishdir. Umuman olganda, “Andijon

shahzodasi” qissasi Sharq tamadduniga katta hissa qo`shgan Boburning dunyo

tarixida ham munosib o`rin egallaganligini ko`rsatib turadi. Binobarin, olis

Avstriyada yashab ijod qilgan nemis yozuvchisi Fris Vyurtlening mazkur mavzuga

qo`l urishini shu jihatdan alohida ta`kidlash mumkin. Adib asarda ayrim tarixiy

haqiqatlardan chekingan bo`lsa ham, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur

shaxsiyatini ulug`laydi, uning hayot yo`lini g`arblik kitobxonlarga o`rnak qilib

ko`rsatadi,

Demak, Yevropa olimlaridan Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiga va

ijodiga birinchilardan bo‘lib murojaat qilgan yozuvchi sifatida avstriyalik Fris

Vyurtleni e'tirof etsak, bu ishni Amerikada sharqshunos olim Harold Lamb amalga

oshirgan. Har 2 ijodkorning asarlarini qiyosiy o‘rganish asosida quyidagi xulosalarni

keltirib o‘tishimiz mumkin: 1. Fris Vyurtle ham, Harold Lamb ham o‘z asarini "Bobur

– yo'lbars" deb nomlagan. Demak, bu ikkala muallif Zahiriddin Muhammad Boburni,

birinchi navbatda, jasur sarkarda, qo‘rqmas jangchi sifatida gavdalantirishni maqsad

qilib olishgan. 2. F.Vyurtle o‘z qissasini nemis tilida, H.Lamb esa ingliz tilida yozgan.

3. Har ikkala muallif o'z kitoblarining kirish qismida asarlarining yozilishi uchun

"Boburnoma" memuari asos qilib olinganini alohida ta'kidlab o'tishgan. 4. V.Fyurtle

qissasida Boburning endi taxtga o‘tirgan yillarigina aks etgan bo'lsa, H. Lamb asarida

esa Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoga kelishidan toki vafotiga qadar bo'lgan

tarixiy voqealar yoritiladi. "Andijon shahzodasi" qissasida Boburning asosan

qo‘rqmas sarkarda, kelajakka umid bilan qaraydigan yosh hukmdorlik sifatlari

ulug'lanib, shoirlik va ijodkorligiga deyarli urg‘u berilmagan bo'lsa, Harold

Lambning biografiyasida esa Bobur ham sarkarda, ham hukmdor, ham shoir-u ham

yozuvchi sifatida, bir so'z bilan aytganda, Sharqning yetuk va barkamol vakili sifatida

tasvirlangan. 7. F.Vyurtle o'z qissasini, asosan, bolalarga moslab yozgan. Ushbu asar

Bobur Vatanni, or-nomusni himoya qilishga tayyor turuvchi kuchli shaxs sifatida

yosh avlodga o‘rnak qilib ko‘rsatiladi. Harold Lamb biografiyasi esa yoshi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

463

qiziqishlaridan qat'i nazar barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undagi

Bobur shaxsiyati har jihatdan: solih va sodiq farzand, munosib turmush o‘rtoq,

saxovatpesha qarindosh, mehribon ota, g'amxor sarkarda va xalqparvar hukmdor

sifatida ham betakrordir. Ko`rinadiki, Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi

sifatida biz bu ikki ijodkorga – Yevropada birinchilardan bo‘lib Bobur obrazini

adabiyotga kirgan avstriyalik yozuvchi Fris Vyurtlega hamda olis Amerika

kitobxonlariga shoh va shoirning hayoti, ijodini tanitgan sharqshunos Harold

Lambning xotirasiga hurmat ko'rsatib, ularning ijodini yanada chuqurroq

o‘rganishimiz, shu bilan birga buyuk bobokalonimizning barcha xalqlar uchun o‘rnak

qilib ko’rsatish mumkin bo'lgan umr yo‘lini, eng ezgu insoniy fazilatlar yo‘g‘rilgan

ijodiy asarlarini butun dunyoga tanitishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Woertle F. Babur, der tiger. –Vienna: S. Jsrgl & Co, 1947. –156 b.

2. Tursunov A. “Andijon shahzodasi” qissasida Bobur obrazi poetikasi.

3. Vyurtle F. Andijon shahzodasi. –T.: O`qituvchi, 2012. – 160 b.

4. BOBURNING BUYUK “BOBURNOMA”SI VA LIRIK ASARLARINING

O‘ZBEK ADABIYOTIDA BADIIY TALQINI. (2024).

TAMADDUN NURI

JURNALI

,

5

(56), 171-173.

5.

https://doi.org/10.69691/6sx71f72

6.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=77uQ

GtEAAAAJ&citation_for_view=77uQGtEAAAAJ:Tyk-4Ss8FVUC

7.

https://uzjournals.edu.uz/philolm/vol2019/iss1/4

.