MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
375
IMOM ABUL BAROKAT NASAFIY
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
islom instituti 4-kurs talabasi
Muhammadsiddiq Ahmadjonov
Islomiy aqidaviy tafakkur tarixida Movarounnahr yirik kalomiy maktablardan
biri — Moturidiylik asosida shakllangan e’tiqodiy qarashlar markaziga aylangan. Bu
maktab nafaqat Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy asoslar bilan, balki
uning izdoshlari tomonidan ilmiy jihatdan boyitilgan. Aynan shunday izdoshlardan
biri — XIII asr mutakallimi Abul Barokat Nasafiy bo‘lib, u o‘zining “Al-E’timod fil-
e’tiqod” asari orqali Moturidiylik ta’limotini chuqur asoslab bergan.
Nasafiy nisbatini olgan mashhur olimlardan biri Imom Abul Barokat Nasafiy
bo‘lib, u Shayx Abul Mu’in Nasafiyning shogirdi edi. Imom Abul Barokat Nasafiy
din va tilshunoslikka oid fanlarning turli sohalarida asarlar yozgan bo‘lib, uning
yozgan kitoblari soni 100 dan ortiqni tashkil etadi. Eng mashhur asarlaridan biri
“Matn al-Aqaid an-Nasafiyya” bo‘lib, bu asar kichik hajmda yozilgan bo‘lsa-da, u
kalom ilmidagi eng muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. Najmiddin Nasafiy 537-
hijriy yilda (milodiy 1142-yilda) vafot etgan
1
.
U o‘z davrining eng mashhur olimlari qoshida tahsil olib, fiqh, usul ilmlari,
arab tili va lug‘at bo‘yicha yuksak darajaga erishgan. Ko‘p yillar davomida fatvo
berish va dars berish bilan shug‘ullangan va o‘z zamonasida hanafiy mazhabining
yetakchi ulamosi bo‘lgan.
Imom Nasafiyning juda ko’p ustozlari bo’lgan. Quyida ularning eng
asosiylarini keltirib o’tamiz:
1. Shamsul Aʼimma Abu al-Vajd Muhammad ibn Abdulsattor ibn Muhammad
al-Amadiy al-Kurdariy (hijriy 559–642 yillar).
1
Muhammad Abdulhay Laknaviy. Favaidul bahiyya fi tarojimil hanafiyya. – Bayrut, Darul arqam ibn Arqam,
1998. – B. 101.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
376
2. Imom Hamid al-Milla vad-din Ali ibn Muhammad ibn Ali ar-Romishin al-
Buxoriy ad-Dorir (v. 666 hijriy).
3. Alloma Badruddin Muhammad ibn Mahmud ibn Abdulkarim al-Kurdariy,
“Javohirzoda” nomi bilan mashhur (v. 651 hijriy).
Ilmiy faoliyati va ta’lim olgan joylari:
Аbul Barokat Nasafiy Xuroson va Movarounnahr ilmiy muhitida tarbiya
topgan. Ushbu hududlar o‘sha davrda nafaqat islom ilmlarining, balki falsafa va
mantiq kabi fanlarning ham markazi bo‘lgan.
U dastlab Qur’on, hadis va fiqh fanlari bo‘yicha chuqur bilim olgan.
Keyinchalik kalom, aqoid va mantiq fanlariga ixtisoslashgan.
Uning asosiy faoliyat joylari Movarounnahrning ilmiy markazlari bo‘lib,
Nasaf (hozirgi Qarshi shahri yaqinida joylashgan) bu davrda islom ilm-fani va
mutakallimlikning rivojlangan o‘chog‘i hisoblangan.
Moturidiylik ta’limotiga qo‘shgan hissasi va uning Maturidiylik maktabida
egallagan o‘rni:
1. Moturidiylik ta’limotining rivojida hissasi:
Аbul Barokat Nasafiy Moturidiylik ta’limotini rivojlantirishda faol
qatnashgan va uning asosiy aqidaviy masalalarini zamonasining dolzarb
muammolariga moslashtirgan.
U Allohning sifatlari, inson irodasi, taqdir va ilm manbalari kabi murakkab
masalalarni Qur’on va Sunnatga asoslangan holda izohlagan.
Nasafiy Moturidiylikni faqatgina Movarounnahrda emas, balki boshqa
mintaqalarda ham tarqatishga hissa qo‘shgan.
2. Moturidiylik maktabida tutgan o‘rni:
U Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan ta’limotni davom ettirib,
Moturidiylar maktabining uslubiy yondashuvini rivojlantirgan. Аbul Barokat
Nasafiyning ishlari Moturidiylikning aqoidiy va nazariy jihatdan boyishiga xizmat
qilgan. U aqoid masalalarida asosan aql va mantiqdan foydalanishni qo‘llab-
quvvatlagan. Аbul Barokat Nasafiy o‘z davrining mashhur aqoid masalalari bo‘yicha
bahs yuritgan va ularga Qur’on asosida javob bergan. Аbul Barokat Nasafiyning ilmiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
377
faoliyati nafaqat Maturidiylik ta’limotini davom ettirish, balki uni yangi bosqichga
ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu bois uning “Аl-E’timod fil-e’tiqod”
asari hozirgi kungacha ahamiyatini yo‘qotmagan.