Authors

  • Nilufar Dilmurodova
  • Omina Toirova

Author Biographies

  • Nilufar Dilmurodova

    TDIU dotsenti, PhD

  • Omina Toirova

    TDIU BIA-04 guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116591

Abstract

Ma’lumki, mutolaa, faqat mutolaa badiiyat sehri va haroratini teranroq tuyish, obrazlar qiyofasida, ramzlar va iboralar tarkibida jam nafosatni va ruhiy evrilishlar miqyosini yaqqolroq idrok etishga ko‘mak beradi. So‘z olamida yashash ko‘nikmasi tufayli tafakkurimiz, ong-shuurimiz va qalbimizda badiiy-estetik sintez, badiiy-estetik inqilob sodir bo‘ladi, so‘z bilan fikr, botin bilan zohir, dil bilan dunyo birlashadi. Ana shu asnoda ezgu ma’no – estetik ideal vujudga keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

353

BADIIY-ESTETIK IDEAL VA HAQIQAT JOZIBASI

Nilufar Dilmurodova,

TDIU dotsenti, PhD

Omina Toirova,

TDIU BIA-04 guruhi talabasi

Ma’lumki, mutolaa, faqat mutolaa badiiyat sehri va haroratini teranroq tuyish,

obrazlar qiyofasida, ramzlar va iboralar tarkibida jam nafosatni va ruhiy evrilishlar

miqyosini yaqqolroq idrok etishga ko‘mak beradi. So‘z olamida yashash ko‘nikmasi

tufayli tafakkurimiz, ong

-

shuurimiz va qalbimizda badiiy-estetik sintez, badiiy-

estetik inqilob sodir bo‘ladi, so‘z bilan fikr, botin bilan zohir, dil bilan dunyo

birlashadi. Ana shu asnoda ezgu ma’no – estetik ideal vujudga keladi.

Nemis olimi G.Gegel bu murakkab holatni kuzatib: “...har qanday so‘z o‘z-

o‘zicha emas, balki ma’nosi bilan ahamiyatlidir. Ruh, jon-u dil insoniy ko‘z, yuz, teri

orqali, xullas, insonning butun qiyofasi orqali gavdalanadi va uning ma’nosi bevosita

voqelikdagiga qaraganda qandaydir boshqacharoq bo‘ladi”, - deb ta’riflagan edi.

Ana shu ilmiy

-

estetik e’tirofga ko‘ra, demak, har qanday janrdagi badiiy asar,

xususan, hikoya janrida mazmun

-

mohiyat jozibadorligi teran ma’no

-

maqsad

vositasida ta’min etilishi lozim.

Ko‘plab iqtidorli qalamkashlar singari, Xurshid Do‘stmuhammad ijodi,

malakasi va dunyoqarashi shakllanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Adib bu jarayon

faollaridan bo‘lib, ulkan ma’naviy

-

ma’rifiy boylik hisoblangan so‘z olamining

kuzatilmagan qatlamlarini kuzatishga kirishdi, oddiy so‘zni badiiylashtirish, ya’ni

so‘zdagi isyonkorlik ruhini ilg‘ash va anglashga intildi, poetika zamirida pinhon

anglash qiyin mantiqni anglash mashaqqatidan cho‘chimadi, qolaversa, bu mantiqnni

hissiy idrok etish tamoyillariga suyandi.

Adib so‘z san’atini jo‘n hodisa sifatida tushunmaydi, uni moddiy va ruhoniy

dunyo sirlarini kashf etuvchi mo‘jizaviy vosita – barcha fanlar bilan aloqada

rivojlanuvchi ezgulik quroli deb biladi. Shuning uchun ham, har bir asarida badiiy-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

354

estetik mezonlarni, binobarin, estetik idealini ohorli me’yorlar bilan boyita bordi,

badiiyat bilan ko‘ngil ko‘zini topishtirish orqali moddiy va ruhoniy dunyo, turli

zuhuriy va botiniy qiyofaga ega bo‘lgan odamlar, jamiyat va insonlar psixologiyasi

ko‘zgusi sanalgan har xil tarixiy va zamonaviy voqea

-

hodisalarni sinchkovlik bilan

kuzatadi.

Adib adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan

kuzatuvlar ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik

-

falsafiy

tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqaladi. Kichik epik turga

mansub bo‘lgan hikoya poetik miqyosi aslida so‘z dunyosi qadar kengligini, ana shu

poetik kenglikda turli ijtimoiy va axloqiy muammolarni qamrab olish imkoni mavjud

ekanini teran anglagan adib quyidagi dolzarb nazariy mulohazani o‘rtaga tashlaydi:

“Har safar yangi hikoyani xayolda pishitib yurganingizda, uni qog‘ozga tushira

boshlaganingizda avvalgilaridan zo‘rroq asar yarataman degan tuyg‘u sizga rag‘bat

berib turadi. Bu foydali tuyg‘u, lekin hikoya yaratish musobaqa emas. Qaysidir

boshqa yozuvchidan yoki bo‘lmasa o‘zimning burungi hikoyalarimdan o‘zib

ketadigan yangisini yozishga intilish emas. Har bir hikoya – yangi ijodiy kayfiyat!

Voqelikni o‘zgacha idrok etishga harakat!”

Demak, adib an’anaviy va moderncha usullarni yonma-yon yoki tutashtirib

samarali qo‘llar ekan, avvalo, o‘zida yangicha ijodiy kayfiyat uyg‘otishni, eng

muhimi esa, qadimiy dunyoni – tabiat va jamiyatni yangicha idrok etish, odamzod

ko‘nglini yangicha tushunishni xohlaydi. Har bir hikoya orqali yuz bergan yoki yuz

berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalr ichkarisiga chuqurroq kirib boradi, ayni

paytda, yaxshi-yomon ichra g‘imirlab, o‘zligini topishga urinadigan odamni yoki

bunday intilishdan olisdagi odam dilini badiiy talqin obyekti qilib oladi. Bunday

kuzatuvlar orqali tuygan quvonchlari va azoblari ruhlantiruvchi quvvatga ega bo‘ladi.

So‘z san’ati kenglikka intilish, joziba imkoniyatlari, hurlik ne’matlaridan

oziqlanish, ya’ni qadimiy olamning rang

-

barang qiyofasini shaklan va mazmunan

turfa poetik bo‘yoqlar vositasida namoyon etishni yoqtiradigan ijtimoiy

-

badiiy va

falsafiy

-

estetik hodisadir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

355

Adib hikoyaning kichik olamida katta olam – katta estetik ko‘lam yaratish

orqali estetik ideali yo‘nalishini belgilaydi, o‘quvchini, moddiy va ruhoniy olamga

jalb qilish barobarida, badiiy

-

estetik idealni ro‘yobga chiqaruvchi voqelar

ishtirokchisiga aylantiradi. Natijada o‘quvchi muayyan asar kompozitsiyasini tarang

ushlab turgan badiiy-estetik ideal va u namoyon etgan haqiqat jozibasidan ajralolmay

qoladi, mutolaa jarayonida uning ma’rifiy-tarbiyaviy miqyosi va boshqa turli qirralari

qayta-qayta kashf etadi.

Adib hikoyalarida hayotiy go‘zallik bilan badiiy go‘zallik, an’anaviy va

majoziy modern tamoyillari asosida, hayotiy ziddiyatlar bilan qalb tebranishlari

uzviyligi zaminida hamkorlik qilishga kirishadi, mana shu jarayon keskin poetik

ruhda kechishi uchun teran hayotiy ma’nolar tashuvchi so‘zlar ishtirok etadi,

faol

so‘zlar inqilobi – taranglashgan kompozitsiya

botini va zuhuridagi poetik

mutanosiblik

erkin badiiy-falsafiy

fikrlash yo‘sini

ruhiy olam tebranishlari talqini

badiiy sintez ishonarli me’yorlar bo‘yicha amalga oshganidan darak beradi, ayni shu

tushunchalar alal-oqibat hayotiy haqiqat estetik idealga aylanib borishini ta’minlaydi.

Muhimi, adib individiul uslubi, an’anaviy realizm va majoziy modern

usullaridan oziqlangan holda, ana shu to‘rt tushuncha zaminida shakllangani

kuzatiladi. Adib qalamini hayotning qadam tegmagan turli so‘qmoqlari, ruhiyatning

nazar tushmagan murakkab qatlamlariga safarbar qilishdan cho‘chimagani, obyektiv

borliqni o‘z “men”i orqali hissiy idrok etish malakasini to‘laqonli o‘zlashtirgani

uchun uslubi betakror individiul xarakter kasb etgani shubhasizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

G.Gegel. Go‘zallik va badiiy ijod (“Estetika” kitobidan). “Jahon adabiyoti”

jurnali. 2006-yil, yanvar.

2.

Xurshid Do‘stmuhammad. Beozor qushning qarg‘ishi. Hikoyalar. “Sharq”, T.:

2007 yil, 3-bet.

3.

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. Yangi o‘zbek adabiyoti: ildizlar, belgilar,

bosqichlar. “Sharq yulduzi” jurnali, 2007-yil, 1-son.