Authors

  • Tog’aymurodova Zulayxo Faliddin qizi

Author Biography

  • Tog’aymurodova Zulayxo Faliddin qizi

    AIFU Ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Tarix yo‘nalishi 2-kurs magistratura bosqichi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116618

Keywords:

Elchi diplomatiya aloqa maktub.

Abstract

Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlati davrida elchilarning siyosiy hayotdagi o‘rni, ularning shaxsiy fazilatlari hamda diplomatik vazifalari yoritiladi. Tarixiy manbalar asosida elchilar davlatlararo munosabatlarda vositachi, siyosiy ta’sir vositasi va ma’naviy elchi sifatida muhim rol o‘ynagani aniqlanadi. Shuningdek, elchilarga ko‘rsatilgan ehtirom, ular uchun tashkil etilgan tantanali marosimlar va hurmat-munosabatlar orqali bu davr diplomatiyasining murakkabligi va yuksak madaniy darajasi namoyon bo‘ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

139

ANUSHTEGIN XORAZMSHOHLAR DAVLATIDAGI DIPLOMATIK

MUNOSABATLARDA ELCHILIK MASALALARI

Tog’aymurodova Zulayxo Faliddin qizi

AIFU Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Tarix yo‘nalishi 2-kurs magistratura bosqichi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlati davrida elchilarning

siyosiy hayotdagi o‘rni, ularning shaxsiy fazilatlari hamda diplomatik vazifalari

yoritiladi. Tarixiy manbalar asosida elchilar davlatlararo munosabatlarda vositachi,

siyosiy ta’sir vositasi va ma’naviy elchi sifatida muhim rol o‘ynagani aniqlanadi.

Shuningdek, elchilarga ko‘rsatilgan ehtirom, ular uchun tashkil etilgan tantanali

marosimlar va hurmat-munosabatlar orqali bu davr diplomatiyasining murakkabligi

va yuksak madaniy darajasi namoyon bo‘ladi.

Kalit so‘z: Elchi, diplomatiya, aloqa, maktub.

Аннотация: В данной статье рассматривается роль послов в

политической жизни государства Хорезмшахов, а также их личные качества

и дипломатические обязанности. На основе исторических источников

выявляется, что послы играли важную роль как посредники в международных

отношениях, политические инструменты влияния и духовные представители.

Особое внимание уделено почестям, оказываемым послам, торжественным

церемониям и уважительному отношению к ним, что демонстрирует высокий

уровень дипломатии и культуры того времени.

Ключевые слова: посол, дипломатия, коммуникация, письмо.

Annotation: This article explores the role of ambassadors in the political life

of the Khwarazmian state, along with their personal qualities and diplomatic

responsibilities. Based on historical sources, it is revealed that ambassadors served

not only as intermediaries in international relations but also as instruments of

political influence and spiritual representatives. Special attention is given to the

honors bestowed upon them, ceremonial receptions, and the respectful treatment they


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

140

received, all of which reflect the high level of diplomacy and cultural sophistication

of the period.

Keywords: Ambassador, diplomacy, communication, letter.

KIRISH.

Davlatlarning siyosiy munosabatlarida eng muhim jihatlaridan biri bu elchilik

vazifalaridir. Turkchada xalq, davlat, o‘lka tushunchasida kelgan “el” so‘zi asosida

“elchi” kalimasi xabarchi, xabar keltirib ko‘rsatgan kishiga berilgan unvondir. Turk

davlatlarida eskidan buyon hukmdorlarning rasmiy xabarchilari elchilaridir

1

. Keng

ma’noda elchi bir davlatda vakil sifatida boshqa bir davlat tarafidan tayinlangan

diplomatdir

2

. Ma’lumki elchilarning Turkiya davlat tizimida alohida o‘rni bor va ular

muayyan xususiyatga ega.

Adabiyotlar tahlili va metodlar.

Turk tarixida eng muhim asarlardan biri bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” asarida

elchilarda bo‘lishi kerak bo‘lgan xususiyatlar batafsil bayon etilgan. Avvalo, elchi

tanlashda juda sezgir bo‘lish kerak. Tanlangan kishi bilimli, zukko, obro‘li, mard va

hammadan ustun bolishi kerak. Chunki elchilar orqali har xil ishlar amalga oshirilib

u orqali natijaga erishilar edi. Elchi yеtqazishi kerak bo‘lgan masalani juda yaxshi

bilishi kerak va bundan tashqari yaxshi niyatli odam bo‘lishi kerak bo‘lgan. Ochko‘z

shaxslar elchilikka mos kelmas edi. Elchi bilimdon inson bo‘lishi va harbiy malakaga

ham ega bo‘lishi kerak edi. U aqlli, hushyor, bilimli, ishonchli va qiyinchiliklarga

chidamli bo‘lishi, shuningdek boshqa tillarda gapirish va yozish qobilyatiga ega

bo‘lishi kerak edi. Ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan elchi tufayli

humkdorlarning obro‘si boshqa davlatlar nazdida oshardi, aksi bo‘lsa hurmati pasayib

ketardi.

Agarda podsholar o‘rtasida ziddiyat yo dushmanlik vujudga kelsa va shu

sharoitda elchilar kelib, farmon bo‘yicha ish yuritsalar, hech qachon ular xafa

bo‘lmaydilar va yaxshilikni ulardan darig‘ tutmaydilar

3

.

1

Mecdud Mansuroğlu, “Elci”, IA,IV, 231

2

Mehmet Ipsirli, “Elci”, DIA, XI,3

3

Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent., “Trust and Support” 2023. B 116.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

141

Yana “Siyosatnoma” asarida ham elchilarda bo‘lishi kerak bo‘lgan

xususiyatlar ko‘rsatilgan. Unda yozilishicha elchilar ko‘p sayohatlar qilgan bo‘lishi,

turli ilmlardan xabardorligi, xotirasi yaxshi va uzoqni ko‘ra bilishi, shuningdek

baland bo‘yli bo‘lishi maqul edi

4

. Botir, jasur, qurol-yarog‘ tutgan, ot minadigan

jangchini elchi qilib yuborish ham o‘rinli bo‘lardi. Shuningdek elchining Sayyid va

Sharif kabi diniy nasabga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi muhim edi. Chunki bunday

odamlarga ko‘proq e’tibor qaratilar va yomon munosabatda bo‘lmaydilar. Shu bilan

birga elchilarda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan xislatlar sirasiga vinoga ishqibozlik,

qimorbozlik suhbatdosh hazilkashlik va noma’lim shaxs bo‘lish ham bor edi

5

.

Xorazmshohlar davlati tarixiga oid ma’lumotlarni beruvchi manbalarda bu

boradagi tarixiy misollar hamda bu davrda elchi etib saylangan kishilarning

xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar keltirilgan. Avvalo elchi ishonchli bo‘lishi juda

muhim. U obro‘li inson bo‘lishi, ma’lumoti yuqori bo‘lishi, elchilarni ham shu

kishilar orasidan saylashi kerak edi. Xorazmshohlar va gurjular O‘rtasidagi

yozishmalarda g‘uriylarga yuborilgan xatlardan elchilarning xususiyatlari haqida

ma’lumotlar paydo bo‘ladi. “At-tavassul”ga kiritilgan va 576-yil zul-hijja oyining

oxirida (1181-yil may) Xorazmshohlardan G‘uriylarga yuborilgan maktubda

G‘uriylar davlatidan elchi bo‘lgan amir Humomiddinning xususiyatlari qayd etilgan.

Bu odam mard, jasur, xushmuomala va ko‘p yaxshi fazilatlarga ega edi. Humomiddin

o‘z xabarini aqlli va yaxshi til bilan yеtkazadi

6

.

Elchilar o‘sha davrning mashhur olimlari hamda davlat amaldorlari orasidan

saylangan. Xorazmshohlar vaqti-vaqti bilan o‘sha davrning mashhur olimlarini elchi

qilib saylaganlar. Shulardan biri Alovuddin Muhammad davrida Abbosiy xalifasi an-

Nosir-Lindillahga; Jaloliddin Xorazmshoh davrida Turkiya Saljuqiylari hukmdori

Alouddin Kaykubodga yuborilgan

Kadi’l-kudat

7

ya’ni qozilar qozisi Mujariddin

Tahir Umar al-Xorazmiy edi. Ibn Bibiy, Mujariddin Umar al-Xorazmiyning

4

Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent., “Trust and Support” 2023. B 116

5

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI. - Baski Eylul. 2021 -s. 189

6

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI. - Baski Eylul. 2021 -s. 191.

7

O‘sha davrda Qozikalon. Eng oliy qozi degan ma’noda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

142

xususiytalarini sanab o‘tar ekan, uning Xorazmning yеtuk imomlaridan biri, ko‘zga

ko‘ringan allomalardan, shuningdek ilm ahlidan ham benazir shaxs ekanligini

ta’kidlaydi. Mujriddin fiqh va boshqa fanlarda teran fikrlaydigan, falsafadan ham juda

bilimdon kishi edi. U shunday buyuk shaxs ediki Iroqda, Xurosonda Ozarbayjonda

hech kim u bilan bellasha olmasdi. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi 622 (1225)

yili Alouddin Kaykubodga yo‘llagan maktubida Mujariddin Xorazmiy haqida

shunday deydi: “Buyuk zot, mujtahid olim, saltanat ustuni, davlat, millat, xalq va

dinning suyanchig‘i, islom va musulmonlarning sha’ni zamonining allomasi, o‘z

davrining dahosi, Xorazm va Xuroson iftixori, noiblar podshosi, sulton va

podsholarning qozisi, buyuklar zanjirining boshi, saltanat zodagonlarining ulug‘i,

davlat arboblarining kattasi Mujariddin Tohir ibn Umar al-Xorazmiydir” kabi

jumlalarni ishlatgan.

Bu shaxsni yaqinlari va yordamchilari hamrohligida zarur asbob-uskunalar va

jihozlar bilan ta’minlangan holda Sulton Alouddin huzuriga jo‘natgani va elchilarning

tilidan foydalanib, ikki taraf o‘rtasida birlik va hamjihatlilikni taminlash to‘g‘risida

kelishildi. Shunday qilib ikki davlat o‘rtasida endi maktublar kelib ketar, elchilar va

savdogarlarning kelib ketishi ko‘payadi. Sulton Jaloliddin elchisi Mujariddinning

so‘zlari inobatga olinishi va o‘zi so‘zi sifatida qabul qilinishini istardi

8

.

Sulton Alouddin Kaykubod ham Jaloliddinga yozgan maktubida Mujariddin

al-Xorazmiy xususida “ Sizning tarafingizdan dunyoning buyuk vaziri, dinining va

davlatining dastakchisi, Islomning va musulmonlarning qo‘riqchisi, podshohlarning

va sultonlarning yordamchisi, davlatning iftixori, millatning nuri, xalifalik

maqomining sevimlisi, dunyoda insonlarga rahbar, noiblarning rahbari, buyuklarning

va avval kelganlarning afandisi, zamonining qozisi, Xorazm va Xuroson vazirlarining

vaziri, toza qalbli kimsalarning rahbari Mujariddin bu yerga kelib sizning

so‘zlaringizni, habarlaringizni yetkazdi. Uning keltirgan maktubini o‘qish,

qalbimizda do‘stlik va samimiyat tuyg‘ularini to‘ldirdi. Bu yerda qolgan kunlarida

8

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI. - Baski Eylul. 2021 s.192


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

143

hikmatli so‘zlari bilan ko‘nglimizni fath etdi. O‘zining fazilatlari bilan sevinchimizni

va mamnuniyatimizni oshiridi”- kabi ifodalarni qo‘llagan

9

.

Jaloliddin Xorazmshoh, Xalifa Mustansir tomonidan yuborilgan elchi

Sadeddinni kutb olib mehmon qilganidan so‘ng, uning qaytishida o‘zining elchisi

Badriddin Tutukni u bilan birga xalifa huzuriga yubordi. Albatta Inonch xonning

o‘g‘li Badriddin Tutukni elchi qilib yuborilish sababi, uning shaxsiy xususiyatlari edi.

Chunki turklar orasida undan yaxshisi yo‘q edi. U ilimli va so‘z ustasi bo‘lishidan

tashqari, forscha yozishda, she’r o‘qishda ham mohir edi. U o‘qish usullarini bilar edi

yosh bo‘lishiga qaramasdan saroyning barcha marosimlarini va qonun qoidalarini

yaxshi bilar edi

10

.

Yuqorida takidlanganidek elchilar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan muhim

xususiyatlardan biri bu-ishonchlilik edi. Bu boradagi misolni Xorazmshohlarning

Mozandaron olimlariga yozgan maktubida keltirish mumkin. Bu yerda elchilarning

ishonchliligi ta’kidlanadi va bu xususiyatga ega bo‘lgan odam tomonidan keltirilgan

xabarlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Elchilarning vazifalari

Xorazmshohlar davriga oid ma’lumotlarga nazar solsak, elchilarning

vazifalari haqida ham bir qancha ma’lumotlar bor. Kadi’l-kudat Mujariddin Tohir ibn

Umar al-Xorazmiyning keltirgan maktubida elchining vazifalari aniq bayon etilgan.

Avvalo u elchilar ishlatadigan tilni qo‘llashi zarurligi ta’kidlanadi. Ibn Bibiyning

fikricha, bu til ikki taraf o‘rtasidagi do‘stlikka yo‘l ochar va ikki taraf o‘rtasidagi

ajralishga barham berar edi. Shu tariqa u birlik va hamjihatlikni o‘rnatardi. Bundan

buyon ikki tomon o‘rtasida elchilar kelib ketar, munosabatlar diplomatiya bilan bir

qatorda iqtisodiy jihatdan ham rivojlanib, savdogarlar o‘z savdolarini amalga oshirar

edi.

Jaloliddin Xorazmshoh davlatida munshiylik vazifasini bajargan Nasaviy ham

elchi qilib tayinlandi. Nasaviy Iroqqa elchi qilib yuborilganda, Xorazmshohlardagi

9

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI. - Baski Eylul. 2021 s.192

10

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI.-Baski Eylul 2021 s.193


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

144

elchilarning vazifalari haqida ba’zi tafsilotlar mavjud. Ma’lumki, Ismoiliylar

kelishilgan 30.000 dinor soliqda 20.000 dinor olib kelib, 10.000 dinor kam qolgan

edi. Shu sababli Nasaviyning vazifalaridan biri Alamutga boorish edi. Ikkinchi

masala Jibol podshosi Imodaddin Pehlivon Hizorasp va Ayva shohi Shahobiddin

Sulaymonshoh uni xalifaning vassal deb hisoblar, ilarga humronlik qilmas va ulardan

yordam so‘ramas edi. Biroq, bu qaroridan afsusda edi. Iroq noibi Sharafiddin Ali bu

ishni noto‘g‘ri deb hisobladi va sultonga : “Bular Sharaful Mulkning xohishi, chunki

bu ikki kishisiz Iroq mamlakati foydasiz va u yerda hech kim hukmronlik qila

olmaydi”, dedi. Biroq bu ikki amirning asl fikrlarini, sulton tarafga o‘tishga rozi

bo‘lganliklarini o‘rganmasdan turib, ularga hech narsa yozilmasligi kerak edi. Sulton

ular bilan ayni bir xil fikrda ekanliklarini bilish uchun, Isfahonga bir kishini yuborib,

yozgan maktubida ularning ham ayni bir xil fikrda ekanliklarini bilishni va shundan

keyin ular bilan qarorga kelishlarini aytdi. Shu maqsadda Sulton Nasaviyni Iroqqa

elchi qilib yuboradi. Qarorga ko‘ra, u avval Isfahonga borib, Iroq noibi bilan

uchrashib u yerdan bu ikki Malikka biror narsa yozadi. Agar itoat etsalar, ulardan va

Yazd egasidan askar so‘rar edi. Keyin bu ikki qo‘shin bilan Iroq noibining nutqi

uchun Qavzinga boradi. Ularni Qavzinda qoldirib, yolg‘iz Alamutga ketardi.

Nasaviyning ikkinchi vazifasi Alamutga borib, u yerda elchilik burchini

bajarish edi. Uning Ismoiliylar boshlig‘I Alouddin huzuriga borganining sababi xutba

o‘qib, pul so‘rash edi. Agar mol bermasa, Qavzindagi askarlari bilan Alamutga borib,

bu yerni xarobaga aylantirib molni u yerdan olib ketardi. Nasaviy istamasdan yo‘lga

chiqdi. Qavzinga kelgach Iroq noibi Sharafiddin Alining hojiblaridan biri unga

Sharafiddindan maktub berdi. Bu maktubda safar davomida barcha qulayliklar bilan

ta’minlanishi va hurmat ko‘rsatilishi yozilgan edi. Isfahonda bir konak masofadagi

Sinega borganida bir hojib kelib “Sharafiddin uning odamlari kelguniga qadar bir kun

bu yerda qolishing kerak, shi vaqt Ichida xalq bilan uchrashishing mumkin”, dedi.

Biroq Nasaviy uning gapiga quloq solmay otiga mindi va 627-yil 28-ramazon (1230-

yil 10-avgust)da Isfahonga kirdi. Bu yerda Cibal va Eyve amirlariga yuborgan

odamlarining kelishini kutdi va bu so‘ngra bu kishilarda Sulton Jaloliddinga

bo‘ysunishni istashlari haqida xabar keldi. Keyin ularning askarlari ham Isfahonga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

145

yetib keldi. Bundan tashqari Yazd hokimi Mahmudshoh ham o‘z xohishi bilan kelib

ularga qo‘shildi. Biroq Mahmudshox o‘zining xotini Kirmonning hokimi Barak

Hojibning qizidan maktub oldi. Maktubda xotini Mahmudshohning Yazdda yo‘qligi

sabab o‘zining otasi Yazdga hujum qilmoqchiligi haqida yozilgan edi. Shundan so‘ng

Mahmudshoh va Nasaviy, Mahmudshohning Yazdga qaytishini ma’qul topdilar.

Hatto Mahmudshoh Nasaviyga o‘zining vaziri Sayfulmulk orqali 1000 dinor, otlar va

matolar yubordi. Keyinchalik Nasaviy harafiddin va askarlari bilan birgalikda

Qavzinga bordi u yerdan esa Alamutga ketdi

11

.

XULOSA

Xorazmshohlar davrida elchilar davlat siyosatida muhim o‘rin tutgan shaxslar

bo‘lgan. Elchi sifatida tayinlanganlar, odatda, yuqori martabali, bilimli, muloqotda

mohir va hurmatli insonlar orasidan tanlangan. Ularning asosiy xususiyatlari –

donishmandlik, diplomatik noziklik, so‘z boyligi va siyosiy vaziyatni to‘g‘ri baholay

olish qobiliyatidir. Ayniqsa, diniy va ilmiy mavqega ega bo‘lgan shaxslarning elchi

sifatida yuborilishi ular orqali nafaqat siyosiy, balki ma’naviy ta’sir o‘tkazishga

bo‘lgan urinish sifatida baholanishi mumkin.

Elchilarning vazifalari faqatgina xat yetkazish yoki og‘zaki salom aytish bilan

cheklanmagan. Ular ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarda muhim vositachi sifatida

qatnashgan, sulton yoki xalifaning qarashlarini ifoda etgan, kerak bo‘lsa, siyosiy

bosimlar yoki ittifoq takliflarini yetkazganlar. Bundan tashqari, ular harbiy tahdidlar,

ittifoqlar yoki urushlarning oldini olishga qaratilgan strategik vazifalarni ham

bajarganlar.

Manbalarda keltirilishicha, Xorazmshohlar elchilarni yuborish va qabul

qilishda ularga yuksak darajadagi izzat-ikrom ko‘rsatgan. Ularni qarshi olish

marosimlari, hadyalar, alohida mehmondo‘stlik va ular bilan olib borilgan muloqotlar

elchilik institutining davlat siyosatidagi salmog‘ini yaqqol ko‘rsatadi. Ayniqsa,

elchilarni kutib olishda yarim tizzada turish, ularning gapini tinglashda hurmat bajo

keltirish kabi holatlar ularning mavqeini belgilovchi muhim ramzlar bo‘lgan.

11

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE DIPLOMASI VE ELÇILIK

FAALIYETLERI.-Baski Eylul 2021 s.193


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

146

Shu asosda aytish mumkinki, Xorazmshohlar davlati elchilarga nafaqat

axborot tashuvchisi, balki diplomatik vakil va siyosiy strateg sifatida qaragan.

Ularning shaxsiy fazilatlari esa davlat manfaatlarini himoya qilish va o‘zaro

munosabatlarni rivojlantirishda hal qiluvchi omillardan biri sifatida ko‘rilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

1.

Mecdud Mansuroğlu, “Elci”, IA,IV, 231

2.

Mehmet Ipsirli, “Elci”, DIA, XI,3

3.

Gulserin AZAR NASIRABADI. HARAZEMSAHLAR DONEMINDE

DIPLOMASI VE ELÇILIK FAALIYETLERI. - Baski Eylul. 2021 -s. 191

4.

Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent 2023. B 116