Authors

  • Muxammadiyeva Madina Abdunazar qizi
  • Muborak O’rozova O’ral qizi

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116619

Keywords:

Til sistematikasi sheva lahja dialekt shevalar tasnifi lingvisti klaster metisatsiya gibridizatsiya umlaut eronlashgan va eronlashmagan shevalar chig’atoy lahjasi o’g’uz lahjasi turk-barlos lahjasi.

Abstract

Mazkur maqolada o’zbek shevalarini tasnif qilish tamoyillari,ularning kelib chiqib rivojlanishi va o’rganilish tarixi haqida so’z boradi.Qolaversa,o’zbek shevalarini tansif qilishda o’zining ulkan  hissasini qo’shgan buyuk o’zbek olimlari,jumladan, Ye.D.Polivanov,Borovkov kabi olimlarning qarluq,qipchoq va o’g’uz lahjalariga doir olib borgan tadqiqotlari xususida ham mulohazalar yuritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

134

O’ZBEK SHEVALARINI TASNIF QILISH TAMOYILLARI

Muxammadiyeva Madina Abdunazar qizi

Termiz davlat universteti 2-kurs talabasi

madinamuhammadiyeva21@gmail.com

Muborak O’rozova O’ral qizi

Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi

Muborakorozova2005@gmail.com

Annotatsiya:Mazkur maqolada o’zbek shevalarini tasnif qilish

tamoyillari,ularning kelib chiqib rivojlanishi va o’rganilish tarixi haqida so’z

boradi.Qolaversa,o’zbek shevalarini tansif qilishda o’zining ulkan hissasini

qo’shgan buyuk o’zbek olimlari,jumladan, Ye.D.Polivanov,Borovkov kabi

olimlarning qarluq,qipchoq va o’g’uz lahjalariga doir olib borgan tadqiqotlari

xususida ham mulohazalar yuritilgan.

Kalit

so’zlar:Til

sistematikasi,sheva,lahja,dialekt,shevalar

tasnifi,lingvisti

klaster,metisatsiya,gibridizatsiya,umlaut,eronlashgan

va

eronlashmagan shevalar,chig’atoy lahjasi,o’g’uz lahjasi,turk-barlos lahjasi.

Dialektologiya fan sifatida jonli xalq nutqiga qiziqish tufayli XVII asr

oxirlarida Germaniyada shakllandi.Bu davrda Germaniyada xalq shevalaridan

mahalliy so’zlar yig’ilgan va lug’atlar tuzilgan.Shevalarni ilmiy asosda o’rganish esa

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’rganila boshlangan.

O’zbek xalq shevalarini o’raganishga qiziqish va uning tasnif masalalari

XIX asrning oxirlariga kelib ancha kengaya bordi.O’tgan asrning 20-30- yillarida esa

bu ishlar rivojlanib,jonlangan.Bu sohada Ulug’ Tursunov,G’ozi Olim Yunusov,

Polivanov kabi yirik olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.

Mashhur tilshunos olim V.Reshetov o’zining nomzodlik dissertatsiyasini

o’zbek tilining Marg’ilon shevasiga va doktorlik dissertatsiyasini Toshkent

viloyatining Qurama shevalariga bag’ishladi.U birinchilardan bo’lib o’zbek shevalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

135

tasnifiga oid materiallarni to’plagan va o’zbek shevashunosligi taraqqiyotiga ulkan

hissa qo’shgan.O’zbek shevalari 1920-1930- yillardan boshlab ilmiy asosda o’rganila

boshlandi va shu asnoda uning dastlabki tasniflari paydo bo’ldi.

Tilshunoslikda “til sistematikasi” degan tushuncha bot.U to’rt a’zoli

shkalani

aks

ettiradi:sheva,dialekt,lahja,til.Bunda

til

tarkibiga

kiruvchi

lahjalar,dialektlar,shevalarning muayyan tartibini belgilash lingvistik klaster deyiladi.

O’zbek shevalarini tasnif qilishda quyidagi qator tamoyillardan

foydalaniladi:

- o’zbek shevalarida o’zbek tilidagi unli va undosh tovushlarning mavjudligi

Ozbek dialektologiyasidan kurs materiallari.-Samarqand,SamDU,54-55-

betlar:Ozbek tilining g`arbiy Samarqand shevalari.-Toshkent,Fan,5-13 betlar.

- o’zbek shevalarining singarmonizm va umlautni saqlash darajasi

- o’zbek shevalariga qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning ta’siri

- tarixiy qatlamga oid leksik birliklar va o’zlashgan qatlamga oid so’zlarning

mavjudligi

- so’zning fonetik va morfologik strukturasi va boshqalar.

O’zbek shevalari turkolog va dialektologlar tomonidan turlicha tasnif

qilingan.Professor

Zarubin

o’zbek

shevalarini

4

guruhga

ajratgan.Xiva,Farg’ona,Toshkent va Samarqand-Buxoro shevalari.Zarubin bu

tasnifida o’zbek shevalari orasida kemg tarqlagan qipchoq shevalari va shimoliy

o’zbek shevalari hisobga olinmay qolgan.Professor K.Yudaxin o’zbek shevalari

tasnifining ikki variantini taqdim etadi: 1-variantda o’zbek shevalarining tojik tili

bilan munosabati,2- variantda shevalarning darajasiga ko’ra 4 guruhga

ajratgan.Polivanov o’zbek shevalarining birinchi bo’lib ilmiy tasnifini yaratdi va

asosan ikki narsaga e’tibor berdi:

1.Metisatsiya.

2.Gibridizatsiya.

Keyingi davr dialektologlari Polivanov o’zbek shevalarini tasnif qilishda 2

tamoyil:1) metisatsiya (qardosh tillarning chatishuvi) va 2) gibridizatsiya(qardosh

bo’lmagan tillarning aralashuvi) hisobga olgan holda tasnif qilgan degan fikrni ilgari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

136

surganlar.Qolaversa,mazkur olim o’zbek shevalarini etnik jihatdan,ya’ni kelib

chiqishiga qarab juda sinchiklab o’rgangan.O’zbek shevalarida tojik tilning ta’sirini

hisobga olib,o’zbek shevalarini:eronlashgan va eronlashmagan shevalarga

bo’ladi.Olim “eronlashish” nazariyasini ilgari surgan va mohiyatini tushuntiirb

bergan.U unli fonemalar sistemasining tasnifini berib eronlashmagan shevalarda

vokalizm tarkibi to’qqizta,eronlashgan,jumladan Toshkent shevasida uchta unli

fonema o’z xususiyatini yo’qotgan,degan xulosa chiqaradi.

Eronlashgan va eronlashmagan shevalar o’rtasida eronlashishning

kuchsizlanishi,gibridizatsiya jarayonida turkiy elementlarning kuchlilanishiga ko’ra

eronlashgan shevalarni 4 guruhga ajratdi:

I.Chig’atoy lahjasi.

1)Samarqand-Buxoro shevalari

2)Toshkent tipidagi shevalar (Toshkent va uning atrofidagi qishloq shevalari-

Xonobod,Telov)

3)Qo’qon-Marg’ilon (Qo’qon,Marg’ilon shahar va qishloq shevalari)

4)Andijon shahar tipidagi shevalar.

II.O’g’uz lahjasi o’z ichiga ikki guruh shevani oladi.Bular:

1) janubiy Xorazm ( Xiva, Yangi Urganch Shovot,G’azovot,Xonqa

shevalari):bu guruhga Sho’raxon shevasi alohida bir tip sifatida kiritlgan.2)Shimoliy

o’g’uz guruh shevalari (Iqon-Janubiy Qozog’istondagi Qorabuloq shevalari): bu

guruhga Forish tumanidagi Bag’dod shevasi alohida tip sifatida kiritilgan.

III.Qipchoq lahjasi quyidagi 7 tip shevani o’z ichiga oladi:

1)o’rta Xorazm(Gurlan,Shabboz) Shimoliy Xorazm (Qipchoq, qo’ng’irot

tumanlari shevalari)

:2)”O” lovchi tip ( qozoq-nayman,Farg’ona –qoraqalpoq shevalari)

3) Qurama shevalari(Ohangaron vodiysi shevalari)

4)shimoliy o’zbek shevalari (Turkistondagi So’zoq shevasi)

5) o’rta o’zbek (Qirq shevalari va janubiy o’zbek shevalari)

6)laqay shevalari va h.k

7)Afg’onistondagi qipchoq -o’zbek shevalari va boshqalar kiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

137

Professor G’ozi Olim Yunusov o’zbek shevalarini sheva vakillari orasida

tushunilmaydigan leksik,fonetik,morfologik xususiyatlarini hisobga olib tasnif

qildi.U o’zbek shevalarini uch lahjaga ajratdi:o’zbek,turk-barlos,Xiva- Urganch.

I.O’zbek-qipchoq lahjasi: bu lahjaga Ohangaron vodiysi,Mirzacho’l,

Zarafshon atrofida yashovchi o’zbeklar kiradi.Bu lahjaning fonetik va morfologik

xususiyatlari quyidagicha:

y-dj: yer-ǯer,yol-ǯol

q-g’:aq-aγar,aq-aγ,qulaq-qulaγ

k-g: yek-jegip,kok-kӧgi

p-b:top-tābi ,qap -qabï

g,g-y:tegdi-tijdi,yegdi-ijdi sigdi-sijdï ,yigin-ǯijin soz oxirida q,g tushib

qoladi:sari,tari.

Jonalish kelishigi qoshimchasi:-ga,-qa,-gä,-kä,-a,-ä tarzida keladi:

koplik qoshimchasi: lar,-lär,-nar,när,-tar,tär, kabi.

Turk-barlos lahjasi.Bu lahjaga Toshkent, Qoqon,Namangan,Andijon

shaharlarida va ularning atrofida yashovchi o’zbeklar kiritiladi.Bu lahjada jo’nalish

kelishigi qo’shimchasi qattiq unlilar va jarangsiz undosh bilan tugasa -qa, jarangli

bilan tugasa -γa, yumshoq ozak jarangsiz undosh bilan tugasa -gä tarzida qoshiladi.

Gozi Olim Yunusov bu lahjani 4 shevaga boladi:

1.Sayram-Chimkent shevasiga oid sozlar

2.Toshkent-Xovos shevasida tushum kelishigi -ti shaklida boladi.Hozirgi

zamon davom feli: -vāt kevāttï ,āvātti.

3.Andijon shevasida tushum kelishigi

4.Namangan shevasida hozirgi zamon davom feli.

III.Xiva-Urganch lahjasi Xiva,Qarluq,Xonqa,Katda yashovchi ozbek

shevalari kiradi.Jonalish kelishik qoshimchasi -ga,-ga,-a,ä kabi ishlatiladi.Kelasi

zamon feli yasovchi affiksi-ǯaq,-ǯaq kabi korinishlarda boladi.

Umuman,ozbek sheva va dialektlarini tadqiq va tasnif qilishda

K.Yudaxin,Gozi Olim,K.Borovkov kabi olimlarning buyuk xizmatlari bor.Bu olimlar

rahbarligida mahalliy ozbek olimlari yetishib chiqdi.Ozbek shevalari akademik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

138

Sh.Shoabdurahmanov,professor Mirzayev, F.Abdullayev va boshqa fan doktorlari

bilan birga 50 ga yaqin fan nomzodlari,dotsentlar ozbek shevalari boyicha ilmiy

tadqiqiot ishlarini olib borgan va davom ettirmoqda.Ozbek dilektlari ozbek

shevalarining barcha masalalari boyicha nazariy muammolar: ozbek shevalari

fonologiyasi turkiy tillar bilan qiyosiy jihatdan organilishi ozbek tilshunosligini

yanada boyitishga,qolaversa,ozbek shevalarini o’rganishga bolgan qiziqishni yanada

orttiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Fayziyeva X. Ozbek dilektologiyasi.Termiz:Kitob nashr,2024.

2.Ashirboyev S. Ozbek dialektologiyasi.Toshkent:Nodirabegim,2020.

3.Ashirboyev S. Ozbek dialektologiyasi.Toshkent: Navroz,2016.

4.Ernazarov T. Karimjonova A. Ozbek dialektologiyasi.Toshkent:2012.192-bet.

5.Reshetov

V.

Shoabdurahmanov

Sh.Ozbek

dialektologiyasi,Toshkent,

O`qituvchi,1978

6.https//oefen.uz

7.https//uz.wikipedia.org.