Authors

  • O’rozova Muborak

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116620

Keywords:

masal janri genezis didaktika badiiy shakl xulosa pand-nasihat masalchilik otasi rus masalchiligi mumtoz adabiyotda masalchilik.

Abstract

Ushbu maqolada masal janriga alohida e‘tibor qaratilgan boʻlib, bu janrning adabiyotda paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarixiy shakllanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Masalning asosiy belgilari, undagi o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ushbu janrning oʻlmas bo'lishiga zamin yaratgan adiblar va ularning beqiyos masallarini  tahlil qilish orqali ochib beriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

129

MASAL JANRI HAQIDA VA UNING TARIXIY GENEZISI

O’rozova Muborak

Termiz davlat universiteti

O’zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

Muborakorozova2005@gmail.com

ANNOTATSIYA:Ushbu maqolada masal janriga alohida e‘tibor

qaratilgan boʻlib, bu janrning adabiyotda paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarixiy

shakllanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Masalning asosiy belgilari, undagi

o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ushbu janrning oʻlmas bo'lishiga zamin yaratgan

adiblar va ularning beqiyos masallarini tahlil qilish orqali ochib beriladi.

KALIT SOʻZLAR: masal janri, genezis, didaktika, badiiy shakl, xulosa,

pand-nasihat, masalchilik otasi, rus masalchiligi, mumtoz adabiyotda masalchilik.

ANNOTATION:This article focuses specifically on the fable genre,

exploring its emergence, development, and historical formation within literature. The

main characteristics of fables and their unique artistic features are examined through

the analysis of prominent authors whose invaluable contributions and timeless fables

have ensured the immortality of this literary genre.

KEYWORDS:fable genre, genesis, didactics, literary form, moral, advice

and counsel, father of fables, Russian fabulism, fables in classical literature.

АННОТАЦИЯ:В данной статье особое внимание уделяется жанру

басни, рассматриваются этапы его появления, развития и исторического

формирования в литературе. Основные черты басни и её художественные

особенности раскрываются через анализ выдающихся авторов, чьё бесценное

творчество и бессмертные басни способствовали сохранению этого жанра на

протяжении веков.

КЛЮЧЕВЫЕ

СЛОВА:жанр

басни,

генезис,

дидактика,

художественная форма, мораль, наставление, отец баснописания, русская

басня, баснописание в классической литературе.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

130

Adabiyot insoniyat tafakkuri va tajribasining badiiy aksidir. Uning shakl va

janrlari inson ongining turli bosqichlarida yuzaga kelib, jamiyat ehtiyojiga qarab

taraqqiy etgan. Shunday janrlardan biri — masaldir. Masal — bu insoniyatning

jonivorlar haqidagi ilk ibtidoiy ertaklari bilan ulardan ancha keyin paydo boʻlgan

maqol, matal va zamonaviy latifalar orasidagi muhim bir majoziy bekatdir. Uning

yoshi ming yillar bilan oʻlchanadi.

1

Masaldan,asosan, kishilar oʻz mustaqil fikrini

ochiq-oydin ifoda etolmaganliklari natijasida foydalanishgan. Masalda turmush va

undagi voqealar, insonlar hayoti kinoyaviy obrazlar orqali tasvir etiladi. Unda

ko'pincha hayvonlar, qushlar, ba‘zan esa narsa-predmetlat obrazi yaratiladi. Ayni

paytgacha oʻsha hayvon va qushlar xarakter-xususiyatlari, qiliq-odatlari haqida

ma‘lum bir tasavvur shakllanib boʻlgan. Masalan, yo'lbars - pahlavon, boʻri - laqma,

yirtqich, ayiq - qoʻpol, galvars, tulki - ayyor, mugʻombir, qoʻy - sodda, yuvosh, echki

- dono, mehnatkash, mehribon, quyon - qoʻrqoq, it - sadoqatli doʻst, hoʻkiz -

menatkash va hokazo.

2

Masal xalq og'zaki ijodida ham she'riy, ham nasriy yoʻlda yozilgan, asosini

majoziy va ramziy obrazlarning faol harakati tashkil etgan , ta'limiy mazmundagi

satirik va yumoristik tanqid ruhida bayon qilingan kichik hikoyadir. Bu janrning xalq

poetik ijodiga yaqinligi, uni avvalo donishmand xalq yaratganligi, soʻng esa

yozuvchilar, shu jumladan, Ezop oʻz ijodida takomillashtirgani xususida soʻz boradi.

Masal janri II asrlarda Babriy, Rimda Fyodr (eramizning I asri)tomonidan

rivojlantirildi. Masal janri taraqqiyotiga fransuz masalchisi Lafonten (XVIII asr), rus

masalchisi Krilov, Daniya masalchisi Golberg (XVIII asr), nemis masalchisi

Lessing(XIX asr) katta hissa qo'shdilar.

3

Eng avvalo, masal janri xalq og'zaki ijodi mahsuli boʻlgan, keyinchalik

adabiyotga janr sifatida eramizning I va II asrlarida Babriy va Fyodr tomonidan

kiritilgan boʻlsa-da, masalchilik otasi - bu Ezopdir.

U tomonidan yaratilgan masallar og'izdan ogʻizga oʻtib, mazlum xalq tilida

dostonga aylangan. Ma‘lumotlarga koʻra, Ezop miloddan avvalgi VI asrda yashagan,

1

Igor Klex. Masalning xazina dunyosi. Toshkent. Jahon adabiyoti. 2020.101-b

2

O. Nodirov va boshqalar. Oʻzbek klassik she‘riyati janrlari. Toshkent. "Oʻqituvchi". 1979.148-b

3

Dilrabo Jumanova. Masal mumtoz adabiyotining qadimiy janri sifatida. Maqola.2021


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

131

dastlab qul boʻlgan, dono fikrlash qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli oʻzini oʻzi

qullikdan xolos etgan."Kiyik bilan tokzor", "Eshak bilan baqalar", " Ustiga tuz

ortilgan eshak", "Yovvoyi echkilar bilan choʻpon", " Boʻri bilan laylak", "Burgut,

zogʻcha va choʻpon" kabi 500 ga yaqin masallar muallifi sanalgan Ezop masallaridagi

asosiy gʻoya jamiyat tubidagi xo'rlangan, ezilganlarning noroziliklarini ifodalash

boʻlgan. Shu sababli ham Ezop masallari hali hanuzgacha o'z mavqeini, ahamiyatini

yoʻqotmagan, yoʻqotmaydi ham.

Ezopdan keyin Gʻarb adabiyotida masalni shakllantirgan bu rus yozuvchisi

Krilovdir. U masallarni she'riy usulda yaratganligi bilan diqqatga sazovordir.Krilov

adabiyotda yozuvchi sifatida emas, balki o'tkir satirik masallar ijodkori sifatida nom

qoldirgan. Uning masallari syujeti ixcham, satirasi kuchli , tili o'tkir, obrazlari

ishonarli va qissadan chiqarilgan xulosaning aniq va ravshanligi bilan ajralib turadi.

Krilov masallari mavzu jihatidan bir qancha guruhlarga boʻlinadi: novella(" Dehqon

va tulki", "Eshak", "Tovuq va qargʻa"), satirik pamflet ( "Baliqlar raqsi", "Choʻrtan

baliq

"),

maishiy

tematika("Ikki

mushuk",

"Savdogar"),

satirik

epigramma("Tuhmatchi va ilon", "Dub daraxti va choʻchqa") kabi.

Hind adabiyotida ham masalchilik janri diqqatga sazovordir. Masalni

insonlarning xarakterini hayvonlarga ko'chirib, ularni oqlash yo qoralash, dedik,

hindlarda ham aynan shu uslubda yaratilgan, boshdan oyoq masal janrida yuzaga

chiqqan "Kalila va Dimna" asarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu asar tarkibiga

kiruvchi "She'r va hoʻkiz", "Chinkabutar, qarg'a, sichqon, toshbaqa va ohu", "

Maymun va toshbaqa", "Boyqush va qargʻa", "Muahuk va kalamush" kabi naqllarni

biz ayan masalaga kiritishimiz haqli boʻladi. Negaki , bu naqllarning obrazlari

haqiqatdan hayvonlardan tashkil topgan, majoziy ruhda bitilgan hamda achchiq

kinoya bilan sugʻorilgandir.

Sharq adabiyotida masal janri XIV asrga kelib dunyo yuzini koʻrdi. Bu

davrda biz masalni Navoiy ijodida uchratamiz. Navoiyning "Majolis un-nafois"

asarida ham, "Lison ut-tayr" asarida ham masalning namunalarini uchratish mumkin.

Bundan tashqari, "Hayrat ul-abror" dagi " Sher bqilan Durroj", "Saddi

Iskandariy"dagi "Bulbul hikoyati", "Kabutar hikoyati" masallari masal janrining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

132

barcha formal-poetik va gʻoyaviy talablariga toʻla javob beradi.Chunonchi, Navoiy

"Majolis un-nafois" da Mirza Hoji Sugʻdiyning quyidagi baaytini keltirib, yozadi :

Oʻxshotti qomatingga sanubarni bog'bon

Bechora bilmas ermish alifdin tayogʻin.

Bugʻina masalni yaxshigʻina bogʻlogʻon uchun umid ulkim, tengri taolo anga

rahmat qilmish boʻlgʻay.

4

Navoiydan keyin masal namunalarini Nishotiy, Gulxaniy ijodiyotida

koʻramiz.

Nishotiyning "Husn va Dil" dostonida anchagina masallar berilgan. Ular

"Shahboz va bulbul", "Gul va Daf", "Nay va Shamshod", " Kosayi Chin va Nargis",

"Binafsha va Chang" masallaridir.

Gulxaniyni o'zbek klassik masalchiligining atoqli namoyandasiga

aylantirgan eng mashhur asari - bu "Zarbulmasal". Mazkur asar ijtimoiy hayotdagi

illatlarni o'tkir satira tigʻi bilan fosh etadi. Shoir oʻz zamonasi uchun xarakterli

boʻlgan voqea-hodisalarni yoritib beradi. Asarda feodalizmlarning dabdabali hayoti,

ochkoʻz, tamagir, qallob, maqtanchoq, xudbin, mansabparast ekanliklari boʻy-basti

bilan ochib tashlanadi. Ushbu maqsadlarni yoritib berishda muallif allegorik ifodalash

nuqtayi nazaridan "Zarbulmasal"da keltirilgan masallar ham qiymat jihatdan yuqori

turguvchidir. "Maymun bilan Najjor", "Tuya bilan Boʻtaloq", "Toshbaqa bilan

chayon" masallari asar toʻqimasidan munosib joy egallagan.

Hozirgi kunda esa masal janrida ijod qilayotganlar talaygina deyish biroz

mushkilroq. Lekin oʻzbek adabiyotida Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov,

Yamin Qurbon, Aziz Abdurazzoq, jahon adabiyotida esa Lessing kabi yaxshi

masalchilarni ham unutmaslik kerak.

Sami Abduqahhor - satirik yozuvchi va shoir. Uning masallari ham oʻz zamonasi

bilan bogʻliq boʻlib, turli voqea-hodisalarni ramziy obrazlar vositasida masalda

jonlantirgan. Uning bema‘ni va maqsadsiz majlisbozliklar hamda soʻzi bilan amali

boshqa-boshqa boʻlgan kishilar toʻgʻrisida " Ayiq va‘zxon", olifta va oʻziga bino

4

Alisher Navoiy. "Majolis un-nafois ". Ilmiy-tanqidiy tekst. 78-b


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

133

qoʻygan kishilar toʻgʻrisida "Taka bilan echki", tanish-bilishlik aks etgan "Qunduzoy

bilan boʻrsiqboy" kabi masallari gʻoya va badiiyat jihatidan juda qimmatlidir.

Yamin Qurbon - masalnavis, satira ustasi. Uning masallari bilan tanishar

ekanmiz, tanqid ostiga olingan obrazlar hech qanday yashirinsiz koʻrinib turganday

koʻrinadi. Mutaxassislar "...uning satirasi tigʻidan laganbardor va muvofiq ham,

tovlamachi-yu hasadgoʻy ham, manmanlikka berilgan boshliq va tufayli xil

ustabuzarmonlar ham, poraxo'r hamda chalasavod o'qituvchilar ham, hayotiy

zamindan oyog'i uzilgan balandparvoz shoir-u sofdil, pok kishilarning hayotiga

zomin boʻlgan muttaham iblislar ham qochib qutula olmaydi..."

5

degan xulosaga

kelishgan.

Ushbu maqoladan xulosam shuki, masal janri adabiyotning eng qadimiy,

ammo eng barqaror janrlaridan biridir. Uning ahamiyati shu darajada yuqoriki, Gʻarb

adabiyotida ham, Sharq adabiyotida ham birdek hanuzgacha foydalaniladi. U xalq

tafakkurining natijasi sifatida shakllanib, yozma adabiyotda mukammallikka

erishgan. Uning tarbiyaviy, axloqiy va badiiy ahamiyati bugungi kunda ham

dolzarbligini yo‘qotmagan. Masallar — bu hikmat xazinasi, xalq donishmandligining

timsolidir. Negaki masal janrida mahoratli ijod qilgan ijodkorlar avvalo adolat

mash‘alini mahkam tutgan holda jamiyat va kishilarni salbiy illatlar, yomon xulq-

atvorlarning oxir-oqibatlaridan ogohlantirib kelgan. Masallar esa bu vazifani

hozirgacha ajoyib tarzda bajarib kelmoqda. Shu sababli ham bu janrning tarixiy

genezisini o‘rganish, namunalari bilan tanishish esa adabiyotshunoslik sohas uchun

muhim ilmiy vazifalardan, oddiy xalq uchun esa ibratomuz yoʻl-yoʻriqlardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Igor Klex. Masalning xazina dunyosi. Toshkent. Jahon adabiyoti. 2020.101-b

O. Nodirov va boshqalar. Oʻzbek klassik she‘riyati janrlari. Toshkent. "Oʻqituvchi".

1979.148-b Dilrabo Jumanova. Masal mumtoz adabiyotining qadimiy janri sifatida.

Maqola.2021 Alisher Navoiy. "Majolis un-nafois ". Ilmiy-tanqidiy tekst. 78-b

Qurbon Yamin. O'tkir asal: masallar. Toshkent. Adabiyot va san‘at nashriyoti. 1983.

8-9-b

5

Qurbon Yamin. O'tkir asal: masallar. Toshkent. Adabiyot va san‘at nashriyoti. 1983. 8-9-b