Authors

  • Allayarov Otabek Xaliyorovich

Author Biography

  • Allayarov Otabek Xaliyorovich

    ISFT Samarqand filiali assistenti, Samarqand.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116621

Keywords:

Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi desyatina yer sugʻorish tizimi Mirzachoʻl sholi dehqonchilik daryo.

Abstract

Ushbu maqolada 1897-yilda tashkil topgan Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasining Samarqand viloyatidagi faoliyati, viloyat hududidagi yer maydonlari, dehqonchilik jarayonlari, sugʻorish tizimi haqida soʻz boradi. Shu bilan birga mavjud muammolar faktlar asosida yoritib berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

121

SAMARQAND VILOYATIDA YER MAYDONLARI,

DEHQONCHILIK VA MUAMMOLAR (XIX ASR OXIRI-XX ASR

BOSHLARI)

Allayarov Otabek Xaliyorovich,

ISFT Samarqand filiali assistenti, Samarqand.

Annotatsiya: Ushbu maqolada 1897-yilda tashkil topgan Turkistonda yer va

davlat mulki boshqarmasining Samarqand viloyatidagi faoliyati, viloyat hududidagi

yer maydonlari, dehqonchilik jarayonlari, sugʻorish tizimi haqida soʻz boradi. Shu

bilan birga mavjud muammolar faktlar asosida yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar: Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi, desyatina, yer,

sugʻorish tizimi, Mirzachoʻl, sholi, dehqonchilik, daryo.

Samarqand viloyati Turkiston general gubernatorligi tasarrufidagi muhim

ahamiyatga ega boʻlgan viloyatlardan biri hisoblanadi. Viloyat hukumatning 1887-yil

1-yanvarda Turkiston oʻlkasi boshqaruvi toʻgʻrisidagi maxsus Nizomi (Fuqarolik

qonunchiligi kodeksining II jildi, 1892-yil nashri) asosida tashkil topgan

1

. Ma’muriy

tuzilishiga koʻra Samarqand viloyati toʻrtta uezddan iborat: Samarqand,

Kattaqoʻrgʻon, Xoʻjand va Jizzax

2

. Tashkil etilgandan soʻng bu hududda

mustamlakachilikning asosiy maqsadi hisoblangan yerga egalik qilish siyosati yanada

faol, tizimli ishlay boshladi.

Yer resurslari boʻyicha nazoratni 1897-yil tuzilgan Turkiston yer va davlat

mulki boshqarmasi tashkil qiladi. U sugʻorish tizimi, oʻrmon xoʻjaligi, sinovlar, tabiiy

boyliklarni qidirish bilan shugʻullanadi. Shu bilan birga bu boshqarma qishloq

xoʻjaligi oʻquv yurtlari-gidrotexnika va gidrometriya bilim yurtlari, bogʻchilik,

1

Справочная книжка Самаркандской области. 1909-г. Выпускъ IX. Самарканд.

Типо-литография Г.И. Демурова 1909. 1-бет.

2

Положение объ упралении Туркестанскаго края. Ташкент 1903. Типо-

литография В.И. Ильпина 1903. 1-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

122

uzumchilik maktablari ishini ham tashkil qiladi

3

. Ushbu tashkilotning shakllanishi

mintaqadagi barcha tabiiy manbalarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Boshqarma

20 yillik faoliyati davomida Samarqand viloyatida ham vazifa vakolati doirasida keng

siyosat olib bordi. Ammo tashkilot ish jarayonida koʻpgina kamchiliklarga yoʻl

qoʻydi. Jumladan, bu holatni yangi yerlarni oʻzlashtirish masalasida koʻrish mumkin.

1912-yilda Samarqand viloyatining boʻsh yerlaridan xabardor boʻlish uchun

1913-1915-yillarga moʻljallangan ish dasturi rejalashtirilgan. Shu vaqt ichida

viloyatning markaziy qismida joylashgan barcha boʻsh yer maydonlari hisobga

olinadi, degan taxmin bor edi. Ushbu taxminlarga koʻra, oʻrganilishi kerak boʻlgan

umumiy maydon 1 100 000 desyatina boʻlib, ulardan xuddi shu taxminlarga koʻra,

1915-yilda 300 000 desyatingacha tekshirilishi kerak edi. Biroq keyin ma’lum

boʻldiki, bu behisob hududga qoʻshimcha ravishda, ilgari koʻchmanchi mintaqada

joylashgan deb hisoblangan yana 386 ta oʻlchamli yer maydonini oʻrganish kerak

edi

4

.

1908-1909-yillarda oʻlka hududini, shu bilan birga Turkistonda yer va davlat

mulki boshqarmasi faoliyatini taftish qilgan K.K. Palenning ma’lumotlari ham muhim

hamaiyatga ega.

Samarqand viloyatining umumiy maydoni desyatinada 8 289 128, shundan

shahar qismi 15 997 desyatina, mahalliy aholiga tegishli yerlar 2 221 113 desyatina,

xususiy mulk yerlari 1 415 desyatina, rus koʻchmanchilariga 22 907, davlat yerlari

hisoblangan obrok yerlar 59 936, oʻrmon yerlari 3 914 086, umumiy hisobda 6 235

454, qolgan 2 053 674 desyatina yerlar esa koʻchmanchilar muddatsiz, doimiy

ravishda foydalaniladigan yerlar hisoblanadi

5

.

Viloyatda mavjud yerlar turli xil ekin maydonlari uchun taqsim qilingan. I.I.

Geyer bergan ma’lumotlarga koʻra dehqonchilik maydonlarining ekin turlariga koʻra

taqsimoti viloyat uezdlarida quyidagicha boʻlgan:

3

Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 2428- иш, 7-бет

4

Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 8909-иш, 7-бет.

5

Пален К.К. “Материалы к характеристике народного хозяйства Туркестана”.

1911. 93-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

123

Samarqand uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 5 500 desyatina, bugʻdoy

uchun 95 000 desyatina, arpa uchun 46 000 desyatina, guruch uchun 29 000

desyatina;

Jizzax uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 800 desyatina, bugʻdoy uchun

71 000 desyatina, arpa uchun 17 000 desyatina;

Xoʻjand uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 4 000 desyatina, bugʻdoy

uchun 27 000 desyatina, arpa uchun 6 000 desyatina, sholi uchun 1 400 desyatina;

Kattaqoʻrgʻon uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 8 000 desyatina,

bugʻdoy uchun 22 000 desyatina, arpa uchun 6 000 desyatina, guruch uchun 1 200

desyatina hisoblanadi.

Viloyat miqyosida esa bu koʻrsatgich jami paxta uchun ajratilgan maydon 18

300 desyatina, bugʻdoy uchun 215 000 desyatina, arpa uchun 75 000 desyatina,

guruch uchun 32 000 desyatinani tashkil etadi

6

.

Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarida ekin turlari va maydonlarining

hajmi jihatidan oʻziga xos reyting vujudga kelgan. Ekin maydoni boʻyicha birinchi

oʻrinda bugʻdoy turadi, u barcha yerlarning yarmidan koʻprogʻini (2.712.260

desyatinadan 1.404.788 desyatinagacha) tashkil etadi. Bugʻdoy yetishtirish boʻyicha

birinchi oʻrinda Sirdaryo viloyati, ikkinchi oʻrinda Samarqand, uchinchi oʻrinda

Fargʻona viloyati turibdi. Paxta ikkinchi oʻrinni egallaydi–523 674 gektar. Ayrim

viloyatlar boʻyicha u quyidagicha taqsimlangan: Sirdaryo viloyatida maydonning

qariyb 7,6%, Fargʻona viloyatida deyarli 40% (39,7%), Samarqand viloyatida qariyb

7,9%, Kaspiyorti mintaqasida 32%. Uchinchi oʻrin arpaga tegishli - 259 902

desyatina. Eng koʻp arpa Samarqand viloyatiga toʻgʻri keldi. Toʻrtinchi oʻrinni beda

egallaydi. Uning mintaqadagi ulushi 176 867 gektarni tashkil etdi. Beshinchisida

sholi turadi. Unga tegishli maydon-153,448 desyatina

7

.

Samarqand viloyat statistika kometeti sekretari M. Virskiyning 1907-yil

uchun bergan ma’lumotlarida viloyatda ekin turlari ichida sholi yetishtirishga alohida

6

И.И. Гейер. Туркестан. Ташкент. Типография Туркестанского Т-ва печатнаго

дела. 1909. 234-бет.

7

Я. П. Демидов. Экономические очерки хлопководства, хлопковой торговли и

умышленности в Туркестане. Москва. Новая Деревня. 1928. 14- бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

124

keng e’tibor qaratilgan. “Nauskiy volostida soʻnggi ikki yil ichida (ya’ni 1899-1900)

qandaydir hayratlanarli holatlar kuzatildi. Sholi maydoni 392 desyatinadan 2000

desyatinaga koʻpaydi. Xoʻjand uezdida sholi ekinlari maydonining bunchalik

koʻpayishi sababi menga aniq noma’lum; aholining ba’zi ma’lumotlariga koʻra,

soʻngi paytlarda Nauskiy volostida sholi ekishning koʻpayishi chigirtkalarning ta’siri

bilan bogʻliq deb taxmin qilish kerak. Ushbu volostda oʻtgan yili va undan oldingi

yillardagi bu ofat deyarli barcha kuzgi va bahorgi ekinlarni yoʻq qildi, bu esa yerni

qayta haydashga majbur qildi. Dalaga kech takrorlanadigan oʻsimliklardan sholi,

ayniqsa, sholining “Arpa-sholi” navi ekilgan. Samarqand viloyatida sholining toʻrt

navi: Arpa-sholi, Oq-sholi, Qizil sholi va Qora-qaliq navlari keng tarqalgan”

8

.

Samarqand viloyatida 1912-yil kuzgi bugʻdoy hosili oʻrtachadan past edi.

Kuzgi bugʻdoydan faqat Kattaqoʻrgʻon tumani va qisman Jizzax tumanida moʻl hosil

olindi. Koʻp joylarda bahorgi dalalarda hosil past, Xoʻjand uezdida esa qoniqarli hosil

boʻldi. Sholi 1912 yilda 45 ming gektar maydonga ekilgan. Asosiy sholi

yetishtiriladigan viloyatlar: Samarqand, Kattaqoʻrgʻoq va Xoʻjand viloyatlari

9

.

Viloyatda keng tarqalgan yana bir ekin turi tamaki hisoblanardi. Bu haqida

K.K. Palen ma’lumot berib oʻtadi. Buxoro yaqinidagi Kattaqoʻrgʻon, Zarafshonning

quyi oqimida sugʻoriladigan yerlarda tamaki madaniyati yuksak darajada

rivojlangan

10

.

Yana bir holatga alohida e’tibor berish lozimki, tabiiy iqlim sharoiti

dehqonchilik faoliyatiga oʻz ta’sirini doimiy tarzda koʻrsatib turgan. Turkistonda yer

va davlat mulki boshqarmasi bu holatlarda yomgʻirning kam yogʻishi, chigirtkaning

koʻpayishi kabi muammolarga duch keldi.

Suv muammosi boʻlgan hududlarda koʻproq chorvachilik yoki lalmikor

dehqonchilik ustuvorlik qilishi manbalarda tasdiqlanadi.

8

Справочная книжка Самаркандской области. 1907-г. Выпускъ IX. Самарканд.

Типо-литография Г.И. Демурова 1907. 7-8-бет.

9

С. Г. Конопка. Туркестанский край. Ташкент. Г. М. Цвилинг. 1912. 117

-

бет.

10

Пален К.К. “Материалы к характеристике народного хозяйства Туркестана”.

1911. 11-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

125

Gulakandoz, Xoʻjand, Naygut-Qipchoq hududlarida sugʻorishning yetarli

emasligi natijasida koʻchmanchilik madaniyati ustunlik qiladi

11

.

Shundan xulosa qilish mumkinki, viloyatda irrigatsiya masalasiga doir

ishlarga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan. Turkistonda yer va davlat

mulki boshqarmasi bu borada ham talay ishlarni amalga oshirgan. Ayniqsa, yangi

oʻzlashtirilgan yerlarni sugʻorish masalasi muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Samarqand viloyati irrigatsiya boshligʻi P. Petrovskiyning Samarqand viloyati harbiy

gubernatori Ya. D. Fedorovga eski sugʻorish inshootlarini oʻrganish zarurligi haqida

1897-yil 30-dekabr hisoboti ushbu fikrlarni isbotlaydi.

“Qishloq xoʻjaligi va davlat mulki vazirligidan Samarqand viloyatida 1895-

yildan buyon uch nafar texnik xodimdan iborat tadqiqot guruhi ishlamoqda, ular yangi

yerlarni sugʻorish boʻyicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Hozirda, 1897-yil, bu partiyadan ikki texnik Mirzachoʻlni tekislash ishlarini

olib bordi, uchinchisi esa Xoʻjand uezdidagi Xoʻjabaqirgʻon, Oqsuv va Shahriston

daryolari hududlarida bir paytlar sunʼiy inshootlar izlari saqlanib qolgan joylarida suv

omborlari qurish maqsadida ishladi. Samarqand viloyatida sanab oʻtilgan daryolardan

tashqari, shu paytgacha oʻtkazilgan oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, sunʼiy

inshootlar va hatto inshootlarning oʻzlari ham quyidagi joylarda saqlanib qolgan:

1) Jilanchi daryosi Jizzax tumanining Bogʻdon hududida, Nurota togʻlarining

shimoliy yonbagʻirlari boʻylab oqib oʻtadi. Bu yerda zikr etilgan daryoning buloq

suvlarini saqlab qolgan tosh toʻgʻon saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda oqimning yuqori

tomonidagi bu toʻgʻon deyarli butun balandligigacha loy bilan qoplangan.

2) Mirzachoʻlni oldingi choʻldan ajratib turadigan janubiy chiziq boʻylab

xizmat qilgan sobiq korizlarning izlari bor. Kelgusi 1898-yil tadqiqot ishlari olib

borish ma’qul.

Loyihaga zarar yetkazmasdan butun Mirzachoʻl hududini tekislash tarmogʻi

bilan qoplash ikki yil oʻrniga uch-toʻrt yilda yakunlanishi mumkin va hozirda bitta

11

Пален К.К. “Материалы к характеристике народного хозяйства Туркестана”.

1911. 11-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

126

texnik yordamida koʻrsatilgan hududlarda soʻrov oʻtkazgandan soʻng, siz loyiha,

smeta tuzishingiz va mablagʻ boʻlgan taqdirda ishni boshlashingiz mumkin”

12

Yana bir muammo qabul qilingan qarorlar natijasida mahalliy aholining

yersizlanishi hisoblanadi. Bu holat Samarqand viloyatida ham ommaviy tarzda yuz

berdi.

Mahalliy zodagonlarning, yirik boylarning va ulamolarning mulkchiligidagi

yerlari miqdori kamaytirildi. Keyin musodara qilingan yerlarning bir qismi shu yerda

mehnat qilayotgan dehqonlarga maxsus sharoitlar asosida doimiy foydalanishga

berildi. Lekin yer haqidagi qonunlarda, Turkistonni boshqarish toʻgʻrisidagi nizomda

(1886-yil) va 1900-yil unga kiritilgan qoʻshimchalarda mahaliy dehqonlarga yerni

xususiy mulk qilib berilishi qayd etilmagan. Oqibatda mehnat qurollariga, ot-

ulovlarga, pul mablagʻiga ega boʻlmaganlar sudxoʻrlarga, hosilni olib-sotuvchilarga

qaram boʻlib qolishar edi

13

Aholi jon boshiga hisoblanganda ham Samarqand viloyati general-

gubernatorlikdagi eng past koʻrsatgichlardan birini tashkil etadi.

V.P. Nalivkinning hisob-kitoblariga koʻra, 1897-yilda Samarqand viloyatida

501 924 desyatina, umumiy 857 847 kishiga yoki bir kishi uchun 0,58 desyatini

tashkil etdi. Huddi shu viloyatda 171 569 ta oila boʻlib, ulardan uy-joysiz, ya’ni oʻz

tomorqasi va saqloviga ega boʻlmagan oilalar 43 485 ta oila boʻlgan

14

. Bu raqamlar

mahalliy aholining ommaviy qashshoqlashuviga olib kelgan. Natijada soʻdxoʻrlik

ham viloyat miqyosida avj olgan.

Chor hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar mehnatkash ommaning

yirik dehqonlarga qullik qaramligining kuchayishini toʻxtata olmadi. Sudxoʻrlik

kuchayib, keng tarqaldi. Masalan, afgʻon taxtining sobiq vorisi Isoqxon Samarqandda

12

Голодний степь. (История края в документах). Москва. Наука. 1981. 38-39-

бет.

13

Allayarov O.X. “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi nizom”ning yer egaligi

va mahalliy aholi hayoti uchun oqibatlari. Xorazm Ma’mun akademiyasi
axborotnomasi. 2025-1/3. Xiva-2025. 9-bet.

14

Я. П. Демидов. Экономические очерки хлопководства, хлопковой торговли и

умышленности в Туркестане. Москва. Новая Деревня. 1928. 27-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

127

doimiy yashab, Urgutda soʻdxoʻrlik bilan shugʻullangan. 1899-yil oxirida unga foiz

evaziga 500 ming tanga berildi. Va oʻzaro manfaatlar yiliga 15% edi. Urgutda 30 dan

ortiq dehqon xoʻjaliklari qarzdor boʻlgan

15

.

Mahalliy aholining yersizligi mana shu kabi muammolarga duchor boʻlishiga

bevosita sabab boʻlgan.

Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash lozimki, Samarqand viloyati dehqonchilk

uchun qulay maydonlarga ega boʻlganligi hisobiga Turkistonda yer va davlat mulki

boshqarmasi faoliyatida muhim rol oʻynagan. Paxta siyosatining viloyatda ham keng

qo‘llanilishi boshqa turdagi ekin maydonlarining kamayishiga olib kela boshladi, shu

bilan birga yangi yerlarni oʻzlashtirish asosiy vazifasi boʻlgan boshqarma bu

viloyatda faol ish yuritgan. Mirzachoʻl hududining viloyatga tegishli yer

maydonlarida oʻzlashtirish ishlari aynan shu boshqarma tomonidan amalga

oshirilgan. Yana bir muhim jarayon yerga egalik masalasi hisoblanib, azaldan

shakllanagan yer egaligi xususiyatlari o‘zgarib bordi. Bunda 1886-yilda qabul

qilingan nizom muhim ahamiyat kasb etgan. Bu esa mahalliy aholi hayotining

og‘irlashib borishiga sabab bo‘ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Справочная книжка Самаркандской области. 1909-г. Выпускъ IX. Самарканд.

Типо-литография Г.И. Демурова 1909.

2. Справочная книжка Самаркандской области. 1907-г. Выпускъ IX. Самарканд.

Типо-литография Г.И. Демурова 1907.

3. Положение объ упралении Туркестанскаго края. Ташкент1903. Типо-

литография В.И. Ильпина 1903.

4. Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 2428- иш.

5. Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 8909-иш.

6. K.K. Пален. “Материалы к характеристике народного хозяйства Туркестана”.

1911.

15

Т.С. Саидкулов. Самарканд во второй половине XIX-начале XX веков.

Самарканд. 1970. 128-бет.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

128

7. И.И. Гейер. Туркестан. Ташкент. Типография Туркестанского Т-ва печатнаго

дела. 1909.

8. Я. П. Демидов. Экономические очерки хлопководства, хлопковой торговли

и умышленности в Туркестане. Москва. Новая Деревня. 1928.

9. С. Г. Конопка. Туркестанский край. Ташкент. Г. М. Цвилинг. 1912.

10. Голодний степь. (История края в документах). Москва. Наука. 1981.

11. T.С. Саидкулов. Самарканд во второй половине XIX-начале XX веков.

Самарканд. 1970.

12. O.X. Allayarov. “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi nizom”ning yer egaligi

va mahalliy aholi hayoti uchun oqibatlari. Xorazm Ma’mun akademiyasi

axborotnomasi. 2025-1/3. Xiva-2025.