MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
94
UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBINI
TAKOMILLASHTIRISH
Djumayeva Guzal Axtamovna,
SamISI, assistant
Rustamov Sarvar,
SamISI, talaba
IMPROVEMENT OF LONG-TERM ASSETS ACCOUNTING
Annotation: the article highlights the importance of long-term assets in the
economic activities of each productive enterprise, the need to adapt the definition and
accounting of long-term assets to the requirements of international standards,
accurately reflect their recognition and assessment in reports, and adapt the national
accounting system in this regard to the level of international demand.
Keywords: enterprise, long-term assets, intangible assets, product
production, accounting, working capital, buildings, structures, equipment.
Annotasiya: Maqolada har bir ishlab chiqarunchi korxona borki ularning
xo’jalik faoliyatida uzoq muddatli aktivlar muhim ahamiyat kasb etishi, uzoq
muddatli aktivlarning ta’rifi va hisobini xalqaro standartlar talablariga
moslashtirish, ularni tan olish va baholanishini hisobotlarda aniq aks ettirilishi
hamda bu borada milliy hisob tizimini xalqaro talab darajasiga moslashtirish
lozimligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: korxona, uzoq muddatli aktivlar, nomoddiy aktivlar, mahsulot
ishlab chiqarish, buxgalteriya hisobi, aylanma mablag'lar, binolar, inshootlar,
uskunalar.
1. Kirish. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-
4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʼtish boʼyicha qoʼshimcha
chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi, 2020 yil 24 avgustdagi 507-son «Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi
toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
95
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga buxgalteriya hisobi
ob’yekti bo’lgan aktivlar, xususan uzoq muddatli aktivlar tushunchasining iqtisodiy
mohiyatini yanada chuqurroq o’rganishni, ular hisobini xalqaro hisob amaliyotidan
kelib chiqib takomillashtirishni taqazo etmoqda. Shu bois bugungi kunda eng muhim
masalalardan biri bu MHXS(moliyaviy hisobning xalqaro standartlari)larini o’rganish
va uni joriy etish hisoblanadi. Bizning oldimizga xalqaro standartlarni o’rganish,
milliy hisob tizimi bilan integrasiyalash masalasi, ta’lim sohasiga to’liq kiritish,
xo’jalik yurituvchi tashkilotlarda MHXS talablari asosida hisob siyosatini ishlab
chiqish, moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro tamoyillarga asosan tayyorlash,
shuningdek buxgalteriya hisobi ob’yektlari(uzoq muddatli, joriy aktivlar,
majburiyatlar)
hisobining
konseptual
asosinini
takomillashtirish
vazifasi
qo’yilmoqda. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan, shu
jumladan uzoq muddatli aktivlardan oqilona foydalanish, hisobga olish va nazorat
qilishning roli ortib bormoqda. Uzoq muddatli aktivlar-bu korxonaga joriy
aktivlarning bir necha marta aylanishini amalga oshirish orqali biznes yuritishga
imkon beradigan vositalar hisoblanadi. Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar
(binolar, inshootlar, uskunalar va boshqalar), nomoddiy aktivlar (dasturiy ta'minot,
ro'yxatdan o'tgan savdo belgilari, ixtirolardan foydalanish huquqlari va boshqalar),
uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar va boshqalar kiradi.Yangi mahsulotlar ishlab
chiqarish, yangi bozorlarni rivojlantirish, korxona faoliyatini kengaytirish uzoq
muddatli aktivlarga sarmoya kiritishni talab qiladi.
Shuning uchun ham asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar davriy
modernizatsiya va almashtirishlarga muhtoj. Iqtisodiy mashhur ibora mavjud, ya’ni
biz cheklangan resurslar dunyosida yashaymiz, shuni hisobga olgan holda kompaniya
investitsiyalarning mumkin bo'lgan yo'nalishlari o'rtasida qiyin tanlovni amalga
oshirishi kerak.
Shunday ekan, korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlaridan
foydalanish samaradorligini hisobga olish va tahlil qilish va ularni moliyaviy
hisobning xalqaro standartlari talablari asosida takomillashtirish bo'yicha ishlar
amalga oshirilishi lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
96
2. Adabiyotlarni ko'rib chiqish. Hozirgi vaqtda uzoq muddatli moddiy
aktivlarni hisobga olish masalalari bilan bog'liq ko'plab dolzarb muammolarni hal
qilish bilan B. Needles, X. Anderson, A. D. Sheremet, Y. V. Sokolov, V. Y. Sokolov,
M. M. Tulaxodjayeva, K. B. Urazov, S. N. Tashnazarov va boshqalar shug'ullangan.
Adabiy manbalarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda buxgalteriya
hisobi fani jahon iqtisodiy tafakkuri, xalqaro buxgalteriya tizimlari bilan integratsiya
yo'lida ishonchli rivojlanmoqda. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasida bozor
iqtisodiyoti rivojlanishining yangi sharoitlarida uzoq muddatli moddiy aktivlarni
hisobga olish metodologiyasiga tizimli, kontseptual yondashuvni o'z ichiga olgan
ishlar mavjud emas.
Buxgalteriya hisobini takomillashtirish muammolari bo'yicha yetakchi
mahalliy va xorijiy mualliflarning ilmiy ishlari, Qonunchilik va me'yoriy hujjatlar,
O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi bo'yicha asosiy qoidalarning uslubiy
hujjatlari va materiallari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), Amerikaning
"buxgalteriya hisobi va hisobotining umume'tirof etilgan tamoyillari" (GAAP), milliy
moliyaviy hisobot standartlari.
3. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil,
tizimli yondashuv, ma'lumotlarni guruhlash usullari ishlatilgan.
4. Tahlil va natijalar. "Aktivlar" tushunchasining zamonaviy talqini, iqtisodiy
foydadan tashqari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bunday imtiyozlarni nazorat
qilish imkoniyatlarini ham ta'kidlaydi. Ushbu yondashuv, shubhasiz, xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning potentsial daromad yoki kelajakdagi iqtisodiy foydadan
foydalanish qobiliyatini baholashda yanada ishonchli qiladi. Aktivlar tashkilotning
kelajakdagi iqtisodiy foyda keltirishi mumkin bo'lgan, tashkilotga tegishli yoki to'liq
nazorat qilinadigan, operatsiyalar va o'tgan davrlarning boshqa hodisalari natijasida
yuzaga keladigan iqtisodiy resurslar to'plamidir. Binobarin, aktivlarning har bir
elementi ularning ta'riflariga javob berishi va bozor iqtisodiyoti talablariga to'liq
javob beradigan kompaniyalar (korxonalar) uchun iqtisodiy foyda keltirishi kerak.
Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish kontseptsiyasini ishlab chiqish
ularning iqtisodiy mohiyatini buxgalteriya ob'yekti sifatida o'rganishga asoslangan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
97
Shuni ta'kidlash kerakki, buxgalteriya hisobida uzoq muddatli aktivlarni aniqlash va
tan olish tashkilot aktivlarining mohiyatini keng ma'noda o'rganish kerakligini talab
etadi. O'tgan yillar va hozirgi davrdagi ichki buxgalteriya hisobida aktivlar
tashkilotga tegishli bo'lgan iqtisodiy vositalar (yoki mulk) to'plami sifatida talqin
etiladi.
Uzoq muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatidagi
kontseptsiyasini ishlab chiqishda, avvalambor, ularning iqtisodiy mohiyati asos qilib
olinishi lozim. Uzoq muddatli aktivlarni tan olish va hisobda aks ettirish keng
ma’nodagi aktivlarning mohiyatini tadqiq qilish muammolari bilan bevosita
bog’liqdir. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar ob’yekt sifatida
korxonaga tegishli xo’jalik mablag’lari deb tan olingan va e’tirof etilgan. Ammo bu
e’tirof asosan asosiy kapitalga talluqli bo’lgan. Hozirgi bozor munosabatlari
sharoitida davrda uzoq muddatli aktivlar tarkibiga kiradigan buxgalteriya hisobining
boshqa ob’ektlari ham paydo bo’lganki, ularning iqtisodiy mohiyati albatta asosiy
kapitalning mohiyatidan farqlanadi. Jumladan, nomoddiy aktivlar, moliyaviy
qo’yilmalar, uzoq muddatli debitor qarz va muddati uzaytirilgan xarajatlar ham
korxona faoliyatida uzoq muddat ishtirok etadi. Shulardan nomoddiy aktivlar
bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmasa ham, bilvosita daromad olishga
sababchi bo’lib muayyan iqtisodiy naf keltiradi. Uzoq muddatli moliyaviy
qo’yilmalar va investitsion mulk sifatida e’tirof etilayotgan aktivlar esa kelgusida
daromad olish maqsadida kapitalni investitsiya qilishning yana bir yo’nalishi bo’lib
hisoblanadi. Ushbu jihatlar uzoq muddatli aktivlarni tasniflash va tavsiflash asoslarini
qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davlatlarida, shu jumladan, respublikamiz
buxgalteriya hisobi metodologiyasida qo’llanib kelinayotgan uzoq muddatli
aktivlarni baholash mezonlari va tamoyillari tushunchalaridagi noaniqliklarni bartaraf
etishni taqozo etadi. Bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida turli yangi hisob
ob’ektlari hisoblangan royalti, gudvill, yer uchastkasiga bo’lgan mulkiy huquq, uzoq
muddatli debitorlik qarzlari, kechiktirilgan xarajatlar, uzoq muddatli moliyaviy
investitsiyalar, lizing munosabatlari uzoq muddatli aktivlarni xo’jalik yurituvchi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
98
sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarida aks ettirish moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari talablariga javob bermayapti. Bu esa, buxgalteriya hisobi tizimida uzoq
muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobini nazariy, huquqiy - tashkiliy va uslubiy
muammolari yaxlit tizim sifatida tadqiq qilinmaganligidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
davrida shakllanganligi va davlatning mulkiy hukmronligi tufayli uning saqlanib
qolayotgan ayrim elementlarini metodologik jihatdan qayta ko’rib chiqish zaruratini
keltirib chiqarmoqda.
Bozor sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aktivlarni iqtisodiy
naf keltiruvchi resurs sifatida e’tirof etish, zarur bo’lgan holda, ular tomonidan
aktivlarni sotib olishda yoki shakllantirishda iqtisodiy nafni o’rganish va uning
ob’ektivligini baholash asosiy maqsad sifatida qo’yilmagan. Buning oqibatida
aktivlardan foydalanish samaradorligi pasayib ketishi kuzatilmoqda.
5. Xulosa. Bizning fikrimizcha, aktivlar tashkilotning kelajakdagi iqtisodiy
foyda keltirishi mumkin bo'lgan, tashkilotga tegishli yoki to'liq nazorat qilinadigan,
operatsiyalar va o'tgan davrlarning boshqa hodisalari natijasida yuzaga keladigan
iqtisodiy resurslar to'plami hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uzoq muddatli aktivlar:
birinchidan, aktivlarning har bir elementi ularning ta'riflariga javob berishi lozim;
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti talablariga to'liq javob beradigan kompaniyalar
(korxonalar) uchun iqtisodiy foyda keltirishi kerak; uchinchidan, buxgalteriya
hisobining ob’yekti sifatida bozor iqtisodiyotining zamonaviy shartlariga
muvofiqlashtirish hamda buxgalteriya hisobini xalqaro darajadagi me’yorlar bilan
uyg’unlashtirilishi kerak bo’ladi.
Demak, uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobining nazariy va
metodologik jihatdan yetarli darajada tadqiq qilinmaganligidan dalolat beradi hamda
o’rganilayotgan muammoning dolzarbligini belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldagi "Buxgalteriya hisobi
to'g'risida"gi O’RQ-404-son Qonuni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
99
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 fevraldagi PQ-
4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
3. 5-son BHMS “Asosiy vositalar” 2003-yil 9-oktabr 114-son
4. Xalqaro moliyaviy hisobot standarti (IAS) 16 "Asosiy vositalar"
5. Шодмонов Ш. ва бошқалар. Иқтисодиёт назарияси. Тошкент: Молия, 2002. -
37 б
6. Ташназаров С.Н. Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида молиявий
ҳисобот: муаммо ва ечимлар. Монография. Т.: «Навруз» нашриёти, 2016й.-296
б.
7. Уразов К.Б. «Молиявий ҳисоб ва ҳисобот» Тошкент «Инновацион
ривожланиш нашриёт-матбаа уйи» 2020, 370-бет