Authors

  • Xamrayeva Feruza Raximovna

Author Biography

  • Xamrayeva Feruza Raximovna

    Navoiy viloyati Karmana tuman 2-son politexnikum

    “Ijtimoiy fanlar va tillar kafedrasi” tarix fani  o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116629

Keywords:

O‘zbekiston tashqi siyosat mustaqillik diplomatiya xalqaro tashkilotlar strategik sheriklik Yangi O‘zbekiston mintaqaviy xavfsizlik.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikdan so‘ng tashqi siyosatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. 1991–2023 yillar oralig‘ida olib borilgan diplomatik faoliyat, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar, strategik hamkorlik va “Yangi O‘zbekiston” tashqi siyosiy yondashuvi tarixiy manbalar va hujjatlar asosida yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

61

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING TASHQI

HAMKORLIK ALOQALARINING TARIXIY TAHLILI

Xamrayeva Feruza Raximovna

Navoiy viloyati Karmana tuman 2-son politexnikum

“Ijtimoiy fanlar va tillar kafedrasi” tarix fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikdan

so‘ng tashqi siyosatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari bosqichma-bosqich

tahlil qilinadi. 1991–2023 yillar oralig‘ida olib borilgan diplomatik faoliyat, xalqaro

tashkilotlar bilan munosabatlar, strategik hamkorlik va “Yangi O‘zbekiston” tashqi

siyosiy yondashuvi tarixiy manbalar va hujjatlar asosida yoritilgan.

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, tashqi siyosat, mustaqillik, diplomatiya, xalqaro

tashkilotlar, strategik sheriklik, Yangi O‘zbekiston, mintaqaviy xavfsizlik.

ИСТОРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВНЕШНЕПОЛИТИЧЕСКИХ

СВЯЗЕЙ УЗБЕКИСТАНА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотatsiя: В данной статье поэтапно анализируется процесс

формирования и развития внешней политики Республики Узбекистан после

обретения независимости. Освещены дипломатическая деятельность,

отношения с международными организatsiями, стратегические партнерства

и внешнеполитический подход периода «Нового Узбекистана» в 1991–2023

годах на основе исторических источников и документов.

Ключевые слова: Узбекистан, внешняя политика, независимость,

дипломатия, международные организatsiи, стратегическое партнёрство,

Новый Узбекистан, региональная безопасность.

A HISTORICAL ANALYSIS OF UZBEKISTAN'S FOREIGN

RELATIONS DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE

Annotation: This article presents a step-by-step analysis of the formation and

development of the foreign policy of the Republic of Uzbekistan after gaining

independence. It highlights diplomatic activities, relations with international


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

62

organizations, strategic partnerships, and the “New Uzbekistan” foreign policy

approach from 1991 to 2023, based on historical sources and official documents.

Keywords:

Uzbekistan,

foreign

policy,

independence,

diplomacy,

international organizations, strategic partnership, New Uzbekistan, regional

security.

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrda o‘zining mustaqilligini e’lon

qilganidan so‘ng, respublika uchun yangi tashqi siyosiy strategiyani ishlab chiqish

ehtiyoji tug‘ildi. O‘tgan asr oxiri O‘zbekiston Sovet Ittifoqining tarkibiy qismi

bo‘lgan davrda mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqiga ega emas edi. 1991-yildan

boshlab esa O‘zbekiston o‘zining mustaqil tashqi aloqalarini o‘rnatishga kirishdi.

Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq tashqi siyosatda asosiy

vazifa xalqaro maydonda O‘zbekistonni suveren davlat sifatida tan oldirish, jahon

davlatlari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatish, xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish,

investitsiyalarni jalb etish va tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish asosiy masala

bo‘ldi. Shu yo‘nalishda olib borilgan siyosat natijasida 1992-yilga kelib O‘zbekiston

dunyoning 100 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi(1,29). O‘zbekiston

mustaqilligining ilk yillarida olib borilgan tashqi siyosiy faoliyat tufayli davlatning

xalqaro huquq subyekti sifatidagi maqomini mustahkamlandi. Turtimizning tashqi

siyosatdagi asosiy tamoyillari davlat mustaqilligining dastlabgi hujjatlarida, xususan,

1992-yil 2-martda qabul qilingan BMTga a’zo bo‘lish loyihasida va O‘zbekiston

Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatiga doir Prezident farmonlarida o‘z ifodasini

topgan(2). 1993-yil 31-avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining

Tashqi siyosati kontseptsiyasi" tashqi aloqalar uchun nazariy asosi bo‘lib xizmat

qildi(3). Tashqi siyosatning dastlabki huquqiy asoslari mustaqillikning muhim siyosiy

hujjatlarida belgilab berilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning xalqaro maydondagi

yo‘nalishini aniqlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, 1993-yilgi "Tashqi siyosat

kontseptsiyasi" nazariy asosi sifatida tashqi aloqalarni izchil va barqaror yuritishga

zamin yaratdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

63

I.A. Karimov rahbarligida olib borilgan tashqi faol siyosat "ochiqlik",

"betaraflik" va "teng huquqlilik" tamoyillariga asoslangan edi. Ushbu siyosat orqali

O‘zbekiston nafaqat yaqin qo‘shni davlatlar, balki dunyoning eng yirik siyosiy va

iqtisodiy markazlari – AQSh, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi bilan ham strategik

sheriklik aloqalarini rivojlantirdi(4,65). O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya va

xalqoro tashkilotlardagi faolligi ham ko‘zga ko‘rinarli tarzda olib borildi, jumladan,

1996-yilda Shanxay beshligi tashkil qilinib, keyinchalik 2001-yildan Shanxay

Hamkorlik Tashkilotiga aylangandi. Ushbu jarayonda, O‘zbekiston ham mazkur

tashkilotning a’zolaridan biri sifatida muhim tashqi faoliyat olib bordi(5), 1994-

yildan boshlab "Buyuk Ipak yo‘li"ni qayta tiklash konsepsiyasi asosida xalqaro

transport va tranzit aloqalarini rivojlantirishga e’tibor qaratdi. "Toshkent – Termiz –

Mozori Sharif – Hirot" yo‘nalishi, "Toshkent – Andijon – O‘sh – Erkinobod"

yo‘nalishlari buning yorqin misolidir(6) asrning oxiriga kelib MDH,YXHT, IHT,

OIC, TURKSOY kabi tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqlarini yo‘lga qo‘ydi.

2006–2016-yillarda tashqi siyosatda nisbiy yopiq yondashuv ustuvor bo‘ldi.

Bu yillar davomida davlat ichki islohotlarga ko‘proq urg‘u berdi. Ammo bu davrda

ham strategik hamkorliklar, xususan, energetika, neft-gaz, yengil sanoat, ta’lim

sohalarida Germaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan

muhim bitimlar imzolandi(7). Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining o‘ziga xos jihati

— ko‘p vektorli hamkorlikni chuqurlashtirish, ya’ni bir vaqtning o‘zida G‘arb, Sharq,

Islom dunyosi va mintaqaviy tashkilotlar bilan parallel hamkorlik olib borish

siyosatini kuchaytirish jarayoni 2022-yildan boshlandi(8) Yevropa Ittifoqi bilan

kengaytirilgan sheriklik loyihasi bunga misol bula oladi. Prezident Shavkat

Mirziyoyev tashqi siyosatdagi faolligi “Yangi O‘zbekiston”da 2016-yildan yangi

bosqichni boshlab berdi. Xususan, "Yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik" tamoyili(9,88)ga

asoslangan siyosat orqali O‘zbekiston Afg‘oniston bilan barqaror hamkorlikni

ta’minlash, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston bilan suv, chegara

va savdo masalalarini hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatib muhim loyahalarni ilgari

surdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

64

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekiston tashqi siyosati

evolyutsion rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Dastlab tan olinishga, keyin

barqaror aloqalarni shakllantirishga, so‘ngra esa ko‘p tomonlama va manfaatli

hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosat bugungi kunda "Yangi O‘zbekiston"ning xalqaro

nufuzini oshiruvchi muhim omillardan biriga aylandi. Siyosat 2016 yildan boshlab

tashqi siyosatda uyangicha yondashuvlar shakllanib, “Yangi O‘zbekiston”

konsepsiyasiga muvofiq ochiqlik, maintaqaviy yaqinlashuv va global jarayonlarda

markaziy o‘ringa chiqdi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Қар.: Каримов И.А. Ўзбекистон ўз истиқлол ва тараққиёт йўлида. – Т.:

Ўзбекистон, 1993. – Б. 29.

2.

Қар.: Ўзбекистон Республикасининг БМТга аъзо бўлиши ҳақидаги қарор.

// Халқ сўзи, 1992

3.

Қар.: О‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati konsepsiyasi. – Тошкент,

1993.

4.

Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлик йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б.

64–65.

5.

Фармон: «Ўзбекистон Республикасининг ШҲТ доирасидаги ҳамкорлиги

тўғрисида» // Lex.uz

6.

Каримов И.А. Буюк келажак сари. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 106–108.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti:

www.president.uz

(2010–

2016 yillardagi tashqi siyosatga oid farmonlar

8.

Yakubov A. O‘zbekiston tashqi siyosatining shakllanishi. Toshkent:

“Akademnashr”, 2005.

9.

Мирзиёев Ш.М. Янгиланиш ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 2017. –

Б. 88–90