Authors

  • Karimova Nigina Xurshid qizi

Author Biography

  • Karimova Nigina Xurshid qizi

    Sharof Rashidov nomidagi SamDU 401-guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116631

Keywords:

Sa’diy Sheroziy ‘‘Guliston’’ Ogahiy Sayfi Saroyi tarjima uslub badiiylik qiyosiy tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Sa’diy Sheroziyning  ‘‘Guliston’’ asarining o‘zbek tiliga Ogahiy hamda Sayfi Saroyi tomonidan amalga oshirilgan tarjimalari til va uslubiy xususiyatlar nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi.Tarjimonlarning tarixiy-madaniy kontekstdagi o‘rni,ularning tarjima uslubi,badiiylikka yondashuvi, leksik va grammatik vositalardan foydalanish xususiyatlari o‘rganiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

51

SA’DIY SHEROZIY ‘‘GULISTON’’ ASARI OGAHIY VA SAYFI SAROYI

TARJIMALARIDA TIL VA USLUB MASALASI

Karimova Nigina Xurshid qizi

Sharof Rashidov nomidagi SamDU 401-guruh talabasi.

Annotatsiya.Ushbu

maqolada

fors-tojik

adabiyotining

yirik

namoyondalaridan biri Sa’diy Sheroziyning ‘‘Guliston’’ asarining o‘zbek tiliga

Ogahiy hamda Sayfi Saroyi tomonidan amalga oshirilgan tarjimalari til va uslubiy

xususiyatlar nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi.Tarjimonlarning tarixiy-

madaniy kontekstdagi o‘rni,ularning tarjima uslubi,badiiylikka yondashuvi, leksik va

grammatik vositalardan foydalanish xususiyatlari o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:Sa’diy Sheroziy, ‘‘Guliston’’, Ogahiy, Sayfi Saroyi, tarjima,

uslub,badiiylik,qiyosiy tahlil.

Abstract.This article presents a comparative analysis of the linguistic and

stylistic features of the Uzbek translations of the "Gulistan" by one of the greatest

representatives of Persian-Tajik literature, Saadi Shirazi, carried out by Ogahiy and

Sayfi Sarayi. The study examines the translators’ roles within their historical and

cultural contexts, their translation strategies, approaches to artistic expression, and

the specific use of lexical and grammatical devices.

Keywords:Saadi Shirazi, Gulistan, Ogahiy, Sayfi Sarayi, translation,

language, style, artistic expression, comparative analysis.

Аннотация.В данной статье проводится сравнительный анализ

языковых и стилистических особенностей узбекских переводов произведения

"Гулистан" одного из крупнейших представителей персо-таджикской

литературы Саади Ширази, выполненных Огахи и Сайфи Сараи. Исследуются

место переводчиков в историко-культурном контексте, их переводческие

подходы, отношение к художественной выразительности, а также

особенности использования лексических и грамматических средств.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

52

Ключевые слова: Саади Ширази, Гулистан, Огахи, Сайфи Сараи,

перевод, язык, стиль, художественная выразительность, сравнительный

анализ.

Kirish.

Sa’diy Sheroziyning ‘‘Guliston’’ asari Sharq adabiyoti tarixida

o‘ziga xos o‘rin egallagan,axloqiy-falsafiy hikmatlar bilan to‘la,badiiy jihatdan

mukammal asardir.Ushbu asar o‘zbek mumtoz adabiyotiga ham katta ta’sir

ko‘rsatgan.Xususan,Ogahiy va Sayfi Saroyi kabi yirik tarjimonlar ushbu asarni

o‘zbek tiliga tarjima qilganlar.Har ikki tarjima o‘z zamonasi,ijtimoiy-madaniy

muhit,shuningdek,tarjimonning estetik didi va til imkoniyatlariga bog‘liq holda

shakllangan.Sayfi Saroyi ‘‘Guliston’’ tarjimasi bilan o‘z ismini turkiy adabiyotga

oltin harflar bilan yozgan tarjimon va shoirdir.Asarlarini turk tilining qipchoq

lahjasida

yozgan.Sayfi

Saroyining

‘‘Guliston bit-turkiy’’turk lahjalarida

so‘zlashuvchi xalqlar uchun o‘z davrida o‘rnak asar hisoblangan.Hatto maktablarda

darslik sifatida o‘qitilgan.Tarjimalarning tili xususiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak,turkiy

tillarni davrlashtirish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ‘‘Guliston bit-turkiy’’ eski turk

davrida yozilgan asar hisoblanadi.Bu davr tilining o‘ziga xos bir necha xususiyatlari

bor:tovushlarning talaffuzida, so‘zlarning qo‘llanilishi,gap bo‘laklarining o‘rni va

boshqalar.Sayfi Saroyi tarjimasidagi asar tili,Ogahiy tarjimasidagi asar tili va bugungi

kundagi tilimizning ham ba’zi so‘z va qo‘shimchalarida ba’zi o‘zgarishlarga duch

kelamiz.Ogahiy tarjimasida ba’zi jihatlari bilan Sayfi Saroyi tarjimasiga o‘xshash.

Ikkala tarjimaning ba’zi joydagi hikoyatlari deyarli bir xil. Masalan: Ulug'lardan bir

kimersa bir parso erga so‘rdi: ‘‘Falon obid haqqina ne aytursan? Ko‘b ta'nali so‘zlar

aning uchun derlar’’. Aytti: ‘‘Zohirinda ayb ko‘rmon, botininda g‘ayb bilmon’’.

‘‘Guliston bit-turkiy’’da keltirilgan hikoyatdagi ‘‘kimersa’’ (kimdir olmoshi o'rnida),

‘‘so‘rdi’’ (so'radi fe'li o‘rnida), "er" (kishi oti o‘rnida), ‘‘aning’’ (uning olmoshi

o‘rnida), kabi so‘zlar, haqqina so‘zidagi -na qo'shimchasi (jo‘nalish kelishigi -ga

o‘rnida qo‘llangan), aytti so‘zidagi -ti (o‘tgan zamon qo‘shimchasi-di o‘rida),

ko‘rmon va bilmon so‘zlaridagi mon qo‘shimchalari (bo‘lishsizlik -ma, zamon-di va

shaxs-son-m) aynan eski turk davri tiliga xos.Bulardan tashqari ‘‘Guliston bit-

turkiy’’da ‘‘emas’’ to‘liqsiz fe‘li o‘niga qadimgi va eski turk davrida qo‘llanilgan va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

53

bugungi kunda ham turk tilida mavjud bo‘lgan ‘‘deg‘il’’ so‘zi qo‘llangan. Ogahiy

tarjimasida esa bu so‘z bugungi kunimizdagi til uslubida, ya’ni ‘‘emas’’ shaklida

qo‘llangan. Yana bir misol: eng yangi davr va yangi turk davrida (Ogahiy davrida)

qo‘llangan ‘‘ozuqalanmoq’’ so‘zi o‘rida ‘‘Guliston bit-turkiy’’da eski turk davriga

xos bo‘lgan ‘‘beslenmek’’ so‘ziga ham ko‘zimiz tushadi. Shu kabi yana bir qancha

eski turk davriga xos bo‘lgan so‘zlarni uchratishimiz mumkin.Xuddi shu hikoyat

Ogahiy tarjimasida quyidagicha berilgan: Ulug‘larning biri bir porso kishiga dedi:

‘‘Falon obidning haqida na so‘z aytursankim, o‘zgalar aning izidin ta’na qilib, ko‘b

so‘z ayturlar’’. Porso dedi: ‘‘Zohirida hech ayb ko‘rmasmen va botinida na aybi borin

bilmasmen’’. Bu yerda ‘‘na’’ so‘zi ikki bor qo‘llangan va ‘‘qanday’’ so‘roq olmoshi

o‘rnida qo‘llangan. ‘‘Aytursankim’’, ‘‘ko'rmasmen’’, ‘‘bilmasmen’’ kabi o‘sha

davrga xos bo'lgan fe’llar, ‘‘aning’’ kishilik olmoshi ham qatnashgan. Ogahiyning

tarjimasi keyingi asrlarga oid bo'lgani uchun Sayfi Saroyinikiga nisbatan bugungi

adabiy tilimizga yaqinroq.‘‘Guliston’’ning nasr va nazmi Sayfi Saroyi va Ogahiy

tarjimalarida, asosan, nazmda bir qancha farqlar kuzatiladi. Yana bir hikoyatda

shunday deyilgan: bir vazirning bir bilimsiz, axloqsiz o‘g‘li bo‘lib, uni bir

donishmandga tarbiyalanishga va ilm oʻrganishga beradilar. Bu donishmand ko‘p

muddat bilim va tarbiya beradi,ammo foydasi bo'lmaydi. Bolaning otasiga odam

yuborib, shunday gaplarni aytadi: sening bu o‘g‘ling hech qachon oqil bo‘lmaydi,

lekin meni aqldan ozdiradi.Hikoyatdan keyin ushbu she’r berilgan:

Chun buvad asli gavhari qobil,

Tarbiyatro dar o asar boshad.

Hech asayqal nako nadonad kard

Ohanero, ki badguhar boshad.

Asarning asl nusxasida bu she’r bolaning otasiga yuborilgan odam tilidan

aytiladi. Ogahiy tarjimasida ham aynan shunday. Ammo ‘‘Guliston bit-turkiyda’’

otasining oldiga yuboriladigan kishiga donishmandning o‘z tilidan aytiladi. Sayfi

Saroyida quyidagi uslubda berilgan:

Javhari asl ul durur qobil-

Kim, anga tarbiyat asar qilg‘ay.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

54

Sayqal ursa, ochilmag‘ay hargiz,

Ul temurkim ko‘ki yomon bo‘lg‘ay.

Bu hikoyat Sayfi Saroyida asl nusxaga yaqinroq tarjima qilingan, ya’ni

aynan so‘zma so‘z asl nusxa bilan bir xil va ma’nosi ham juda yaqin. Ogahiyning

tarjima uslubi poetik tafakkur bilan uyg‘unlashgan. U “Guliston”dagi hikmatlarni

nafaqat tarjima qilgan, balki ularni o‘z ijodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda

o‘zbekcha ifoda vositalari orqali yangidan yaratgan. Uning she’riy ifodasi,

qofiyalangan jumlalari, tashbeh va istioralari orqali matnga poetik ruh

bag‘ishlangan.Sayfi Saroyi esa tarjimada soddalik, mazmunning aniq yetkazilishiga

urg‘u bergan. U asarning hikmatli jihatini saqlagan, biroq uslubda yuksak poetiklik

emas, balki amaliy nutqqa yaqinlik seziladi. Bu uning tarjimasi ko‘proq didaktik

maqsadga xizmat qilganini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarining Ogahiy va Sayfi Saroyi tomonidan

amalga oshirilgan tarjimalari o‘zbek tarjimashunosligi tarixida muhim o‘rin tutadi.

Har ikki tarjimon o‘z davri, til imkoniyatlari va estetik qarashlari asosida asarni

tarjima qilgan. Sayfi Saroyi xalq tiliga yaqin, tushunarli tarjima yaratgan bo‘lsa,

Ogahiy badiiy, she’riy ruhda yuksak uslub bilan tarjima qilgan. Bu ikki tarjima o‘zbek

tilining turli bosqichlaridagi imkoniyatlarini va tarjimonlik madaniyatini ko‘rsatib

beradi.

REFERENCES

1.

Ergash Ochilov, “Barhayot siymolar”. “O‘zbekiston” , T., 2012-yil.

2.

Bobur Udayev.Sa’diy Sheroziy ‘‘Guliston’’asari tarjimalarida adaptatsiya

masalalari// Magistrlik dissertatsiyasi.Toshkent-2018.

3.

Botirovich A S. ‘‘Tarjimashunoslikda uslub muammosining o‘rganilishi’’.Ta’lim

fidoyilari 18(5):359-362

4.Ogahiy ‘‘Guliston’’.G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.

Toshkent - 1977.

5.Sa’diy Sheroziy ‘‘Guliston’’. Nashriyoti davlati Tojikiston. Dushanbe – 1962.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

55

6.Sayfi Saroyi ‘‘Guliston bit-turkiy’’. G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot

nashriyoti. Toshkent - 1968.

7.O‘zbek adabiyoti tarixi. I tom. Eng qadimgi davrlardan XV asrning II yarmigacha.

“Fan”, T., 1977-