Authors

  • Kalandarova Feruzaxon Karimdjan qizi

Author Biography

  • Kalandarova Feruzaxon Karimdjan qizi

    Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116637

Keywords:

Debitorlik majburiyat kreditorlik majburiyat balans tahlil aylanuvchanlik koeffitsienti aylanish davri muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari.

Abstract

Mazkur maqolada xojalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobini yuritishda  vujudga keladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlilini iqtisodiy mazmuni va ahamiyati yoritilgan va ularni  holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari boʻyicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho berildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

9

DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILINING

IQTISODIY MAZMUNI VA AHAMIYATI

Kalandarova Feruzaxon Karimdjan qizi

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya. Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya

hisobini yuritishda vujudga keladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlilini

iqtisodiy mazmuni va ahamiyati yoritilgan va ularni holatiga, tarkibiga, tashkil

topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik

majburiyatlari boʻyicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho berildi.

Аннотация. В данной статье освещено экономическое содержание и

значение анализа дебиторской и кредиторской задолженности, возникающей

при ведении бухгалтерского учета хозяйствующих субъектов, и дана оценка их

состояния, состава, сроков образования, причин возникновения, возникновения

маловероятной

задолженности

по

дебиторской

и

кредиторской

задолженности.

Annotation. This article highlights the economic content and significance of

the analysis of accounts receivable and payables arising from the accounting of

business entities, and provides an assessment of their condition, composition, timing

of formation, causes, and unlikely occurrence of accounts receivable and payables.

Kalit so‘zlar. Debitorlik majburiyat, kreditorlik majburiyat, balans, tahlil,

aylanuvchanlik koeffitsienti, aylanish davri, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik

qarzlari.

Ключевые слова. Дебиторская задолженность, кредиторская

задолженность, баланс, анализ, коэффициент оборачиваемости, период

оборачиваемости, просроченная дебиторская и кредиторская задолженность.

Keywords. Accounts receivable, accounts payable, balance sheet, analysis,

coefficient of rotatin, rotation period, overdue accounts receivable and accounts

payable.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

10

Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalarning

ko‘lami va murakkabligi ortib bormoqda. Moliyaviy barqarorlik va investisiyaviy

jozibadorlikni ta’minlashda debitor va kreditorlik qarzlarini samarali boshqarish

muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga muvofiq

yuritish va auditorlik faoliyatini takomillashtirish har bir xo’jalik yurituvchi

subyektlarining moliyaviy hisobotlarini ishonchli va shaffof qilishda asosiy

omillardan biri hisoblanadi. Debitor va kreditorlik qarzlari noto‘g‘ri boshqarilganda,

moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, likvidlik muammolariga olib keladi.

Korxonalarda debitor qarzlarining o‘sishi ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni

mablag‘ bilan ta’minlashda uzilishlar keltirib chiqarishi mumkin, kreditorlik

qarzlarining nazoratsiz oshishi esa qarzdorlik darajasining ortishiga va moliyaviy

qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Shu sababli, debitor va kreditorlik qarzlarini samarali

boshqarish aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy mustahkamligi va ishonchli

faoliyati uchun muhimdir. Shu sababli ham, debitorlik va kreditorlik qarzlarining

tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib

chiqish muhim hisoblanadi.

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar (qarzlar)ini tahlil etish orqali

iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini

takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya

muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida

o‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi

masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan

ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish imkoni tug‘iladi.

Firma va kompaniyalar oʻz faoliyatlarida turli xil tashkilotlar bilan hisob-

kitob aloqalarini amalga oshiradilar. Bu aloqalarda pulli toʻlovlarni shartnomada

koʻrsatilgan muddatlarda bajarmay qolish voqealari koʻplab uchrabturadi, natijada

debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan toʻlanishi

lozim boʻlgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim boʻlgan

majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik

majburiyatlari quyidagicha sharh berish mumkin. Qarshi tomonga toʻlanishimlozim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

11

boʻlgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tomondanolinishi lozim

boʻlgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi. Debitorlik va kreditorlik

majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yoʻldoshi hisoblanadi. Lekin ularning toʻlov

muddatining oshib ketishikorxonalar moliyaviy ahvoliga katta ta’sir oʻtkazadi. Shu

maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini

toʻgʻri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.

Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga boʻlgan oʻzaro debitorlik va

kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga

chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari boʻyicha dargumon

qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Tahlil uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar

korxona balansi (1-shakl) hamda korxona va tashkilotlar tomonidan tuziladigan

debitorlik va kreditorlik majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot-nomadan (2a-shakl)

olinadi. Shuningdek buxgalteriya hisobining analitik schyotlari maʼlumotlaridan

foydalaniladi. Tahlil etishning asosiy maqsadi debitorlik va kreditorlik

majburiyatlarining aylanish davrini tezlashtirish asosida korxona moliyaviy holatini

yaxshilash yuzasidan holatni baholash va chora- tadbirlar belgilashdan iborat. Firma

va kompaniyalar moliyaviy hisobotining 2a-shakli «Debitorlik va kreditorlik qarzlar

haqidagi maʼlumotnoma» deb nomlanib, unda aks etgan koʻrsatkichlar toʻlov

qobiliyat, moliyaviy intizomga rioya qilinganlik va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy

aloqalarni holatiga baho berish uchun asosiy manbadir.

Debitorlik majburiyatlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki

oʻrni tushiniladi. Korxona balansi boʻyicha uning quyidagi qatorlarini tarkiblab

oʻtganmiz. Haridor va buyurtmachilarga boʻlgan debitorlik majburiyatlari, xodimlar

bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik majburiyatlar, ish xaqidan ajratmalar

yuzasidan debitorlik majburiyatlari, soliqlar va turli boshqa toʻlovlar boʻyicha

debitorlik majburiyatlari va x.k.

Shuningdek debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati oʻtgan,

toʻlov muddati kelgan va toʻlov muddati oʻtmagan majburiyatlarni alohida tarkiblash

mumkin. Muddati oʻtgan, toʻlash muddati kelgan majburiyatlar alohida hisobga

olinadi va boshqariladi. Muddati oʻtgan debitorlik majburiyatlar debitorlik va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

12

kreditorlik majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada alohida qatorlanadi.

Ularning Respublika ichkarisidagi korxonalar va respublikadan tashqaridagi

korxonalar oʻrtasida muddati oʻtgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati

oʻtkazib yuborilgan majburiyatlar korxona moliyaviy holatini ogʻirlashtiruvchi asosiy

sabab faktori sifatida olinadi va muhim etibor beriladi. Tahlil etishda debitorlik

majburiyatlarining xajmi tarkibi hamda vujudga kelish muddati boʻyicha oʻrganish

asosida ularning holatiga, aylanuvchanlik darajasiga, debitorlik qarzlari bilan bogʻliq

boʻlgan moliyaviy holat koʻrsatkichlariga baho beriladi.

Debitorlik majburiyatlari yoki qarzlari tahlilida ularning aylanuvchanligiga

alohida etibor beriladi. Negaki debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining

aylanuvchanlik darajasi korxona moliyaviy ahvoliga baho berishning muhim

koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi

deganda qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish

koeffitsenti tushuniladi. Bu bevosita bugungi yuzaga kelgan majburiyatning necha

kundan keyin naqd pulga aylanish darajasini xarakterlaydi.

Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni

debitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga boʻlish asosida aniqlanadi:

Debitorlik

Sotishdan olingan sof tushum

majburiyatlarining shartli = ______________

haqiqatda___________

aylanish koeffitsenti Debitorlik majburiyatlari oʻtgan yil

shu davri boʻyicha

Debitorlik

Majburiyatlarining Debitorlik majburiyatlari oʻtgan yil

shu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

13

shartli aylanish davri =

davri boʻyicha *

360_________

Sotishdan olingan sof tushum xaqiqatda

Debitorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining

kalendar kuniga koʻpaytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga boʻlish

asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi.

Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning toʻlaydigan

majburiyatlarini xarakterlaydi.

Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida

bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham koʻrsatish

mumkin.

Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor boʻlgan tomonlar

boʻyicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni toʻlash muddatlari boʻyicha

tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek debitorlik majburiyatlarining aylanish

koeffitsienti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik

majburiyatlarining aylanishi koeffitsienti va davri aniqlanadi. Lekin bunda

qatnashuvchi koʻrsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini

oʻrganishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli toʻlanmagan

mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining

haqiqiy koʻrsatkichlariga murojaat qilinadi.

Kreditorlik majburiyatlarini toʻlash muddatlari boʻyicha quyidagi tarkibini

belgilash mumkin:

- toʻlash muddati kelgan majburiyatlar

- toʻlash muddati oʻtib ketgan majburiyatlari

Yil kalendar davrining taqsimgʻi boʻyicha kreditorlik majburiyatlarining

qoʻyidagi shakllarini belgilash mumkin:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

14

- 1 oygacha boʻlgan majburiyatlar;

- 1 oydan 2 oygacha boʻlgan majburiyatlar;

- 3 oydan 6 oygacha boʻlgan majburiyatlar;

- 6 oydan bir yilgacha boʻlgan majburiyatlar;

- 1 yildan ortiq muddatga boʻlgan majburiyatlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida muddati oʻtgan kreditor qarzlarni boʻlmaganligi

ham moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi muhim omildir. Kreditorlik qarzlarni ham

90 kun ichida qaytarilganligi firma va kompaniyalar uchun ijobiy hol hisoblanadi.

Kreditorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni

kreditorlik majburiyatlarining mavjud summasiga boʻlish asosida aniqlanadi.

Kreditorlik

Sotishdan olingan sof tushum

majburiyatlarining shartli = ______________

haqiqatda___________

aylanish koeffitsenti Kreditorlik majburiyatlari oʻtgan yil

shu davri boʻyicha

Kreditorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining

kalendar kuniga koʻpaytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga boʻlish

asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi:

Kreditorlik

Majburiyatlarining Kreditorlik majburiyatlari oʻtgan yil

shu

shartli aylanish davri =

davri boʻyicha *

360_________

Sotishdan olingan sof tushum xaqiqatda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

15

Xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin, debitorlik va kreditorlik qarzlari

tahlili bu debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish va ularni nazorat

qilishda juda muhim jarayon sanaladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish

va muddati oʻtgan qarzlarni kamaytirish yuzasidan koʻriladigan chora tadbirlarning

samaradorligi birinchi navbatda ushbu jarayonning qanday oʻtkazilishiga bogʻliq.

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oldini olish maqsadida quyidagi

chora tadbirlarni amalga oshirish maqbuldir:

-oʻzaro shartnomaviy munosabatlarda tomonlarning masulligini oshirish va

ularning shartlariga qatʼiy amal etish;

-muddati oʻtkazib yuborilgan har qanday toʻlovlar summasi boʻyicha

xuquqiy javobgarlik choralarini koʻrish;

- zamonaviy hisob-kitob shakllaridan foydalanish;

-dargumon qarzlar boʻyicha rezervlar tashkil kilish mexanizmini

ishlab chiqish va boshqalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Vohobov A.V., Ibragimov A.T. Moliyaviy tahlil. TOShKENT -

«OʻZBEKISTON» - 2002.

2.

Ibragimov A.K., Ochilov I. Qoʻziev I.N., Rizaev N.K. Moliyaviy va boshqaruv

hisobi. -T.: IQTISOD-MOLIYA,, 2008 -444 b.

3.

A.G.Ibragimov, Z.R.Madaminova, M.E.Raxmataliyev. Moliyaviy menejment.

– T.: «Barkamol fayz media», 2016- 232 bet.

4.

A.Abdullayev, S.Maxmudov, U.Raximova, O/Maxmudov, A.Mamajonov.

Iqtisodiy tahlil va audit. T-2018. 63b.

5.

A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov. Buxgalteriya hisobi. -T.:

IQTISOD-MOLIYA,, 2019-515 b.

6.

Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. –T.: Innovatsion rivojlanish

nashriyot-matbaa uyi. 2021. –B 588.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

16

7.

M.Yu.Raximov, N.N.Qalandarova. Moliyaviy tahlil. Darslik. – T.: «Iqtisod-

Moliya», 2019-267b.

8.

Ochilov I.K, Temirxanova M.J «Finansoviy uchet» uchebnik, 2021 g

9.

Koneva M.V. Razvitie ucheta i kontrolya debitorskoy i kreditorskoy

zadoljennosti v stroitelnыx organizatsiyax. – Avtoreferat dissertatsii k.e.n..

Krasnodar, 2021. – 27 b.

10.

B.A. Xasanov, M.Y. Raximov, A.I. Aliqulov, N.Sh. Xajimuratov, N.N.

Kalandarova va boshqalar. TOSHKENT “IQTISODIYOT” , 2022-347-364b.