Authors

  • Aniyazova Guli

Author Biography

  • Aniyazova Guli

    @aniyozovaguligmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116638

Keywords:

frazeologik birliklar nazariya .nominativ frazeologizmlar ko'chma ma'no so'z birikmasi

Abstract

Mazkur tezisda frazeologik birlik, uning tarkibi va sinflarga ajratilishi tog'risida fikr yuritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

3

HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK

BIRLIKLARNING IFODALANISHI

Aniyazova Guli @aniyozovaguligmail.com

Annotatsiya: Mazkur tezisda frazeologik birlik, uning tarkibi va sinflarga

ajratilishi tog'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: frazeologik birliklar, nazariya,.nominativ frazeologizmlar,

ko'chma ma'no, so'z birikmasi

EXPRESSION OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN MODERN

ENGLISH

AND

UZBEKI LANGUAGES

Abstract: This thesis discusses the phraseological unit, its composition and

classification into classes.

Key words: phraseological units, theory, nominative phraseology, figurative

meaning, word combination.

ОТКАЗ ОТ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ НА

СОВРЕМЕННОМ АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ

Аннотация: В этом тезисе обсуждается фразеологическая единица, ее

состав и классификацию в классах.

Ключевые слова: фразеологические единицы, теория,. Номинальная

фрейзеектика, портативное значение, словарь

Frazeologiya - til sistemasining ajralmas qismidir. Frazeologiyaning

tilshunoslikda alohida o'rin egallashiga V. V. Vinogradov, N.N. Amosovalarning

hissalari kattadir. Chunki ular frazeologiyaning asosiy tushunchasi va kelajakda

o'rganilish yo'llarini belgilab berishgan.

Frazeologiya nazariyasining asoschisi sifatida shveysariyalik olim Sh.Balli

(1865- 1947) hisoblanadi. Balli birinchilardan bo'lib, o'zining "Fransuz stilistikasi" va

"Stilistika maqolalari" o'quv qo'llanmalarida so'zlarning mosliklarini o'rganib

chiqqan. U stilistika kitoblarida frazeologiya haqida bob kiritgan. U o'zining birinchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

4

kitobida so'z birikmalarining 4ta guruhini ajratib ko'rsatgan: 1) mustaqil so'z

birikmalari, ya'ni turg'unlikka ega bo'lmagan so'z birikmalari, 2) oddiy birikmalar,

ya'ni ba'zi o'zgarishlarni qabul qiladigan birikmalar, 3) frazeologik qatorlar, ya'ni

frazeologik birliklardagi so'zlar umumiy bitta tushunchani anglatadi, 4) frazeologik

birliklar, ya'ni so'zlar o'zining ma'nosini umuman yo'qotib, bitta yakka tushunchaga

ega birliklar. Shunday qilib, Balli birikmalarni turg'unlikka nisbatan quyidagicha

taqsimlaydi: komponentlar o'rtasidagi mustaqil bog'liqlik, va mustaqillikka ega

bo'lmagan birikmalar. Balli bu guruhlarni sxematik tarzda tasvirlagan, lekin ochib

ko'rsatmagan.

50-yillarning

boshlarida

ingliz

frazeologizmlarining

semantik

klassifikatsiyasi paydo bo'ldi.(V.V.Vinogradovning frazeologik birliklarining

klassifikatsiyasi asosida tuzildi). Bu klassifikatsiya hamma frazeologizmlarni

semantika jihatidan uch bo'ladi:

1.Frazeologik qo'shilmalar yoki iboralar- umuman bo'linmaydigan birikmalar

va ularning ma'nolari komponent ma'nolari va leksik tuzilishiga taaluqli emas.

Ularning ma'nosi va komponentlar ma'nosi o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q.

Masalan "Latin is a dead language "

Frazeologik qo'shilmalar orasida quyidagilar farqlanadi:

a) asosida nekrotizm bo'lgan frazeologik qo'shilmalar;

b) asosida grammatik arxaizmlar mavjud bo'lgan frazeologik qo'shilmalar;

c) ham leksik, ham semantik jihatdan bo'linmaydigan frazeologik

qo'shilmalar;

d) komponentlarning leksik ma'nosiga umuman ta'sir qilmaydigan yaxlit

semantik birlikli frazeologik qo'shilmalar.

2. Frazeologik birliklar, ular birikmalarning vaqtincha joy almashishi yoki

semantik jihatdan ma'no almashishi oqibatida paydo bo'ladi. Ular o'zidan

ajratilmaydigan semantik yaxlitlikni tashkil qiladi. Bu guruh ma'noning bo'rttirib

ko'rsatilishi bilan xarakterlanadi.

Make an elephant of a fly-

Pashshadan fil yasamoq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

5

3. Frazeologik birikmalar- bularning komponentlari qaysidir ma'noda bir-biri

bilan teng huquqlidir. Hattoki shu birikma tarkibidagi biror bir mustaqil bo'lmagan

komponentlarning ham sinonimi bo'lishi mumkin.Frazeologik birikmalar uchun shu

asos so'z bilan bog'liq bo'lgan sinonimik, parallel konstruksiyalarning borligi

xarakterlidir. Masalan, a blind love-yomon ko'rmoq, ko'r-ko'rona sevmoq. Bu yerda

semantikaning tahliliyligi xarakterlidir.

Keyinchalik

60-yillarda

semantik

klassifikatsiya

o'rnini

fuksional

klassifikatsiya egallaydi. Ular ikkita katta guruhga bo'linadi:

1.Nominativ frazeologizmlar (faqatgina nominativ funksiyani bajaradi);

2. Nominativ -ekspressiv frazeologizmlar ( nominativ -ekspressiv funksiyani

bajaradi).

Birinchi guruh, birinchidan, atoqli leksik ma'noli komponentlar asosidagi

semantik butunlikka ega nominantli mukammal birikmalarni o'z ichiga

oladi.Ikkinchidan, tarkibidagi biror bir komponentning ko'chirma ma'no asosida

yasaladi. Uchinchidan, mukammal fe'lli birikmalar.

Ikkinchi guruh esa o'z ichiga birikmali va butun bir gap strukturali semantik

hosil bo'lgan frazeologizmlarni oladi.

Bu quyidagi kriteriylar asosida ishlagan kompleksi frazeologizmlarning yangi

struktural semantik klassifikatsiyasini keltirib chiqaradi.

1.Grammatik struktura:

a).so'z birikmasi; b) predikativ birikma va so'z.

2.Yasalish turlari:

a) komponentlarning yagona yo'l bilan birikishi;

b) namuna asosida yasalishi;

s) bir necha yo'l orqali yasalish.

3. Mukammal birikmalar asosidagi semantik siljishning borligi yoki yo'qligi

natijasida ma'noning paydo bo'lishi:

a) komponentlarning semantik yasalishi natijasidagi ma'no;

b) atoqli leksik ma'no komponentlari asosidagi ma'no;

c) tip strukturasidagi ma'no.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

6

Leksik -sintaktik klassifikatsiyada frazeologizmlarning quyidagi turlari

mavjud:

a) verbal frazeologizmlar. Funksional jihatdan fe'llar bilan bog'liq, ya'ni

asosiy qismini fe'l komponentlari tashkil etgan frazeobirliklar bu guruhga taaluqli

bo'ladi.Verbal frazeolgizmlar har xil gap bo'laklari funksiyalarini, yani kesim, ega va

hol funksiyalarini bajaradi. Verbal frazeologizmlar tarkibiga idiomalar va frazeologik

birliklar kiradi.

b) Adverbial frazeologizmlar. Funksional jihatdan ravish bilan bog'liq

frazeologik birliklaradverbial frazeologik birliklar guruhiga taaluqli bo'ladi. Masalan,

" in a full mouth "- "og'zini to'ldirib".

Adverbial frazeologizmlarning umumiy hajmdagi qismi katta ma'noga ega

emas.

s) Substantiv frazeologizmlar. Funksional jihatdan ot bilan bog'liq

frazeologizmlar substantiv frazeologizmlar guruhiga taaluqlidir, ya'ni ularning asosiy

komponenti ot hisoblanadi. Substantiv frazeologizmlarga idiomalar ( iboralar ) va

boshqa turdagi frazeologik birliklar kiradi.

d) Pronominal frazeologizmlar. Xuddi olmoshga o'xshab ular ham yaxlit

noaniqlikni bildiradi. Masalan, this and that- ham bu, ham u;

ye) Bog'lovchili xarakterga ega bo'lgan frazeologizmlar: here it is - ana xolos.

f) Gaplar bilan bog'lik frazeologizmlar. Bu guruhga maqollar kiradi.Masalan,

Men may meet, but mountains never - Tog' - tog' bilan uchrashmaydi, odam - odam

bilan uchrashadi.

Grammatik struktura jihatidan frazeobirliklar birikmalar, predikativ

birikmalar va gap hollarida bo'ladi.Ma'no jihatidan ko'rib chiqilganda,

frazeologizmlarning struktural -semantik klassifikatsiyasi kelib chiqadi.Ular uchta

guruhga bo'linadi:

1. frazeologik birliklar; 2. frazeologik birikmalar; 3. frazeologik tushunchalar;

1. Frazeologik birliklar. Frazeologiyaning asosiy bo'limlaridan biridir.

Ularning asosida semantik transformatsiya yotadi. Komponentlar guruhining ma'nosi

o'zgarganda, frazeologik ma'no paydo bo'ladi. Bu guruhga bir -biri bilan ergashish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

7

yo'li orqali bog'langan birikmalar kiradi. Frazeobirliklarguruhiga, M. D. Stepanova

va I. I.Chernishevaning aytishicha, so'z juftliklari va komparativ frazeologizmlar

kiradi. Ular bularni struktural xususiyatga ega frazeobirliklar deb atashadi.

So'z juftliklarining asosiy struktural belgisi bu ularning binar xususiyatga

ega birikma bo'lishidir, ya'ni ular ikkita bir gap bo'laklariga taalluqli bo'lgan

leksemalardan iborat. Semantika nuqtai nazaridan olib qaralganda, so'z juftliklar

umumlashgan xarakterga ega.

2. Frazeologik birikmalar -Komponentlarning ma'no jihatidan o'zgarib, bitta

yagona ma'no beruvchi frazeologik birliklardir. Bunday frazeologik birliklarning

semantikasi uchun tahliliy qarash va komponentlarning alohida semantik

o'rganilishini saqlash joizdir. Masalan "an iron lady"-"temir ayol".

Frazeologik birikmalar terminologik va noterminologik xarakterga ega.

Masalan "The black market "- " chayqovchilar bozori "

3. Frazeologik tushunchalar - bunday birliklar o'z grammatik tuzilishi

jihatidan gap yoki predikativ birliklar bo'lishi mumkin.Kommunikativ ma'no

jihatidanularning quyidagi xillari mavjud:

a) ko'p ishlatiladigan maqollar: In Rome as the Romans do - Ko'rlar shahriga

borsang, bir ko'zingni qisib yur.

b) Mukammal va hosil qilingan modal tushunchalar, masalan " Damn it up."-

" Ha, qurib ketsin !"

Xulosa

o'rnida aytish mumkinki, frazeologik birliklar nafaqat ingliz tilida,

balki boshqa tillarda ham keng qo'llaniladi. Frazeologik birliklar ingliz tilida quyidagi

asos bo'yicha tahlil qilinadi:

1. Frazeologik birliklarning soniga nisbatan boshqa tillar bilan qiyoslanishi;

2. Aspektual va funksional moslikka nisbatan taqqoslash;

3. Stilistik bo'yoqqa egaligi nuqtai nazaridan.

Bu nuqtai nazar orqali o'rganilgan frazeologik birliklarda hamma

stilistik qatlamlarga mos frazeologik birliklar mavjudligi ham o'rganildi.

Bundan tashqari biz tahlil qilgan frazeologik birliklarning asosiy qismi

inson xarakteri, uning ichki va tashqi dunyosini ochib tahlil qiluvchi frazeosemantik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

8

guruhga mansub frazeologik birliklardir. Ularda emotsional-ekspressiv bo'yoq,

ishlatilishning stilistik xususiyatlari mavjud bo'lib, ular tilning madaniy

xususiyatlarini ochib beradi va bu birliklarda milliy bo'yoq, o'rganilayotgan tilning

yorqinligi va his-hayajoni aniq va ravon aks ettirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Arnold I. V. Leksikologiya sovremennogo angliyskogo yazbika. - M.: Izd-vo

literatura na inostrannbix yazbikax, 1959. - 352s.

2. Valgina N.S., Rozental D.E., Fomina M.I. Sovremennbiy russkiy yazbik, pod red.

N.S. Valginoy, - M.: Uchebnik dlya vuzov, izd. 6-e, dop. i pererab. Logos, 2006. -S.

317-319

3. Bushuy A. M. Suщnost yazbika kak problema obщey lingvistiki. Tekstbi leksiy. -

Samarkand: SamGIIYa, 2004, - 90s.

4. Bushuy A. M. Yazbik i deystvitelnost. - Tashkent. Fan, 2005. - 150 s.

5. Vakurov V.N. Frazeologicheskiy kalambur v sovremennoy publitsistike. //

Russkaya rech, 1994, №6. -340 s.

6.www.referat.uz