MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
291
“JINOYAT VA JAZO” ASARIDA BOSH QAHRAMON
TAQDIRINING BADIIY TALQINI
SARVINOZ ABDURAHMONOVA
Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada rus adabiyotining ustunlaridan biri Fyodor
Mixaylovich Dostoyevskiyning modernizmga ilk tamal toshini qoʻygan asari "Jinoyat
va jazo"dagi bosh qahramon Raskolnikov hayoti, oʻy-xayollari, qilmishlari
muhokama qilinadi. Binobarin, asar gʻoyasi, uning davr mavzusi, davrni ochib
berganligi, undagi ijtimoiy muhit haqida spz boradi.
Kalit soʻzlar: jinoyat, modernizm, qahramon, ideallik, gʻoya, jazo.
Annotation: This article discusses the life, thoughts, and actions of the main
character Raskolnikov in Crime and Punishment, one of the foundational works of
Russian literature by Fyodor Mikhailovich Dostoevsky, which laid the groundwork
for modernism. The article also addresses the central idea of the novel, its relevance
to its time, its depiction of the era, and the social environment portrayed within it.
Keywords: crime, modernism, character, idealism, idea, punishment.
Аннотация: В данной статье рассматриваются жизнь, размышления
и поступки главного героя Родиона Раскольникова из произведения
Преступление и наказание — одного из ключевых трудов русской литературы
Фёдора Михайловича Достоевского, заложившего основы модернизма. Также
анализируются идея произведения, актуальность тематики для своего
времени, её отражение эпохи и показ социальной среды.
Ключевые слова: преступление, модернизм, герой, идеализм, идея,
наказание.
O‘ziga xos tasvir uslubi, yozuvchining sezgir qalbi hamda go‘zal va ibratli
asarlari bilan butun dunyoga tanilgan rus yozuvchilaridan biri Fyodor Mixaylovich
Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari kitob muxlislari orasida, ayniqsa, talabalar
orasida qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Asarning bosh
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
292
qahramoni Raskolnikov jinoyatni oddiy ehtiyoj tufayli qilganmi yoki bu ishni
tubanlik bilan bajarganmi? Bu savollar hali-hanuz muhokama qilinadi va javobi
turlicha
bo‘lib
kelmoqda.
To‘g‘ri, asarda Raskolnikov tomonidan bajarilgan qora ish — jinoyat — ochiq
ko‘rinadi. Lekin bu ishning bajarilishi ma’qul edimi? Har birimizga sir emaski, ba’zi
hodisalar va ularning sabablari turli odamlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Negaki, hammamiz bu hayotda o‘z haqiqatimiz bilan yashaymiz. Shuning uchun ham
“Jinoyat va jazo” asarida asosiy voqeani tashkil qilgan Raskolnikovning kampirni
o‘ldirgani
ham
o‘zi
uchun
to‘g‘ri
ish
deb
hisoblanadi.
Avvalo, Raskolnikov yuridik fakultetida o‘qiyotgan, ammo moddiy qiyinchilik
tufayli universitetni tark etishga majbur bo‘lgan talaba. So‘nggi paytlarda esa uning
qashshoqligi nihoyatda og‘irlashadi. U bir kursdosh do‘stining maslahatiga quloq
tutib, sudxoʻr kampir Alenaga qimmatli buyumlarini garovga qo‘yadi. Kampirga
uning his-tuyg‘ulari umuman qiziq emas edi . Hattoki, otasidan yodgor - tilla soatini
ham garovga topshirishga majbur bo‘ladi, kampir esa bunsoatga ham beparvolik bilan
nazar soladi. Bu Raskolnikovning hissiyotlarini junbushga keltiradi. Uning
miyasidagi ma'shum niyatni alangalatib yuboradi. Shu boisdan u jinoyatni amalga
oshirishni rejalashtiradi.
Raskolnikov kampirni o‘ldiradi, biroq ko‘pchilik Raskolnikov bu ishni faqat
moddiy manfaat uchun qilmagan deb hisoblaydi. Agar jinoyat faqat moddiy maqsad
uchun bo‘lganida, uni oqlashning keragi ham, hojati ham qolmasdi. U kampirni
oʻldiragnidan umuman vijdonini koyitmaydi, aksincha, shunchaki ruhiy tushkunlikka
tushadi. Chunki u bu jinoyat orqali jamiyatda adolatsizlikka qarshi noroziligini
bildirgan.
Shu
jihatdan,
Raskolnikov
o‘zini
ideal inson deb bilgan.
Asarda o'ziga xos xarakter egasi sifatida xayolimizda gavdalangan Marmeladov
tilidan aytilgan jumlalar fikrimizning yorqin isbotidir: "...kambag'allik ayb emas,
biroq yoʻqchilik illat, siz kambag'alchilikda hali oʻzingizning tugʻma oliyjanob
fazilatlaringizni saqlab qolgan bo'lasiz, yo'qchilikda esa ularni hech qachon va hech
kim saqlab qola bilmaydi"
1
.
1
“Jinoyat va jazo”. F.Dostoyevskiy. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent-1977. 18-19b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
293
Rossiyaning o‘sha davrdagi ijtimoiy muhiti, kambag‘allik, tartibsizlik,
jamiyatdagi og‘ir sharoitlar Raskolnikovni jinoyatga undaydi. Asarda Raskolnikov
obrazi orqali yozuvchi ruhiy kechinmalarini, jamiyatdagi adolatsizlik va erksizlikni
ko‘rsatadi. Bu orqali u faqat badiiy matn yozmagan, balki davr muammosini ham
yuksak darajada ifodalagan. Xususan, asar 1866-yilda yozilgan va o‘sha davr
muhitini, ijtimoiy turmush tarzini to‘liq yoritgan. Sho‘rolar davrida qonunga itoat
qilgan insonlar va jinoyatchilar bir xil darajada jazolangan. Shu bois Raskolnikov va
u bilan birga yashayotgan odamlar o‘z faoliyatlarini to‘g‘ri deb bilganlar.
Raskolnikov ham ushbu siyosiy va ijtimoiy o‘yinni, jamiyat tanazzulini chuqur
anglab yetgan holda, o‘zini bu illatga qarshi chiqqan va o‘z ishini adolatli deb
hisoblagan. Bu esa yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, jinoyatni ham har kim har xil talqin
qilishi mumkin.
Asarda Alina Ivanovna naqadar tuban, sudxoʻr va jinoiy javobgarlikka
tortilishga mahkum kimsa bo'lsa-da, uning va u kabilarning ochiq-oydin faoliyat olib
borayotgani, hatto bundan politsiya xodimlarining xabardorligi oʻsha davrda rus
jamiyatida siyosiy tuzumning rivojlanmagani va davlat qonunlarining kuchsizligini
ro'yi- rost ochib bergan. "Nur borki, soya bor"'- deganlaridek, har qanday jamiyatda,
har qanday davrda ham jinoyatchilar, sudxoʻrlar uchraydi, lekin ularning oshkora
faoliyati davlat siyosatiga va taraqqiyotiga putur yetkazadi ,shubhasiz, Raskolnikov
ham ushbu siyosiy oʻyinlarni, jamiyat tanazzulini chuqur anglagan holda o'zi bu
illatga qarshi chiqadi va o'zining bu ishini adolatli deb hisoblaydi. Bundan tashqari,
yana bir holatni kuzatish mumkinki, asarda RASKOLNIKOV qanchalar qobiliyatli,
izlanuvchan, tirishqoq va ilmga chanqoq bo'lsa-da kambag'alligi tufayli oʻqishni
to'xtatishga majbur bo'ladi. Shunisi ajablanarliki, davlat, hukumat va amaldorlar
uchun talabaning o'qishni tashlashi hech bir qiziq hodisa emas, ularning aybi va eng
katta kamchiligi ularni bilim, taraqqiyot qiziqtirmaydi, yosh va ilmli kadrni qo'llab-
quvvatlash, moddiy yordam berish o'rniga Alina Ivanovna kabi jinoyatchilarga yoʻl
ochib beradi va ularning erkin faoliyatiga to'sqinlik qilmaydi. Shuning uchun ham
Raskolnikov haq edi.Binobarin, unga hayot hech qanday imkoniyat, yordam qo'lini
cho'zmaydi va u chorasizlikdan bu ishga qo'l uradi, bundan tashqari, Raskolnikov
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
294
faqat o'zi uchun bu ishga qoʻl urmadi, balki bu ishi bilan onasi va singlisi Dunyani
ayanchli taqdirdan qutqarib qolgan edi. Voqealar rivojidan maʼlum boʻladiki, Dunya
uning oʻqishi, tirikchiligi uchun har doim pul jo'natib turgan edi, afsuski bu pullar
orqasida qancha haqorat, tahqirlash, g'ururning sinishi bor edi.
Ayniqsa, Dunya akasi Raskalnikov uchun o'zini qurbon qilmoqchi bo'ladi,
akamga foydasi tegsin, uning kelajagi ham ta'minlansin degan niyatda o'zi sevmasa-
da, Lujin ismli insonga turmushga chiqmoqchi bo'ladi. Bular bari Raskalnikov
miyasiga mixdek azob beradiki, u agar men kampirning pullariga erishsam, onam va
singlimni ham farovon hayotga olib chiqaman deb ishonadi. Hayotda eng ogʻriqli va
azob beruvchi hodisa yaqinlaringning o'zini sen uchun qurbon qilishi va sening
qo'lingdan hech narsa kelmasligidir. Raskalnikov ruhiyatiga ham bu hodisalar salbiy
ta'sir o'tkazgach bu jinoyatni sodir etadi. Muxtasar qilib aytganda, dunyoda hech kim
yomon boʻlib tugʻilmaydi Atrof- muhit, jamiyat, taqozo kabi omillar ularning
shunday shakllanishiga sababchidir. Raskalnikovga keladigan bo'lsak, biz uni shu
jinoyati tufayligina nohaq deya olmaymiz. Dur sadaf ichida boʻlganidek, uning tashqi
olamida qilgan yomon qilmishlari talaygina bo'lsa-da yuragida dur-u gavhardek
goʻzal qalbi bor edi.
Tarozining ikkinchi pallasiga nazar tashlasak, Raskolnikovning qilmishini
qoralovchi va undan nafratlanuvchi kitobxonlarni ham uchratishimiz mumkin. Bu bir
tomondan olib qaraganda haq, toʻgʻri. Chunki inson nima bo'lgan taqdirda ham odam
o'ldirmasligi, o'zligini yo'qotmasligi shart. Eng pok din Islom dinining muqaddas
kitobi Qur'oni Karimda ham, xristianlarning diniy kitobi Injilda ham eng ogʻir gunoh
odamkushlik ekani ta'kidlab o'tilgan. Raskolnikov bunga rioya qilmadi, o'zi kabi tirik
jonning hayotiga nuqta qo'ydi. Hech bir jinoyat jazosiz qolmaganidek Raskalnikov
ham asar yakunida sakkiz yilga qamoq jazosiga hukm etiladi. Asar nomida aytilgani
kabi jinoyat ham, jazo ham to'la ifodalab beriladi.
Mening fikrimcha, Raskolnikovni faqat qora yoki oq deyishimiz noto'g'ri,
chunki uning ba'zi ishlari yaxshi yoki yomonlik chegaralarini buzib tashlaydi va
barcha kitobxonlarni oʻyga qoldiradi. Asar so'ngida barcha aybiga o'zi iqror boʻlgan
va o'z oyog'i bilan politsiyaga borgan Raskalnikovning hayoti, ayanchli taqdiri, oʻy-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
295
xayollari butun bir kitob bo'lib, bu kitob o'quvchilar tomonidan iliq kutib olingan va
doim
shunday
bahs,
munozaralar
sababchisi
boʻlib
qolgan.
Xulosa qilib aytganda, bu kitob boshqa asarlar singari umid- baxsh sadolar
bilan tugamaydi, lekin Raskalnikovning jazoga tortilishi u uchun intiho emas, ibtido
boʻlib qoladi. Hayot murakkab, u turli tekislik va oʻnqir -choʻnqirlardan iborat, ularni
sabot bilan yengib o'tish har bir insonning oldidagi eng dolzarb vazifadir.
Zero, yozuvchi "Jinoyat va jazo" asari orqali har bir yoshni to'g'ri tanlov qilishga,
ularning holatidan ko'ra ayanchliroq ahvoldagi insonlarni ko'rsatib o'z hayotidan
shukur qilishga chorlab qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Baxtin Mixail. Dostoyevskiy poetikasining muammolari (Problems of
Dostoevsky’s Poetics). Moskva: Xudozhestvennaya Literatura, 1972.
2. Martinsen Deborah A. Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asariga o‘quvchi
qo‘llanmasi (Dostoevsky’s "Crime and Punishment": A Reader’s Guide). London:
Bloomsbury Academic, 2022.
3. Abdurahmonova Gulorom va Hafizova Feruza. “«Jinoyat va jazo» asarida
qahramon ruhiyatining badiiy ko‘lami.” Eurasian Journal of Academic Research,
Samarqand, 2022.
4. To‘rayeva Muattar va Xushvaqtova Maftuna. “«Jinoyat va jazo» – axloqiy tanlov
va inson ruhiyati tahlili.” Modern Education and Development Journal, Farg‘ona,
2024.
5. Quronov, Do‘stxon. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akademnashr, 2010.