MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
272
TEXNOLOGIYA FANINING UMUMTAʼLIM FANLARI BILAN
O’ZARO INTEGRATSIYASI ASOSIDA O
’
QITISH.
Avazbayev Atajan Ismailovich
Nizomiy nomidagi O’zMPU professori v,b.,
p.f.n.
Annotatsiya: Maqolada Texnologiya fanining xozirgi kundagi, zamonaviy
muammolari sifatida
Texnologik taʼlim fanlarini umumtaʼlim
fanlarш bilan
o‘zaro
integratsiyasi asosida o’qitish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini
samarali tashkil etish
bo’yicha ayrim fikrlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: Integratsiya,
innovatsion mahsulot, ijodkorlik yondashuvi,
fikrlash modellari, yuqori kasbiy kompetentlik, interaktiv va ijodiy uslublar, moti-
vatesion, kognitiv, reflektiv, integratsiyalash daraja va amalga oshirish shakllari.
Авазбаев Атажан Исмаилович
П.ф.н., и/о профессор, УзНПУ им Низами
ОБУЧЕНИЕ НА ОСНОВЕ ВЗАИМОИНТЕГРАЦИИ ТЕХНОЛОГИИ С
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПРЕДМЕТАМИ.
Аннотация: В статье рассматриваются некоторые идеи по
эффективной организации обучения и ориентации учащихся на профессии на
основе
инте-грации
предметов
технологического
образования
с
общеобразователь-ными предметами, как актуальные, современные проблемы
технологической науки.
Ключевие слова: Интеграция, инновационный продукт, креативный
подход, модели мышления, высокая профессиональная компетентность,
интерактивные и креативные методы, мотивационный, когнитивный,
рефлек-тивный, уровень интеграции и формы реализации.
Avazbaev Atajan Ismailovich
PhD, Acting Professor, N E U of Uzbekistan nemid Nizami
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
273
TRAINING BASED ON THE MUTUAL INTEGRATION OF
TECHNOLOGY WITH GENERAL EDUCATION SUBJECTS.
Abstract: The article examines some ideas for the effective organization of
training and orientation of students to professions based on the integration of
technological education subjects with general education subjects, as current, modern
problems of technological science.
Keywords: Integration, innovative product, creative approach, thinking
models, high professional competence, interactive and creative methods,
motivational, cognitive, operational, reflexive, level of integration and forms of
implementation.
Keyingi yillarda kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va
boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish
hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in
kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Buning natijasi
esa
Texnologiya va kasbiy ta’lim fanlariining umumtaʼlim fanlari
bilan o’zaro
aloqasi, integratsiyasi qay darajadaligiga bog’liq. Bu o’rinda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali
kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini
joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni alohida o’rin tutadi.
Texnologiya fanining bugungi kundagi, zamonaviy muammolaridan biri
uning
umumtaʼlim fanlari, jumladan
aniq va tabiiy fanlar bilan integratsiyasi va shu
integratsiya asosida o’quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirish
masalasi xisoblanadi.
Texnologiya fanining umumtaʼlim fanlari
bilan
to’liq va chuqur o‘zaro
integratsiyasi samarali yo’lga qo’yilmagan. Buni amalga oshirish echimlarini
quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali amalga oshirish mumkun:
- Texnologik taʼlim fanlarining umumtaʼlim
fanlarш bilan
o‘zaro integrat-
siyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish
tadbirlarini aniqlash va amalga oshirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
274
- Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni tashkil etuvchi
o‘quv modullarini belgilash va ularni sifatli tashkil etish, amalga oshirish va
o’qiishni tashkil etish;
-
Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda variativ o‘quv modullari amalga
oshiriladigan zamonaviy ishlab chiqarishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular
bo’yicha bo‘yicha
o’qiish hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni tashkil
etish
.
Ular quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.Texnologik taʼlim fanlarining umumtaʼlim
fanlarш bilan
o‘zaro integrat-
siyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshiriladi:
- jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish
uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan
ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strateg-
iyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda integratsiya-
lash tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash;
- globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart
masalalarni ijodkorlik yondashuvi asosida yecha oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash
masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur, o‘quvchi-
yoshlarda
bun-day
fikrlash
modellarini
shakllantirishda
integratsiyalash
funksiyalarini belgilash;
- yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼl-
imda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng
joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini
baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobil-
iyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash;
- texnologik taʼlimni rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar,
kasblar dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil
ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘nalti-
rishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
275
2.Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni tashkil etuvchi
o‘quv modullari quyidagicha belgilanadi:
- ilmiy-texnik maʼlumotlar va texnologik hujjatlar to‘plami;
- texnologik jarayonlar va tizimlar;
- materiallar va ularning tarkibini o‘rganish;
- modellashtirish va konstruktorlik loyihalash ishlari;konstruktorlik va ixtiro
masalalarini yechish;
- yuqori texnologiyalar;
- texnologiyalarni boshqarish;
- loyiha ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
3.Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda variativ o‘quv modullari zamonaviy
ishlab chiqarishning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- injenerlik-texnologik;
- agrotexnologik;
- servis-texnologik (xizmat ko‘rsatish sohasi);
- robototexnika, zamonaviy energetika, transport tizimlari va texnika.
O’quvchilar Texnologik ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnologik taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi
kuch, O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi
globallashuv, ijtimoiy madaniy o‘zgarishlar transformatsiyasi kadrlar tayyorlashda
sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, texnologik taʼlim maqomi va nufuzini oshirish,
o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-
yoshlarni aniqlash”, tuman, viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quv-
chi-yoshlar seleksiyasini tashkil etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur tizim:
- taʼlim muassasasi axborot muhitida o‘quvchi-yoshlar tomonidan bajarilgan
loyihalar, ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
276
- ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar),
musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchi-yoshlarga innovatsion loyihalarni taqdim
etish;
- texnologik taʼlimni ommalashtirish uchun mashhur ixtirochilar, olimlar,
biznesmenlar ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish;
- taʼlimning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha respublika olimpiadalarini
tashkil etish;
- musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari,
shaxslararo munosabatlar va ish etikasi asoslarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi
shakllarda tashkil etish va shu kabilar orqali amalga oshiriladi..
Texnologiya fanining umumtaʼlim fanlari
bilan
o‘zaro integratsiyasini sama-
rali amalga oshirishga va shu orqali uni o’qitishni takomillastirishga yuqorida
ko’rsatib o’tilgan vazifalarni uzluksiz, tizimli va to’liq amalga oshirish orqali
erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Texnologiya fani bo‘yicha “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va oliy taʼlim tizimlarida o‘quv dasturlarining uzviyligini taʼminlash
konsepsiya”
.
O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi. 2021-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda
malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim
dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
3. Avazbayev.A.I, Kurbanov. P.z. O’quvchilarning kasb-hunarni to’g’ri tan-lash va
egallash kompetentsiyalarini rivojlantirish. Belarus-O’zbek Ilmiy-metodik jurnal
2023-yil 5-son 7-12 betlar.
4.Avazbayev.A.I. Raqamli texnologiyalar sharoitida
texnologiya fanini o‘qitishning
muammo va yechimlari.
Belarus-O’zbek Ilmiy-metodik jurnal 2023-yil 5-son 12-
17 betlar.
5.
Avazbayev.A.I. Kredit-modul tizimida o’quv reja, undagi majburiy va tanlov
fanlarni shakllantirish muammolari. “World scientific research journal.”
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
277
International interdisciplinary research journal. Volume-27. Issue-1. May -2024.
.) 116-120 pp.