MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
185
RETURN OPERATORI VA FUNKSIYADAN NATIJANI QAYTARISH.
FUNKSIYANI BOSHQA FUNKSIYANING TURI, PARAMETRI VA
NATIJASI SIFATIDA ISHLATILISHI
Isroiljon Tojimamatov
Farg’ona davlat unversiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi
katta oʻqituvchisi
isik80@mail.ru
No‘monova Qoriyaxon Mo’sinjon qizi
Farg’ona davlat unversiteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada dasturlashdagi asosiy tushunchalardan biri
bo‘lgan return operatori haqida to‘liq va tizimli ma’lumot berilgan. return
operatorining funksiyadagi roli, ishlash tartibi, sintaksisi, bir nechta qiymatlarni
qaytarish, funksiyalarni parametr yoki natija sifatida ishlatishdagi ahamiyati batafsil
yoritilgan. Shuningdek, Python dasturlash tili asosida amaliy misollar orqali
tushunchalar mustahkamlangan. Maqola dasturlashni o‘rganayotgan talaba va
dasturchilar uchun foydali nazariy va amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: return operatori, funksiyalar, qiymat qaytarish, parametr
sifatida funksiya, natija sifatida funksiya, Python dasturlash tili, funktsional
dasturlash, tuple qaytarish, closure, shartli return.
Аннотация: В данной статье подробно и системно рассматривается
одна из ключевых концепций программирования — оператор return. Раскрыты
его роль в функциях, порядок работы, синтаксис, возможность возврата
нескольких значений, а также использование функций в качестве параметров
или результатов других функций. Основные понятия подкреплены
практическими примерами на языке программирования Python. Статья
представляет собой полезное теоретико-практическое пособие для
студентов и программистов, изучающих основы программирования.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
186
Ключевые слова: оператор return, функции, возврат значения, функция
как параметр, функция как результат, язык программирования Python,
функциональное программирование, возврат кортежей, замыкание (closure),
условный return
Annotation: This article provides a comprehensive and structured
explanation of the return operator, one of the fundamental concepts in programming.
It explores its role within functions, syntax, operational flow, returning multiple
values, and how functions can be used as parameters or returned from other
functions. Key concepts are reinforced with practical examples in the Python
programming language. The article serves as a valuable theoretical and practical
guide for students and developers learning the fundamentals of programming.
Keywords: return operator, functions, value return, function as parameter,
function as result, Python programming language, functional programming, tuple
return, closure, conditional return
Python dasturlash tilida funksiyalardan foydalanish uchun, albatta,
funksiyalarni dastur tarkibida alohida yozilish kerak. Funksiyalar python tilining
ixtiyoriy joyida yozilishi mumkin. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi.
Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo‘linadi. Bu esa
keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Dastur yozilish davrida hatolarni
topishni yengillashtiradi.
Funksiya tarkibiga kiritilishi kerak bo‘lagan o‘zgaruvchi
argumentlar, albatta, qavs ichida vergul bilan ajratilib yozilishi kerak.
Funksiya tanasini tasvirlash jarayoni ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni
funksiya sarlavhasi va funksiya tanasidan iborat bo‘ladi. Funksiya tanasini tasvirlash
jarayonida funksiya sarlavhasidan keyin nuqtali vergul qo‘yilmaydi va
def
xizmatchi
so‘z orqali boshlanib, natija
return
xizmatchi so‘zidan keyin probel bilan yoziladi.
Funksiya tanasini dastur tarkibiga yozishda funksiyaga murojaat qilishdan bir
qadam oldin ixtiyoriy joyda yozish mumkin, murojaatdan keyin yozilsa dastur xatolik
qaytaradi. Funksiya tanasi tarkibi yozilishida xuddi boshqa dastur tuzilishi kabi unda
ishlatiladigan o‘zgaruvchilar e’lon qilinadi, buyruqlar nuqtali vergul yordamida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
187
ajratilish shart emas. Funksiyalarni python dasturlash tilida yozilish jarayonining
umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
def <funksiya nomi>(<argumentlar>):
funksiya tanasi
return natija
Misol. Python dasturlash tilida ikki sonning yig‘indisini hisoblash uchun yig()
fuksiya yarating va unga murojat qilishni tasvirlang.
def
yig(a,b):
y=a+breturn
y
a=input('a=')
b=input('b=')
a=int(a)
b=int(b) z=yig(a,b)
87
print(z)
===========
RESTART:
C:\Users\User\Desktop\
1.py =============
a=10
b=2
12
>>>
return operatori
— bu funksiya bajarilgandan so‘ng natijani tashqariga
chiqarish, ya’ni funksiyani chaqirgan joyga qiymat yuborish uchun ishlatiladigan
maxsus buyruqdir.
Agar funksiya ichida return operatori mavjud bo‘lsa, u bajariladi va natija
qaytariladi. Agar u bo‘lmasa, funksiya avtomatik tarzda Noll qiymatini qaytaradi
return operatorining sintaksisi
def
funksiya_nomi
(parametrlar):
# amallar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
188
return
natija
return ning o‘zidan keyin istalgan turdagi
qiymat, ifoda, o‘zgaruvchi yoki
obyekt
bo‘lishi mumkin.
return operatorining asosiy vazifalari
Natijani tashqi muhitga uzatish
Funksiya bajarilgach, return orqali biror qiymat qaytariladi va u chaqiruvchi
tomonidan ishlatilishi mumkin.
def kvadrat(x):
return x * x
a = kvadrat(5)
# a ga 25 qiymati yoziladi
Funksiyani to‘xtatish
return funksiyani bajarishni shu joyda to‘xtatadi. Undan keyingi kodlar
ishlamaydi.
def test(x):
if x > 0:
return "Musbat"
print(" ")
Shartli qaytarish (conditional return)
def bahola(ball):
if ball >= 90:
return "A" elif ball >= 80:
return "B"
else:
return "C"
Bir nechta qiymatni qaytarish
Python tilida return orqali bir nechta qiymat ham qaytarish mumkin. Ular
avtomatik tarzda tuple (to‘plam) sifatida qaytariladi.
def hisoblansin(a, b):
return a + b, a * b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
189
yigindi, ko‘paytma = hisoblansin(3, 4)
print(yigindi) # 7
print(ko‘paytma) # 12
return operatorining foydaliligi
-Kengaytirilgan matematik amallarni modullashtirishda
-Ma'lumotlarni qayta ishlash va filtrlashda
-Ko‘p bosqichli algoritmlarda oraliq natijalarni olishda
-Kodni testlash va debug qilishda
Funksiyani boshqa funksiyaning parametri sifatida ishlatish
. Python va
boshqa ko‘pgina zamonaviy dasturlash tillarida funksiyalar birinchi darajali ob’ektlar
hisoblanadi. Bu ular quyidagi xususiyatlarga ega deganidir:
O‘zgaruvchiga tayinlanishi mumkin.
Parametr sifatida uzatilishi mumkin.
Qaytarilishi mumkin.
Funksiyani parametr sifatida boshqa funksiyaga uzatish bu funktsional
dasturlashning muhim jihatlaridan biridir. Bu yondashuv amallarni umumlashtirish,
kodni modullashtirish va dinamik tarzda funksiyalarni boshqarish imkonini beradi.
Misol
def bajarish(amal, qiymat):
return amal(qiymat) def kvadrat(x):
return x * x print(bajarish(kvadrat, 4))
# Natija: 16
Bu yerda kvadrat funksiyasi bajarish funksiyasiga parametr sifatida uzatilgan.
bajarish funksiyasi esa uzatilgan funksiyani (ya’ni amal) chaqiradi va unga qiymat ni
beradi.
Funksiyani natija sifatida qaytarish
Funksiya boshqa funksiyani natija sifatida qaytarishi ham mumkin. Bunday
funksiya ichida yaratilgan boshqa funksiyalar tashqi funksiyadan foydalanadi va ular
closure deb ataladi. Bu yondashuv yordamida dinamik tarzda yangi funksiyalar
yaratiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
190
Misol
def ko‘paytiruvchi_yarat(n):
def ko‘paytir(x):
return x * n return ko‘paytir ikki_hisobla = ko‘paytiruvchi_yarat(2)
print(ikki_hisobla(10))
# Natija: 20
Bu yerda ko‘paytiruvchi_yarat funksiyasi ichki ko‘paytir funksiyasini
yaratadi va uni natija sifatida qaytaradi. ikki_hisobla orqali 2 ga ko‘paytiruvchi
funksiya hosil qilinadi.
Funksiya dasturlashning eng muhim abstraksiyalaridan biridir. return
operatori orqali funksiyadan natija qaytarish funksiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Funksiyalarni parametr sifatida uzatish va natija sifatida qaytarish
dasturlashda kuchli vositalardan hisoblanadi. Bu yondashuvlar yordamida dastur
tuzilmasi ancha ixcham, soddalashgan va qayta ishlatilishga mos bo‘ladi. Python
dasturlash tilida bu imkoniyatlar keng qo‘llanilib, funktsional dasturlash paradigmasi
bilan mos keluvchi murakkab amallarni soddalashtirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Lutz, M. (2013). Learning Python (5th ed.). O'Reilly Media.
2.
→ Python dasturlash tili asoslarini chuqur yorituvchi fundamental qoʻllanma.
3.
Sweigart, A. (2019). Automate the Boring Stuff with Python (2nd ed.). No
Starch Press.
4.
→ Amaliy Python dasturlash, funksiyalar va return operatoridan foydalanish.
5.
Hetland, M. L. (2017). Beginning Python: From Novice to Professional (3rd
ed.). Apress.
6.
→ Yangi boshlovchilar uchun Python asoslari va funksiyaviy yondashuvlar.
7.
Beazley, D. (2009). Python Essential Reference (4th ed.). Addison-Wesley.
8.
→ Professional darajadagi texnik qoʻllanma, return, closures, va boshqa
murakkab mavzular.
9.
Python Software Foundation. (2024). The Python Language Reference, version
3.12.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
191
10.
Retrieved from: https://docs.python.org/3/reference/
11.
→ Python rasmiy hujjati: return operatorining aniq sintaksisi va ishlash tartibi.
12.
Gries, P., Campbell, J., & Montojo, J. (2013). Practical Programming: An
Introduction to Computer Science Using Python 3. Pragmatic Bookshelf.
13.
→ Funksiyalar va ularning ishlash mexanizmlari haqidagi tushunchalar.
14.
Cormen, T. H., Leiserson, C. E., Rivest, R. L., & Stein, C. (2009). Introduction
to Algorithms (3rd ed.). MIT Press.
15.
→ Funksiya, algoritm tuzilmasi va ularning nazariy asoslari.