Authors

  • IBRAGIMOVA MATLUBA JALILOVNA

Author Biography

  • IBRAGIMOVA MATLUBA JALILOVNA

    Denov tuman 6-umumiy о‘rtа tа’lim

    mаktаbining оnа tili vа аdаbiyоt

    fаni о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116739

Keywords:

Ona tili adabiyot kreativ fikrlash ta’lim metodlari o‘quvchi.

Abstract

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati tadqiq etilgan. “Chaqarish va javob”, “Fikrlar yomg‘iri” va “Klaster” kabi usullar orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish maqsad qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

225

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O’QUVCHILARNING

KREATIV KO’NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

IBRAGIMOVA MATLUBA JALILOVNA

Denov tuman 6-umumiy о‘rtа tа’lim

mаktаbining оnа tili vа аdаbiyоt

fаni о‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida

o‘quvchilarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim

metodlarining ahamiyati tadqiq etilgan. “Chaqarish va javob”, “Fikrlar yomg‘iri”

va “Klaster” kabi usullar orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va

o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish maqsad qilingan.

Kalit so‘z: Ona tili, adabiyot, kreativ fikrlash, ta’lim metodlari, o‘quvchi.

Abstract: This article examines the importance of modern teaching methods

in developing students' creative skills in native language and literature classes. The

aim is to effectively organize the educational process and increase students'

independent thinking skills through methods such as "Challenge and Response",

"Thought Rain" and "Cluster".

Keywords: Native language, literature, creative thinking, teaching methods,

student.

Kirish

Hozirgi kunda ta’lim jarayoni yanada rivojlanib borayotgani sababli,

o‘quvchilarning kreativ fikrni rivojlantirish zarurati o‘sib bormoqda. O‘qituvchilar

o‘quvchilarning iste’dodlarini ochish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish

uchun yangi yondashuvlar va metodlardan foydalanishni talab qiladi. Ushbu

maqolada, mazkur sohadagi innovatsion metodlar va ularning ta’siri haqida so‘z

yuritamiz. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon barcha sohalar qatori

ta’lim tizimida ham yangilanishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh. Mirziyoyevning: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

226

sifati ham, mazmuni ham, jamiyat ham o‘zgarmaydi”

1

,- degan fikri bugungi

globallashuv davrida yosh avlodga ta’lim-tarbiya va bilim berishda ilg‘or xorijiy

tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor

qaratilayotganini tasdiqlaydi.

Asosiy qism:

“Chaqarish va javob”metodi

Bu usul o‘quvchilarning diqqatini jamlash va darsga tayyor holatga keltirish

uchun juda samaraliQuyidagi tarzda qo‘llash mumkin:

Qiziqarli boshlash.O‘qituvchi ma’lum bir so‘zni aytadi yoki signal

beradi.O‘quvchilar javoban so‘z bilan yoki harakat bilan munosabat bildiradilar.

Diqqatni jamlash usuli.Masalan, o‘qituvchi: o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini

jalb qilish uchun qo‘lini ko‘taradi va barmoq bilan 3, 2, 1 deb sanaydi.

1.“Ko‘zlar ko‘radi!” – o‘quvchilar qarashini o‘qituvchiga qaratadi.

2.“Quloqlar eshitadi!” – ular tinglashga tayyorlanadi.

3.“Og‘izlar yopiladi!” – sinf jim bo‘ladi.

4.“Qo‘llar tekislanadi!” – hamma tartibga keladi.

5.“Oyoqlar to‘g‘ri holatda!” – hamma joyiga o‘tiradi yoki turadi.

Bu usul ham o‘quvchilarning diqqatini jamlash va intizomni saqlashga

yordam beradi. Uni “Jismoniy ishora orqali diqqatni jalb qilish” deb atash

mumkin.Darsning boshida bu usulni tez-tez ishlatish kerak.Vaqt o‘tishi bilan

o‘quvchilar siz biror signal bersangiz yoki faqat boshlang‘ich so‘zni aytsangiz,

avtomatik ravishda o‘zlarini tartibga solib, javob bera boshlaydilar.

Afzalliklari:Bu usul o‘quvchilarning diqqatini bir nuqtaga jamlashga yordam

beradi, darsga tez kirishish imkonini beradi va sinfda tartibni saqlashga yordam

beradi. Bundan tashqari, bu usul o‘yin shaklida bo‘lgani uchun o‘quvchilar uni yaxshi

qabul qilishadi.

2. Kreativ ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodlar

1

Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент:

Ўзбекистон, 2017.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

227

Bugungi kunda ta’lim jarayonida eng muhim talab – qisqa vaqt ichida yuqori

natijalarga erishishdir. O‘quvchilarga aniq nazariy bilimlarni yetkazish, ularni amaliy

faoliyat bilan bog‘lash va erishilgan bilimlarni adolatli baholash o‘qituvchidan

yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Ayniqsa, ona tili darslarida o‘quvchilarning

faolligini oshirish, ularni mustaqil va kreativ fikrlashga o‘rgatish muhimdir. Quyida

zamonaviy ta’lim jarayonida samarali bo‘lgan ba’zi metodlarni ko‘rib chiqamiz.

“Fikrlar yomg‘iri” metodi

Bu usul o‘quvchilarni erkin fikr bildirishga o‘rgatadi.

Qanday qo‘llash mumkin?

Dars mavzusiga oid ochiq savol beriladi.

O‘quvchilar hech qanday cheklovlarsiz o‘z fikrlarini bildiradi.

Barcha fikrlar yozib boriladi, keyin ular orasidan eng yaxshi g‘oyalar

tanlanadi.

Bu usul o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantiradi va yangi g‘oyalar

ishlab chiqish ko‘nikmasini shakllantiradi.

“Klaster” metodi – g‘oyalarni guruhlash

Bu metod mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni guruhlash va ular orasidagi

bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi.

Qanday qo‘llash mumkin?

Klaster metodi orqali "Ot so‘z turkumi" mavzusini tushuntirish.

Maqsad: O‘quvchilarning ot so‘z turkumi haqidagi bilimlarini tizimlashtirish

va mustahkamlash.

O‘tkazish bosqichlari:

1.Tayyorlov bosqichi: Doskaga yoki katta qog‘ozga markaziy tushuncha

yoziladi: “OT”.

Markaziy tushunchadan chiziqlar orqali bo‘linmalar hosil qilinadi.

2. Fikr yuritish bosqichi:O‘quvchilar o‘z fikrlarini aytishadi va o‘qituvchi

yoki o‘quvchilar o‘zlari klasterni to‘ldirib borishadi.Klaster misoli:

Ma’nosi bo ‘yicha:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

228

Tuzilishi bo ‘yicha:

Qaysi savollarga javob beradi?

Klaster to‘ldirilgach, har bir bo‘lim bo‘yicha misollar keltiriladi.O‘quvchilar

o‘z misollarini yozib, tushunchalarni mustahkamlashadi.

Afzalliklari:

O‘quvchilar

mavzuni

vizual

tarzda

yaxshiroq

tushunishadi.Fikrlarni tizimli tarzda joylashtirishga o‘rganishadi.Dars qiziqarli va

interaktiv shaklda o‘tadi.

OT

Konkret (daraxt,

kitob, odam)

Mavhum (mehr,

baxt, do‘stlik)

OT

Kim? (o‘quvchi,

shifokor)

Nima? (stol,

kitob)

OT

Oddiy (oy, bola, uy)

Qo‘shma (oyparast,

kitobdo‘st)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

229

ijodiy tafakkurni rivojlantiradi, o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatadi, va

ularga bilimlarni tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

Agar o‘quvchilar intizomsiz bo‘lsa yoki darsga qiziqish bildirmasa, oddiy

ma’ruza va an’anaviy usullar ularning e’tiborini tortmaydi. Shuning uchun darsni

interaktiv, qiziqarli va o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydigan usullar bilan

o‘tish lozim.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bor bo‘lgan sinflarda samarali kreativ metodlar:

“Suratlar orqali izohlash” – Vizual metod

Vizual metodni 10-sinf adabiyot darsida qo‘llash.

Mavzu: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi

1. Suratli taqdimot (Slaydlar yoki plakatlar orqali)

Qodiriyning hayot yo‘li – suratlar, tarixiy hujjatlar, yozuvchi hayotidan

lavhalar (masalan, Yosh Qodiriy, “O‘tkan kunlar” qo‘lyozmasi, adibning oilasi).

Asarlaridan illyustratsiyalar – kitob muqovalari, film sahnalari, qahramonlar

tasviri.Davr muhiti – 1917-yil inqilobi, jadidlar harakati, eski Toshkent manzaralari.

2. Asarning vizual xaritasi. “O‘tkan kunlar” asari uchun xarita chizish – unda

joy nomlari (Toshkent, Buxoro, Qo‘qon) va qahramonlar harakatini ko‘rsatish.Asar

ichidagi munosabatlar diagrammasi – Otabek, Kumush, Zaynab, Yusufbek hoji

o‘rtasidagi bog‘liqlikni grafik tarzda tasvirlash.

3. Film va sahna asarlaridan parchalar ko‘rsatish. “O‘tkan kunlar” filmi yoki

sahna ko‘rinishlaridan lavhalar orqali voqealarni chuqurroq tushunish.Asardagi

voqealar va real hayot o‘rtasidagi farqlarni muhokama qilish.

4. Tushuncha xaritasi (mind map) tuzish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

230

“O‘tkan kunlar” asari syujeti bo‘yicha vaqt jadvallari va asosiy voqealarni

grafik tarzda ifodalash.

“Mehrobdan chayon” yoki “Obid ketmon” asarlarining asosiy g‘oyalarini

chizmalar orqali ifodalash.

Natija: O‘quvchilar mavzuni tez va samarali tushunishadi.Matnga qiziqish

ortadi, tasavvur kuchayadi.Tahlil qilish, mantiqiy fikrlash rivojlanadi.

Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan sinflarda dars o‘tish o‘qituvchidan yuqori pedagogik

mahorat talab qiladi. O‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, ularni faollashtirish va

darsga qiziqtirish uchun an’anaviy yondashuv yetarli emas. Shuning uchun o‘yin,

vizual materiallar, jamoaviy ish, hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar kabi

kreativ metodlarni qo‘llash juda muhim.

“Avtofokus” metodi

O‘quvchilarning e’tiborini darsga jalb qilish va ularning diqqatini jamlashga

yordam beradi. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilarga qizil va oq kartochkalar tarqatadi.

Keyin esa dars jarayonida kutilmaganda savol beradi.

O ‘tkazish bosqichlari:

1. Dars boshida har bir o‘quvchiga qizil va oq kartochkalar tarqatiladi.

2. Dars davomida o‘qituvchi kutilmaganda savol beradi.

3. O‘quvchilar savolga “Ha” deb javob bermoqchi bo‘lsa – oq kartochkani,

“Yo‘q” deb javob bermoqchi bo‘lsa – qizil kartochkani ko‘taradi.

4. Javoblar asosida o‘qituvchi o‘quvchilarni faol muhokamaga jalb qiladi va

xatolarni tahlil qiladi.

Abdulla

Qodiriy

Davr

sharoiti

Qatag‘on

yillari

Hayoti

Asarlari

Jadidchilik

harakati


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

231

“Avtofokus” metodini sinab ko‘rish uchun quyidagilarni tayyorlash tavsiya

etiladi:

a)qizil va oq kartochkalar – har bir o‘quvchiga bittadan.

b)qiziqarli va tezkor savollar – dars mavzusiga mos ravishda oldindan

tayyorlab qo‘yish.

Agar yuqori sinf adabiyot darsida “Abdulla Oripovning hayoti va ijodi”

bo‘yicha “Avtofokus” metodidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi savollarni

tayyorlab, o‘quvchilarga qizil va oq kartochkalar orqali javob berish imkoniyatini

bering:

Qoidalar: agar savolga “ha” deb javob bersa, oq kartochkani ko‘tarishadi,agar

savolga “yo‘q” deb javob bersa, qizil kartochkani ko‘tarishadi.

Savollar:1.Abdulla Oripov 1941-yilda tug‘ilganmi? (Ha – Oq kartochka)

2. U “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini olmagan. (Yo‘q – Qizil kartochka)

3. Shoir “Sohil” she’rini yozganmi? (Ha)

4. Abdulla Oripov faqat lirik she’rlar yozgan. (Yo‘q)

5. “O‘zbegim” she’ri mashhur she’rlaridan biri hisoblanadi. (Ha)

6. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. (Yo‘q)

7. Shoir o‘z tarjimalari bilan ham mashhur. (Ha)

8. U “Ko‘klam” dostonining muallifi. (Yo‘q)

9. Abdulla Oripov O‘zbekiston madhiyasi matnini yozgan. (Ha)

10. Shoir asosan dostonlar yozgan. (Yo‘q)

Afzalliklari: Bu metod orqali o‘quvchilar diqqatini jalb qilish, faol ishtirok

etishini ta’minlash va o‘yin orqali o‘rganish samaradorligini oshirish

mumkin.Shuningdek, javob bergan o‘quvchilardan izoh so‘rash ularga mavzuni

yaxshiroq tushunishga yordam berib, darsga bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada oshadi.

“Kreativ qisqa matn yozish” metodi

Maqsad: O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undaydi va yozma nutqini

rivojlantiradi.Qanday ishlaydi?O‘quvchilarga bitta she’r beriladi va ulardan shu

she’rga mos ravishda yangi kichik hikoya yoki monolog yozish so‘raladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

232

Masalan, Abdulla Oripovning "Sen bahorni sog‘inmadingmi?" she’ri

o‘qitiladi va o‘quvchilar o‘z hayotlaridan bahorga oid kichik hikoya yozadi.

Bahor nafasi

Tashqarida bahor, lekin yuraging sovuq. Biroq bir lahza ko‘z yum—yaproqlar

shivirlayapti, shabada esa seni allalayapti. Ko‘ngling tub-tubida yashiringan

sog‘inchni sezayapsanmi? Bahorni sog‘inmaganing rostmi? Balki yuraging boshqa

narsani aytayotgandir...

Ona tili darslarini qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun quyidagi yangi

metodlar foydali bo‘lishi mumkin:

“Lingvistik qiziqarli test” metodi

Maqsad: O‘quvchilarning til bilimi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish.

O‘tkazish bosqichlari:O‘qituvchi grammatika, orfografiya yoki stilistika

bo‘yicha qiziqarli savollar tayyorlaydi.

Test shakli:

1. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri: "Ona tilimizda 7 ta unli tovush bor." (To‘g‘ri)

2. Bo‘sh joyni to‘ldiring: "Fe’lning … turi buyruq ohangida bo‘ladi." (buyruq

mayli)

3. Teskari test: "To‘g‘ri so‘z juftini toping: (A) Darvoza – daryo (B) O‘qish –

o‘qitish" (B to‘g‘ri)

Natija: O‘quvchilar grammatik bilimlarini mustahkamlash bilan birga tez

fikrlashga o‘rganadilar.

“Grammatik kreativlik” metodi

Maqsad: O‘quvchilarni grammatik qoidalarni amaliy qo‘llashga o‘rgatish va

ijodiy fikrlashga undash.

Grammatik kreativlik metodini “Fe’lning zamon shakllari” mavzusida

qo‘llashni tavsiya qilaman.

Metod mohiyati: O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undash, grammatik

qoidalarni qiziqarli tarzda mustahkamlash va real hayot bilan bog‘lash.

Dars jarayonida kreativ metoddan foydalanish:

1. “Kelajakdan xat” usuli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

233

O‘quvchilarga topshiriq: Siz 2050-yildan maktub oldingiz. Unda fe’llarning

zamon shakllaridan foydalanib, hayotda sodir bo‘lgan yoki bo‘layotgan o‘zgarishlar

tasvirlangan. Ushbu maktubni davom ettiring.

O‘quvchilar fe’l zamon shakllarini (hozirgi, o‘tgan, kelasi) ishlatib,

tasavvurga asoslangan matn yozadilar.Masalan quyidagicha yozishlari mumkin:

Kelajakdan xat – 2050-yildan xabar

Hurmatli do‘stim! Men senga 2050-yildan yozmoqdaman. Bu yerda hamma

narsa juda o‘zgargan! Odamlar endi faqat elektromobillarda yurishyapti, havoda

shovqin yo‘q, shaharlar yanada toza bo‘lib ketgan.Men hozir aqlli shahar markazida

yuribman. Ko‘chalarda avtobuslar haydovchisiz harakat qilyapti. Ilgari qo‘lda

yozilgan daftarlar bo‘lsa, hozir esa elektron daftarlar yordamida darslar o‘tilyapti.

Hamma aqlli ko‘zoynak taqib yuradi va unda kitob o‘qish, xabar yozish yoki filmlar

tomosha qilish mumkin.O‘tgan yillarda sayyoramiz juda o‘zgardi. Insonlar Marsga

ko‘chib o‘tishdi, ba’zilari esa hali ham Yerdagi yashil hududlarda hayot

kechirishmoqda. Men esa kelajak universitetida o‘qiyapman va yangi texnologiyalar

ustida ishlayapman.Siz ham kelajakni tasavvur qildingizmi? Bu yerda yashash qiziq!

Maktubimga javob yozishingizni kutaman. O‘zgarishlarni tasavvur qilib, menga

qanday bo‘lishini yozing!Hurmat bilan, kelajakdagi do‘stingiz!

2. “Parallel hikoya” metodi

Guruhlarga bo‘lingan o‘quvchilarga bir xil voqea tasviri beriladi. Masalan,

"Bir yigit bog‘da yuribdi."

Guruhlar ushbu jumlani turli zamonlarda (o‘tgan, hozirgi, kelasi) davom

ettirib, kichik hikoya tuzadilar.

3. “O‘tmishdan kelajakka” o‘yini.O‘qituvchi jumlalar aytadi:

Masalan: “Men kecha parkda sayr qildim.”

O‘quvchilar shu jumlani hozirgi zamonga va kelasi zamonga moslashtirib,

aytishadi:

-“Men hozir parkda sayr qilyapman.”

-“Men ertaga parkda sayr qilaman.”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

234

Bu usullar yordamida o‘quvchilar fe’l zamon shakllarini mustahkamlash bilan

birga ijodiy fikrlashni ham rivojlantiradilar.

“DEBAT VA MUHOKAMA” METODI

Maqsad: O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish va fikrlarini

aniq ifodalash qobiliyatini rivojlantirish.Qanday ishlaydi?O‘qituvchi mavzuga oid

muhokama savoli beradi.O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi:Birinchi guruh – rozi

bo‘lganlar,ikkinchi guruh – qarshi bo‘lganlar.Har bir guruh o‘z fikrini aytadi.

“Debat va Muhokama” Metodi – “Sifat” mavzusida

Mavzu: Sifat so‘z turkumi til boyligining asosimi yoki ikkilamchi unsur?

Metod qo‘llash tartibi:

1.

Guruhlarga bo‘lish: Sinf ikki guruhga ajratiladi:

a)”Sifat tilimizni boyitadi va asosiy unsur hisoblanadi” – tarafdorlari

b) “Sifat ikkilamchi rol o‘ynaydi, asosiy urg‘u ot va fe’lga qaratiladi” –

qarshilar

2. Dalillar tayyorlash:Har ikki guruh 5-10 daqiqa davomida o‘z fikrlarini

isbotlash uchun dalillar tayyorlaydi.Masalan, tarafdorlar sifatning nutqni

jonlantirishini, san’at va adabiyotda muhim rol o‘ynashini misollar bilan

tushuntirishadi.Qarshi tomon esa sifat bo‘lmasa ham fikrni aniq yetkazish

mumkinligini dalillaydi.

3. Bahs jarayoni:Guruhlar navbat bilan o‘z fikrlarini bildiradilar.Qarshi tomon

ularga savollar berishi mumkin.

4. Xulosa chiqarish: Muhokama yakunida har bir guruh xulosa

qiladi.O‘qituvchi bahs jarayonini tahlil qilib, mavzuni umumlashtiradi.

Afzalliklari:

O‘quvchilar

sifatning

ahamiyatini

chuqurroq

tushunishadi.Mantiqiy fikrlash va nutq madaniyati rivojlanadi.Mavzuni yodlash

emas, tushunish asosida o‘rganish ta’minlanadi.Bu metod bilan darsni qiziqarli va

interaktiv tarzda o‘tish mumkin.

Xulosa

Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarini

shakllantirish uchun zamonaviy metodlardan foydalanish zarur. “Chaqarish va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

235

javob”, “Fikrlar yomg‘iri”, va “Klaster” kabi usullar o‘quvchilarning diqqatini

jamlash, ijodiy fikrlash va bilimlarni tizimlashtirish uchun samarali. Ushbu metodlar

nafaqat o‘qitish jarayonini yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

qobiliyatini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchi sifatida, bu metodlarni

muvaffaqiyatli qo‘llash orqali, ta’lim sifatini yaxshilash va yosh avlodni zamonaviy

talablar darajasida tarbiyalash imkoniyatimiz bor. Kreativ fikrni rivojlantirish bilan

birgalikda, o‘quvchilarni yanada muvaffaqiyatli, erkin fikrli shaxslar sifatida

formalashtirishga erishamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Qosimov O., Yo‘ldoshev B. – “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”. Toshkent:

O‘qituvchi, 2018.

2.G‘ulomov S., G‘afforova M. – “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. Toshkent:

O‘qituvchi, 2019.

3.Hoshimov A., Yo‘ldoshev B. – “Nutq madaniyati va stilistika”. Toshkent: O‘zMU

nashriyoti, 2020.

4.

Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent:

Respublika

taʼlim

markazi,

5.2022.–224 b.

Botirov O., Ibrohimova F. O‘zbek tilidan dasturlashtirilgan

topshiriqlar.–Urganch,1993.

6. Dars samaradorligini oshirish (ilmiy va metodik ishlar to‘plami).–

Namangan,1996.

7.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili.–

Toshkent: Sharq, 2000.