MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
209
BUXGALTERIYA HISOBINING PAYDO BO‘LISHI VA
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
TURSUNOVA MAHFUZA RO’ZIYEVNA
Denov tuman 6-umumiy о‘rtа tа’lim
mаktаbining matematika
fаni о‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola buxgalteriya hisobining ahamiyati, asosiy
prinsiplari va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan. Buxgalteriya hisobi iqtisodiy
tizimning ajralmas qismidir va moliyaviy ma'lumotlarni aniq va tizimli tarzda
to‘plashni ta'minlaydi. Maqolada buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv
tamoyili, uning qadimiy davrlaridan hozirgi kungacha qanday o‘zgarishi va
zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi keltirilgan.
Kalit so‘zlar: buxgalteriya hisobi, moliyaviy ma'lumotlar, naturalistik davr,
qiymat davri, ikki yoqlama yozuv, luka pacholi, hisob tizimi
Abstract: This article is devoted to the importance, basic principles and
history of development of accounting. Accounting is an integral part of the economic
system and provides accurate and systematic collection of financial information. The
article presents the principle of double-entry accounting, how it has changed from
ancient times to the present day and its integration with modern technologies.
Keywords: accounting, financial information, naturalistic period, value
period, double-entry bookkeeping, luca pacolli, accounting system
Kirish
Buxgalteriya hisobi tashkilotlar uchun moliyaviy holatni baholash, sarf-
xarajatlarni nazorat qilish va strategik qarorlarni qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu maqola bu sohani yanada chuqurroq o‘rganishga va uning kelajakda
rivojlanish imkoniyatlarini kashf etishga yordam beradi. Maqola moliya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
210
mutaxassislari, tadbirkorlar va universitet talabalari uchun qo‘llanma sifatida xizmat
qiladi.
Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Ma'lumki, barcha
mamlakatlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritish maqsadida buxgalteriya
hisobini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh da
mamlakatda barcha kompaniyalar uchun qo‘llanilishi zarur bo‘lgan “Buxgalteriya
hisobining umum qabul qilingan qoidalari” (GAAP) qabul qilingan bo‘lsa,
Germaniya, Fransiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda birmnecha qonun hujjatlari
asosida buxgalteriya hisobi tartibga solinadi. Jumladan, respublikamizda 1996 yildan
beri “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun va 24 ta milliy standartlar amal qilib
turibdi. Global integrallashgan iqtisodiyot sharoitida turli mamlakat xo‘jalik
sub'ektlari, banklari va boshqa moliyaviy korporatsiyalar o‘rtasida iqtisodiy aloqalar
o‘rnatiladi. Bu esa, xalqaro hamkorlikdagi sub'ektlar bir-biriga zid kelmaydigan bir
xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash zarurligini taqozo
qildi yoki yagona “biznes tili”ga muxtojlik seziladi. Natijada, dunyoda barcha
mamlakatlar uchun buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) yaratildi va
rivojlanmoqda. Xech shubxasiz aytish mumkinki, BHXSning yaratilishi ham
buxgalteriya hisobi nazariyasini takomillashiviga katta turtki bo‘ldi. Yuqorida qayd
etilgan, har bir mamlakatdagi mavjud turli iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, shu bilan
birga XX asrdan boshlab global iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va jahon
mamlakatlarining tobaro o‘ziga qamrab olayotganligi buxgaltekriya hisobiga ta'sir
etuvchi ob'ektiv asoslar bo‘lib xizmat qiladi. Sub'ektiv omillarga yangilikka o‘ch
olimlarning shuxratparastlik illatlari hamda ayrim chalasavod olimlarning yengil-elpi
ijodi sababchidir. O‘zgalarni mensimaslik, o‘zidan oldingi yaratilgan konsepsiyalarni
tan olmaslik, ayrim hollarda esa masalaga yuzaki qarash natijasida hammaning
ensasini qotiradigan mazmunsiz nazariyalar ham yaratilganligi ma'lum. Albatta,
ushbu kitobda buxgalteriya hisobining predmeti bilan bog‘liq barcha muammolarni
muhokama qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, biz ko‘pchilik olimlar tomonidan e'tirof
etilgan va mazkur ilmiy izlanishga molik bo‘lgan ayrim ta'riflar ustida to‘xtab
o‘tamiz. Yuqorida qayd etib o‘tildiki, buxgalteriya hisobiga, to o‘tgan asrning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
211
yarmigacha hisobchilik, ya'ni ma'lumotlarni ro‘yxatga olish yo‘li bilan yozuvlarda
qayd etib borish jarayoni sifatida qarab kelingan. Ayrim hollarda esa, uni “hisob
yuritish” yoki “hisobvaraqlarni yuritish” usuli sifatida talqin etishgan. Yuqorid
mazkur fanning otasi sifatida e'tirof etilgan Luko Pacholi o‘zining “Hisobvaraqlar va
yozuvlar traktati” asarida aynan hisobchilik, ya'ni xo‘jalik operatsiyalarini
ikkiyoqlama yozuv orqali qayd etish usuli bayon qilingan edi. Buyuk olimning
“hisobchilik, bu rioya etgan holda tartibli ish yuritishdir”, - degan so‘zlari tarixga
muhrlanib qoldi. Shuningdek frunsuz olimi 1910 yilda G. Forning “Buxgalteriya
hisobi, xo‘jalik yurituvchi shaxslar tomonidan bajarilgan xo‘jalik operatsiyalarni
ro‘yxatga olish usuli to‘g‘risidagi fandir”,- deb bergan ta'rifi mumtoz tushunchaga
aylandi. Hatto, amerikaliklar XX asrning boshida buxgalteriya hisobini
“ma'lumotlarni yozuvlarda qayd etish san'ati” deb ta'riflashgan. Demak, o‘tgan
asrning boshida buxgalteriya hisobining mohiyatini tushuntirishda uni xo‘jalik
operatsiyalarni qayd etish usuli sifatida qarashgan. Shuning uchun ham olimlar bu
ta'rifni “uslubiy yondoshuv” ta'rifi deb baholashadi. “Uslubiy yondoshuv” ta'rifi
qanchalik mashhur bo‘lmasin, ijtimoiy hayot rivojlanishi, ayniqsa biznesga oid
munosabatlarining chuqurlashuvi buxgalteriya hisobining mohiyatiga nisbatan
yanada muzmundor qarashlarni vujudga keltirdi. Xususan, XX asr yarimiga kelib
buxgalteriya hisobi nimalarning hisobini yuritishi lozim yoki uning ma'lumotlari
nimalarni o‘zida aks ettiradi, degan savollar iqtisodiy adabiyotlarda dolzarb mavzuga
aylandi. Bu mavzudagi ilmiy baxslar, buxgalteriya hisobi ma'lumotlari xo‘jalik
sub'ektining moliyaviy holatini (ahvolini) ifodalaydi degan xulosalar bilan o‘z
yechimini topgan. Buning yorqin dalili sifatida fransuz iqtisodchisi S. Furast'ening
“Buxgalteriya hisobi xo‘jalik sub'ekti mulki qiymatini pulda baholash va uning
kapitali miqdorini aniqlashga yo‘naltirilgan zamonaviy fan soxasidir”, degan
so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘lardi. Moliyaviy holatga urg‘u berilgan tarzda
buxgalteriya hisobining predmetini aniqlashga bo‘lgan bunday yo‘nalish iqtisodiy
adabiyotlarda “mazmuniy yondoshuv” nomini oldi va ko‘pchilik olimlar tomonidan
e'tirof etildi. Xatto, jahonda eng ommaviy o‘quv qo‘llanmasi mualliflari bo‘lgan
amerikalik olimlar B. Nidlz, X. Anderson va D. Kolduelllar shunga yaqin quyidagicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
212
ta'rif berishgan: “Buxgalteriya hisobi ma'lum xo‘jalik sub'ekti to‘g‘risidagi moliyaviy
ma'lumotlarni o‘lchab, qayta ishlab taqdim qiluvchi tizimdir”. Bu sohadagi keyingi
ilmiy izlanishlar buxgalteriya hisobi predmetini yanada kengroq yoritishga qaratildi.
Tabiiyki, buxgalteriya hisobi nimalarning hisobini yuritishi lozim savoliga javob
topilganidan so‘ng, bu ma'lumotlar kimlarga taqdim qilinadi, nima maqsadda
foydalaniladi degan masalalar o‘z yechimini topishi zarur edi. Olimlar “mazmuniy
yondoshuv”ni rivojlantirib, unga buxgalteriya hisobining maqadini ham qo‘shish
lozim deb topishdi.
Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.
Buxgalteriya
hisobi
fan
sifatida
qachon
shakllanganligi
shu
soha
vakillariniqiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin
mumkin. Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlarni
ro‘yxatga olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab; Ikkinchisi: 500 yil
oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515 y.) “Schyotlar va yozuvlar
haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan yuzaga kelgan; Uchinchisi: 100 yil
oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy qarashlar paydo bo‘lgan davrdan
yuzaga kelgan. Shu sababli, bu tortishuvlarning haligacha yakuniga etilmagan. Biz
uning ilk ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa
chiqarishimiz mumkin. Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion
jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:
1-davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning
eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan
belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan
xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir
jarayonnniyuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.
2-davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi) Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muamola vositasiga
aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan
bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi. Qiymat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
213
ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida patrimonal va kameral hisobni
shakllantirdi. patrimonal hisobda mulkka egalik birinchi o‘riga qo‘yilsa, kameral
hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi xarakterlangan. Pul
patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda to‘lov vositasi
sifatida qaraladigan bo‘ldi.
3-davr. Ikki yoqlama yozuv davri. (Ushbu davr 1300-1850 yillarni qamrab
oladi.) Bu davrda xo‘jalik jarayonlarining ommalashuvi, murakkablashuviga mos
ravishda oddiy yozuvdan ikki yoqlama yozuvga o‘tish zaruriyatining yuzaga kelishi
bilan xarakterlanadi. Hisob yozuvlariga katta urg‘u berilganligi ham ushbu davrga
xos. Bu davrda buxgalteriya hisobida dastlabki schyotlar rejasi ishlatila boshlandi.
Buxgalteriyaning zamonaviy tizimining kelib chiqishi Luka Pacholiga borib taqaladi
Vinetsiya, Italiya XV asrning ohiri. Pacholi aytdiki “biror iqtisodiy hodisa aniq bir
tizim orqali tartibli va ishonchli qilib ma’lumotlarni buxgalteriya kitobiga yozilishi
qayd qilinishi kerak”. Buxgalteriyaga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qonun qoidalari
evolyutsiya jarayoni davomida rivojlantirildi. Bular buxgalteriya prinsiplari yoki
konsepsiyalari deb ataladi. Bu yerda har doim buxgalteriya amaliyotini mukammal
shaklga keltirishga harakat qilib kelingan. Biznes doirasining kengayishi bilan bir
qatorda buxgalteriyaning ham ahamiyati ortib bormoqda. Misol uchun, yangi
buxgalteriya
darsliklarining
rivojlanishi
korxonalarning
qo‘shilishi
va
muvaffaqiyatga erishishi uchun, xalqaro ayirboshlash foydasi yoki zarari, internet
biznes va boshqalar. Har bir mamlakatda turli xil buxgalteriya jamoalari buxgalteriya
amaliyotini zamonaviylashtirish va ilg‘orlashtirishga mas’uldirlar. Misol uchun ,
AQShda, Amerika davlat buxgalterlarini tasdiqlash instituti sezilarli ahamiyatga ega.
Shunga o‘xshash, Hindiston va Malayziyada, Hindiston buxgalterlar instituti va
Malayziya buxgalterlar instituti ham mana shunday vazifasi mavjud.
4-davr. Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900 yillar oralig‘ini
egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaryonlariga huquqiy maqom shakllandi. Natijada
jaryonga ham iqtisodiy jihatdan, ham huquqiy jihatdan yondashuvlar belgilandi.
Schyotlar rejasining differentsiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat qaratildi, balans,
foyda, tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari shakllandi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
214
Buxgalteriya hisobi butun reallikni baholashni qamrab oldi. Buxgalteriya hisobi
butun jarayonni suratga oladigan, rengenometriya qiladigan elementga aylandi.
Yunon sivilizatsiyasi davrida Yevropada kompleks davlat boshqaruvi tizimi
ruhoniylar tomonidan amalga oshirilgan. Verner Sombart siyosiy iqtisodchi, 1863-
yilda tug‘ilgan va 1941- yilda Germaniyada vafot etgan. U Berlin, Rim, Piza
universitetlarida huquq, iqtisod, tarix va falsafa fanlaridan o‘qib, oxir-oqibat Berlinda
iqtisodiyot professori bo‘lgan. Uning asosiy ishi “Zamonaviy Kapitalismus” XX asr
kapitalizmini o‘zida aks ettirgan. Sombart o‘sha davr buxgalteriya yozuvlarini tahlil
qilib, uni uch tasodifiy omilni o‘rganib kapitalistik korxona o‘sishi uchun muhim deb
hisoblagan:
1. Qonun.
2. Biznes boshqarish usullari.
3. Bozor.
Qonun kompaniya uchun asos beradi, yuridik shaxs sifatida kapitalistik
korxona, va bozor moliyaviy shaxs bo‘lishga vositalar taqdim etadi. Ish boshqaruvi
texnikasi hisobiga asosan Sombart oldinga buxgalteriya haqida to‘rt tushuntirishlarni
qo‘ydi:
1. Biznes bo‘ylab kapitalining oqimini taqdim etish. Kapital hisobidan foyda
yoki zarar hisobiga o‘tkazish va yana qaytib kapital hisobiga boylikni shakllantirish.
Bu orqali buxgalteriyada “boylik” nazariyasi yaratiladi.
2. Tadbirkorlar uchun cheklovlarni mavjudligi. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy
ratsionalizm rivojiga hissa qo‘shgan.
3. Buxgalteriya hisobi ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish tizimli biznesni
amalga oshirishni kafolatlaydi.
4. Buxgalteriyadan boshqaruv hisobini farqli jihatlarini anglab olish va
kapitalni shaxsiy mulk sifatida qaramaslik va qoidalar asosida buxgalteriya
yozuvlarini to‘g‘ri aks ettirish. Bu yozuv 1500-1750 yilda Angliyada yuritilgan va
ikkiyoqlama yozuv deb yuritilgan. Bunday yozuv orqali buxgalteriyada uchraydigan
tartibsizliklar, noo‘rin chiqib ketishlar nazorat ostiga olingan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
215
5-davr. Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi). Bu
davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulot tannarxini
to‘g‘ri aniqlash, xarajatlarning jadalligi bilan ajralib turadi. Kalkulyatsiyalash tartibi
ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va to‘liq tannarxini
aniqlash,smeta qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost usullari, to‘g‘ri va egri
xarajatlar ushbu davrning eng muammoli masalasiga aylangan. Boshqaruvning har
bitta funktsiyasini ajratish, soliqqa tortish masalalarida buxgalteriya hisobini o‘ta va
aniq tizimi yaratildi. Buxgalteriya hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u
berildi. Boshqaruv va moliyaviy hisobning tarkiblanishiga o‘tish davri boshlandi.
6-davr. Hozirgi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950- yildan hozirgi kunga
qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlarning qabul qilinishi bilan
xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos
revolyutsiya davri bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari, jamoat,
davlat manfaatlar bo‘yicha o‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.
Xulosa
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotning muhim poydevori bo‘lib, tashkilotlar
faoliyatining moliyaviy jihatlarini nazorat qilish va hisobga olishga qaratilgan. U
iqtisodiy ma'lumotlarni aniq va tizimli tarzda to‘plash, saqlash va tahlil qilish
jarayonidir. Buxgalteriya hisobi ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu
har qanday operatsiyani ikkita muvofiq yozuv tarzida aks ettirishni talab etadi.
Buxgalteriyaning dastlabki shakllari miloddan avvalgi qadimiy tsivilizatsiyalarda
paydo bo‘lgan, ammo bugungi kunda buxgalteriya hisobi yanada murakkab tizimga
aylandi. Bu sohada ilg‘or texnologiyalar va axborot tizimlari faol qo‘llanilmoqda, bu
esa moliyaviy hisobotlar va tahlil jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi.
Buxgalteriya hisobi kompaniyaning moliyaviy holatini baholash, sarf-xarajatlarni
nazorat qilish va kelajakdagi strategik qarorlarni qabul qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
Bu, shuningdek, yangi bozorlarni o‘rganish va investitsiyalarning rentabelligini tahlil
qilishda foydali hisoblanadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi nafaqat moliyaviy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
216
ma'lumotlarni taqdim etadi, balki tashkilotning barqaror rivojlanishiga ham zamin
yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdullaev YO. va boshq. Iqtisodiy tahlil.-T.: Mehnat. 2001. 256 b.
2. Akramov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili.-T.: Moliya. 2003.-208b.
3. Vahobov. A., Ibrohimov A. Moliyaviy tahlil. Darslik.-T.: Sharq. 2002.-201 b.49
4. Bobojonov O. Moliyaviy hisob. Darslik. Buxgalteriya hisobining xalqaro
(IAS), Amerika (GAAP) va milliy (BXMS) standartlariga asosan o‘zgartirishlar
va qo‘shimchalar kiritilgan. - T.: Moliya, 2002.-342 b.
5. Gadoev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. Toshkent: NORMA, 2009.- 476 b