Authors

  • Normamatova Shaxzoda

Author Biography

  • Normamatova Shaxzoda

    O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishi

    kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116745

Keywords:

sinonimik qator dominanta korpus lingvistikasi semantik sinonim kontekstual sinonim stilistik sinonim

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi sinonim birliklarning til tizimidagi o’rni zamonaviy korpus lingvistikasi asosida taqqosiy ravishda tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

191

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SINONIMLARNING KORPUS

LINGVISTIKASI TAHLILI

Normamatova Shaxzoda

O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishi

1-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi sinonim

birliklarning til tizimidagi o’rni zamonaviy korpus lingvistikasi asosida taqqosiy

ravishda tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: sinonimik qator, dominanta, korpus lingvistikasi, semantik

sinonim, kontekstual sinonim, stilistik sinonim

Zamonaviy tilshunoslikda sinonimlarni o‘rganish masalasi leksik-semantik

tizimning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sinonimlar tilning boyligi va

ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular uslubiy, kontekstual

va funksional jihatdan tilshunoslar, tarjimonlar hamda til o‘rganuvchilar e’tiborini

tortuvchi birliklardir. Shu bilan birga, sinonimlar bir xil yoki yaqin ma’noni anglatsa-

da, ularning qo‘llanilishi nutq kontekstiga, madaniy muhitga va stilistik ehtiyojga

bog‘liq bo‘lib, bu jihatlar har doim ham oddiy intuitiv yondashuv orqali tushuntirib

berilmaydi.

So‘zlaming turlari va ma’nolari ulami qiyoslash orqali oydinlashadi. So‘z

ma’nolarining o'xshashligi sinonimiyani aniqlash uchun asosiy mezon hisoblanadi.

Bir tushuncha, hodisa, narsa yoki belgini ifodalovchi, ma'nolari o‘xshash yoki yaqin

bo’lgan, turli ma’no sifatlarini va ekspressiv-stilistik bo‘yoqlarni farqlash uchun

xizmat qiluvchi so‘zlar sinonimlar deyiladi (grekcha synonima — “bir xil ma’nodagi

nom”) [1].

Sinonimlar o‘rganuvchining leksik boyligini oshirish, uslubiy sezgirlikni

shakllantirish va mazmunni kontekstga mos ravishda ifodalash ko‘nikmalarini

rivojlantiradi. Har bir til o‘ziga xos sinonimik qatorlarga ega bo‘lib, ular turli uslubiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

192

yoki emotsional yuklama bilan bir xil yoki o‘xshash ma’nolarni bildiradi.Masalan,

angry, mad, furious, annoyed

– barchasi “g‘azablangan” degan ma’noni bildirsa-

da, stilistik yuklamasi turlicha, ya’ni "furious" yanada kuchli va rasmiyroq kontekstda

ishlatiladi. O’zbek tilidan misol keltiradigan bo’lsak,

go‘zal, chiroyli, dilbar,

latofatli

– bu so‘zlarning barchasi “yaxshi ko‘rinishga ega” degan ma’noni bildiradi,

lekin uslubiy qo‘llanish farqlanadi:

"go‘zal ayol" – adabiy uslubda;

"chiroyli qiz" – so‘zlashuv uslubida;

"latofatli" – rasmiy, poetik uslubda keng qo’llaniladi.

Ingliz tilida ham o’zbek tilida ham sinonimlarni chuqur o’rganish maqsadida

tilshunoslar tomonidan o’rganishlar amalga oshirilgan. “O‘zbek tilidagi

sinonimlarning izohli lug‘ati” filologlar, yozuvchilar, shoirlar hamda til o‘rgatuvchi

mutaxassislar uchun qimmatli va ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu ilmiy-

amaliy ish Azim Hojiyev tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘zbek tilining

sinonimik boyligini chuqur tahlil asosida namoyon etadi. Muallif lug‘atda

sinonimlarning nafaqat shakliy va leksik o‘xshashliklarini, balki ularning nozik

semantik va uslubiy farqlarini ham asosli tarzda yoritib beradi. Bundan tashqari, ko’p

ma’noli so’z bir emas, ikki va uuunndan ortiq sinonimik qatorda bo’lishi

mumkinligiga misollar keltirib o’tgan[2]. Masalan, 1. bajarmoq, ado etmoq,

bitirmoq

, 2.tugatmoq, tugallamoq,tamomlamoq,

bitirmoq

, 3. tugatmoq, sob qilmoq,

bitirmoq

, yo’q qilmoq.

Ingliz lingvistikasida esa

“Lexical semantics”

asarining o’rni beqiyos. Ushbu

asar lug‘aviy semantika sohasida klassik hisoblanadi. Muallif David Alan Cruse

sinonimlarning turlari (to‘liq, qisman va yaqin sinonimlar), ularning kontekstga

bog‘liq ishlanilishi, stilistik farqlari va semantik maydonlarda tutgan o‘rnini batafsil

tahlil qiladi[3].

Ushbu kitobda, masalan, "big" va "large" so‘zlari ko‘pincha bir-birining

sinonimi deb qaralsa-da, ularning stilistik ohanglari, kollokatsiyalari va korpusdagi

ishlanish chastotasi bo‘yicha farq qilishi aniq misollar bilan ko‘rsatib berilgan.

Masalan,

large number of people

iborasi to’g’ri, ammo

big number of people


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

193

iborasi deyarli ishlatilmaydi. “Large” ko’proq

miqdor, hajm

haqida gap ketganda,

rasmiy uslubda ishlatiladi. Shuning uchun statistik, rasmiy yoki ilmiy matnlarda

a

large number of X

shakli keng tarqalgan. “Big” ko’proq emotsional, noformal,

umumiy ma’nolarda ishlatiladi.

Sinonimlar, asosan, ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi [3]. Birinchisi, har bir tilning

o‘z ichki imkoniyatlari asosida, masalan, o‘zbek tilida

qari, keksa, chiroyli-go'zal,

katta-ulkan , ulug'-buyuk

va boshqalar; ikkinchisi, boshqa tillardan o‘zlashgan

so‘zlar hisobiga, masalan, bo'lim -otryad, dalil-fakt, reja-plan va hokazo.

Sinonimlarning paydo bo‘lishi til lug‘at tarkibining boyib, yangilanib borishining

garovidir. Ular yordamida fikr aniqroq va maqsadga muvofiqroq ifodalanishi

mumkin. Ingliz tilida esa ichki rivojlanish natijasida shakllangan so’zlarga misol

tariqasida

begin-start, ask-inquire

sinonimlarini keltirishimiz mumkin. Tashqi

manbalardan o’zlashgan so’zlarga esa quyidagilarni keltirib o’tamiz:

Freedom

(Germanic) –

Liberty

(French via Latin)

Ikkalasi ham “erkinlik” degan ma’noni bildiradi.

“Freedom” – oddiy, keng ishlatiladigan.

“Liberty” – ko‘proq siyosiy yoki rasmiy kontekstda.

End

(Old English) –

Terminate

(Latin)

“End” – oddiy, sodda.

“Terminate” – rasmiy, huquqiy yoki texnik kontekstlarda.

Bundan tashqari, har bir til lingvistikasida sinonimik qator tushunchasi

mavjud bo’lib, masalan,

botir, qo'rqmas, dadil, mard, jasur

yoki

baland, yuqori

so'zlari alohida sinonimik qatomi tashkil etadi. Ingliz tilida

earth, ground, land, soil

so'zlari bir sinonimik qatoiga kiradi. Biroq sinonimik qatorga kirgan har bir so‘z

o'zining, qo’llanishi bilan farq qiladi. Bir sinonimik qatorga kirgan so‘zlar bir xil so‘z

turkumiga oid bo‘lishi zarur [1]. Shuningdek, sinonimik qatorda salbiy ma’no

ifodalovchi va ijobiy ma’no ifodalovchi so’zlar mavjud bo’ladi, masalan,

yuz,

chehra, aft, turq, nusxa, chehra, oraz, bashara

sinonimik qatorida

aft, turq, nusxa

va

bashara

so’zlari salbiy ma’noda qo’llanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

194

1.

Voy, basharang qursin, nima balo bo’ldi? Hammomning go’laxiga o’xshab

ketibsan. [5.183].

2.

Shu vaqt butalar orasidan “ket!” degan yo’g’on ovoz keldi-yu, itlarning

turqi o’zgardi-qoldi [5. 203].

Bu sinonimik qatorga kiruvchi so’zlar

yuz

so’zining asosiy ma’nosi bilan

birlashgan.

Yuz

so’zi mazkur sinonimik qatorning yetakchisi yoki dominanti

hisoblanadi.

Har ikki tilda ham sinonimlar bir xil turlarga ajraladi [1].

1.

To‘liq sinonimlar (absolute synonyms)

. Ma’no jihatidan bir-birining

o‘rnida hech qanday farqsiz ishlatiladigan sinonimlardir: huquqshunos — yurist,

do‘stlik — birodarlik, yoki inglizcha begin — start, end — finish, buy — purchase.

2.

Semantik sinonimlar (semantic synonyms)

. Ma’nodosh bo‘lsa-da, ayrim

semantik (mazmun) farqlarga ega bo‘lgan so‘zlar: sog‘inch, qumsash, sog‘inmoq

(hammasi sog‘inishni bildiradi, lekin darajasi farq qiladi), baxtli, mamnun, rozi

Ingliz tilida esa: look, glance, stare, gaze (hammasi "qaramoq", lekin usuli

yoki davomiyligi farq qiladi), ask, inquire, question, strong, powerful, and forceful.

3.

Kontekstual sinonimlar (contextual synonyms)

. Faqat muayyan

vaziyatda yoki matn doirasida bir-birining o‘rnida ishlatiladigan so‘zlar: o‘qituvchi,

murabbiy, ustoz (hammasi o‘rgatuvchi, lekin kasb, kontekstga qarab farqlanadi),

bola, farzand, nabira (shaxsga nisbatan aytilganiga qarab farqlanadi), tibbiyot,

sog‘liqni saqlash, davolash

Inglizcha misollar: doctor, physician, medic (konkret holatlarga bog‘liq),

home, house, residence, writer, author, novelist.

4.

Stilistik sinonimlar (stylistic synonyms)

. Ma’no sifatlarida emotsional-

ekspressiv hissiyotni ifodalovchi sinonimlar: yuz, bashara, aft, chehra, nusxa, turq

kabi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ingliz va oʻzbek tillaridagi sinonimlarni

korpus lingvistikasi asosida taqqosiy tahlil qilish natijasida ushbu birliklarning

nafaqat semantik jihatdan, balki stilistik, kollokatsion va kontekstual xususiyatlari

bilan ham farqlanishi ayon bo‘ladi. Korpus materiallari orqali sinonimlarning real


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

195

nutqdagi qo‘llanish chastotasi, uslubiy ohangi va birikmalardagi o‘rnini aniqlash

imkoniyati yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Sharq nashriyot- matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahriri. T., 2010.

2.

Hojiyev A. O’zbek tili sinnonimlarining izohli lug’ati. O’qituvchi nashriyoti. T.

1974.

3.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. Yangi asr avlodi nashriyoti. T., 2009.

4.

David Alan Cruse. Lexical semantics. Cambridge University Press. 1986.

5.

O’zbek tilining izohli lug’ati. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy

nashriyoti. T. 2006.