MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
170
OG`ISHGAN XULQ TURLARINING PSIXOLOGIK TASNIFI
Rajabova Visola Sadriddinovna
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 62 IDUM amaliyotchi psixologi.
Annotatsiya: Og`ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularni
o`xshash belgilar bo`yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan
bo`lsa-da, shartli hisoblanadi. Ryeal hayotda alohida shakllar ko`pincha
uyg’unlashadi yoki kesishadi, og`ishgan xulqning alohida aniq qoliplari individual
bo`yalgan va takrorlanmas bo`ladi.
Kalit so’zlar: Psixologik tasniflar, og`ishgan xulq turlari, axloq oqibati,
nostandart va destruktiv axloq, axloqsizm, og`ishgan xulqining ko`rinishlari.
Psixologik yondoshuv shaxsning og`ishgan xulqidagi alohida ko`rinishlarni
ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi
myezonlar asosida quriladi:
buzilgan me'yor turi;
axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad;
ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar;
axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.
Psixologik yondoshuv doirasida og`ishgan xulqning turli tipologiyasidan
foydalaniladi. Ko`pchilik mualliflar, masalan,
Yu.A. Klyeybyerg axloqiy
deviatsiyaning uchta asosiy guruhini ajratadi: salbiy (masalan, giyohvand moddalar
iste'mol qilish), ijobiy (masalan, ijtimoiy ijodkorlik) va ijtimoiy-xolis (masalan,
tilanchilik).
Shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tizimlashtirishning birmuncha
to`liq va qiziqarli variantlaridan biri bizning nazarimizda S.P. Korolyenko va T. A.
Donskix ga tegishli. Mualliflar barcha axloqiy deviatsiyani ikkita katta guruhga
bo`ladilar: nostandart va destruktiv axloq. Nostandart axloq tafakkurning yangi
shakli, yangi qoyalar, shuningdek, axloqning ijtimoiy steryeotiplari doirasidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
171
chiquvchi harakatlarga ega bo`lishi mumkin. Bunday shakl garchi aniq tarixiy
sharoitlarda qabul qilingan me'yorlardan chetga chiqsa- da, biroq jamiyatning
kelgusidagi rivojlanishida ijobiy rol o`ynovchi faollikni ko`zda tutadi. Nostandart
axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, oppozitsionyerlar, bilimning qaysidir
soxasini ilk ochuvchilarni keltirish mumkin. Ushbu guruh qat'iy ma'noda og`ishgan
xulq deb tan olinishi mumkin emas.
Destruktiv axloq tipologiyasi uning maqsadlariga muvofiq tiziladi. Bir
xolatda bu ijtimoiy me'yorlarni (qonuniy, ma'naviy-yetuk, madaniy) buzishga
yo`naltirilgan tashqi destruktiv maqsadlar va munosib ravishda tashqi destruktiv
axloq. Ikkinchi qolda – shaxsning o`zini dezintyegratsiyaga yo`naltirilgan ichki
destruktiv maqsadlar, uning ryegryessi va munosib ravishda ichki dyestruktiv axloq.
Tashqidestruktiv axloq, o`z navbatida, addiktiv va antiijtimoiyga bo`linadi.
Addiktiv axloq reallikdan kyetish va istalgan hissiyotni olish maqsadida maxsus
faollik yoki qandaydir moddalardan foydalanishni ko`zda tutadi. Antiijtimoiy axloq
mavjud qonun va boshqa odamlar huquqlarini qonunga qarshi, asotsial, axloqsiz-
byeadab axloqlar shaklida buzuvchi harakatlardan iborat.
Ichki dyestruktiv axloq guruhida S.P.Korolyenko va T.A.Donskix
quyidagilarni ajratadilar: suitsid, konformistik, nartsissik, fanatik va autik axloq.
Suitsid axloq o`z-o`zini o`ldirishning yuqori xavfi bilan xaraktyerlanadi. Konfor-
mistik – individuallikka muqtoj, faqat tashqi avtorityetga yo`naltirilgan axloq.
Nartsissik – shaxsiy buyukligi tuyqusi bilan boshqariladi. Fanatik – qandaydir qoya,
nuqtai nazarga ko`r-ko`rona byerilgan shaklda yuzaga chiqadi. Autistik – odamlar
va atrofdagi harakatlardan byevosita chyegaralanganlik, shaxsiy fantaziyasi olamiga
sho`nqiganlikda ko`zga tashlanadi
Dyestruktiv axloqning barcha sanab o`tilgan shakllari, olimlar fikriga ko`ra,
qayot sifatining yomonlashishi, o`z axloqiga tanqidni pasaytirish, kognitiv xatolar
(sodir bo`lganlarni qabul qilish va tushunishda) o`z-o`zini baholash va hissiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
172
buzilishlar kabi dyeviant myezorlarga javob byeradi. Nihoyat, ular katta
eqtimol bilan shaxsning yakkalanib qolishigacha bo`lgan ijtimoiy moslashmasligiga
olib kyeladi.
Psixologik adabiyotlarda shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini
tasniflashda boshqa yondoshuvlarni ham uchratish mumkin.
Kelgusida biz axloqiy og’ishlarning og`ishgan xulqning salbiy oqibatlari va
buzilgan mye'yor ko`rinishlari kabi yetakchi mezonlarga asoslangan shaxsiy
tasnifimizga suyanamiz.
Sanab o`tilgan mezonlarga muvofiq og`ishgan xulqning uchta asosiy
guruhini ajratamiz: antiijtimoiy (delinkviyent) axloq, asotsial (axloqsiz) axloq,
autodyestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi) axloq.
Antiijtimoiy (delinkvyent) axloq – bu qonun mye'yorlariga qarshi chiquvchi,
ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik
bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o`z ichiga oladi.
Katta odamlar (18 yoshdan kattalar) da dyelinkvyent axloq, ayniqsa, o`z
ortidan jinoiy yoki fuqarolik javobgarligi va tyegishli jazoni boshlab kyeluvchi
qonunbuzarlik shaklida namoyon bo`ladi. O`smirlarda (13 yoshdan boshlab)
dyelinkvyent axloqning quyidagi turlari ustunlik qiladi: byezorilik, mayda o`qrilik,
o`qrilik, vandalizm, jismoniy zo`rlik, giyohvand moddalarni sotish. Bola yoshida (5
yoshdan 12 yoshgacha) o`zidan kichik yoshdagi bolalar va tyengdoshlariga nisbatan
zo`ravonlik, qayvonlarga shafqatsiz munosabat, o`qrilik, mayda byezorilik, mulkni
buzish, yondirish kabi shakllari birmuncha kyeng tarqalgan.
Asotsial axloq – bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga byevosita xavf
soluvchi, axloqiy-ma'naviy mye'yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuzkor
axloq, jinsiy dyeviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqalar, fog’ishabozlik, yomon yo`lga
kirish, vuayyerizm, eksgibitsionlik va boshqalar), pulga azart o`yinlarga tortilish,
daydilik, boqimandalik sifatida namoyon bo`ladi.
O`smir yoshida uydan chiqib kyetish, daydilik qilish, maktabga bormaslik
yoki ta'lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuityet (tartibsiz jinsiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
173
aloqa), graffiti (dyevorga uyatsiz xaraktyerdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish),
submadaniy dyeviatsiyalar (slyeng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.
Bolalarda esa uydan qochib kyetish, daydilik, maktabga bormaslik,
tajovuzkor axloq, qiybat qilish, yolqon, o`qrilik, ta'magirlik (tilanchilik) kabi
ko`rinishlarda uchraydi.
Asotsial axloqning chyegaralari, ayniqsa, o`zgaruvchan, chunki u boshqa
axloqiy dyeviatsiyalardan ko`ra madaniyat va vaqtning ta'siri ostidadir.
Autodyestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi axloq) – bu tibbiy va psixologik
mye'yorlardan og`ishgan, shaxsning rivojlanishi qamda umuman o`ziga xavf
soluvchi axloq. O`z-o`zini parchalovchi axloq zamonaviy dunyoda quyidagi asosiy
shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq, ozuqaga muqtojlik, kimyoviy
moddalarga muqtojlik (psixofaol moddalarni suiistye'mol qilish), fanatik axloq
(masalan, dyestruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq, viktim axloq
(jabrlanuvchining axloqi), qayot uchun aniq ko`rinib xatarli faoliyat (sportning
ekstryemal turlari, avtomobilda yurganda tyezlikni o`ta oshirish va boshqalar).
O`smir yoshda autodyestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga
o`xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O`smir
kiritilgan
guruh
autodyestruktsiyaning
quyidagi
shakllarini
tuqdiradi:
giyohvandlikka mutye bo`lib qolgan axloq, o`z-o`zini kyesish, kompyutyerga
boqlanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq – suitsidal axloq.
Bolalik yoshida chekish va toksikomaniyaga moyillik bor, biroq umuman
olganda ushbu yoshdagilar uchun autodyestruktsiya davri kam xaraktyerlidir.
Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita – o`ziga yoki
boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “dyestruktiv axloq”ning yagona o`qida
joylashganini ko`ramiz.
Dyestruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi bo`yicha og`ishgan
xulqning quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin: antiijtimoiy (faol-
dyestruktiv) – proijtimoiyye (antiijtimoiy guruhlar mye'yoriga moslashgan, nisbatan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
174
dyestruktiv) – asotsial (passiv-dyestruktiv) – o`z-o`zini parchalovchi (passiv-
autodyestruktiv) – o`z-o`zini o`ldiruvchi (faol-autodyestruktiv).
Og`ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularni o`xshash belgilar
bo`yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan bo`lsa-da, shartli
hisoblanadi. Ryeal hayotda alohida shakllar ko`pincha uyg’unlashadi yoki
kesishadi, og`ishgan xulqning alohida aniq qoliplari individual bo`yalgan va
takrorlanmas bo`ladi.
ADABIYOTLAR
1.
Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.
2.
Boboyev X.B., A.X.Saidovlar umumiy taxriri ostida. «Uzbekiston
Respublikasi Konstitupiyasini o’rganish». «Uzbekistan» nashriyoti Toshkent-2001.
3.
Beshcheva S.A. «Slojnыy mir podrostka». Sverxtovsk 1984.
4.
To’laganova G.K. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi buyicha
tarbiyasi «Qiyin» o’smirlar psixologiyasiga metodik ko’rsatmalar».
5.
Fayziyev Ya. M
.
«Umumiy va tibbiy psixologiya». Toshkent Abu Ibn
Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2000.
6.
G’oziyev E. G. «Tarbiyasi «O’iyin» o’smirlar psixologiyasi».
Lektorga yordam. Toshkent-1984.