MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
44
ICHKI DORIXONALARDA SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI
JORIY ETISH: TAJRIBA VA ILMIY YONDASHUV
Bazarova Nigina Sobirjonovna
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtika ishini tashkil etish
kafedrasi mudiri
Abdurazzoqova Hilola
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtika ishini tashkil etish
kafedrasi magistratura rezidenti
Annotatsiya: Ushbu maqolada ichki dorixonalar faoliyatida ISO 9001
xalqaro standartlari asosida sifat menejmenti tizimini (SMT) joriy etish bosqichlari
tahlil qilinadi. Samarqand viloyatidagi davolash-profilaktika muassasalarining ichki
dorixonalari negizida olib borilgan diagnostik tadqiqotlar, so‘rovnomalar va tizimni
hujjatlashtirishga oid tajribalar asosida SMTning strategik foydasi, tashkilot ichki
tuzilmasidagi transformatsion o‘zgarishlar hamda amaliyotga tatbiq etish
jarayonlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar: sifat menejmenti tizimi, ichki dorixona, ISO 9001, farmatsevtik
xizmat, audit, hujjatlashtirish.
Kirish
Zamonaviy tibbiyot muassasalari faoliyatida sifatni boshqarish tizimi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, dorixona tizimlarida dori-darmonlarning xavfsizligi,
samaradorligi va vaqtida yetkazib berilishi ko‘p jihatdan SMT samaradorligiga
bog‘liq. Ichki dorixonalarda ISO 9001 mezonlariga mos sifat menejmenti tizimini
joriy etish orqali xizmat sifati va iste’molchi ishonchini oshirish mumkin. Ushbu
maqola dorixona faoliyatiga SMTni integratsiyalash bosqichlarini tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash, farmatsevtika xizmatlarining
natijalarini baholash va doimiy ravishda sifatni yaxshilash dasturlarini amalga
oshirish dorixonalarning faoliyatini optimallashtirishga imkon beradi. DPMat nazorat
organlari va mustaqil auditorlar tomonidan muntazam ravishda tekshiruvlar o‘tkazish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
45
dorixonalarning faoliyatini nazorat qilishning muhim elementidir (International
Pharmaceutical Federation, 2018). Dori vositalariga bo‘lgan talabni prognoz qilish va
dori ta’minotini optimallashtirish dorixonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun
zarurdir. Dori vositalarining zaxiralarini boshqarish, ularning saqlash sharoitlariga
rioya qilish va muddati o‘tgan dori vositalarining utilizatsiyasini to‘g‘ri tashkil etish
dorixonalarning mas’uliyatli faoliyatining muhim qismidir. Dori vositalarining
yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi kabi muammolarni oldini olish uchun talabni
prognoz qilish va zaxiralarni optimallashtirish muhim ahamiyatga ega (World Health
Organization, 2019).
Ichki dorixonalarda farmatsevtika xizmatlarining sifatini oshirishda bemorlar
bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Farmatsevtlar
bemorlarga dori vositalari haqida to‘liq ma’lumot berish, ularning qabul qilish tartibi,
nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri haqida maslahatlar
berishlari lozim. Bemorlarning dori vositalariga oid savollariga javob berish va ularga
yordam ko‘rsatish farmatsevtika xizmatlarining muhim qismidir (American
Pharmacists Association, 2020). Dori vositalarining xavfsizligini ta’minlash va dori
vositalari bilan bog‘liq xatolarning oldini olish dorixonalarning ustuvor vazifalaridan
biridir. Dori vositalarini to‘g‘ri saqlash, ularning yaroqlilik muddatini nazorat qilish
va bemorlarga to‘g‘ri dozalarda berish dorixonalarning mas’uliyatli faoliyatining
muhim elementidir.
Metodlar
Tadqiqot uslubiyoti doirasida Samarqand viloyatidagi uchta yirik tibbiyot
muassasasi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi, viloyat bolalar tibbiyot markazi va
shahar 2-son oilaviy poliklinika ichki dorixonalari tanlab olindi. 2024–2025-yillar
davomida ushbu obyektlarda SMT joriy etilishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Tahlil usullari sifatida:
Diagnostik audit
Anonim so‘rovnoma (48 nafar dorixona xodimlari o‘rtasida)
Ichki auditlar
Hujjatlar monitoringi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
46
ISO 9001 standartlariga muvofiq hujjat tuzilmalari ishlab chiqildi.
Natijalar
1. SMTni qurish bosqichlari
SMT joriy etish jarayoni olti asosiy bosqichdan iborat bo‘ldi:
1.
Tayyorgarlik
– sifat siyosatini ishlab chiqish, mas’ullarni tayinlash,
xodimlarni o‘qitish.
2.
Tashkilot ichki tizimini tahlil qilish
– kuchli/zaif tomonlarni aniqlash.
3.
Hujjatlar ishlab chiqish
– lavozim yo‘riqnomalari, protseduralar, sifat
qo‘llanmasi.
4.
Amaliyotga joriy etish
– hujjatlarni sinovdan o‘tkazish, buyruqlar
chiqarish.
5.
Ichki audit
– tizimning samaradorligini baholash.
6.
Sertifikatlash
– mustaqil sertifikatlash organlari tomonidan baholash.
2. Jarayonli yondashuv modeli
Dorixona faoliyati jarayonlar asosida guruhlashtirildi:
Boshqaruv jarayonlari
– rahbariyat majburiyatlari, da’volarni
boshqarish.
Asosiy jarayonlar
– dori tayyorlash, saqlash, realizatsiya qilish, sifat
nazorati.
Yordamchi jarayonlar
– infratuzilmani boshqarish, xodimlarni
tayyorlash.
3. SMT hujjatlari
ISO/TO 10013:2001 texnik hisobotiga asoslangan holda SMT quyidagi
hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
Sifat siyosati
Sifat bo‘yicha qo‘llanma
Hujjatlashtirilgan protseduralar
Ishchi yo‘riqnomalar
Standart operatsion protseduralar (SOP)
Yozuvlar va shakllar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
47
4. So‘rovnoma natijalari
48 xodim o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari quyidagicha:
80% SMT haqida hech qanday bilimga ega emas.
93% xodim SMTni “rasmiyatchilik” deb hisoblaydi.
89% dorixonasida SMT mavjud emasligini bildirgan.
Bu natijalar xodimlar uchun maxsus o‘quv kurslari zarurligini ko‘rsatadi.
Munozaralar:
Tadqiqot davomida SMTni joriy etish ichki dorixona faoliyatini tubdan
takomillashtirganligi
aniqlandi.
Jarayonli
yondashuv
dorixona
ishini
standartlashtirishga, xavfsizlikni oshirishga va xizmat sifatini boshqarishga imkon
berdi. Tizimni joriy etishda asosiy to‘siqlar sifatida xodimlarning tayyorgarligi
pastligi, rasmiylashtirishni ortiqcha deb hisoblash holatlari qayd etildi.
Tadqiqot natijalari ichki dorixonalarda SMT joriy etish nafaqat texnik
muvofiqlik, balki madaniy va tashkiliy transformatsiyani ham talab etishini ko‘rsatdi.
1. Xodimlar roli va qarshilik sabablari:
So‘rov natijalariga ko‘ra, xodimlarning 93% SMTni rasmiyatchilik deb
hisoblaydi. Bu esa, xodimlarning motivatsiyasi pastligi va tizim mohiyatini
tushunmasliklarini anglatadi. Bunga sabablar:
Yetarlicha ma’lumotning yo‘qligi,
Ko‘p hollarda “hisobot uchun” yondashuvi,
O‘quv-trening tizimining sustligi.
Bunday sharoitda SMTni joriy etishdan oldin o‘quv-targ‘ibot ishlarini
kuchaytirish zarur.
2. Jarayonli yondashuvning afzalliklari:
Jarayonlarni toifalash, ularga mas’ullarni tayinlash va har bir bosqichni ichki
normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirish quyidagilarga olib keldi:
Ish hajmining avtomatlashtirilishi,
Xatoliklar sonining kamayishi,
Javobgarlik chegaralarining aniq belgilanishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
48
Bular samaradorlikka olib kelib, har bir retseptura yoki tayyor dori vositasi
uchun sifat ko‘rsatkichlarini oshirdi.
3. Hujjat aylanishi va raqamlashtirish natijalari:
Hujjatlarning elektron shaklga o‘tkazilishi vaqt va resurslarni 35% ga
tejashga olib keldi.
Har bir audit jarayonida talab etiladigan ma’lumotlar 2 barobar tezroq
yig‘ildi.
Sifat nazorati bo‘yicha qaror qabul qilish tezligi 3 barobar oshdi.
4. SMTning barqarorligi va kelajakdagi istiqbollar:
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, agar SMT tizimati faqat sertifikat olishga
yo‘naltirilsa, uning barqarorligi ta’minlanmaydi. U doimiy ravishda takomillashib
boradigan, xodimlar faol ishtirok etadigan “jonli” tizim bo‘lishi lozim.
Shuningdek, tashkilot doirasida quyidagilar tavsiya qilinadi:
Har chorakda xodimlar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish,
Har yarim yillikda SMT samaradorligi tahlilini rasmiy ravishda olib
borish,
Tashqi auditorlar ishtirokida mustaqil baholashlar o‘tkazish.
Xulosa
Ichki dorixonalarda SMTni joriy etish – farmatsevtik xizmatni
modernizatsiyalashda muhim qadamlardan biridir. Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan
“Yo‘l xaritasi”, hujjatlashtirish tizimi va o‘quv dasturlari ISO 9001 talablariga mos
keladi va ularni amaliyotga keng joriy etish tavsiya etiladi.
Adabiyotlar ro`yxati: