Authors

  • Komolova Gulhayo Shukirillo qizi

Author Biography

  • Komolova Gulhayo Shukirillo qizi

    Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti.

    email:gulhayokomolova199@mail.ru, tel:+9989965537

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116778

Keywords:

matematik bilimlar pedagogik shart-sharoitlar kundalik hayot talaba ta’lim jarayoni amaliy kontekst.

Abstract

Ushbu maqolada talabalarni matematik bilimlarini kundalik hayotiy vaziyatlar orqali shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada kundalik hayotdagi masalalar yordamida matematik bilimlarni chuqurlashtirish va talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

379

TALABALARNI KUNDALIK HAYOTIY KONTEKSTLARI ASOSIDA

MATEMATIK BILIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

SHART-SHAROITLARI

Komolova Gulhayo Shukirillo qizi

Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti.

email:gulhayokomolova199@mail.ru, tel:+9989965537.

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni matematik bilimlarini kundalik

hayotiy vaziyatlar orqali shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-

sharoitlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot

bilan bog‘lash, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Maqolada kundalik hayotdagi masalalar yordamida matematik bilimlarni

chuqurlashtirish va talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari

ko‘rib chiqiladi.

Annotation: This article analyzes the pedagogical conditions for shaping and

developing students' mathematical knowledge through everyday life situations. In the

modern educational process, linking theoretical knowledge with practice is

considered an important factor in increasing the effectiveness of education. The

article explores ways to deepen mathematical knowledge through real-life problems

and to develop students' independent thinking skills.

Аннотация: В данной статье анализируются педагогические условия

формирования и развития математических знаний студентов через

повседневные жизненные ситуации. В современном образовательном процессе

связывание теоретических знаний с практикой является важным фактором

повышения эффективности обучения. В статье рассматриваются пути

углубления математических знаний с помощью задач из реальной жизни и

развития у студентов навыков самостоятельного мышления.

Kalit so‘zlar: matematik bilimlar, pedagogik shart-sharoitlar, kundalik hayot,

talaba, ta’lim jarayoni, amaliy kontekst.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

380

Key words: mathematical knowledge,pedagogical conditions,everyday

life,student, educational process, practical context

Ключевые слова: математические знания, педагогические условия,

повседневная жизнь, студент, образовательный процесс, практический

контекст

Kirish

Bugungi kunda ta’limning asosiy maqsadlaridan biri talabalarning amaliy

ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

hisoblanadi. Ayniqsa, matematik fanlar doirasida nazariy bilimlarni kundalik

hayotdagi vaziyatlarga tatbiq etish imkoniyatlari pedagogik jarayonda ustuvor

ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham talabalarga matematik bilimlarni o‘z hayotiy

tajribasi asosida egallashlari uchun sharoit yaratish zarur. Texnik yo‘nalishdagi

talabalar uchun matematik bilimlar nafaqat nazariy asos, balki amaliy ish

faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Zamonaviy texnika, muhandislik,

informatika, elektrotexnika kabi sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun

matematik bilimlarni chuqur va keng qamrovda egallash zarur. Shu bois, ta’lim

jarayonida matematikani faqat nazariy bilimlar majmuasi sifatida emas, balki

kundalik hayotiy va texnik masalalarni hal qilishda asos sifatida o‘rgatish muhimdir.

1.

Matematik bilimlarni rivojlantirishda kundalik hayotiy kontekstlarning

o‘rni.

Kundalik hayotdagi turli vaziyatlar, masalan, xarid qilish, moliyaviy hisob-

kitoblar, vaqtni boshqarish, o‘lchovlar va boshqalar, matematik bilimlarni amaliy

qo‘llash uchun qulay platforma hisoblanadi. Talabalar ushbu vaziyatlar orqali

matematik tushunchalarni yanada yaxshiroq anglashadi va ularni mustahkamlash

imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bu usul yordamida matematik fikrlashning

yanada tizimli va kreativ shakllari rivojlantiriladi.

2. Pedagogik shart-sharoitlar

Pedagogik-didaktik shart-sharoitlarning mohiyati:

Pedagogik-didaktik shart-sharoitlar deganda ta’lim jarayonini samarali tashkil

etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik, tashkiliy va pedagogik holatlar tushuniladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

381

Bu shart-sharoitlar talabalarning matematik bilimlarini nafaqat egallash, balki

kundalik va texnik kontekstlarda samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Matematik bilimlarni kundalik hayotiy kontekstlarda rivojlantirish uchun

quyidagi pedagogik shart-sharoitlar muhimdir:

2.1. Ta’lim muhitini amaliylashtirish

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan bog‘lash uchun

masalalar va topshiriqlar berilishi kerak. Misol uchun, talabalar kundalik hayotdagi

muammolarni matematik usullar yordamida hal qilishga o‘rgatiladi.

2.2. Talabalar faoliyatini rag‘batlantirish

Talabalarni mustaqil fikrlashga, izlanishga va amaliy tajribalar o‘tkazishga

undovchi pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi lozim. Bu orqali ularning qiziqishlari

ortadi va matematik bilimlarga bo‘lgan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgaradi.

2.3. Interaktiv metodlardan foydalanish

Diskussiya, loyiha ishlari, guruhdagi muammolarni birgalikda yechish kabi

metodlar talabalarning o‘zaro fikr almashinuvi va ijodkorlik qobiliyatlarini

rivojlantirishda samarali bo‘ladi.

2.4. Baholash tizimini moslashtirish

Talabalar faolligi va amaliy ko‘nikmalarining rivojlanishini baholashda

nafaqat nazariy bilimlar, balki kundalik hayotiy vaziyatlarda ularning bilimlarini

qo‘llay olish qobiliyatiga ham e’tibor berilishi kerak.

O‘quv-maslahat tizimini kundalik va texnik misollar bilan boyitish

O‘qituvchilar matematik mavzularni tushuntirishda kundalik hayotdagi va

texnik sohadagi misollardan keng foydalanishi kerak. Misol uchun:

Hajm va yuzani hisoblashda sanoat jarayonlari va texnika buyumlari

hajmidan foydalanish.

Differensial tenglamalarni elektr zanjirlarining ishlash prinsiplari

kontekstida o‘rgatish.

Statistika va ehtimollik nazariyasini ishlab chiqarish jarayonlari va sifat

nazoratida tatbiq qilish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

382

2.5. Amaliy laboratoriya va loyiha ishlari

Talabalar uchun real muhandislik muammolarini hal qilishga qaratilgan

loyiha va laboratoriya ishlari tashkil etilishi shart. Bu ularga matematikani real

kontekstlarda qo‘llash imkonini beradi.

2.6. Talabalarni faol ishtirokga jalb qilish

Matematik bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish uchun talabalarni

muammolarni mustaqil tahlil qilishga, guruhlarda ishlashga va natijalarni taqdim

etishga rag‘batlantirish lozim. Bu jarayonda interaktiv metodlardan (diskussiya,

loyiha asosida o‘rganish, rolli o‘yinlar) foydalanish samarali bo‘ladi.

2.7. O‘quv materiallarini moslashtirish

Matematik materiallarni texnik yo‘nalish talabalarining qiziqishlari va

ehtiyojlariga moslab, kundalik hayotdan olingan misollar bilan boyitish zarur. O‘quv

uslubiy qo‘llanmalar, elektron resurslar va simulyatsiya dasturlari yordamida

materialni yanada tushunarli qilish mumkin.

2.8. Baholash tizimini amaliy ko‘nikmalarni inobatga olgan holda tashkil

etish

Baholash faqat nazariy bilimlarni emas, balki talabalar kundalik va texnik

kontekstda bilimlarini qo‘llash, muammolarni yechish ko‘nikmalarini ham hisobga

olishi kerak. Bu talabalarni amaliy fikrlashga yanada ko‘proq undaydi.

Kundalik hayot kontekstlarini texnik ta’limda qo‘llashning ahamiyati

Texnik yo‘nalish talabalarining kundalik hayotdagi vaziyatlarni o‘rganishi va

ulardan matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llashlari quyidagi afzalliklarni beradi:

Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash:

Talabalar matematik tushunchalar

va qonuniyatlarni real hayotiy masalalar orqali o‘rganib, ularni chuqurroq anglaydi.

Masalan, mexanikada kuch va harakat, elektr zanjirlaridagi kuchlanish va qarshilikni

hisoblashda matematik usullarni qo‘llash.

Muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:

Kundalik va

texnik vaziyatlardan kelib chiqib, muammolarni aniq belgilash, analiz qilish va

yechim topish ko‘nikmalarini mustahkamlash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

383

Talabalarning qiziqishini oshirish:

Kundalik hayotiy masalalar bilan

bog‘liq bo‘lgan vazifalar o‘quv jarayoniga qiziqish uyg‘otadi, ta’lim jarayonini

yanada interaktiv va qiziqarli qiladi.

3. Texnik ta’limda kundalik kontekstlardan foydalanishning didaktik

tamoyillari

Konseptuallik va amaliy ahamiyat:

Matematik tushunchalar har doim

real hayot yoki texnik muammolarga bog‘langan bo‘lishi kerak.

Tizimlilik:

O‘quv jarayonida kundalik hayotiy vaziyatlar va texnik

masalalar o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatilishi, mavzular o‘zaro integratsiyalashgan holda

berilishi lozim.

Fazoviy va vaqtli doimiylik:

Talabalarga matematik bilimlarni har xil

vaziyatlarda, turli sharoitlarda qo‘llash ko‘nikmasi shakllantirilishi kerak.

Moslashuvchanlik:

O‘quv jarayoni talabalar ehtiyojlari, texnik

sohaning yangiliklari, zamonaviy texnologiyalar asosida doimiy yangilanib borishi

zarur.

Amaliy tadqiqotlar va natijalar

Ushbu yondashuv bo‘yicha olib borilgan pedagogik tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, talabalar matematik bilimlarini kundalik hayotiy masalalar orqali

o‘rganganida ular mavzuni yaxshiroq tushunadi va uni hayotda qo‘llashga tayyor

bo‘ladilar. Shuningdek, talabalar orasida qiziqish va motivatsiya oshadi, mustaqil

fikrlash darajasi yuqorilanadi.

1.

Kundalik hayotiy va texnik masalalar orqali matematikani o‘rgatish

Texnik yo‘nalish talabalari uchun matematik bilimlarni hayotiy va texnik

masalalar orqali o‘rgatish nafaqat nazariyani mustahkamlaydi, balki ularni amaliy

faoliyatga tayyorlaydi.

Pedagogik shart-sharoit:

O‘qituvchi talabalarga uy sharoitidagi oddiy elektr

qurilmalari (masalan, chiroq, mikser) haqida ma’lumot beradi va ularning qancha

energiya sarflayotganini kundalik hayot misolida hisoblashni topshiradi. Bu

talabalarni amaliy hisoblashga jalb qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

384

O‘lchovlar va o‘lchov birliklarini o‘rganish (geometriya)

Kontekst:

Talabalar qurilish yoki mexanik loyihalash jarayonida zarur

o‘lchovlarni aniqlashlari va birligiga moslashtirishlari talab qilinadi.

Matematik bilim:

Uzunlik, yuzasi, hajm va ularning birliklari (metr,

santimetr, millimetr, kub metr va boshqalar) haqidagi bilimlar.

Pedagogik shart-sharoit:

O‘quv mashg‘ulotlari davomida talabalar qurilish

maydonining o‘lchamini aniqlash, loyihaning qismlarini chizish va o‘lchov

birliklarini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Bu ularga o‘lchash va chizish qobiliyatlarini

rivojlantirishga yordam beradi.

Statistika va ehtimollikni ishlab chiqarishda qo‘llash

Kontekst:

Talabalar ishlab chiqarish jarayonida sifat nazoratini o‘rganishlari

kerak.

Matematik bilim:

O‘rta arifmetik, dispersiya, standart og‘ish, ehtimollik

asoslari.

Pedagogik shart-sharoit:

Talabalar laboratoriyada ishlab chiqarilgan

mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, statistik ma’lumotlarni yig‘ish,

qayta ishlash va natijalarni sharhlash bilan shug‘ullanadilar. Bu jarayonlar matematik

ehtimollik va statistika fanining amaliy qo‘llanilishi sifatida xizmat qiladi.

Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish

Kontekst:

Termodinamika yoki mexanika bo‘yicha fanlarda talabalar

jarayonlarni matematik tenglamalar orqali tahlil qiladilar.

Matematik bilim:

Diferensial tenglamalar, integral hisoblash, funksiya

grafigi.

Pedagogik shart-sharoit:

Masalan, issiqlik almashinuvining matematik

modellarini tuzish va yechish, yoki mexanik harakat tenglamalarini tahlil qilish.

Talabalar bu jarayonlarda matematikani real texnik vaziyatlarda qo‘llashni

o‘rganadilar.

Vaqtni boshqarish va rejalashtirish masalalari (matematik optimizatsiya)

Kontekst:

Texnik loyihalar uchun vaqt va resurslarni samarali taqsimlash

talab etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

385

Matematik bilim:

Chiziqli dasturlash, optimizatsiya metodlari.

Pedagogik shart-sharoit:

Talabalar loyiha vaqtini kamaytirish yoki

xarajatlarni optimallashtirish vazifalarini hal qilishda matematik modellar yaratadilar.

Bu o‘quv jarayonini real muhandislik va menejment vazifalari bilan bog‘laydi.

2.

Pedagogik-didaktik shart-sharoitlar bo‘yicha xulosa va tavsiyalar

Real masalalarni qo‘llash:

Ta’lim jarayonida kundalik hayot va texnik

soha vaziyatlarini matematik ta’limga integratsiyalash talabalar bilimini

chuqurlashtiradi.

Faol o‘qitish metodlari:

Loyiha ishlari, laboratoriya mashg‘ulotlari,

guruhli muammolarni yechish talabalarni o‘z bilimlarini sinab ko‘rishga

rag‘batlantiradi.

Moslashtirilgan o‘quv materiallari:

Texnik yo‘nalishga xos bo‘lgan

kundalik misollar asosida o‘quv qo‘llanmalar yaratish samarali ta’limni ta’minlaydi.

Baholashni kengaytirish:

Nazariy bilimlardan tashqari, amaliy

ko‘nikmalar, masalalarni yecha olish, ijodiy yondashuvlarni baholash tizimini joriy

etish kerak.

Xulosa Matematik bilimlarni rivojlantirishda talabalarni kundalik

hayotiy kontekstlarga asoslangan holda o‘qitish pedagogik jarayon samaradorligini

oshirishda muhim shart-sharoitdir. Bu yo‘nalishda ta’lim muhitini amaliylashtirish,

talabalarni faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, interaktiv metodlardan keng

foydalanish va baholash tizimini moslashtirish zarur. Bunday yondashuv orqali

talabalar faqat nazariy bilimlarni egallab qolmay, balki ulardan hayotiy vaziyatlarda

samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Texnik yo‘nalishdagi talabalar

uchun matematik bilimlarni kundalik hayot kontekstlarida rivojlantirish pedagogik-

didaktik shart-sharoitlarni yaxlit va tizimli tashkil etishni talab qiladi. O‘qituvchilar

amaliy misollar, interaktiv metodlar va loyiha ishlari orqali talabalarning bilimlarini

nafaqat mustahkamlashlari, balki ularni texnik amaliyotda samarali qo‘llashlari uchun

sharoit yaratishlari lozim. Bu yondashuv talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda

muvaffaqiyat kalitidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

386

ADABIYOTLAR:

1.

“Ehtimollar nazariyasining xizmat ko‘rsatuvchi majmuaning bandligiga

tadbiqi” nomli maqola “SCIENCE SHINE”international scientific journalida chop

etildi. ISSN:3030-377X,2024 y

2.

“Musbat sonli qatorlarning yaqinlashish alomatlari”mavzusini o‘rganishda

innovatsion pedagogik yondashuv” nomli maqola “Modern education and

development” ilmiy jurnalida chop etildi. ISSN:3060-4567 Vol. 9 No. 2 (2024):

https://modernedu-dv.com/index.php/dv/article/view/379,2024-yil, sentabr.

3.

“ Stages Of Drawing Up A Mathematical Model Of The Economic Issue”

nomli maqola “Pedagogical Cluster- Journal of Pedagogical Developments”xalqaro

jurnalida chop etildi. PCJPD: Volume 2,Issue 9, September 2024, online: ISSN 2956-

896X.

4.

“ Stages Of Drawing Up A Mathematical Model Of The Economic Issue”

nomli maqola “Pedagogical Cluster- Journal of Pedagogical Developments”xalqaro

jurnalida chop etildi. PCJPD: Volume 2,Issue 9, September 2024, online: ISSN 2956-

896X.