Authors

  • Maxmudov Ahmad Kadirovich

Author Biography

  • Maxmudov Ahmad Kadirovich

    Toshkent tumani 1 son politexnikum

    Maxsus fan o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116788

Keywords:

Qoida yo‘l haydovchi piyoda yo’l transporti hodisasi qatnov qismi avtomobil muxit o’quvchi.

Abstract

Ushbu maqola hozirgi kundagi davlat siyosati darajasidagi juda dolzarb masala hisoblanadi.Hozirgi kunda statistik ma`lumotlarga asoslangan holda, yo‘l transport hodisasi natijasida ko‘plab yurtdoshlarimiz bevaqt olamdan ko‘z yumishmoqda.Yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti, sog`lig`iga va mol-mulkini himoya qilish samaradorligini  amalga oshirishni taqozo etadi.Mazkur masalada davlatimiz tomonidan alohida e`tibor qaratilib, sohaning huquqiy mehanizmi mustahkamlangani va ular ular asosida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi diqqatga sazovordir.Yo‘l transport hodisalarini kamaytirish uchun avvalo avtomaktablardagi o‘qitish ishlarini to‘g`ri tashkil qilish  maqsadga muvofiqdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

307

YOL TRANSPORT XODISALARI VA ULARNI OG‘IR

OQIBATLARINI OLDINI OLISH

Toshkent tumani 1 son politexnikum

Maxsus fan o`qituvchisi Maxmudov Ahmad Kadirovich

ANNOTATSIYA: Ushbu maqola hozirgi kundagi davlat siyosati

darajasidagi juda dolzarb masala hisoblanadi.Hozirgi kunda statistik ma`lumotlarga

asoslangan holda, yo‘l transport hodisasi natijasida ko‘plab yurtdoshlarimiz bevaqt

olamdan ko‘z yumishmoqda.Yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti, sog`lig`iga va

mol-mulkini himoya qilish samaradorligini amalga oshirishni taqozo etadi.Mazkur

masalada davlatimiz tomonidan alohida e`tibor qaratilib, sohaning huquqiy

mehanizmi mustahkamlangani va ular ular asosida bir qator ishlar amalga

oshirilayotganligi diqqatga sazovordir.Yo‘l transport hodisalarini kamaytirish uchun

avvalo avtomaktablardagi o‘qitish ishlarini to‘g`ri tashkil qilish maqsadga

muvofiqdir.

Kalit soz‘lar: Qoida, yo‘l, haydovchi, piyoda, yo’l transporti hodisasi, qatnov

qismi, avtomobil, muxit, piyoda, o’quvchi.

Kirish:

Hozirgi paytda yo’l transport xodisalari oqibatida qancadan qancha insonlar

hayotdan bevaqt ko’z yumib, yoki nogironlik kursisiga butun umur mixlanib

qolishmoqda.Kimdir onam, otam, bolam deb dod faryod chekib qolishiga sababchi

ayrim qoidalarni mensimaydigan, tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanadigan

haydovchilar sababchi bo’lib qolishmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra har yili yurtimizda 2600 tadan ortiq inson yo’l

transport hodasi oqibatida hayotdan ko’z yummoqda.Ming minglab insonlar

nogironlik kursisiga o’tirib qolishmoqda.

Yo’l transport xodisalarini oldini olish va buning og’ir oqibatlarini

kamaytirish bo’icha, hukumatimiz mutasadi tashkilotlari tomonidan ijoboy ishlar

amalga oshirilmoqda va tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

308

Hech bir haydovchi yo’ga chiqishidan oldin yo’l transporti hodisasini sodir

qilaman deb chiqmaydi.Yo’l transport hodisasini sodir bo’lishiga,qopol ravishda bilib

yoki bilmasdan qoidani buzib,ko’pgina insonlarni umriga zomin bo’lishmoq-

da.Buning asl sabablari nimada ekanligi har bir sog’lom fikrlaydigan insonni chu-

qur o’yga toldiradi. Yo’l transport xodisalari kelib chiqishi bir qancha faktorlarga va

haydovchining ushbu holatga qanchalik tayyorligiga bog’liq.Haydovchiga bog’liq

bo’lmagan sabablardan; yo’l infratuzimasini yaxshi emasligi,yo’l belgilari va

chiziqlarining etishmasligi va undagi ayrim xatoliklar, ob-havo sharoiti va hakozo.

Haydovchiga bog’liq faktorlar; yo’l harakati qoidalarini yaxshi

o’zlashtirmagan,qoidalarni biladi lekin buzadi, shoshma- shosharlik, sabirsizlik,

charchoq alomatlari natijasi, kibirlilik, stres holatda avtomobilni boshqarish,tajriba

etishmasligi,avtomobilni guvohnopmasiz boshqarish,mast holatda boshqarish va

boshqa bir qancha misollar keltirish mumkin.

Avtomaktablarni faoliyatiga nazar tashlasak. Ayrim xususiy sektordagi

avtomaktablarda tasischi nomutaxassis, raxbari mutaxassis bo’lishi mumkin. Raxbar

to’g’ri ishlashga harakat qiladi, lekin tasischi bunga yo’l qo’ymaydi,natijada

o’quvchilardan sifatli haydovchi chiqmaydi.Nazariy mashg’ulotlar yo’l harakati

qoidalari va avtotest savollarini yodlatish bilan mashg’ul.Test savollarini yodlash

bilan sifatli haydovchi chiqmaydi.Tinglovchilarga harakat xavfsizligi qoidalarini ham

mukammal o’rgatish lozim.Bundan tashqari avtomobillarni tuzilishi va hozirgi paytda

eng dolzarb bo’lgan haydovchilarning madaniyati bo’yicha darslarni o’tishni jiddiy

tashkil qilish maqsadli bo’ladi.

Ayrim xususiy avtomaktab o’qituvchi xodimlari orasida o’rta maxsus

malumotga ega bo’lgan xodimlar ham topiladi.Bunday o’qituvchilar yo’ harakati

qoidqlarini yaxshi bilishi mumkin,lekin boshqa fanlar ham borku.Haydovchilarni

tayyorlash faqat avtotest ishlatib, yodlatib natijaga erishilsa bo’ldi degani emas.

Avtobilni amaliy boshqarishga o’rgatish ham ayrim maktablarda yaxshi

yo’lga qoyilmagan. Asosan yopiq maydonlarda qolib ketishmoqda.Haydovchi sifatli

o’qishni bitirib haydovchilik guvohnomasini olsa,yo’l transport hodisalarini

kamayishiga erishiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

309

Yo’l harakatining muommolari va maxsus tomonlari, eng avvalo.

“Avtomobil-Haydovchi-Yo’l-Piyoda -Muxit” tizimi orqali belgilanadi.

Ular o’z navbatida atrof muxitga faoliyat ko’rsatadilar.Bu tashkiliy qismlar

faoliyat ko’rsatib gina qolmasdan,atrof muxit bilan ularning har biri bilan

chambarchast bog’liq bo’ladi.

Endi bu tizimdagi tushunchalarning yo’l transport xodisalarini kelib

chiqishigaqanchalik ta’siri borligini tahlil qilamiz.

Avtomobil-Haydovchi avtomobilni har doim texnik holatini soz holatda olib

yurishi shart va zarur.Agar texnik xizmat o’z vaqtida amalga oshirilmasa, yo’l

transport hodisasi kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Yo‘l

- Yo’l infratuzilmasini yaxshilash uchun tegishli tashkilotlar tomonidan

bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.Ayrim hududlarda masulyatsiz raxbar va

tashkilotlar ham topiladi.

Piyoda

-Afsuski piyodalar orasida oxirgi paytlarda qoida buzarlik

ko’paymoqda.Belgilanmagan joylardan yo’lni kesib o’tish ,to’siq orqasidan to’satdan

chiqib qolishi, etarli ko’rinmaslik sharoitlarida qatnov qismidan harakatlanish va

boshqa hatti harakatlarni qilmasligini, har bir insonga oiladan boshlab bog’cha va

maktablarda o’gatilishi kerak.Ayrim katta yoshli piyodalar o’zlari bolalarini

qo’llaridan ushlab belgilanmagan joylardan o’tadilar.Oxir oqibat yo’l transport

xodisalarini kelib chiqishiga va ko’payishiga olib kelmoqda.

Muxit

-Atrof muxitning yo’l harakati xavf sizligiga mujassamlashgan ta’siri

tushiniladi: ob-havo (metrologik ko’rinish,yog’ingarchilik,shamol,harorat);

Tabiiy landshaft (tekislik,qir-adirlik,tog’lik, yer osti usti suvlari va h.k);

Mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va

h.k)

Haydovchi

- hozirgi paytda transport oqimini ko’pligi hammamizga

ma’lum.SHunday ekan haydovchi avvalo o’zini yaqinlarini, va boshqa harakat

qatnashchilarini hayotini xavf ostiga qoymasdan ma’sulyatni yanada oshirishi lozim.

Xulosa:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

310

Yoʼl harakati qoidalari — bu hayotimizdagi muhim jihatlardan biridir. Ular

nafaqat transport vositalarining harakatini tartibga soladi, balki insonlarning hayotini

saqlab qolishda ham katta ahamiyatga ega.

Yoʼl harakati qoidalari — bu avtomobillar,

piyodalar va boshqa transport vositalarining yoʼllarda harakat qilishini tartibga

soluvchi qoidalar majmuasidir. Ushbu qoidalar jamiyatda xavfsizlikni ta'minlash,

yoʼllarda tartibni saqlash va avariyalarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Har

bir fuqaroga yo'l harakati qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi, chunki bularning

barchasi bizning xavfsizligimiz uchun xizmat qiladi. O'zaro hurmat, ehtiyotkorlik va

mas'uliyat bilan biz yanada xavfsizroq va qulayroq yo'llarni yarata olamiz!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi.[Matn] : o`quv qo`llanma /

J.Qulmuxammedov [va boshqa.]. – Toshkent: “excellent polygraphy”, 2021.-384 b.

2.

Yo‘l harakati qoidalariga suratli sharxlar va mavzuga oid testlar: o`quv-uslubiy

qo`llanma.

3.

O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi (2020). "O'zbekiston

statistikasi: 2020 yilgi hisobot".

4.

Karimov I.A. (1997). "O'zbekistonning mustaqillik yo'lidagi yutuqlari".

Tashkent: O'qituvchi.

5.

Ruziev A. (2018). "Zamonaviy iqtisodiy tizim va uning rivojlanish

tendensiyalari". Tashkent: Fan.

6.

Abdurahmonov S. (2019). "Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning

samaradorligi". Tashkent: Ma'rifat.

7.

Gafurov A. (2021). "Ijtimoiy fanlar asoslari". Tashkent: Universitet