MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
264
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA
O‘QITUVCHILARINING TAYANCH KOMPETENSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH
Qoʼqon universiteti pedagogika – psixologiya kafedrasi dotsenti
Isabaeva M. M., p.f.f.d (PhD),
biologiya kafedrasi katta o’qituvchisi,
Tel: +88-625-42-02. mashxuraisabaeva1978@mail.com
Rahimjonova Muxlisa
Biologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistranti
rahimjonovamuxlisa79@gmail.com
Annatosiya: Maqolada umumta’lim maktablarida biologiyani o’qitishda
o’qituvchilarda tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirish imkoniyatlari ochib
berilgan.
Kalit so’zlar. Umumta’lim maktablari, biologiya, tayanch kompetensiya,
kommunikativ kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, ijtimoiy faol
fuqarolik kompetensiya.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 19-
sentabrda AQShning Nyu - York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ayni davrda insoniyat
tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda
BMT minbarida «Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya»ni qabul qilishni taklif
qildi. Prezidentimiz bunga asos qilib, yoshlarning soni ikki milliarddan ortib
borayotgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir
paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida ko‘rsatdi. Ushbu
konvensiyani imzolagan a’zo davlatlar mamlakat ijtimoiy siyosatida yoshlar
masalasini muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib, zimmasidagi katta mas’uliyatni ado etish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
265
kerak, deb fikr bildiradi. Mazkur zarurat yoshlarni tuban ommaviy madaniyat
hurujlaridan himoya qilish, ularni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari vositasida
tarbiyalash muhim omillardan sanaladi.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Respublikamizda
ta’lim tizimini axborotlashtirish, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish,
kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishga oid nazariy, metodik
tadqiqotlar J.O.Tolipova, YU.M.Asadov, R.G.Isyanov, N.A.Muslimov, B.Z.To’raev,
T.T.SHaymardonov,
O.Mavlonov,
G.S.Ergasheva,
A.Raximov,
I.Azimov,
M.N.Ibodova, N.J.Toshmanov, S.Najimova va I.A.Eshmamatovlar tomonidan
pedagogik asoslari takomillashtirib borilgan. Nazariy tadqiqotlar mantig’i bizni
bo’lajak o’qituvchining metodik kompetensiyasini shakllantirish jarayoni
mushohadaga asoslangan, biroq, oxirgi o’quv faoliyati bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Pedagog olim A.K Raximov “Evolyusion ta’limot” fanini o’qitish misolida
talabalarda
tabiiy-ilmiy
dunyoqarashni
rivojlantirish
metodikasini
takomillashtirishga qaratilgan, kompetensiyaviy
yondashuvning
umumiy
xususiyatlari, xususiy biologik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi bayon
etilgan [6].
Pedagogika sohasida kasbiy kompetentlik tarkibini olimlar tomonidan
turlicha talqin qilinadi, shuni ta’kidlashimiz lozimki, turli rakursdagi qarashlarda
tadqiqotchilar pedagogik faoliyatning u yoki bu tarkibiy qismiga urg’u beradi.
Tahlillar asosida yaxlit holda pedagogning kasbiy kompetentligini quyidagi tarkibiy
qismlarini ajratish mumkin: kognitiv, kasbiy-texnologik, axborot, kommunikativ,
metodik va boshqalar.
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va
ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi.
Kasbiy
kompetentlik
mutaxassis
tomonidan
alohida
bilim,
malakalarning
egallanishinigina
emas,
balki
har
bir
mustaqil
yo’na-
lish
bo’yicha
integrativ
bilimlar
va
harakatlarning
o’zlashtiri-
lishini nazarda tutadi. Umumta’lim maktablarining biologiya fani o‘qituvchisi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
266
kommunikativ kompetensiyani tarkib toptirishni nazarda tutgan holda biologiya
darslarida o‘qituvchilarning kelgusida jamiyatda muloqotga kirishishi uchun zarur
bo‘ladigan og‘zaki va yozma nutqni mukammal o‘zlashtirishi, o‘z fikrini aniq va
tushunarli bayon etish, darslik va qo‘shimcha adabiyotlardagi matn asosida mantiqiy
ketma-ketlikda savollar tuzish, savollarga yozma va og‘zaki javob yozish, o‘z
o‘rtoqlari va ustozlar bilan muloqotda muomala madaniyati me’yorlariga amal qilish,
kichik guruhlarda ishlash jarayonida guruh a’zolarining fikrini hurmat qilgan holda
o‘z fikrini bayon eta olish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, o‘zlashtirgan bilim,
ko‘nikma va malakalariga asoslangan holda o‘z fikrini himoya qilish va ishontira
olish, darslarda tashkil etiladigan o‘quv bahslar va turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z
ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo‘lgan
qarorlarni qabul qila olish, o‘z ona tili bilan bir qatorda horijiy tillarni o‘zlashtirishiga
zamin yaratishi lozim [7,8].
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya o‘quv fanidan DTS bilan
me’yorlangan quyidagi o‘quv mehnati ko‘nikmalari o‘qituvchilarda kommunikativ
kompetensiya tarkib toptirishga asos bo‘ladi:
Darslik bilan ishlash ko‘nikmalari:
•
darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalarni bilish va qo‘llash;
•
rang bilan ajratilgan iboralarni ajrata olish;
•
darslikning mundarijasi asosida mo‘ljal olish;
•
simvollar va tayanch signallarni bilish va foydalanish;
•
kolontitullardan foydalanishni bilish;
•
ko‘rsatmalardan foydalana olish.
Matn ustida ishlash ko‘nikmalari:
•
o‘qilgan matnga reja tuza olish;
•
matndan foydalanib savollarga javob topish;
•
matndan foydalanib ma’ruza yozish;
•
darslik matnidan foydalanib amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara
olish;
•
darslik matnidan foydalanib jadval, diagramma, sxemalar tuza olish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
267
•
darslik matnidan foydalanib tushuncha, qoidalarni topa olish;
•
obyektning tavsifini tuzish, xulosa yasash.
O‘qituvchilarda yuqorida qayd etilgan o‘quv mehnati ko‘nikmalarining tarkib
toptirilishi uchun o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
tavsiya etiladi. Biologiya fani o‘qituvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini
tarkib toptirish maqsadida mavzuga oid o‘quv va videofilmlardan foydalanishi,
qo‘shimcha adabiyotlar va internet saytlaridagi ma’lumotlarni saralashi, shu asosda
o‘qituvchilarga referat, doklad va taqdimot materiallarini tayyorlash yuzasidan
topshiriqlarni berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishi uchun dars,
darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan samarali
va o‘z o‘rnida foydalanishi zarur. Biologiya o‘qituvchisi “Yosh biologlar”
to‘garagining ish rejasini tuzishda o‘quvchilarda axborot bilan ishlash
kompetensiyasini tarkib toptirish nazarda tutishi lozim. Biologiya o‘qituvchilarining
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini tarkib toptirish maqsadida
o‘qituvchilarning mustaqil ishlari va ta’limiga e’tibor qaratishi, o‘qituvchilarning o‘z-
o‘zini baholashi uchun mavzular bo‘yicha standart va nostandart o‘quv va test
topshiriqlari bazasini yaratishi, uni kompyuter xotirasiga joylashtirib adaptiv test
topshiriqlariga aylantirishi, shuningdek, o‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan
ma’naviyat daqiqalarida jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga
erishishga yo‘naltirish talab etiladi [1].
Biologik ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar, jumladan,
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanisho‘qituvchilarning
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini tarkib toptirish imkonini
beradi. Biologiyani o‘qitish jarayonida o‘qituvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasini tarkib toptirishda biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar,
ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur
jarayonda o‘qituvchilarni tabiat va jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlar, mavzuga doir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari bilan
tanishtirish, aqliy, ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, mehnat
tarbiyasiga e’tibor qaratish, muayyan kasbni mukammal egallash orqali Vatan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
268
ravnaqiga hissa qo‘shish, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish,
insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, saxovatli bo‘lishga undaydi. O‘qituvchilarda
ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini tarkib toptirishda o‘qitishning barcha
shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarda olib boriladigan ishlar muhim o‘rin tutadi. Tabiat muhofazasiga oid
kechalar, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, taniqli yozuvchilar va olimlar bilan
uchrashuvlar o‘tkazish o‘qituvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini
tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi [2].
O‘qituvchilarda umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirish uchun
o‘qituvchi biologiyani o‘qitishda o‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy
e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish,
xalqning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan
odob-axloq qoidalariga rioya qilish, orasta kiyinish, yurish turishda madaniy
me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish, aqliy, ma’naviy-axloqiy,
iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, mehnat tarbiyasi barobarida estetik tarbiyaga e’tibor
qaratishi lozim [3,5].
O‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan mavzuli kechalar, tadbirlar, uchrashuvlar,
shanbaliklar o‘qituvchilarda umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirishda
muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini tarkib
toptirishda biologiya o‘qituvchisi o‘qituvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish
ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida hisoblashga doir biologik masalalar,
nostandart o‘quv topshiriqlari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yiladi [4].
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Shuni e’tiborga olgan holda
biologiyadan o‘qituvchilarda tarkib toptiriladigan xususiy kompetensiyalar
quyidagicha belgilandi:
1.
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash
kompetensiyasi. Biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini anglash, uning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
269
inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan ob’ektlarni
tushunish va anglash, biologiyaning o‘rganish metodlarini izohlaydi.
2.
Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni
o‘tkazish kompetensiyasi. Tirik organizmda boradigan tiriklik belgilarini va ularning
xususiyatlarini tushunish va tushuntira olish. Biologiya fanining o‘rganish
metodlarini farqlay olish.
3.
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya. Tirik organizmlarning
inson hayotidagi ahamiyatini anglab yetish, ularni muhofaza qilishni o‘rganish.
Biologiya o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilarda yuqorida
ko‘rsatilgan kompetensiyalarni har bir mavzuni o‘rganish jarayonini loyihalashda
dastlab shu mavzu mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib
toptiriladigan tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalarni belgilashi, darsning
texnologik xaritasida mazkur masalalar o‘z ifodasini topadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
M.Yuldashev. Xalq ta‘limi xodimlarining malakasini oshirishda ta’lim sifati
menejmentini takomillashtirish. ped. fan. dok. ... diss. – T.: 2016.
2. Xodjayev. Metod, usul va texnologiya mazkur tushunchalarni farqlay olasizmi?.
Mahrifat. – T.: 2021.
3.
Sazonova S. D. Ispolьzovanie texnologii proektnogo obucheniya na urokax v
nachalьnoy shkole. — CHita: 2018. — S. 95-98.
4. Mashkhura Mukhiddinovna Isabayeva, Sarvigul Ravipjonovna Otajonova DOI:
pedagogical factors of preparation of future teachers of biology for professional-
pedagogical activities. 10.5958/2249-7137.2021.01564.0
5. Mashxura Muxiddinovna Isabaeva. Talabalarni o’z ustida mustaqil ishlash
ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Scientific progress. Volume 2 ǀ issue 2 ǀ
2021. Issn: 2181-1601
6. Raximov A.K. Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini
takomillashtirish (“Evolyusion ta’limot” fanini o’qitish misolida) Avtoref. dis. ped.
fan. doktori. - T.: TDPU, 2019y. - 62 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
270
7. Isyanov R.G. Klasternыy podxod v formirovanii modulьnoy kompetentnosti
prepodavateley vыsshix obrazovatelьnыx uchrejdeniy. Tashkent: TGPU, 2014. 69 s.
8. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’kituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-
metodik asoslari: Ped. fan. dok. … dis. avtoref. Toshkent: TDPU, 2007. 47 b.