Authors

  • Azamatova Dilnora

Author Biography

  • Azamatova Dilnora

     Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116833

Keywords:

grammatika yangi darslik metodika interaktiv kommunikativ yondashuv.

Abstract

Mazkur maqolada yangi darsliklar asosida ona tili darslarida grammatikani o‘qitish jarayoni, zamonaviy metodik yondashuvlar va interaktiv vositalar orqali grammatik bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi yoritiladi. Grammatikani o‘qitishda kommunikativ yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va integratsiyalashgan o‘quv faoliyati muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

203

YANGI ONA TILI DARSLIKLARIDAGI GRAMMATIK

MAVZULARNI O’QITISH

Azamatova Dilnora

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti 3- bosqich talabasi

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada yangi darsliklar asosida ona tili

darslarida grammatikani o‘qitish jarayoni, zamonaviy metodik yondashuvlar va

interaktiv vositalar orqali grammatik bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi

yoritiladi. Grammatikani o‘qitishda kommunikativ yondashuv, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va integratsiyalashgan o‘quv faoliyati muhim

omil sifatida ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: grammatika, yangi darslik, metodika, interaktiv, kommunikativ

yondashuv.

ABSTRACT: This article discusses the process of teaching grammar in native

language classes based on new textbooks, the effectiveness of mastering grammatical

knowledge through modern methodological approaches and interactive tools. The

communicative approach, information and communication technologies (ICT) and

integrated learning activities are considered as important factors in teaching

grammar.

Keywords: grammar, new textbook, methodology, interactive, communicative

approach.

Mamlakatimizda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy

talablar asosida tashkil etish yuzasidan turli xil farmon va qarorlar qabul qilindi va

bunga asosan deyarli barcha dastur hamda darsliklar asosiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunga sabab bo‘lgan eng katta omil bizning milliy o‘quv dasturimiz xalqaro

talablarga hamda chet elning ko‘zga ko‘ringan ta’lim jarayonlari natijalariga

tenglasha olmasligi edi Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishga BMTning Bolalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

204

jamg‘armasi (YUNISEF) va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xalqaro

ekspertlari jalb qilindi, dasturning o‘zi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat

inspeksiyasida bir necha bosqichlarda muhokamadan o‘tdi hamda inspeksiya

tomonidan Ta’lim uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasiga kiritildi.

So‘nggi yillarda til o‘rgatish metodikasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Xususan, ingliz tilini o‘qitishda yangi darsliklar joriy qilinib, ularda grammatikani

o‘rgatish an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy va interaktiv metodlarga

o‘zgartirildi. Bu o‘zgarishlar o‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishda

muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

1. Yangi darsliklardagi grammatik materiallarning xususiyatlari

Avvalgi ona tili darsliklari tilning tuzilishiga oid tizimli qoidalar va bu

qoidalarning yod olinishini ta’minlovchi mashqlardan iborat edi. Bu holatga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda quyidagicha o’zgardi.

1. Darsning (yoki darslar ketma-ketligidan iborat mavzuning) asosiy o‘zagini

avvalgidek grammatik qoida emas, balki matn tashkil etadi. Matnlar mavzu, uslub

(badiiy, axborot, publitsistik, ilmiy-ommabop va boshqalar) hamda shakl (to’liq matn,

infografika, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.

2. Mashqlar matn asosida tuzilgan va o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni

rivojlantirishga qaratilgan: — matnni tushunish ko‘nikmalari; — matn yaratish

ko‘nikmalari (yozma yoki og’zaki); — tanqidiy va ijodiy fikrlash, shuningdek,

tadqiqotchilik ko‘nikmalari; — til qoidalarini o‘zlashtirish.

3. O‘rganiladigan til qoidalari tizimli tarzda (fonetika va leksikologiyadan

morfologiya, sintaksis va uslubiyatgacha) emas, balki matnlar asosida (matnda

uchrashiga qarab) beriladi. Aksariyat hollarda qoidalar ixcham, ortiqcha

terminologiyadan xoli tarzda beriladi. Darsliklar kesimida boshlang‘ich sinflar

matematika darsligini oladigan bo‘lsak, avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi desak

mubolagʻa boʻlmaydi. Boisi, darslikda berilgan topshiriqlar oʻquvchini nafaqat hisob-

kitobga, balki, mavzularni oson anglashga, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydi.

Darslikda berilgan rasmlar, chizmalar va jadvallar juda ham qiziqarli, shu bilan

birgalikda oʻquvchining tushunishi uchun sodda va aniq shaklda berilganligi o‘quvchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

205

hamda pedagoglar uchun qulaylik tug‘diradi. Dunyoning rivojlangan mamalakatlari

Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va milliy tajriba asosida

tayyorlangan Milliy oʻquv dasturida ham oquvchining matematik tafakkurini

rivojlantirishga e’tiborni qaratilgan. Shuningdek, ilg‘or o‘quv dasturi asosida

yaratilgan 1-sinf Matematika darsligida ham ilk bor farzandlarimizni matematik

mushohadaga chorlaydigan mashg'ulot va topshiriqlarga keng o‘rin berildi.

2. Kommunikativ yondashuv va integratsiya

Grammatik qoidalar nafaqat alohida o‘rgatiladi, balki leksik mavzular bilan

uyg‘un holda integratsiyalashgan. Masalan, hozirgi zamoni kundalik ishlar haqida

suhbatlashish orqali o‘zlashtiriladi. Bu yondashuv grammatika va lug‘at boyligini bir

vaqtning o‘zida rivojlantirishga xizmat qiladi.

3. AKT va interaktiv metodlar

Grammatikani tushuntirishda o‘qituvchilar Quizizz, Wordwall, Padlet,

Kahoot kabi vositalardan foydalanmoqda. Bular o‘quvchilarda darsga qiziqishni

oshirib, mustaqil ishlash, tez fikrlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Masalan, sifat darajalarini o‘rgatishda Wordwall o‘yini orqali ajratish mashqlari

bajarilganida o‘quvchilarning ishtiroki 90% gacha oshgani kuzatilgan.

4. Tajriba asosidagi yondashuv

Nazorat va eksperimental guruhlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatdiki, AKT vositalari yordamida o‘tilgan grammatik darslarda o‘quvchilarning:

• mavzuni tushunish darajasi: 87%,

• mustaqil fikrlash: 80%,

• darsga ishtiroki: 92% bo‘lgan.

Bu esa yangi darsliklar va texnologiyalar orqali grammatika o‘rganishni

yanada samarali qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlarda

muhokamalarga sabab bo‘lgan «muammo» — ta’lim rus va boshqa tillarda olib

boriladigan maktablar uchun o’zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqidagi

matnning kiritilgani haqida ham batafsil to‘xtalib o’tish joizdir. Tillarni o‘qitish

metodikasida “autentik material” degan tushuncha mavjud. Tillarni o‘qitishning

zamonaviy usuli o’quvchini real vaziyatlarda tildan foydalanishga tayyorlashni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

206

maqsad qiladi va buning uchun real hayotdan olingan turli xil materiallardan

foydalanishni tavsiya qiladi. Ommaviy axborot vositalaridagi matnlar, xaritalar,

chiptalar, reklamalar, ko’rsatmalar — til foydalanuvchisi real hayotda duch kelishi

mumkin bo‘lgan barcha narsalar “autentik material”, ya’ni haqiqiy hayotdan olingan

material bo‘lib xizmat qilishi mumkin

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak darsliklarning yangilanishi o‘quvchilarni

yanada yaxshiroq fikrlashga jalb qiladi. Hozirgi zamon talabiga binoan o‘qishni talab

qiladi. Yangi darsliklar o‘quvchini yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishga va ta’lim

sifatini oshishiga xizmat qiladi. Har bir darslikning yangilanishida necha yillik

mehnat turadi. Yuqorida aytganidek xalqaro dasturlar ham darsliklarni yangilanishida

juda katta ahamiyatga ega. Xalqaro dasturlar quyidagilar-PISA, PIRLS, TIMSS,

EGMA, EGRA. Bularning har biri alohida yo‘nalishda, alohida fanni o‘rganadilar.

Kelajak yoshlar qo‘lida ekan yoshlarni kelajagini yoshlikdan yaxshilash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Lolaxon O‘rinboyeva, Mamanazar Jumayev, Nigora Ruzikulova, Umid Raxmonov,

Shuxrat Ismailov, Nodira Ismailova, Nazimaxanum Usmanova. Matematika.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. Toshkent 2021.

2.Akramjon

O’ktamjonovich

Mirzayev.Mamlakatimiz

ta’lim

tizimida

raqamlashtirish va raqamli dunyoda o’qitish va o’rganishning mavjud imkoniyatlari.

3.Akramjon O’ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarning o’qish savodxonligini oshirishda pirls

tadqiqotining ahamiyati.

4. N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopova Ona

tili. Umumiy o`rta ta‟lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.-T.: G`ofur G`ulom

nomidagi NMIU.2020/