Authors

  • Egamberdiyeva Dilorom Xursanmurodovna

Author Biography

  • Egamberdiyeva Dilorom Xursanmurodovna

    Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Ingliz tili fani õqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116837

Keywords:

kasbiy ta'lim kasbiy faoliyat ona tili ingliz tili dars jarayoni tarbiyaviy xususiyat metodika.

Abstract

Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Ayni shu jihatdan maqolada kasbiy faoliyatda ingliz tilini qo'llash va uni o'rganishning ahamiyati haqida fikr va xulosalar bayon qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

194

KASBIY FAOLIYATDA INGLIZ TILINI O'RGANISHNING

AHAMIYATI

Egamberdiyeva Dilorom Xursanmurodovna

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Ingliz tili fani õqituvchisi

Annotatsiya. Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy

(kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega

bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har

bir tilda turlichadir. Ayni shu jihatdan maqolada kasbiy faoliyatda ingliz tilini

qo'llash va uni o'rganishning ahamiyati haqida fikr va xulosalar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar.kasbiy ta'lim, kasbiy faoliyat, ona tili, ingliz tili, dars jarayoni,

tarbiyaviy xususiyat, metodika.

Muloqot vositasi hisoblangan tilni tabiiy holda (oila davrasida yoki uyushgan

jamoatchilikda) va uyushgan holatda ya'ni dars jarayonlarida o'rganish mumkin. Chet

tili xorijiy mamlakat tili hisoblangani uchun uni o'rganish bir qancha qiyinchlik

tug'dirishi yoki aksincha, bu jarayon qiziqarli mashg'ulotga aylanishi kuzatiladi.

Ma`lumki, tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o’rtasidagi o’quv predmeti deb

hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga xizmat qiladi degan fikrni ilgari

suradilar. Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi

pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:

Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi.

Darsdan tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit

deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir.

Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa

bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni

o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

195

Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar

bilan muloqotga kiradi. CHet tilni o’rgatishda ahvol umuman o’zgacha. Tilning

talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o’rganiladi, chet tilda fikr bayon etish va

idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi. T. Q. Sattorov bilim va

malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv predmetlarini (a) bilim va

nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani

shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi

guruhlarga tasniflaydi. Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining

fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb

hisoblaydi.

O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan

kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin.

Taniqli metodistlardan J. J. Jalolov, S. S. Saydalievlar barcha o’quv predmetlarini

shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan o’quv

predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya berishga

qaratilgan o’quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); v) amaliy faoliyatni o’rgatadigan

o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv predmetlari

(ona tili, ikkinchi til, chet til).

Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga ushbu sohaga oid

bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va

go’zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o’rgatish predmetlari jismoniy chiniqish,

mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy

(kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega

bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har

bir tilda turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o’rganish chog’ida amaliy, umumta’limiy,

tarbiyaviy, kasbiy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir xilda ro’yobga chiqadi. Ingliz

tilida esa muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy,

tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

196

Ona tilini o’quvchi maktab ta'limida amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda

amaliy malakalar, avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan

kamroq hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy

bilim)lar amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va

engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy

amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.

Kasbiy ta'lim jarayonlaridagi lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga oid

so’z va atamalar bilan boyitish, kommunikativ faoliyatga tayyorlash, ixtisosiy

ehtiyojdan kelib chiqadigan nutq uslublarini o’rgatish, nutqning to’g’riligi, aniqligi,

mantiqiyligi, ko’zlangan maqsadga bo’ysundirilganligi kabi omillar tanlangan

ixtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi.

O’zbek, rus va ingliz tili darslarida texnikum o’quvchisi tanlagan sohasiga oid

o’z ona tilisidagi zaruriy atamalarning ma’nosini tushunsa, o’zbekcha, ruscha va

inglizcha nomlanishini bilsa, bir so’zni boshqasi bilan qiynalmay almashtira olsa, shu

tillarda fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ifodalash malakalariga ega bo’lsa,

nutqiy sinonimiyadan foydalana olsa, kasb-hunar ta’limida tillarni o’qitishdan

ko’zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalarida ingliz tili o’qitishning lingvodidaktik xususiyatlari va kollej ta’limida

ingliz tili o’rganish bilan bog’liq masalalarni tahlil qilishdan iborat. SHu bilan birga,

kollej o’quvchilarining lisoniy ta’limi samaradorligini oshirishni nazariy jihatdan

asoslab berish, bo’lajak kichik mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish

ham ilmiy-tadqiqotning asosiy masalalaridandir.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish, o’z navbatida, quyidagi vazifalarni

bajarishni taqozo etadi:

bo’lajak kichik mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda ingliz tilining

tutgan o’rni mavzuga oid adabiyotlarni tanqidiy o’rganib chiqib, ulardan tadqiqot

jarayonida tahliliy foydalanish;

texnikumlar uchun mo’ljallangan ingliz tili darslik, o’quv qo’llanma va

dasturlarini o’rganish hamda tahlil etish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

197

kasbiy ta'lim jarayonida ingliz tili o’qitish maqsadlariga aniqlik kiritish

va o’quv predmeti oldiga qo’yilgan dasturiy vazifalarni zamonaviy talablar asosida

qayta ko’rib chiqish;

beriladigan ixtisoslik nuqtai nazaridan ingliz tili ta’lim mazmunini

takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish va o’quvchilarning bo’lajak kasbiy

faoliyatlarida qo’l keladigan bilim, ko’nikma va malakalar nisbatini aniqlash;

umumta’limiy o’quv predmeti hisoblanmish ingliz tilini kasbiy

yo’naltirishdagi o’rnini aniqlash;

kasbiy ta'limda o’quvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini ko’tarishda

fanlararo aloqani ahamiyatini asoslash maqsadga mofiq bo`lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risidagi» Qonuni T. 2002y.

2. O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 2001y.

3. Zaripova F.A.«Chet tillar o’qitish metodikasidan qo’llanma» Toshkent 2002y.

4. Hoshimov O’.H.,.Yokubov I.YA «Ingliz tili o’qitish metodikasi» Toshkent 2003y.

5. Maley, Drama Techniques: a resource book of communication activities Alan CUP

2005