MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
140
TALABALARDA RAQAMLI MADANIYAT ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Jumanazarova Onaxon Matnazarovna;
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Kompyuter ilmlari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Sattarova Sapura Beknazarovna;
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Kompyuter ilmlari” kafedrasi o’qituvchisi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada talabalarda raqamli madaniyat
asoslarini shakllantirishning zamonaviy ta’lim tizimidagi roli yoritilgan. Raqamli
etikaga rioya qilish, mualliflik huquqlarini hurmat qilish, internet xavfsizligi va
axborot madaniyati tamoyillari talabalarni raqamli muhitda mas’uliyatli va ongli
ishtirokchiga aylantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagoglarning ushbu
jarayondagi roli va raqamli ochiqlik bilan huquqiy himoya o‘rtasidagi muvozanat
masalalari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: raqamli madaniyat, raqamli etika, mualliflik huquqi, axborot
madaniyati, internet xavfsizligi, ta’lim, talabalar.
Аннотация: В данной статье рассматривается роль формирования
основ цифровой культуры у студентов в современной системе образования.
Соблюдение цифровой этики, уважение авторских прав, информационная
безопасность и принципы информационной культуры способствуют
становлению студентов как ответственных участников цифровой среды.
Также освещается роль преподавателей и поиск баланса между
открытостью цифровой информации и правовой защитой.
Ключевые слова: цифровая культура, цифровая этика, авторское
право, информационная культура, безопасность в интернете, образование,
студенты.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
141
Abstract: This article explores the importance of fostering digital culture
foundations among students within the modern educational system. Adherence to
digital ethics, respect for copyright, internet security, and information culture
principles help shape students into responsible and conscious participants in the
digital environment. The paper also discusses the educator’s role and the balance
between digital openness and legal protection.
Keywords: digital culture, digital ethics, copyright, information literacy,
internet safety, education, students.
KIRISH
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonida ta’lim tizimining
oldida turgan asosiy vazifalardan biri – talabalarda raqamli madaniyat asoslarini
shakllantirishdir. Bu jarayon nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) o‘zlashtirish, balki raqamli axloqiy me’yorlarga rioya qilish, intellektual
mulkni hurmat qilish, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi, raqamli
savodxonlik va
kritik fikrlash
(critical thinking) kompetensiyalarini shakllantirishni
ham o‘z ichiga oladi.
Raqamli madaniyat – bu talabaning raqamli muhitda o‘zini tutish qoidalari,
axborotdan foydalanish madaniyati, raqamli texnologiyalardan maqsadli va
mas’uliyatli foydalanish qobiliyatini ifodalovchi ko‘p komponentli tushunchadir.
Ushbu tushuncha zamonaviy pedagogik yondashuvlarda, xususan,
kompetensiyaviy
yondashuv
,
raqamli
pedagogika
,
mediata’lim
va
metako‘nikma
(metacompetence) kabi tamoyillar bilan chambarchas bog‘liq.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, aksariyat talabalar AKT vositalaridan faol
foydalansalar-da, bu jarayonda raqamli etika va huquqiy madaniyatga e’tibor yetarli
emas. Masalan, mualliflik huquqlariga rioya qilmaslik, plagiatga yo‘l qo‘yish,
ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri axborot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyasiz
holatda qoldirish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu esa ta’lim tizimida
axborot
madaniyatining
pastligi,
media savodxonlik
darslarining yetishmasligi,
raqamli
xavfsizlik
bo‘yicha maxsus kurslarning mavjud emasligi bilan bog‘liq.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
142
Bundan tashqari, pedagoglarning o‘zlari ham ko‘p hollarda bu masalalarga
yetarlicha tayyor emas.
Raqamli pedagog kompetensiya
darajasi past bo‘lgan
taqdirda, ular nafaqat o‘zlarini himoya qilolmaydi, balki talabalarga ham to‘g‘ri yo‘l-
yo‘riq ko‘rsata olmaydi. Shu sababli, zamonaviy ta’lim muassasalarida raqamli
madaniyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni integratsiyalash, uni umumta’lim
dasturlarining ajralmas qismiga aylantirish zarurati tobora ortib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, talabalarda raqamli madaniyat asoslarini shakllantirish
— bu faqat texnologik tayyorgarlik emas, balki huquqiy, axloqiy va madaniy jihatdan
raqamli jamiyatda faol ishtirok etishga tayyor shaxsni tarbiyalashdir. Bu esa, o‘z
navbatida, ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi lozim.
Adabiyotlar tahlili
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimida keng qo‘llanilishi
natijasida raqamli madaniyat, raqamli savodxonlik va raqamli etika mavzulari ilmiy
tadqiqotlarda keng o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘rtasida
raqamli madaniyatni shakllantirish ularning axloqiy, ijtimoiy va kasbiy salohiyatiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi [1].
Pedagogik amaliyotda raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning muhim
jihatlaridan biri — bu ta’lim jarayoniga zamonaviy AKT vositalarini integratsiyalash
bilan birga, ularning xavfsiz va maqsadli qo‘llanilishini o‘rgatishdan iboratdir [2].
Ba’zi ishlar talabalar orasida plagiat, noto‘g‘ri manba ishlatish va internetdan
noqonuniy foydalanish holatlarining ortib borishini ularning raqamli etikaga oid
yetarlicha tushunchaga ega emasligi bilan bog‘laydi [3].
Shuningdek, mualliflik huquqlari, axborot madaniyati va ochiq ta’lim
resurslaridan foydalanish bo‘yicha global tajriba ham ko‘plab tadqiqotchilar
tomonidan o‘rganilgan. Creative Commons litsenziyalari asosida pedagogik
materiallarni tarqatish va foydalanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha
yondashuvlar taklif etilgan [4].
O‘zbekiston kontekstida olib borilgan tadqiqotlarda esa talabalarning
internetdagi faoliyati, axborot tanlash madaniyati va kontentga bo‘lgan mas’uliyatli
munosabati hali yetarlicha shakllanmaganligi ta’kidlanadi [5]. Shu bois, ko‘plab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
143
ta’lim muassasalari raqamli madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maxsus kurslar yoki
treninglar tashkil etish zarurligini ilgari suradi [6].
Ba’zi ishlar esa talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan empirik so‘rovlar asosida,
ularning o‘zini internet muhitida tutishiga, raqamli iz qoldirish (digital footprint),
onlayn etik muloqot, kiberbullingdan himoyalanish bo‘yicha bilim va amaliy
ko‘nikmalariga baho bergan [7]. Bu borada interaktiv metodlar, masofaviy
o‘qitishdagi etik dilemmalar va madaniy farqlarni hisobga olish ham tavsiya etilgan
[8].
Umuman olganda, talabalarda raqamli madaniyatni shakllantirishga doir
ilgari olib borilgan tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
raqamli pedagogika va metodika masalalari [9,10,11],
raqamli etikani ta’lim jarayonida o‘rgatish usullari [12],
axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha
ta’limiy dasturlar [13],
zamonaviy texnologiyalar asosida o‘quvchi/talabaning raqamli
fuqaroligini shakllantirish [14].
Raqamli etika tushunchasi.
Raqamli
etika
—
bu
raqamli
makonda
ishtirok
etayotgan
foydalanuvchilarning
axloqiy
xulq-atvorini
tartibga soluvchi qadriyatlar, me’yorlar va
qoidalar tizimidir. U axborot almashinuvi,
raqamli kontentni yaratish, tarqatish, saqlash va
undan
foydalanish
jarayonida
insonning
javobgarligi va mas’uliyatini belgilaydi. Raqamli
etika
tushunchasi
zamonaviy
ta’lim
konsepsiyalarida, ayniqsa digital citizenship
(raqamli fuqarolik), media literacy (media
savodxonlik) va information ethics (axborot
etikasi) doirasida muhim o‘rin egallaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
144
Raqamli etikaga rioya qilish — bu oddiy odob-axloq me’yorlariga amal
qilishdan ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib, u kompleks yondashuvni talab qiladi.
Talaba, pedagog yoki har qanday internet foydalanuvchisi raqamli muhitda faoliyat
yuritar ekan, u quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilishi kerak:
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish (data protection):
foydalanuvchilar o‘zlarining ham, boshqalarning ham shaxsiy ma’lumotlarini
e’tiborsizlik bilan tarqatmasligi, ulardan ruxsatsiz
foydalanmasligi kerak. Bu esa
cyber hygiene (kiber gigiyena)
tushunchasi
bilan uzviy bog‘liq.
Axborot ishonchliligi va aniqligi (information reliability):
tarqatilayotgan har qanday ma’lumot, ayniqsa ilmiy, ijtimoiy yoki siyosiy
xarakterdagi kontent
fact-checking (faktlarni tekshirish)
jarayonidan o‘tkazilishi
zarur. Yolg‘on, manipulyativ yoki noto‘g‘ri axborot insonlararo ishonchga putur
yetkazadi va ijtimoiy dezinformatsiyani kuchaytiradi.
Mualliflik huquqlariga rioya qilish:
raqamli makonda yaratilgan har
qanday material — matn, rasm, video, audio, dasturiy ta’minot mualliflik huquqi
bilan himoyalangan. Shuning uchun talaba bu materiallardan foydalanishda
fair use
(adolatlilik printsipi)
va
citation ethics (manba ko‘rsatish etikasi)
talablariga amal
qilishi lozim.
Madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat:
raqamli makon global xarakter
kasb etgani sababli, u yerda har xil millat, din va dunyoqarash vakillari faoliyat
yuritadi. Shuning uchun
intercultural digital communication (madaniyatlararo
raqamli muloqot)
madaniyatini rivojlantirish muhimdir.
Shaxsiy javobgarlik (individual accountability):
har bir foydalanuvchi
o‘zining har bir raqamli harakatining natijasiga axloqiy va huquqiy jihatdan javob
berishi kerak. Bu esa
digital trace (raqamli iz)
tushunchasini ongli qabul qilishni
taqozo etadi.
Bundan tashqari, raqamli etikaning ta’lim tizimidagi roli ayniqsa dolzarb.
Chunki aynan ta’lim muassasalarida raqamli savodxonlik va axborot madaniyati
shakllanadi. Biroq amaldagi o‘quv dasturlarida raqamli etika masalalariga yetarli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
145
e’tibor qaratilmagan. Ko‘plab universitet va kollej dasturlarida
axborot madaniyati
,
internet xavfsizligi
,
plagiatni oldini olish
kabi modullar yetarli darajada
integratsiyalanmagan.
Shu sababli talabalarda raqamli etikani shakllantirish uchun pedagoglar
nafaqat texnologik vositalardan foydalanishni, balki ularning axloqiy-huquqiy
jihatlarini ham chuqur o‘rgatishi lozim.
Pedagogik dizayn
,
raqamli pedagog
kompetensiyalar
,
interaktiv metodlar
kabi zamonaviy yondashuvlar yordamida
raqamli etikani talabalarga ongli tarzda singdirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, raqamli etika — bu zamonaviy axborot jamiyatining
axloqiy asosi bo‘lib, u nafaqat texnologiyalardan foydalanish madaniyatini, balki
jamiyatda sog‘lom raqamli muhitni shakllantirishni ta’minlaydi.
Mualliflik huquqlari va ularning turlari
Avvalgi bo‘limda ta’kidlab o‘tilganidek, raqamli etikaga rioya qilishda
mualliflik huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
alohida o‘rin tutadi.
Chunki raqamli makonda axborot resurslari — matn, rasm, video, grafik materiallar,
audio yozuvlar — tezda ko‘paytirilishi, o‘zlashtirilishi va keng auditoriyaga tarqalishi
mumkin. Bunday sharoitda talabalarda nafaqat axborotga kirish malakasi, balki undan
mas’uliyatli va qonuniy foydalanish madaniyati
shakllanishi zarur.
Mualliflik huquqi – bu intellektual mehnat mahsulini yaratuvchiga tegishli
bo‘lgan huquqlar majmuasi bo‘lib, asar ustidan nazoratni, foyda olishni va u bilan
bog‘liq manfaatlarni himoya qilish imkonini beradi. Mazkur huquqlar odatda
ikki
asosiy toifaga
ajratiladi:
Shaxsiy nomulkiy huquqlar:
bu huquqlar muallifning shaxsi bilan
bog‘liq bo‘lib, ularni boshqa shaxslarga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ularga quyidagilar
kiradi:
o
Asarning muallifi sifatida tan olinishi huquqi;
o
Asardan o‘z ismi bilan yoki taxallus ostida foydalanish, yoki anonim
saqlash huquqi;
o
Asarni e’lon qilish yoki e’lon qilmaslik huquqi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
146
o
Asarning mazmuni, shakli yoki nomiga zarar yetkazilishi mumkin
bo‘lgan o‘zgartirishlardan himoyalanish huquqi (muallifning sha’ni va obro‘sini
himoya qilish).
Mulk (mutlaq) huquqlar:
bu huquqlar muallif yoki huquq egasiga
asardan iqtisodiy manfaat olish imkonini beradi:
o
Asarni nusxalash, ko‘paytirish;
o
Tarqatish, tijorat asosida foydalanish;
o
Jamoat oldida namoyish qilish, tarmoqda joylashtirish;
o
Litsenziya asosida uchinchi shaxslarga ruxsat berish.
Ayniqsa,
xizmat vazifasi
doirasida yaratilgan asarlarda (masalan, o‘qituvchi
tomonidan tuzilgan darslik, kurs materiallari, onlayn kurslar) mualliflik
huquqlarining qanday taqsimlanishi dolzarb masala hisoblanadi. Bunday holatda
shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifda qolsa-da, tijoratga oid mutlaq huquqlar
ko‘pincha ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.
Yana bir muhim jihat shuki, mualliflik huquqlari asar yaratilgan zahoti
qonuniy kuchga ega bo‘ladi va uni alohida ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas. Biroq
asarni tarqatishda muallifning ismini ko‘rsatish va manbani aniq belgilash
ilmiy va
huquqiy mas’uliyat
hisoblanadi.
Mualliflik huquqlarini himoya qilish usullari
Raqamli muhitda mualliflik huquqlarini buzilish ehtimoli yuqori bo‘lgani
sababli, ularni himoya qilish uchun turli yondashuvlar ishlab chiqilgan. Quyida
ularning ayrim amaliy usullarini keltiramiz:
Copyright belgisi (©):
asarning yonida muallif nomi va yaratilgan yili
bilan birga ko‘rsatiladi. Bu belgining mavjudligi mualliflik huquqini eslatadi va
ruxsatsiz foydalanishdan ogohlantiradi.
Creative Commons litsenziyalari:
bu ochiq litsenziya turlaridir, ular
orqali muallif asaridan qanday sharoitlarda foydalanish mumkinligini aniqlashtirib
beradi (masalan: faqat nisbatan erkin nusxalash yoki faqat tijoratsiz foydalanish).
Suv belgisi (Watermark):
grafik va vizual materiallarga maxsus belgi
qo‘yish orqali ularni ruxsatsiz ko‘chirib olishning oldi olinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
147
Dasturiy va texnik vositalar:
maxsus himoya algoritmlari, DRM
(Digital Rights Management) tizimlari, kontentni parol bilan himoyalash kabi
texnologiyalar asarni nusxalash yoki o‘zgartirishdan saqlaydi.
Sud-huquqiy choralar:
qonunchilik mualliflik huquqlari buzilgan
hollarda, aybdor shaxsni javobgarlikka tortish imkonini beradi. Xususan, soxta
nusxalarni tarqatayotgan saytlarni bloklash, jarimalar qo‘llash amaliyoti mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi qonunida belgilanishicha, ta’limiy materiallardan faqat muallif nomi va
manbasi ko‘rsatilgan holda, asarga zarar yetkazmasdan, o‘quv maqsadlarida
foydalanish mumkin. Aks holda, bu qonunbuzarlik deb baholanadi.
Shu sababli, talabalarga raqamli madaniyatni o‘rgatishda, ayniqsa,
intellektual mulkni hurmat qilish
,
plagiatdan tiyilish
,
manba ko‘rsatish
madaniyati
kabi elementlarni pedagoglar tomonidan chuqur yoritib berish muhim
ahamiyatga ega. Bu esa nafaqat qonuniylik, balki axloqiy savodxonlikning ham
ajralmas qismidir.
Ta’lim va ochiqlik o‘rtasidagi muvozanat
Raqamli etika va mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi masalalar ayniqsa ta’lim
sohasida alohida dolzarblik kasb etadi. Chunki aynan o‘qituvchilar o‘zlarining dars
ishlanmalari, elektron taqdimotlari, videodarslari va boshqa pedagogik kontentlarini
internetga joylashtirgan holda keng jamoatchilik bilan o‘z bilimlarini baham
ko‘rmoqdalar. Bu, bir tomondan,
raqamli pedagogika
va
ochiq ta’lim (open
education)
prinsiplariga mos keluvchi ijobiy jarayon bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
mualliflik huquqlarining buzilish xavfini ham kuchaytiradi.
Zamonaviy o‘qituvchi oldida muhim tanlov turadi:
ochiqlik
va
intellektual
mulkni himoya qilish
o‘rtasidagi muvozanatni qanday ta’minlash kerak?
Ma’lumotlarni keng auditoriyaga yetkazish, talabalarga ochiq bilim maydonini
yaratish, ularni internetdagi global raqamli muhitda ishtirok etishga o‘rgatish zarur.
Biroq bu ochiqlik o‘zaro hurmat, axloqiy me’yorlar va mualliflik huquqlari asosida
shakllanishi shart. Kanadalik olim Don Tapscott o‘zining “Ochiq dunyoning to‘rt
tamoyili” (collaboration, transparency, sharing, and empowerment) haqida nutqida,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
148
raqamli davrda hamkorlik va erkin axborot almashinuvi orqali bilimlar innovatsiyaga
aylanayotganini ta’kidlaydi. Ammo u ayni paytda
ochiqlik chegaralarini belgilash
,
ya’ni boshqa insonlarning mulkiy va nomulkiy huquqlarini buzmaslik kerakligini
ham uqtiradi.
Shu jihatdan o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki
raqamli madaniyat
shakllantiruvchi subyekt
bo‘lishi kerak. U o‘z materiallarini e’lon qilish bilan birga,
talabalarni ham raqamli kontent yaratuvchi va mas’uliyatli foydalanuvchiga
aylantirishga xizmat qilishi zarur. Bu jarayonda
axborot madaniyati
,
plagiatni
oldini olish madaniyati
,
digital ethics awareness (raqamli axloqiy xabardorlik)
singari kompetensiyalar asosiy o‘rinda turadi.
Pedagoglar uchun esa
raqamli pedagogik dizayn
,
mualliflik huquqlari
bo‘yicha malaka oshirish
, va
Creative Commons
kabi ochiq litsenziyalash tizimlari
haqida chuqur tushuncha zarur bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, ochiqlik siyosati va
huquqiy himoya o‘rtasida barqaror muvozanatni ta’minlaydi.
Xulosa
Talabalarda raqamli madaniyatni shakllantirish bugungi ta’lim tizimining
ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu madaniyat — nafaqat raqamli
texnologiyalarni o‘zlashtirish, balki ularni
axloqiy va huquqiy me’yorlar asosida
ongli tarzda qo‘llay olishni ham anglatadi. Ayniqsa, raqamli etikaga rioya qilish,
mualliflik huquqlarini hurmat qilish, axborotni tanqidiy tahlil qilish va mas’uliyatli
almashish madaniyati bu jarayonning ajralmas qismidir.
Har bir internet foydalanuvchisi, ayniqsa o‘qituvchi,
raqamli jamiyat a’zosi
sifatida o‘zining raqamli faoliyati uchun javobgar bo‘lishi kerak. Faqat shundagina
raqamli makonda sog‘lom, qonuniy va madaniyatli muhitni shakllantirish mumkin
bo‘ladi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari va o‘quv dasturlari raqamli madaniyatni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Raqamli etika bo‘yicha modullar,
mualliflik huquqlari va axborot xavfsizligi darslari, interaktiv treninglar va ochiq
ta’lim resurslari orqali talabalar mazkur sohada ongli va mas’uliyatli fuqarolikka
yetishadilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
149
Xulosa qilib aytganda, raqamli madaniyat — bu bugunning emas, balki
kelajakning ham zaruriy ko‘nikmasidir. Uni shakllantirish esa ta’lim tizimining
strategik vazifalaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Muratovich M. F. et al. TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
ROLI //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – Т. 9. – С. 237-240.
2.
Madatov K. A., Sattarova S. Creation of a Corpus for Determining the
Intellectual Potential of Primary School Students //2024 IEEE 25th International
Conference of Young Professionals in Electron Devices and Materials (EDM). –
IEEE, 2024. – С. 2420-2423.
3.
Madatov K., Sattarova S., Vičič J. Dataset of Vocabulary in Uzbek Primary
Education: Extraction and Analysis in Case of the School Corpus //Data in Brief. –
2025. – С. 111349.
4.
Kim M. The Creative Commons and copyright protection in the digital era:
Uses of Creative Commons licenses //Journal of computer-mediated communication.
– 2007. – Т. 13. – №. 1. – С. 187-209.
5.
Uzelac A. How to understand digital culture: Digital culture-a resource for a
knowledge society //Digital culture: The changing dynamics. – 2008. – Т. 12. – С. 7-
24.
6.
Najmiddin M. INTERNET VA AXBOROT MAYDONIDAGI MA'NAVIY
XAVFSIZLIK MUAMMOLARI //Fan, Jamiyat va Innovatsiyalar. – 2025. – Т. 3. –
№. 21. – С. 88-90.
7.
Khodjinazarovna B. F., Kamaliddinovich S. A., Beknazarovna S. S.
Visualizing the solar system using python and its importance in education
//International journal of advanced research in education, technology and
management. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
8.
Tursunpo’Latova S. H. OLIY TA'LIM MUASSALARIDA TA'LIM-
TARBIYANING ZAMONAVIY SHAKLLAR,“MASOFAVIY VA GIBRID
TA'LIM” ASNOSIDA //Inter education & global study. – 2025. – №. 1 (1). – С. 250-
261.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
150
9.
Sattarova S. B., Bekchanova F. X., Shermetov A. K. Terminologik lug’at
yaratish texnologiyasi va uning ta’lim tizimidagi ahamiyati //Academic research in
educational sciences. – 2023. – Т. 4. – №. 5. – С. 422-434.
10.
Beknazarovna S. THE IMPORTANCE OF ELECTRONIC CATALOGS IN
THE DEVELOPMENT OF READING CULTURE //ILM SARCHASHMALARI
(2). – 2024. – С. 193-197.
11.
Мадатов Х., Саттарова С. Using the Jaccard similarity method for
recommendation system of books //Общество и инновации. – 2024. – Т. 5. – №. 1.
– С. 59-69.
12.
Sattarova S. Advancing natural language processing in uzbek: challenges and
solutions: Advancing natural language processing in uzbek: challenges and solutions
//MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS OF APPLIED MATHEMATICS. –
2024. – Т. 1. – №. 01.
13.
Madatov K., Sattarova S. Vectorization of uzbek texts using the tf-idf
vectorizer method //O ‘zMU XABARLARI. – 2023. – Т. 11. – С. 177-180.
14.
Kuanishbaevich A. S. RAQAMLI MULK USTIDAN EGALIK DAVOLARI:
FUQAROLIK HUQUQI VA PROTSESSUAL ME’YORLAR //Ta'lim innovatsiyasi
va integratsiyasi. – 2025. – Т. 43. – №. 2. – С. 109-111.