Authors

  • Nasriddinov Burhoniddin Zuhriddin o’g’li

Author Biography

  • Nasriddinov Burhoniddin Zuhriddin o’g’li

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Arxitektura va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116870

Keywords:

Docker Kubernetes mikroxizmatlar konteyner orkestratsiya CI CD xizmatlar arxitekturasi DevOps

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy dasturiy ta'minot ishlab chiqish amaliyotida keng qo‘llanilayotgan mikroxizmatlar arxitekturasi Docker va Kubernetes texnologiyalari asosida tashkil qilish usullari tahlil qilinadi. Docker konteynerlari orqali xizmatlarni izolyatsiya qilish, Kubernetes orqali esa ularni avtomatlashtirilgan boshqaruvi, masshtablash va monitoring mexanizmlari bayon qilinadi. Amaliy misollar, afzalliklar va mavjud muammolar tahlili asosida mikroxizmatlar asosidagi tizimlar loyihalashning samaradorligi yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

22

DOCKER VA KUBERNETES ASOSIDA MIKROXIZMATLAR

ARXITEKTURASI YARATISH

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

“Arxitektura va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi

Nasriddinov Burhoniddin Zuhriddin o’g’li

CyberXkiller98@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy dasturiy ta'minot ishlab chiqish

amaliyotida keng qo‘llanilayotgan mikroxizmatlar arxitekturasi Docker va

Kubernetes texnologiyalari asosida tashkil qilish usullari tahlil qilinadi. Docker

konteynerlari orqali xizmatlarni izolyatsiya qilish, Kubernetes orqali esa ularni

avtomatlashtirilgan boshqaruvi, masshtablash va monitoring mexanizmlari bayon

qilinadi. Amaliy misollar, afzalliklar va mavjud muammolar tahlili asosida

mikroxizmatlar asosidagi tizimlar loyihalashning samaradorligi yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Docker, Kubernetes, mikroxizmatlar, konteyner, orkestratsiya,

CI/CD, xizmatlar arxitekturasi, DevOps

Kirish

Zamonaviy dasturiy arxitektura yo‘nalishlaridan biri bu — mikroxizmatlar

(microservices). Ular dasturiy tizimlarni kichik, mustaqil xizmatlarga bo‘lish orqali

ishlab chiqishni soddalashtiradi, rivojlantirish va xizmat ko‘rsatishni yengillashtiradi.

Ushbu yondashuvni samarali amalga oshirishda Docker va Kubernetes

texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi.

Docker texnologiyasi haqida

Docker — bu ochiq kodli platforma bo‘lib, ilovalarni konteynerlarda

izolyatsiyalangan holda ishga tushirish imkonini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

23

Docker texnologiyasining arxitekturasi

Docker konteynerning afzalliklari

Afzallik

Tavsifi

Portativlik

Ilovalarni har qanday muhitda ishga

tushirish imkoniyati

Tez yuklanish

Minimal tizim resurslari bilan ishga

tushadi

Versiya nazorati

Har bir konteyner tasviri (image)

versiyalanadi

Mustaqillik

Har bir xizmat boshqa xizmatlardan

mustaqil

Kubernetes – konteynerlarni boshqarish tizimi

Kubernetes — ochiq kodli orkestratsiya tizimi bo‘lib, ko‘p sonli Docker

konteynerlarini boshqarish, joylashtirish, masshtablash va kuzatish uchun xizmat

qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

24

Kubernetes asosiy komponentlari

- Pod – eng kichik ishchi birlik.

- Service – doimiy kirish nuqtasi.

- Deployment – versiyalarni boshqarish va avtomatik yangilash.

- Namespace – resurslarni ajratish uchun kontekst.

Kubernetes ish prinsipi

2-rasm. Kubernetes klasterining arxitekturasi

Mikroservislar arxitekturasini yaratish jarayoni

1.

Har

bir

xizmat

uchun

alohida

Dockerfile

yoziladi.

2.

Docker

konteynerlar

yaratiladi

va

testdan

o‘tkaziladi.

3. Kubernetes’da Deployment, Service, Ingress konfiguratsiyalari yoziladi.

4. CI/CD pipeline orqali avtomatik joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Misol: Onlayn do‘kon mikroxizmatlari

Xizmat nomi

Tavsifi

Porti

Konteyner nomi

user-service

Foydalanuvchi

boshqaruvi

8001

user_service_img


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

25

product-service

Mahsulotlar

ro‘yxati

8002

product_service_img

order-service

Buyurtmalar

8003

order_service_img

Xulosa

Docker va Kubernetes texnologiyalarining birgalikdagi ishlatilishi

mikroxizmatlar asosidagi tizimlarni yaratish va ulardan foydalanishni samarali tashkil

etish imkonini beradi. Ushbu yondashuv dasturiy ta'minotni rivojlantirishda

moslashuvchanlik, ishonchlilik va avtomatlashtirish darajasini oshiradi. Kelajakda

konteynerlashgan arxitekturaga asoslangan tizimlar ko‘pchilik sohalarda asosiy

yechimga aylanadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

1. Merkel D. “Docker: Lightweight Linux Containers for Consistent Development

and Deployment”, 2014.

2.

2. Hightower K., Burns B., Beda J. “Kubernetes: Up and Running”, O'Reilly

Media, 2017.

3.

3. https://kubernetes.io

4.

4. https://docs.docker.com

5.

5. Red Hat Developer Resources

Most read articles by the same author(s)