Authors

  • Temirova Dinora Berdiyor qizi
  • Malikova Ruxsora Abdurasul qizi

Author Biographies

  • Temirova Dinora Berdiyor qizi

    SHahrisabz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim

    Yo’nalishi talabasi

  • Malikova Ruxsora Abdurasul qizi

    SHahrisabz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim

    Yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116891

Keywords:

Go‘daklik davri faol tez ilg‘aydigan harakatchan harakat ko‘nikmalari kattalar bilan hamkorlik ajratish layoqati jismoniy jihat bolaning psixik taraqqiyoti.

Abstract

Ushbu maqola go’daklik davrida sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlar, bundan tashqari jismoniy hamda ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanishi haqida yoritilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

348

GO’DAKLIK DAVRIDA BO’LADIGAN PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLAR

SHahrisabz davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim

Yo’nalishi talabasi Temirova Dinora Berdiyor qizi

Malikova Ruxsora Abdurasul qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola go’daklik davrida sodir bo’ladigan

psixologik o’zgarishlar, bundan tashqari jismoniy hamda ijtimoiy jihatdan juda tez

rivojlanishi haqida yoritilgan

Kalit so’zlar: Go‘daklik davri, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, harakat

ko‘nikmalari, kattalar bilan hamkorlik, ajratish layoqati, jismoniy jihat, bolaning

psixik taraqqiyoti.

Аннотация:

В статье рассматриваются психологические

изменения, происходящие в младенчестве, а также быстрое физическое и

социальное развитие, происходящее в младенчестве.

Ключевые слова: Младенчество, активный, быстрый, подвижный,

двигательные навыки, сотрудничество со взрослыми, способность различать,

физический аспект, психологическое развитие ребенка.

Abstract: This article discusses the psychological changes that occur

during infancy, as well as the rapid physical and social development that occurs

during infancy.

Keywords: Infancy, active, fast-paced, mobile, motor skills, cooperation

with adults, ability to distinguish, physical aspect, child's mental development.

Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga

juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez

ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish

davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismoniy, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda

tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarini

ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

349

predmendtlarnii qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga

e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi

yaratishga harakat qiladi.

Go‘daklik yoshida bolalami harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘l va

oyoqlarining murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu

harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida

judayam sezilarli roll o‘ynaydi. Bola qo‘l va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida

axborotlari ahamiyatli qismini oladi. Qo‘lning murakkab harakatlari idrokning

birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini

ta’minlovchi uning ajralmas qismiga aylanadi. Bola qo'lining katta impulsiv faolligi

hayotining birinchi haftasida namoyon bo‘ladi. Bu faollik qo‘llarni silkitish, ushlash,

barmoqlar harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo‘l uzata

boshlaydi, kattalarning yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni

qo‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli

ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.

Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi

emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini

begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi

bolalaring asosiy yetakchi faoliyati bo'lib, bola psixologik taraqqiyotining asosi bo‘lib

hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga о‘z

diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining

susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar

bilan bo‘ladigan muomala - munosabatni predmetlar, o‘yinchoqlar bilan

munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan

barcha xatti-harakatlar bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi.

Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini

o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oyligidan boshlab esa, onasining tabassumi va

kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 3-4 oyligidan boshlab,

bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

350

xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va

begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-

18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 2-3 oylik bolalarda yuzaga

keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning

shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan

bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga

tashlanadi.

Go’dak bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jihatdan

ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan,

analizatorlarning takomillashuvi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqil

harakatlarining o’sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlaring tez takomillashuvi natijasida

bola uch oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela

boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo’liga

kiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, u dastavval bolada harakat analizatorlari bilan

bog’liq bo’lgan, undan so’ng eshitish va ko’rish analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan

shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisbatan har xil

murakkablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yuzaga kela boradi. Shartli

reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin

bo’ladi.

Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda

katta rol o’ynaydi. Bola olti oylik bo’lgach, mustaqil o’tira oladigan bo’ladi. Bola

o’tira boshlagandan so’ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi

taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko’z o’ngida yangi taassurotlarning paydo bo’lishi

idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi.

Bola sakkiz oylik bo’lgach yana bir murakkab bo’lgan harakatni, ya’ni emaklashni

boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir.

Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda bo’lish

imkonoyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalarni

taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga

urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

351

narsaning qopqog’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l

muskullarini mustahkamlaydi va narsalarning turli xossalarini bilib olishga yordam

beradi.

Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo’la boshlaydi.

Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p

harakatlarni va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan

boshlab nutqni tushunishga o’rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq

yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak.

Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada

bo’lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko’proq

munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng

oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini

to’g’ri ayta bilishni o’rgatishdir.Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib “mana,

vov-vov”, mushukning rasmini ko’rsatib, “mana, miyov-miyov”, xo’roz yoki

tovuqning rasmini ko’rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak. Bunda bolalar "vov-vov”,

“miyov-miyov”, “kuk-ku” kabi so’z elementlarini ravon talaffuz qilishga

o’rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o’z tana a’zolarining nomlarini

ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - “mana burni”, ‘"mana og’zi”, “mana ko’zi”,

“mana qoshi”, “mana qo’li” deb bir necha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola

o’z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin ko’rsatadigan bo’ladi.

Bola

dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talaffuz intonasiyalari

va bolaga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun

hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so’zni shu so’z orqali ifodalangan konkret

narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshiga etmagan

bolalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning

signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga etmagan

bolalar so’zlarni shu so’zlar orqali ifodalangan narsalar bilan assosiativ tarzda

bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo-ishora, harakatlar orqali tushunadilar.

Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak

psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

352

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, go‘daklik davrida shakllanadigan

psixologik xususiyatlar bolaning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu davrda bola atrofdagi muhitni idrok etishni, muloqot qilishni va his-

tuyg‘ularini ifoda etishni o‘rganadi. Shuning uchun ota-onalar va tarbiyachilarning

mehribonligi, sabr-toqati hamda to‘g‘ri yo‘naltirishi bolaning ruhiy va hissiy

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Natijada, go‘daklik davrida berilgan to‘g‘ri

tarbiya va e'tibor insonning sog‘lom va barkamol shaxs sifatida shakllanishini

ta’minlaydi.

ADABIYOTLAR VA MANBALAR

1.Davletshin M.G. va boshqalar “Yosh davrlar va

pedagogik psixologiya”.T.: TDPU

2004.

2. Dusrmixamedova SH.A., Nishanova Z.T., Jalilova S.X., Karimova SH.T.,

Alimbaeva

SH.T.

Yosh

davrlari

va

pedagogik

psixologiya.-T.;

Рал

vatexnologiyamarkazining bosmoxcnasi.-2013. -344 b.

3.

Nishonova Z.T., Alimova G.K. “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi”.

Т.: 2005.

4.

G’oziev E.G “Ontogenez psixologiyasi”. Т.: Nashir. 2010

Most read articles by the same author(s)