Authors

  • Akmal Ostonov Aslonovich
  • Bekmurod Rustamov Alisher o’g’li
  • Laylo Bafoyeva Choriqulovna

Author Biographies

  • Akmal Ostonov Aslonovich

    G‘ijduvon tuman 3-son politexnikumi O‘IBDO‘

  • Bekmurod Rustamov Alisher o’g’li

    O‘quv  bo‘limi uslubchisi

    rustamovbekmurod786@gmail.com

  • Laylo Bafoyeva Choriqulovna

    Biologiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116909

Keywords:

Atrof-muhit tabiiy resurslar maishiy chiqindi ekologiya uglerod izi qattiq chiqindilar sanoat chiqindilari karbonat angidrid izolatsiya materiallari kimyoviy moddalar.

Abstract

Mazkur maqolada  sanoat korxonalari tomonidan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanilgandan keyin ularning ayrimlaridan chiqadigan chiqindilarning bir necha turi va shaklini ko‘rish mumkin. Bulardan asosiysi qattiq chiqindilar hisoblanadi. Qattiq chiqindilar to‘planib, atrof-muhitga va tabiatga katta zarar yetkazish bo‘yicha masalalar yoritilgan. Atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan chiqindilarni keskin kamaytirish va ularni zararsizlantirish chora tadbirlari belgilangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

249

QATTIQ CHIQINDILARDAN ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISH

Akmal Ostonov Aslonovich

G‘ijduvon tuman 3-son politexnikumi O‘IBDO‘

Bekmurod Rustamov Alisher o‘g‘li

O‘quv bo‘limi uslubchisi

rustamovbekmurod786@gmail.com

Laylo Bafoyeva Choriqulovna

Biologiya fani o‘qituvchisi

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada sanoat korxonalari tomonidan turli xil

mahsulotlar

ishlab

chiqarilmoqda.

Ishlab

chiqarilgan

mahsulotlardan

foydalanilgandan keyin ularning ayrimlaridan chiqadigan chiqindilarning bir necha

turi va shaklini ko‘rish mumkin. Bulardan asosiysi qattiq chiqindilar hisoblanadi.

Qattiq chiqindilar to‘planib, atrof-muhitga va tabiatga katta zarar yetkazish bo‘yicha

masalalar yoritilgan. Atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan chiqindilarni keskin

kamaytirish va ularni zararsizlantirish chora tadbirlari belgilangan.

Kalit so‘zlar: Atrof-muhit, tabiiy resurslar, maishiy chiqindi, ekologiya,

uglerod izi, qattiq chiqindilar, sanoat chiqindilari, karbonat angidrid, izolatsiya

materiallari, kimyoviy moddalar.

ABSTRACT: This article describes the production of various products by

industrial enterprises. After the use of the manufactured products, several types and

forms of waste are observed. The main one is solid waste. The issues of solid waste

accumulation and causing great harm to the environment and nature are discussed.

Measures are set to drastically reduce the amount of waste released into the

environment and to neutralize it.

Keywords: Environment, natural resources, household waste, ecological

carbon footprint, solid waste, industrial waste, carbon dioxide, insulation materials,

chemicals.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

250

KIRISH

Tabiat o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir.

U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga

qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq-ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini

oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada

tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar,

zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va

boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen

landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi

sonining keskin o‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar

hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi, mavjud tabiiy resurslardan

imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni

taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o‘zaro munosabat qonunlari

buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.

Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta

qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni

muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalari

dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli

zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi.

Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish

ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’iy nazar insonlarning

ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog'liq. Mustaqil

Respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik

savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda qattiq chiqindilar juda katta

miqdorda to‘planadi. Qattiq chiqindilar o‘zlarini, qolaversa, atrof-muhitni iflos qilish

bilan bir qatorda, juda katta yer maydonini ham band qiladi. Aslida, ushbu yerdan

ekin maydoni sifatida madaniy o‘simliklarni o‘stirib, inson uchun foydali mahsulotlar

yetishtirish mumkin. Qattiq moddalar faqatgina atmosferani ifloslantiruvchi

bo‘lmasdan, balki ular tarkibida ikkinchi xil foydali moddalar ham bor, bu moddani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

251

qayta ishlash yordamidagina ajratib olish mumkin. Bugungi kunda atmosferaga

tashlanayotgan zaharli moddalar miqdori barchani tashvishga solmoqda. Ko‘pgina

megapolis shaharlarda, “qizil”, “sariq” va “yashil” darajalar mavjud. Ushbu

tushunchalar sariq daraja endi xavfli vaziyat vujudga kelganini bildirsa, qizil

vaziyatda atmosfera havosi mutloqa xavfli ekanini bildiradi. Shanxay, Seul

shaharlarida doimo qizil daraja turib qolmoqda, bu holat inson hayoti uchun juda

xavflidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

O‘zbekiston

Respublikasining

“Chiqindilar

to‘g‘risida”gi

Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish

sohasi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga chiqindilar zararli ta’sirining

oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida

oqilona foydalanish munosabatlarini tartibga solishni belgilab berdi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2028-yillar

davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni

amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil PQ-4291-sonli qarori

qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishni

ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning

sanitariya va ekologik holatini yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga

oshirilmoqda.

Xususan, 2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni

amalga oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli

ishlar olib borildi, 13 ta sanitariya jihatidan tozalash davlat unitar korxonalari hamda

ularning tuman va shaharlardagi 172 ta filiali, shuningdek, 9 ta maishiy chiqindilar

bilan bog‘liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlari tashkil etildi. Ko‘rilgan

chora-tadbirlar aholining deyarli yarmini sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan

qamrab olinishiga imkon berdi.

Shu bilan birga qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash

va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning yetarli darajada ta’minlanmaganligi,

qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

252

infratuzilmaning qoniqarsiz holatda ekanligi, mavjud qattiq maishiy chiqindi

poligonlarining sanitariya talablari va ekologik me’yorlarga muvofiq kelmasligi

mazkur sohada kompleksli chora-tadbirlarni qabul qilishni talab etmoqda.

Ekologiya mutaxassislar 2018-yilda dunyodagi eng ekologik jihatdan

ifloslangan xavfli shaharlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Aholi punktlarining ifloslanish

ro‘yxati dunyodagi uglerod izi xususiyatlari modeli loyihasi (GGMCF) tomonidan

taqdim etilgan. Ekologik ifloslangan shahar reytingni tuzish uchun norvegiyalik,

shvesiyalik, amerikalik va yaponiyalik olimlar ma’lumot yig‘ishdilar va atmosferaga

tashlanayotgan karbonat angidrid gazi miqdori bilan belgiladilar. Atrof-muhitni eng

ifloslantiruvchi shahar sifatida ko‘p millionli Seul shahri tan olindi. Janubiy Koreya

poytaxti yiliga 276.1 megatonna karbonat angidrid gazi ishlab chiqaradi. Undan keyin

Xitoyninig Guanchjou shahri (272 megatonna), yana ko‘p millionli yirik

megapolislardan biri Nyu-York shahri (233,5 megatonna), bugun tezlik bilan

rivojlanib borayotgan Gonkong shahri esa (208,5 megatonna) joy oldi. Karbonat

angidirid ishlab chiqaruvchi shaharlarni “yetakchilar” 110 beshligiga esa Los-Anjeles

yiliga 196,4 megatonna karbonat angidrid gazi bilan yakun yasab berdi. Shuningdek,

ilk o‘nlikdan Shanxay (181 megatonna), Singapur (161,1 megatonna), Chikago

(152,9 megatonna), Tokio va Yokogama shaharlari aglomeratsiyasi (132,8

megatonna) hamda Ar-Riyod (118,8 megatonna) joy oldi. Dubay esa 110,8

megatonna bilan 11-pog‘onani egalladi. Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahri

ro‘yxatda 15-o‘rinni (99,5 megatonna) egallagan bo‘lsa, Qozog‘istonning Olmaota

shahri 95-pog‘onadan (25 megatonna) joy oldi. Shuningdek, Qozog‘iston poytaxti

Ostona 12,9 megatonna bilan 178-o‘rinda ekanligi qayd etildi. Markaziy Osiyoning

katta shaharlaridan Turkmaniston poytaxti Ashxobod hozircha 211-pog‘onani

egalladi (10,5 megatonna karbonat angidrid tashlaydi). Ozarboyjon davlatining

poytaxti Boku shahri esa 8,7 megatonna tashlanadigan karbonat angidridi bilan 260-

o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston poytaxti Toshkent ekologiyaga eng ko‘p zarar

yetkazuvchi shaharlar ro‘yxatida-yiliga 7,1 megatonna karbonat angidrid gazi bilan

305-pog‘onadan joy oldi. Qozog‘istonning yana bir shahri Aktyubinsk 421-

pog‘onada qayd etildi (5,3 megatonna). Ammo shuni qayd qilish lozimki, bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

253

shaharlardan atmosferaga tashlanadigan karbonad angidrid miqdori uzluksiz oshib

bormoqda, hozirgacha bironta shaharda atmosferaga tashlanayotgan karbonad

angidrid miqdori kamaymadi.

NATIJALAR

Qattiq chiqindilar to‘planib, uzoq vaqt turib qolgan joylarda, tozalanganidan

so‘ng ham uzoq vaqt bu joyda o‘simliklarni ekish mumkin emas. Modomiki, o‘simlik

ekib o‘stirilar ekan, bu mahsulotlarni iste’mol qilish xavflidir. Chunki bu o‘simliklar

tuproqdagi ozuqa moddalar orqali ko‘pgina zaharli moddalarni o‘zi bilan olib chiqadi.

Bu tuproqlarda temir, xrom va boshqa moddalar yoki qaysi tur qattiq chiqindi

bo‘lishigi qarab o‘sha moddalar ko‘p bo‘ladi. Sanoat chiqindilari 12.1.007-76 Davlat

standarti bo‘yicha tarkibidagi zaharli moddalar va tashqi muhitni ifloslantirishi bilan

to‘rt guruhga bo‘linadi:

1. Favqulodda xavfli.

2. Juda xavfli.

3. O‘rtacha xavfli.

4. Sal xavfli.

1-guruh – kutilmaganda portlash, yong‘in, zilzilalar ta’sirida zaharli moddalar

va gazlar xavfli ta’sir ko‘rsatadi.

2-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida inson hayoti uchun xavf soladigan

simob, margimush, xrom, qo‘rg‘oshinli azot va boshqa zaharli tuzlarni saqlashi bilan

juda xavfli hisoblanadi.

3-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida mis sulfati, misning otquloq

kislotasi tuzlari, nikelning xlorli tuzi, qo‘rg‘oshin oksidi va boshqalarni saqlashi bilan

inson hayotiga xavf soladi.

4-guruhga sanoat chiqindilari tarkibida zaharli moddalar saqlamaydiganlar

kiradi. Bu guruh chiqindilar tarkibida fosfotlarni, marganets, ruxning simob tuzlarini

saqlaydi. Korxona chiqindilari ikkiga bo‘linadi, ya’ni biridan foydalanish mumkin,

ikkinchi turidan mutlaq foydalanib bo‘lmaydi. Sanoat korxonasi chiqindilaridan

g‘isht, qurilish materiallari, yoqilg‘i mahsulotlari, shuningdek, ayrim elementlarni sof

holda ajratib olinadi. Masalan, neftni qayta ishlash sanoatida chiqadigan shlam


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

254

qoldiqlari qayta ishlansa, 1 mln tonnasidan 4300 tonna kobet olish mumkin.

Metallurgiya kombinati shlaklaridan va issiqlik energiya ishlab chiqaradigan

bo‘limlaridan chiqqan kuldan sement, o‘g‘it material tolalar qayta ishlab olinadi.

Shuningdek, ulardan kislotalarga chidamli izolyatsiya materiallari va beton quyish

uchun qurilmalar tayyorlanadi. Inson va tabiat uchun xavfli bo‘lgan chiqindilar

zararsizlantirilib, aholi punktlaridan mutlaq uzoq joylarda ko‘mib tashlanadi.

Chiqindilarni termik usul bilan zararsizlantirishda maxsus o‘choqlarda ular 1000-

1200 °C da kuydiriladi, ammo ularning yonishidan zaharli gazlar hosil bo‘lsa, ular

albatta maxsus ushlagichlar yordamida ushlab qolinadi. Bizdagi sanoat

korxonalaridan Olmaliq va Angrenda chiqindilar miqdori juda ko‘payib ketadi.

Ba’zan to‘plangan chiqindilar miqdori 40 mln. tonnagacha yetishi mumkin, bu

korxonalardagi chiqindilarning ko‘pchiligi qayta ishlanadi. Ba’zilari ko‘mib

tashlanadi. O‘ta zaharli bo‘lgan chiqindilar qalinligi 10 mm bo‘lgan temir

konteynerlarga solinib mahkamlab, to‘rt tomoni betonlangan chuqurlarga ko‘miladi,

suyuq chiqindilar uchun ajratilgan chuqurliklar hamma tomoni betonlanib, chetlariga

tuproq solinib, ko‘miladi. Betonlangan chuqur yer yuzasidan kamida 80-100 sm

pastda qoladi.

Yirik shaharlarda sanoat chiqindilari juda ko‘plab chiqadi. Masalan, eng katta

shaharlardan biri bo‘lgan Moskva shahrida qattiq, uy-ro‘zg‘or chiqindilari bir odam

boshiga bir yilda 300 kg to‘g‘ri keladi. Shundan qog‘oz va kartonlar 28.8%; metall

jinslar 5.7%; oziq-ovqat chiqindilari 28.5%; plastmassa 5.1%; tekstil 3.1%; oyna

4.4%; yoqilg‘i materiallari 1.8%; inert materiallar 3.4%; mayda chang chiqindilarning

19.2% hajmini tashkil qiladi. Respublikamizda qattiq chiqindilar asosan energetika

beruvchi inshootlardan kul va shlaklar; qora va rangli metallurgiyadan shlaklar, koks

qoldiqlari; ko‘mir qazib oluvchi sanoatdan chang chiqindilari; yog‘ochni qayta

ishlovchi xo‘jaliklardan qipiq va qirindilar; kimyo sanoatidan fosfogipslar shaklida

hosil bo‘ladi. Qattiq chiqindilar tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lib, o‘ta zaharli

moddalar – mishyak, ftor, fosfor, simobdan tortib inert moddalargacha bo‘ladi, bular

bo‘r, gips va loylardir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

255

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon

xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi yaqin kelajakda

chiqindilarning 85% ni qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ayrim

mamlakatlarda chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Natijada qog‘oz,

plastik, alyuminiy kabi chiqindilarning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu

jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qayta ishlash energiya

va xomashyoni sezilarli darajada tejaydi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining

34%, shisha buyumlarning 43%, qog‘oz va kartonning 54% chiqindini qayta ishlash

evaziga olinar ekan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy,

temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33% ni, jun, ipak, charm-attorlik

buyumlarining 34% ni turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi. Ko‘rinib

turubdiki, chiqindilarni paydo bo‘lishi va yig‘ilib qolishi katta ekologik muammo

ekanligi, ularni qayta ishlash va utillashtirish insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan

biri bo‘lib kelayapti.

Tabiiy ekotizimlarda ishlab chiqarish bilan parchalanish muvoffiqlashgan,

ularda chiqindilar bo‘lmaydi: bir turdagi organizmlar chiqindilari boshqa bir tur

uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi va shunday qilib, tabiatda yopiq moddalar

almashinuvi ro‘y beradi. Tabiiy ekotizimlardan 90% ga yaqin energiya moddalarning

parchalanishiga va biogeokimyoviy aylanishiga sarf bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy

tizimlarda 90% ga yaqin moddiy resurslar chiqindiga aylanadi, energiyaning asosiy

miqdori esa ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Shuning

uchun, bizning bosh vazifamiz, tabiiy resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini

topish, ularning kamayib ketishini, atrof - muhitning ifloslanishini va degradatsiyasini

bartaraf etish, pirovard natijada esa, moddalarning texnogen va biogeokimyoviy

almashinuvini qo‘shib yuborishdir.

XULOSA

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikamizda yiliga, 100 million

tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 % toksik chiqindilar toifasiga mansub),

shundan 35 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindixonalar va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

256

chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va

maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab

turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas.

Xabarlarga ko‘ra Respublikamizda hosil bo‘layotgan chiqindilarning atigi 5-10 %

qayta ishlanadi yoki utilizatsiya qilinadi. Bu ko‘rsatgich chet ellarda 55-60% ni

tashkil etadi.

Bugun dunyo hamjamiyatini havotirga solayotgan dolzarb muammolardan

biri atmosfera havosiga, Yer yuziga turli sanoat korxonalaridan har xil ko‘rinishdagi-

gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar chiqarib tashlanayotganligidir. Bu o‘z

navbatida, atrof- muhitning, qolaversa zaminimizning ifloslanishiga sabab

bo‘lmoqda. Chunki chiqindilarning aksariyat qismi zararsizlantirilmay, tozalanmay

atrof-muhitga chiqarib tashlanmoqda. Ularning salbiy ta’siri natijasida esa

atrof muhit uchun turli noxush holatlar yuzaga kelmoqda.

Taraqqiyot va yutuqlarga erishish davrida turli xil elektron qurilmalar va

xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi

kunda, bizga odat bo‘lib qolgan ofis, ishdagi elektronikasiz hayotni tasavvur qilish

qiyin. Yirik elektronika kompaniyalari katta raqobat sabab, har kuni yangi va

raqobatbardosh elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishadi. Bu esa o‘z navbatida

eski texnikalar chiqindisi hajmini oshiradi.

Respublikamizning ko‘pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan

iborat sun’iy tog‘lar paydo bo‘lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd. tonnaga yaqin

bo‘lib, 10 ming gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda

rangli madanlar va boshqa foydali qazilmalardan tashqari, zahar birikmalar ham

mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish

yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa minglab gektar ekinzor, bog‘lar, barpo etishga

imkon tug‘ilar edi. Respublikamizda 159 ta axlatxonalari mavjud bo‘lib, yiliga

kommunal xo‘jaliklardan o‘rtacha 30 mln t. chiqindi chiqadi. Uning 29% i

axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga to‘kib yuboriladi.

Ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallar, mahsulotlar ishlab

chiqarish, ularni ortish, tashish, saqlash va foydalanish kabilar insonlar salomatligi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

257

uchun mutlaqo zararsiz hamda hozir ham, kelgusida ham xavfsiz bo‘lishi, barcha

ishlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2028-yillar davrida

O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga

oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil PQ-4291-sonli qarori.

2.

A.Ergashev. Umumiy ekologiya. Toshkent – 2003

3.

A.Ergashev, T.Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish.

Toshkent. “Yangi asr avlodi”, 2005.

4.

D.Yo. Yormatova, X.S.Xushvaqtova Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.

Toshkent – 2018.

5.

N.I.Ibragimov, I.S Raximova. Qattiq maishiy chiqindilarini utilizatsiyalash.

Toshkent – 2018.

6.

P.S.Sultonov. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari.

<<MUSIQA>> nashriyoti Toshkent – 2017.

7.

O‘.E.Xo‘janazarov, Sh.Yakubjonova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.

O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2018.

8.

B.Sh.Ismoilxo‘jayev, J.B.Mirzaqobulov. Ekologik ekspertiza. Uslubiy

qo‘llanma Toshkent – 2019.

Most read articles by the same author(s)

Akmal Ostonov Aslonovich, Bekmurod Rustamov Alisher o’g’li, Laylo Bafoyeva Choriqulovna, QATTIQ CHIQINDILARDAN ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 1 (2025)