MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
131
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA “MURUNTOV” KONI
ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
SHukurov Mirjalol Madamin o’g’li
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
konchilik fakulteti 27M-24KIEA guruh magistranti
ANNOTATSIYA: “Muruntov” kon hududidagi konchilik korxonalari
geografik joylashuv parametrlariga ko‘ra to‘g‘ri keladigan muqobil energiya
manbalar turlarini aniqlash va hududga to‘g‘ri keladigan muqobil energiya
manbalar turlari tahlili va taklifi.
Kalit so’zlar: konchilik, korxona, muqobil energiya, parametr, geografik.
ANNOTATION: Determination of the types of alternative energy sources
corresponding to the parameters of the geographical location of mining enterprises
in the territory of the "Muruntau" deposit, as well as analysis and proposal of the
types of alternative energy sources corresponding to the territory.
Keywords: mining, enterprise, alternative energy, parameter, geographical.
Mamlakatimizda NKMK (Navoiy kon metallurgiya konbinati) aksiyadorlik
jamiyatining MKB (Markaziy kon boshqarmasi) tarkibiga kiruvchi “Muruntov”
konida rudani qazib olish va qayta ishlash jarayonida eng zamonaviy texnologiyadan
foydalaniladi. Muruntov koni hududidagi konlardagi ruda tarkibi foydali
kompanentlarga boyroq hisoblanadi. Muruntov koni 3,5 km uzunlik, 2,7km eni,
600metr chuqurligi bilan dunyo reytingida 2-o‘rinni egallamoqda
Bugungi kunda “Muruntov” konida har ikkala gidravlik va elektr uskunalar
qo’llanilmoqda. Shu sababli kon hududiga yuqori quvvatli elektr ta’minoti tizimi
keltirilgan va kon hududida juda yuqori elektr istemoliga ega hisoblanadi. Shularni
hisobga olgan holda “Muruntov” koni energiya samaradorligini oshirish maqsadida
muqobil energiya manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiq yechim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
132
hisoblanadi.Muqobil energiya manbalari salohiyatidan kon hududida foydalanish
korxona uchun iqtisodiy tomondan samarador, maqbul yechim hisoblanadi. Bugungi
kunda dunyo tajribasida muqobil energiya manbalarining 3ta asosiy turidan keng
ko’lamda foydalanib kelinmoqda, ya’ni: quyosh elektr stansiyalari, shamol elektr
stansiyalari va gidro elektr stansiyalardir.
Quyosh elektr stansiyasi bu quyosh panellari orqali elektr energiya ishlab
chiqarishi hisoblanadi. Bugungi kunda kon hududida quyosh elektr stansiyasidan
foydalanilmoqda. Bu stansiya (quyosh panellari) orqali elektr energiyani ma’lum
miqdorda tejashga erishilmoqda. Lekin quyosh energiyasida korxona hududida keng
foydalanish imkoniyatiga ega emas Sababi kon hududida burg`ilash portlatish ishlari
uzluksiz amalga oshiriladi va ob’yekt o’tachangli hudud hisoblanadi. Shu bilan
birgalikda, Muruntov koni hududi shamolli hudud hisoblanadi.
Shamol ko’p bo’lishini hisobga olgan holda kon hududida shamol
generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq holat hisoblanadi.Ushbu faktorlarni
hisobga olgan holda Muruntov koni hududida quyosh panellarining ustki qismini tez
vaqtda chang zarrachalari qoplabolishini hisobga oladigan bo’lsak quyosh panellari
ob’yekt uchun samarasiz manba hisoblanadi [1]. Buning natijasida panellar o`zining
normasidagi elektr energiyasini ishlab chiqarolmaydi. Quyosh panelini yuzini
tozalaydigan qo’shimcha uskuna esa qo’shimcha xarajat talab qiladi. Bu esa o’z-
o’zidan korxona iqtisodiga ham sezilarli ziyon keltiradi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda “Muruntov” koni hududida shamol
elektrstansiyalaridan foydalanish iqtisodiytomondan samarali va foydali hisoblanadi.
Shamol generatorlari shamol tezligidan foydalangan holda elektrenergiya ishlab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
133
chiqaradi.Quyidagi jadvalda Yevropaning “TESUP” kompaniyasi tomonidan olingan
shamol tezligining o’zgarish qiymatlari keltirilgan [2].
“Muruntov” koni hududida shamol tezligining o’zgarish qiymatlariga to‘g‘ri
keladigan qiymatlar
1-jadval.
Yanvar
Fevral
Mart
Vaqtdavri
O`rtachashamolt
ezligi
Elektrenergiyai
shlabchiqarish
kWh
O`rtachasha
moltezligi
Elektrenergiya
ishlabchiqaris
h kWh
O`rtacha
shamolt
ezligi
Elektrenergiyaishlabc
hiqarish kWh
12.00-13.00
12 m/s
6,153
15 m/s
7,032
15 m/s
7,032
13.00 - 14.00
10 m/s
4,372
13 m/s
6,762
18 m/s
7,032
14.00 - 15.00
8 m/s
2,765
13 m/s
6,762
17 m/s
7,032
21.00 - 22.00
15 m/s
7,032
18 m/s
7,032
9 m/s
3,71
22.00 - 23.00
17 m/s
7,032
18 m/s
7,032
15 m/s
7,032
27,354 kWh
34,62 kWh
31,838 kWh
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “Muruntov” koni hududida energiya samaradorligiga
erishish uchun muqobil energiya manbasi hisoblangan shamol generatorlaridan
foydalanish iqtisodiy tomondan samarador yechim ekanligini yuqoridagi jadvaldan
ko’rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Кажинский Б.Б. Гидроэлектрические и ветроэлектрические станции
малой мощности. М.: Госпланиздат, 2002г., 157стр.
2.
O’zbekistonrespublikasiPrezidentining 2019 yil 22 avgustdagi PQ-4422
sonliqarori.