MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
88
ZAMONAVIY AVTOMOBIL DIVIGATELLARINI STENDLARDA
SINASH TAHLILI
Ergashev Jasur Rahimjonovich
Andijon davlat texnika instituti 4-kurs talabasi
Anotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ichki yonuv dvigatellarini sinashda
qo‘llaniladigan stend uskunalari va ularning texnik-mexanik xususiyatlari tahlil
qilinadi. Asosan dvigatel sinash stendi tarkibi, tormozlash uskunalari, elektr va
gidravlik tormoz stendlari, shuningdek, dvigatelning asosiy ish ko‘rsatkichlarini
aniqlashda qo‘llaniladigan o‘lchov qurilmalari keng yoritilgan. Ishda elektr tormoz
va gidravlik tormozlarning xarakteristikalari graflar orqali ko‘rib chiqiladi,
dvigatelning quvvat, burovchi moment va yoqilg‘i sarfini aniqlash formulalari
keltiriladi. Shuningdek, sinov natijalarini tahlil qilish va ularni standart atmosfera
sharoitlariga keltirish metodlari bayon etilgan. Mazkur ish zamonaviy dvigatellarni
samarali va aniq baholashda sinov stendlarining ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: dvigatel sinash stendi, elektr tormoz, gidravlik tormoz, quvvat
o‘lchovi, burovchi moment, yoqilg‘i sarfi, tachometr, gaz analizatori, standard
atmosfera sharoiti, dvigatel sinovi texnologiyasi
Annotation. This thesis analyzes the modern test benches used for testing
internal combustion engines and examines their technical and mechanical
characteristics. The composition of engine test benches, braking devices, electric and
hydraulic braking systems, and the measuring instruments used to determine engine
performance parameters are comprehensively discussed. The study includes
graphical analysis of electric and hydraulic brake characteristics, and provides
formulas for calculating engine power, torque, and fuel consumption. Additionally,
methods for analyzing test results and adjusting them to standard atmospheric
conditions are described. This research highlights the significance of modern test
benches in the accurate and efficient evaluation of internal combustion engines.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
89
Keywords: engine test bench, electric brake, hydraulic brake, power
measurement, torque, fuel consumption, thermometer, gas analyzer, standard
atmospheric conditions, engine testing technology
Kirish.
Zamonaviy ichki yonuv dvigatellari avtomobil sanoatining muhim
qismi bo‘lib, ular ko‘plab transport vositalarida qo‘llaniladi. Ushbu dvigatellar asosan
benzin yoki dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydi va ularning asosiy vazifasi yoqilg‘ini
yoqish orqali mexanik energiya ishlab chiqarishdir. Zamonaviy ichki yonuv
dvigatellar bir qator innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Ular orasida
turbozaryad, direkt yoqish tizimi, va turli xil boshqaruv tizimlari mavjud.
Turbozaryad dvigatelning samaradorligini oshirishga yordam beradi, chunki u havoni
siqib, yanada ko‘proq yoqilg‘i bilan aralashtirish imkonini beradi. Direkt yoqish esa
yoqilg‘ining yonish jarayonini optimallashtiradi va chiqindilarni kamaytiradi.
Bundan tashqari, zamonaviy ichki yonuv dvigatellari ko‘plab ekologik talablarni
hisobga olgan holda ishlab chiqilgan [1]. Ular chiqindilarni kamaytirish uchun
katalizatorlar va boshqa tozalash tizimlari bilan jihozlangan. Bunday dvigatellar,
shuningdek, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan turli xil dasturiy ta’minot
va boshqaruv tizimlarini o‘z ichiga oladi. Biroq, ichki yonuv dvigatellari global isish
va atrof-muhit muammolari kontekstida tanqid ostida qolmoqda. Shu sababli,
avtomobil sanoati elektr dvigatellari va gibrid tizimlarga o‘tishni kuchaytirmoqda.
Shunga qaramay, ichki yonuv dvigatellari hozirgi kunda ham ko‘plab mamlakatlarda
keng tarqalgan va ularning rivojlanishi davom etmoqda.
Dvigatelni sinash stendi tormoz va o‘lchash qurilmalari, dvigatelni yoqilg‘i
bilan taminlash, sovutish, ish bajargan gazlarni chiqarish apparaturalari, dvigatelni
maxkamlash moslamalari va boshqarish o‘rganlaridan tashkil topgan.
Tormoz qurilmasi va qotirish detallari cho‘yan plita ko‘rinishida yasalgan va
beton plitaga joylashgan asosga maxkamlangan [2]. Plitaga stoykalarni qotirish
ankerli boltlar uchun pazlar ishlangan. Sinaladigan dvigatel support stoykalar yoki
maxsus balkalarga o‘rnatiladi. Agar dvigatel ekspluatatsiya quvvatini aniqlashga
mo‘ljallamga agregatlar bilan jixozlangan bo‘lsa , u holda traktordan olinmaydi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
90
elastic mufti bilan quvvat olish vali orqali tormoz valiga ulanadi. Tormoz qurilmasi
hamda tractor gidravlik damkrat bilan jixozlangan platfo‘rmaga joylashtiriladi.
Quvvat olish vali va tormoz vali platformani tegishlicha siljitib domkratdan
foydalanib sentrovka qilinadi [3]. Bu holda dvigatel ozining sistemasidan yoqilg‘i
bilan taminlamadi va sovutiladi.
Stend turg‘un nagruzkaga erishishni va aylanishlar chastatasi keng
diapazonda ularni rostlashini taminlashi lozim.Gidravlik va elektrik stendlar
ishlatiladi. Elektr stendlan keng tarqalga ular yuqori aniqlikda o‘lchashni va
dvigatelni keng aylanishla chastotasi diapazonida turg‘un nagruzkalar bilan sinashni,
nagruzkalarni ravon va yaxshi rostashni taminlaydi.
Elektr stend sinaladigan dvigatel bilan yuritiladigan generatordan iborat.
Generator ishlab chiqargan elektr energiyasi rheostat yoki tashqi tarmoqdan iborat
nagruzka tarmog‘iga uzatiladi.Elektr stendni elektr dvigatel rejimida ishlatib,
chiniqtirgich sifatida foydalanish mumkin.
Elektr stendlar o‘zgarmas tok stendlari, sinxron va asinxron o‘zgaruvchan tok
stendlariga bo‘linadi. Eng ko‘p tarqalgan mashina ozgarmas tok stendlari bo‘lib, eng
universal va oddiydir [4]. Ularning afzalligi sinalayotgan dvigatel tormozlamganda
keng aylanishlar chastotasi diapozonida generator rejimida va ichki yonuv dvigatelini
yurgazib yuborishda, chiniqtirishda dvigatel rejimida ishlash imkoniyatiga ega.
Sanoatda o‘zgarmas tok balansirli mashinasi bo‘lgan quyidagi asosiy tip o‘lchovli
stendlar ishlab chiqariladi: МПБ 24,5/22 quvvati 25 kwt, МПБ28/26 50 квт
МПБ32,7/28 100 квт va МПБ 42,3/30 200квт. МПБ xarflar balansirli ozgarmas tok
mashinasi ekanligini, raqamlar dvigatel rejimidagi burovchi momentni va generator
rejimidagi tormozlash momentini korsatadi. Quvvqt generator rejimida beriladi.
Mashinalar 4500 ayl/min gacha aylanishlar chastotasida ishlashi mumkin.
Balansirli mashina deyilishiga sabab shuki, u tormoz korpusi osilgan holda
balansirlash prinsipi bo‘yicha sinalayotgan dvigatel valida hosil bo‘lgan burovchi
momentni o‘lchaydi. Korpus 2 podshipniklar 3 dagi stanina 4 ga osilgan va prizma 5
orqali tarozi mexanizmi 1 ga taqilgan. Quvvat (kwt)
N
e
=plnf10
-3
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
91
Formula bo‘yicha topiladi, bunda p-tarozi mexanizmining ko‘rsatadigan
zo‘riqishi, l-tormoz yelkasi, odatda uning uzunligi 1m: f-dvigatel bilan tormoz
orasidagi oraliq uzatma foydali ish koeffitsiyenti, n-valning aylanishlar chastotasi.
Tormozning tormozlash sifat
i
uning xarakteristikasi bilan baxolanadi [5].
Tormoz xarakteristikasi sinaladigan dvigatelning tormoz so‘ndiradigan mexanikaviy
energiyasi N
r
bilan stend vali aylanishlar chastotasi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Ushbu dvigatelni sinash uchun stendning yaroqliligini aniqlashga imkon beradi. a-b
nuqtalar orasidagi egri chiziqlar 1 va 2 elektr tormozning (1) eng ko‘p qo‘zg‘alishiga
yoki gudravlik tormozning suv (2) bilan yaxshi to‘lishiga mos keladi. aef chizig‘i ab
chizig‘idan pastda yotadiva gidravlik yoki elektr tormozlarning (tegishli holda suv
bilan yaxshi to‘lgan yokito‘la qo‘zg‘atilmagan) qisman tormoz quvvatiga mos keladi.
1-rasm
Elektr tormoz xarakteristikasi parabola tenglamasi
N
T
=an
T
2
Bilan aniqlnadi, bunda a- tormozning tola nagruzkada ishlashiga to‘g‘ri
keladigan koeffitsiyent.
Gidravlik tormoz xarakteristikasi kubik parabola
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
92
N
T=
a
T
3
Tenglamasi bilan ifodalanadi.
Grafikdagi vs chiziq tormozning birlik sharti yoki yo‘l qo‘yilgan qizishi
shartiga ko‘ra maximal tormozlash quvvatining qiymatini ifodalaydi [6]. cd chiziq
mustaxkamlik sharti bo‘yicha aylanishlar chastotasining yo‘l qo‘yiladigan oralig‘ida
tormozlash quvvatini cheklaydi.
a
T
chiziqn tormozning salt ishlashiga ketgan quvvat N
T.X.
ni bildiradi. abcd
konturi tormozning sinalayotgan dvigatelning qancha quvvatini olishi mumkinligini
aniqlaydi. Agar stend shu dvigatelni sinashga yaroqli bo‘lsa, uning xarakteristikasi
hklm kontur bilam tormoz xarakteristikasida to‘liq chizilgan bo‘lishi lozim. Bunda
nuqta b tormozning salt ishlashidagi minimal nagruzkaga mos keladi.
O‘lchash qurilmalari va asboblari. Yoqilg‘i sarfini o‘lchash qurilmasi-bu
odatda rezeruar bo‘lib, malum aniqlikdagi taroziga o‘rnatiladi. Yoqilg‘i undan
dvigatelga oqib tishadi. Qurilma avtomatik ulanadi [7]. Oniy aylanishlar chastatosi
tahometr bilan o‘lchanadi. Markazdan qochuvchi qo‘shimchali taxometrlar katta
oraliqda o‘lchashga imkon beradi (гост 13082-71); elektrik taxometrlar qulay
ularning anqiligi markazdan qochuvchi taxometrlarnikiga nisbata yuqori. Elektrik
taxometrlar bir nechta ko‘rsatgichlarni o‘lchab, aylanishlar chastotasini masofadan
o‘lchashga imkon beradi.
Tajriba vaqtini olchash uchun 0,2 sek gacha aniqlikda ishlaydigan
sekumdomerlardan foydalaniladi.
Tevarak havo temperaturasini karterdagi moy sovutish sistemasidagi suv
chiqarish truboprovodidagi (karbyuratorli dvigatel) ish bajargan gaz temperaturalarini
o‘lchash uchun kengayish (simob,spirt) termometrlari, manometric va elektrik
termometrlar va termoelektrik pirometrlardan foydalaniladi.
Ish bajargan gaz tutunining quyuqligini aniqlash uchun nurlantirish usulida
ish bajargan gaz optik zichligini o‘lchaydigan tutun o‘lchagichlar va sajemerlar
(filtirlash usulida qurum konsentratsiyasini o‘lchaydigan) qurum o‘lchagichlar
ishlatiladi [8].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
93
Ish bajargan gaz (uglerod(2) oksid va uglevodorodlar) ning zaxarliligini
anqilash uchun gaz analizatorlaridan foydalaniladi.
Sinash.
Dvigatelni sinashdan oldin tormoz qurilmasi tekshiriladi. O‘lchash
aparaturalari tayorlab qo‘yiladi [9]. Dvigatel ishlatib chiniqtiriladi. Dvigatelning
texnikaviy holati va rostlash ko‘rsatgichlari sinchiklab tekshiriladi. Dvigatel yurgizib
va tekshirib ko‘rilgandan keyin xarakteristikaning bir nechta tekshiriladigan nuqtalari
qiymatlari olinadi.
2-rasm
Xar bir tajriba oldidan dvigatel o‘zgarmas aylanishlar chastotasi va normal
temperaturali rejim bilan turg‘un ishlashi kerak. Ishonchli natijalar olish uchun xar
bir tajriba bir necha marta qaytariladi. Dvigatelning ishlash rejimlari bitta tajribadan
ikkinchisiga o‘tishda belgilangan chegarada olinadigan xarakteristikalar turiga
bog‘liq holda yok atta, yoki kichik tomonga o‘zgaradi.
Tajriba vaqtifda olingan malumotlar sinash jurnakiga yozib boriladi va sinash
prosessida bevosita hisoblab chiqiladi. Jurnalda dvigatelning markasi nomeri, sinash
vaqti va joyi yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, qanday xarakteristika olinganligi va
qanday tormozda olinganligi, dvigatelning tirsakli validan tormoz valiga beriladigan
uzatmalar soni va uzatmaning F.i.k. belgilanadi. Sinash vaqtida dvigatelga
ishlatiladigan yoqilg‘I va karter moyning nomi va standart xamda barometric bosimi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
94
ko‘rsatiladi. Jurnalda dvigatel ishlashidagi barcha ozgarishlar (tutash boshlanish va
xarakteri, vibratsuya, taqiqlangan tovushlar va x.k.) qayd qilinadi.
Xar bir tajriba vaqtida tajribaning qancha davom etganligi,o tormozning
kuchi, tormoz valining aylanishlar chastotasi, yoqilg‘i sarfi hamda atrof havo
temperaturasi, sovutish suvi, karter moyi, ish bajargan gaz temperaturalari va moylash
sistemasidagi moy bosimi, taminlash sistemasidagi yoqilg‘i bosimi, dvigatel
karteridagi gaz bosimi o‘lchanadi.
Xar bir tajriba uchun dvigatelning tirsakli vali aylanishlar chastotasi,
burovchu moment, quvvat, yoqilg‘i sarfi aniqlanadi. Dvigatelning burovchi momenti
(47) formula, effektiv quvvati (68) formula bilan xisoblab chiqiladi.
Yoqilg‘i sarfi r/sek
G
T
=Q
T
/t
Bunda Q
T
-tajriba vaqtida sarflangan yoqilg‘i miqdori, t-tajriba vaqti sek,
Yoqilg‘ining solishtirma sarfi r/(kwt*soat)
g
e
*G
T
*3600/N
e
Quvvat va solishtirma yoqilg‘i sarfiga atrof havo temperaturasi va barometric
bosim tasir qiladi. Shu sababli dvigatel sinalgandan keyin quvvat va yoqilg‘i sarfi
nomogramma yoki xisoblash formulasi (ГОСТ 1850973) bilan standart atmosfera
sharoitiga o‘tkaziladi [10].
3-rasm
Standart atmosfera sharoiti uchun barometric bosim – 101,3 kPa; havo
temperaturasi 20
0
C; havoning nisbiy namligi - 50% qilib olinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
95
Dizel yoqilg‘isi uchun standartb temperatura 20
0
C va zichlik 0,83 g/m
3
ga
teng. Sinash tugaganidan so‘ng xarakteristikalar quriladi va asosiy ko‘rsatgichlar
jadvali tuziladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy avtomobil dvigatellarini
stendlarda sinash, ularning samaradorligini, ishonchliligini va ekologik xavfsizligini
baholashda muhim rol o‘ynaydi. Sinov jarayonlari dvigatelning turli rejimlarda
ishlashini, yoqilg‘i iste’molini, chiqindilarni va issiqlik almashinuvini aniqlash
imkonini beradi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarga dvigatellarni optimallashtirish,
yangilash va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Stend
sinovlari orqali olingan ma’lumotlar, dvigatelning ish faoliyatini yaxshilash, energiya
samaradorligini oshirish va ekologik standartlarga muvofiqligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, bu jarayonlar avtomobil sanoatidagi innovatsiyalarni
qo‘llab-quvvatlaydi va iste’molchilar uchun yanada sifatli va samarali mahsulotlar
taqdim etishga yordam beradi. Umuman olganda, zamonaviy avtomobil dvigatellarini
stendlarda sinash, sanoatning rivojlanishi va atrof-muhitni muhofaza qilish
maqsadida muhim vosita bo‘lib, kelajakda ham davom etadigan tadqiqotlar va
innovatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Avtomobil dvigatellari tuzilishi va ishlash prinsipi – T. N. Zokirov,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi uchun darslik.
2.
Dvigatellar nazariyasi – G. I. Rybin, M.V. Kuznetsov – Ichki yonuv dvigatellari
bo‘yicha asosiy darslik.
3.
Avtomobillar va traktorlar dvigatellari – V. A. Belyaev.
4.
Avtomobil dvigatellarini sinash laboratoriyasi bo‘yicha qo‘llanma – Texnika
universitetlari tomonidan tuzilgan amaliy qo‘llanmalar.
5.
Google Scholar – zamonaviy dvigatellarni sinash bo‘yicha ilmiy maqolalarni
izlash.
6.
ResearchGate.net – mualliflar bilan bog‘lanib maqolalarni olish mumkin.
7.
ScienceDirect.com – dvigatellar texnologiyasi va sinov metodlari bo‘yicha eng
so‘nggi tadqiqotlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–9_Май –2025
96
8.
Journal of Mechanical Engineering and Transport (O‘zbekistonda yoki MDH
davlatlarida nashr qilinadigan ilmiy jurnallar).
9.
SAE Technical Papers (https://www.sae.org) – avtomobil texnologiyalari
bo‘yicha yetakchi xalqaro nashr.
10.
"Modern Test Benches for Internal Combustion Engines" – Elsevier yoki
Springer nashriyotlarida chop etilgan ilmiy maqolalar.
11.
“Engine test bench automation and real-time data acquisition systems” –
avtomatlashtirish va sensor texnologiyalari bilan bog‘liq maqolalar.