MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–6_ Май –2025
360
TASHKILOTLARDA MENEDJER SHAXSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Jo’lmurodov Oybek Asliddin o’g’li
JDPU da o’qituvchi
Annotatsiya: Ushbu ishda menejer shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
yoritilgan. Boshqaruv jarayonida menejerning liderlik salohiyati, muloqot madaniyati,
hissiy intellekti, tashkiliy va tashabbuskorlik qobiliyatlari asosiy omillar sifatida ko‘rib
chiqilgan. Menejerlik faoliyatini qo’llash bo’yicha ko’nikmalar berilgan. Menejerni
psixologik sifatlariga to’xtalib o’tilgan.
Kalit so'zlar: menejer, masuliyatlilik, liderlik, rahbarlik, tashabbuskorlik,
xodimlarga munosabat.
Menejerning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nafaqat uning individual
muvaffaqiyati, balki butun jamoaning ishlash sifati va muhitiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Shu sababli, har qanday menejer o‘zining ruhiy holati, hissiy muvozanati,
muloqot ko‘nikmalari va liderlik fazilatlarini doimiy rivojlantirib borishi lozim.
Har bir tashkilot xodimlarni boshqarishning vazifaviy tizimiga ega bo’lishiga
qaramay, bu boshqaruv bo’linma rahbarining huquq doirasiga kirgan. Tashkilotda
xodimlarni boshqarish bo’yicha asosiy tarkibiy bo’linma mеhnat rеsurslarini
rеjalashtirish, xodimlarning o’qishi, malakasini oshirishi va qayta tayyorlanishini
tashkil etishni bajaruvchi xodimlar bo’limidir. Ammo bu an'anaviy xizmatlar mеhnatni
tashkil etish va ish haqi bo’linmalari, mеhnatni muhofaza qilish bo’limi bilan tashkiliy
bog’liq emas.
Psixologik yondashuvlarning an'anaviy katta farqi xodimlarni tanlab olish
tizimida namoyon bo’ladi. An'anaviy yondashuvda tanlov bo’yicha ishning kеrakli
hajmi ko’proq darajada mavjud ishchi kuchi va unga bo’lajak ehtiyoj o’rtasidagi farq
bilan bеlgilanadi. Noaniqlik va katta tavakkalchilik bilan izohlanadigan innovatsion
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–6_ Май –2025
361
faoliyatda ishchi kuchiga bo’lajak ehtiyojni bashorat qilish murakkabdir. Mavjud
xodimlar imkoniyatlarini ularning ijtimoiy jarayonlarga moslashishi nuqtai nazaridan
va malakalarining innovatsion faoliyat mazmuni darajasiga mosligini baholash zarur.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishining innovatsion turi kasbiy muvaffaqiyat
muomalasini yangicha shakllantiradi, shu sababli xodimni tanlash, qayta o’qitish va
ijtimoiy moslashtirishning alohida tizimini shakllantiradi. Yangi vaziyat noan'anaviy
ijtimoiy tеxnologiyalarni topishga majbur qiladi, xodimdan tug’ma va kеyingi olingan
sifatlarni mavjud muhit talablari bilan birlashtirish, ishga undovchisa bablarning turli-
tumanligini qabul qilishni taqozo etadi.
Ayni paytda bu mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ro‘y berayotgan
yangilanishva o‘zgarishlarning muqarrar tarzda odamlarning siyosiy ongi, siyosiy
madaniyati va faolligi yuksalib borishi, fuqarolik institutlari nufuzi va mavqeining
oshishi, ularga huquqlar berilishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq ekanini anglatadi.
Ma’lumki tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri bu boshqaruv qarorlari va
ularni bajarish. Boshqaruv qarorlari quyidagilar bilan ifodalanadi tashkilotdagi
ob’ektni bir davlatdan boshqasiga maqsadga muvofiq olib kelish maqsadi. Shuning
uchun boshqaruv qarorlari asosiy ijtimoiy-psixologik va tashkilotning kelajagini
belgilaydigan iqtisodiy omillar hisoblanadi. Bu borada harakatlar ijtimoiy-iqtisodiy fan
bo‘yicha boshqaruvda qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorlarning
sotsiopsixologik xususiyatlaridir.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan mulohazalar, birinchi navbatda, qaror qabul
qilishda inson omili, ikkinchidan, innovatsiyani joriy etishga qaratilgan samarali
menejment siyosatini quyidagi omillar asosida qurish mumkin:
- Mehnatga oid qonunchilikning ustuvorligi;
- Mehnat jamoasidagi ma’naviy muhitning sofligi;
- Adolatli va rivojlanishni rag‘batlantiruvchi boshqaruv;
- Guruhdagi ijtimoiy psixologik muhitning barqarorligi;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O.E. Hayitov
Boshqaruv psixologiyasi. T 2021.
2. Rahmonqulov N. Ijtimoiy psixologiya. – T 2019.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–6_ Май –2025
362
3. Xodjaeva N. Boshqaruv psixologiyasi. – T 2020.
4. Fayzullayev A.A. Menejment asoslari. – T 2021.
5.Psixologiya izohli lug’at. 2018