Authors

  • Ikromova Manzura Alisherovna
  • Ramazonova Frida Otabek qizi
  • Boltayeva Sh B

Author Biographies

  • Ikromova Manzura Alisherovna

    Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

    3-bosqich talabalari

  • Ramazonova Frida Otabek qizi

    Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

    3-bosqich talabalari

  • Boltayeva Sh B

    Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

    Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti,

    i.f.f.d (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117075

Keywords:

Logistika axborot tizimi axborot oqimi axborot texnologiyalari ERP WMS TMS EDI avtomatlashtirish raqamlashtirish logistika zanjiri boshqaruv tizimi.

Abstract

"Logistik axborot tizim va texnologiyalari. Axborot oqimi" mavzusida logistik jarayonlarda axborotning roli va uni boshqaruvchi tizimlar o‘rganiladi. Axborot oqimi – bu mahsulot harakati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning yetkazib beruvchilardan mijozlargacha uzluksiz harakatlanishini bildiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari (ERP, WMS, TMS, EDI va boshqalar) yordamida bu jarayonlar avtomatlashtiriladi va optimallashtiriladi. Mazkur mavzu logistikani raqamlashtirish, axborot ishonchliligi va tezkor boshqaruv imkoniyatlarini tahlil qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

354

LOGISTIK AXBOROT TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARI.

AXBOROT OQIMI

Ikromova Manzura Alisherovna va Ramazonova Frida Otabek qizi

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

3-bosqich talabalari

Boltayeva Sh B

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti

Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti,

i.f.f.d (PhD)

Annotatsiya. "Logistik axborot tizim va texnologiyalari. Axborot oqimi"

mavzusida logistik jarayonlarda axborotning roli va uni boshqaruvchi tizimlar

o‘rganiladi. Axborot oqimi – bu mahsulot harakati bilan bog‘liq bo‘lgan

ma’lumotlarning yetkazib beruvchilardan mijozlargacha uzluksiz harakatlanishini

bildiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari (ERP, WMS, TMS, EDI va boshqalar)

yordamida bu jarayonlar avtomatlashtiriladi va optimallashtiriladi. Mazkur mavzu

logistikani raqamlashtirish, axborot ishonchliligi va tezkor boshqaruv imkoniyatlarini

tahlil qiladi.

Kalit so’zlar: Logistika, axborot tizimi, axborot oqimi, axborot texnologiyalari,

ERP, WMS, TMS, EDI, avtomatlashtirish, raqamlashtirish, logistika zanjiri,

boshqaruv tizimi.

Annotation. The topic "Logistics Information Systems and Technologies.

Information Flow" explores the role of information in logistics processes and the

systems used to manage it. Information flow refers to the continuous movement of data

related to product movement from suppliers to customers. Modern information

technologies (such as ERP, WMS, TMS, EDI, etc.) help automate and optimize these

processes. This topic analyzes the digitalization of logistics, the reliability of

information, and the opportunities for rapid management.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

355

Keywords: Logistics, information system, information flow, information

technologies, ERP, WMS, TMS, EDI, automation, digitalization, logistics chain,

management system.

Аннотация. Тема «Логистические информационные системы и

технологии. Информационный поток» рассматривает роль информации в

логистических процессах и системы, обеспечивающие её управление.

Информационный поток — это непрерывное движение данных, связанных с

перемещением товаров, от поставщиков до клиентов. Современные

информационные технологии (ERP, WMS, TMS, EDI и др.) позволяют

автоматизировать и оптимизировать эти процессы. В данной теме

анализируется цифровизация логистики, надёжность информации и

возможности оперативного управления.

Ключевые

слова:

Логистика,

информационная

система,

информационный поток, информационные технологии, ERP, WMS, TMS, EDI,

автоматизация, цифровизация, логистическая цепочка, система управления.

Logistik axborot tizimlari (LAT) va ularning texnologiyalari, bugungi kunda

iqtisodiy va tijorat faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Har bir biznes yoki

tashkilot muvaffaqiyatli rivojlanish uchun samarali logistika tizimiga ega bo‘lishi

zarur, chunki bu tizimlar tovarlarni va xom ashyo resurslarini ishlab chiqarish va

iste’mol bozorlariga yetkazib berish jarayonlarini boshqaradi. Zamonaviy logistikada

axborot oqimi muhim o‘rin tutadi, chunki axborotning to‘g‘ri vaqtda, to‘g‘ri joyda va

to‘g‘ri shaklda mavjud bo‘lishi, barcha logistika operatsiyalarining samaradorligini

oshiradi. Axborot oqimi — bu ma'lumotlarni to‘plash, uzatish, qayta ishlash va saqlash

jarayonlarining ketma-ketligi bo‘lib, logistik jarayonlarni boshqarishda muhim rol

o‘ynaydi. Axborot oqimi, o‘z navbatida, korxonaning barcha departamentlari o‘rtasida

integratsiya va hamkorlikni ta’minlash, shuningdek, buyurtma qabul qilishdan tortib,

yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borishni

osonlashtiradi. Bunday tizimlarning ishlashi natijasida ma'lumotlar xatoliklar va

kechikishlarsiz tez va aniq yetkazib beriladi, bu esa biznesning umumiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

356

samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, logistika sohasida axborot

texnologiyalarining rivojlanishi, avtomatlashtirish va raqamlashtirish jarayonlari,

global ta’minot zanjirlarining boshqaruvini yanada soddalashtiradi.

Ma’lumotlar va axborot tizimlari yordamida, kompaniyalar real vaqt rejimida

lagerdagi mahsulotlar, transport vositalarining holati va boshqa ko‘plab logistika

operatsiyalarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu texnologiyalar

shuningdek, zaxiralarni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga

xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, bugungi

kunda logistik axborot tizimlari va axborot oqimi bo‘yicha yangi yondashuvlar va

texnologiyalarni o‘rganish, ushbu tizimlarning rivojlanishiga qo‘shilayotgan hissa,

nafaqat mavjud logistika jarayonlarini yaxshilash, balki yangi innovatsion yechimlarni

yaratishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada logistika sohasidagi axborot

tizimlari, ularning texnologik asoslari, axborot oqimining o‘rni va ahamiyati haqida

batafsil ma'lumot beramiz.

Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g‘amlab qo‘yilishi,

jo‘natish, omborga joylash, pul oqimlarini ta’minlash masalalarini samarali hal etishda

xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig‘ish katta foyda beradi, lekin bular harajatsiz

bo‘lmaydi.Teskari aloqaga ega axborot tizimi tushunchasi asosiy tuzilmani tuzishda,

logistik tizimni boshqarishdagi jarayonlarning turli tomonlarini integratsiyalashda asos

bo‘lib xizmat qiladi. Teskari aloqaga ega axborot atrof - muhit imkoniyati yaratilgan,

ma’lum to‘g‘ri qarorlar qabul qilinib, ular shu muhitni yaxshilashga ta’sir ko‘rsatgan

joyda mavjud bo‘ladi va EHM bazasida logistik axborot tizimlarini ko‘rish mobaynida

bir qancha tamoyillarga rioya qilinadi va ular quyidagi tamoyillarga amal

qiladi.Apparat va axborot modullarini ishlatish tamoyili. Apparat moduli asosida radio

apparaturalar bosh vazifasini mustaqil bajarilgan buyum sifatida tushuniladi.

Dastur va apparat modullari tamoyiliga rioya qilish shuni taqozo etadi: -

boshqaruvning turli darajalaridagi, hisoblash texnikasi va dasturlar bilan ta’minlash; -

logistika axborot tizimlari vazifasi foydasini ko‘tarish; - ular narxini tushirish;

Sharoitdan kelib chiqqan holda bosqichma - bosqich tizimini yaratish tamoyili. Boshqa

avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi EHM bazasida qurilgan logistika axborot


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

357

tizimlari doimiy rivojlanishdagi tizimdir. Bu shuni bildiradiki, loyhalashtirilayotgan

vaqtda doimiy avtomatlashtirilgan obyektlarning o‘sishini oldindan ko‘rish, axborot

tizimlari orqali tarqatilayotgan vazifalar va yechiladigan masalalar sonini kengaytirish.

Lekin shuni nazarda tutish keraki, birinchi o‘rinli masalalarni tanlash logistik axborot

tizimlarining rivojlanishi va uni foydali ishlatishga katta ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri

kelgan joyini juftlash. To‘g‘ri kelish joylarida, material va axborotlar to‘plami, o‘z

vazifasi chegarasidan o‘tib ketadi. Shu to‘g‘ri kelish joylaridan o‘zgaruvchanlik bilan

o‘tib ketish logistikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Tizimdan

foydalanuvchilarga qulaylik tamoyili «Inson va mashina». Logistika axborot tizimlari

uch guruhga bo‘linadi: - rejali; - dispozitsion; - tezkor (vazifa o‘taydigan). Har xil

guruhlarga kiradigan logistika axborot tizimlari o‘z vazifaviy va ta’minlaydigan

tizimlari bilan ajralib turadi.

So'nggi yillarda kompaniyalar logistika va ta'minot zanjirini boshqarish

vositalari va texnologiyalarida sezilarli o'zgarishlarga duch kelishdi. Kompaniyalar

korporativ axborot tizimlarini keng ko'lamli avtomatlashtirishga o'ta boshladilar va

o'zlarining virtual malumotlar bazalarini shakllantirgan holda elektron tijorat

platformalari va elektron tijorat xizmatlari ishtirokchilariga aylanishdi. Baholanmoqda

Juda kop Amerika olimlari transport va logistika sohasini raqamlashtirishda

innovatsiyalarni ahamiyati katta deb bilishadi. Biroq ,taniqli McKinsey xalqaro

boshqaruv konsalting kompaniyasi (Jeneva, 2020) tahlilchilarining fikriga ko'ra

ma'lumot bu logistika sohasini ragamlashtirishda asosiy unsur hisoblanadi va undan

foydalanish qobilyati kompaniyalarning raqamlashish darajasini ifodalab beradi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

358

1-rasm. Logistikani raqamlashtirishdagi asosiy omillar

1

Raqamli innovatsiyalar logistika ishtirokchilariga samaradorlikni oshirish va

xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, yangi biznes imkoniyatlarini izlash mkonini

beradi. Ushbu transformatsiya to'rtta asosiy tendentsiyaga asoslangan "Logistika 4.0"

deb nomlangan yangi paradigmaga olib keladi.

2-rasm. Logistika raqamlashtirish 4.0 davri.

2

Misol tariqasida Amerika Qo'shma Shtatlari logistika bozorini oladigan bo'lsak,

bu bozor hozirda ulkan raqamlashtirishga guvoh bo'lmoqda desak mubolag'a

bo'lmaydi. Masalan Amazon, JB Hunt va Ch kabi yirik yetkazib beruvchilar. Robinson

o'z faoliyatida raqamli texnologiyalar, dronlar va bulutli texnologiyalardan

foydalanadi. Hech kimga sir emaski, u yirik loyihalarni moliyalashtirmoqda. Bularning

barchasi iste'mol talabini qondirishga qaratilgan sa'y-harakatlardir. Logistika sanoati

butun dunyo bo'ylab 4 trillion dollardan ortiq daromadga ega bo'lgan ulkan bozor

bo'lib, elektron tijoratdan tortib ishlab chiqarish va yuqori texnologiyalargacha bo'lgan

turli biznes tarmoqlariga ta'sir qiladi. Hozirgi vaqtda logistikani raqamlashtirishda bir

qator zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

1

(PDF) RAQAMLI LOGISTIKANI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

2

(PDF) RAQAMLI LOGISTIKANI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI O’RNI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

359

3-rasm. Logistikada ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan eng yaxshi

texnologiyalar

3

Yuqoridagi chizma shuni ko'rsatadiki logistika tizimi bir qancha zamonaviy

texnalogiyalarni va axborolar oqimi yordamida shakillanadigan murakkab malumotlar

bazasi yordamida hosil bo'lgan murakkab bir yaxlit tizim sifatida qaraladi. E'tibor

beradigan bo'lsak Logistikani raqamlashuvida asosiy manbalar bo'lib iqtisodiy

malumoptlar tahlili va va uning internet provayderlarida shakillantirilgan maxsus

dasturlar tashkil etadi. Bundan tashqari istemolchilarga hizkmat ko'rsatish sifatini

yanada yaxshilash maqsadida , masalan, yuklarni sifatli,o'z vaqtida, ishonchli,

belgilanga muddat ichi da yetkazdirib berilishini taminlashda turli xil dasturlardan ,

robototexnika vositalaridan hamda dronlardan keng foydalanilmoqda.

Maqolaning xulosa qismida mamlakatimiz logistika va transport tizimini

tubdan isloh qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalar, innovatsion goyalar asosida

raqamlashtirish bo'yicha taklif va umumiy xulosalar keltirilganva uni amalga oshirish

bosqichlari bo'yicha tavsiyalar berilgan. Logistika va transport sohasi bugungi kunda

raqamlashtirish tufayli jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Raqamlashtirish

darajasi ko'p jihatdan operatsiyalar tezligini, aniqligini belgilaydi va ta'minot

zanjirining moslashuvchanligi moslashuvchanligini rivojlantirisk imkoniyatlarini

beradi. Bu kompaniyalar va ularning mijozlari uchun yangi istiqbollarga olib keladi:

Mamlakatimizda Innovatsion transport-logistika tizimlarini yaratishda innovatsior

3

(PDF) RAQAMLI LOGISTIKANI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI O’RNI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

360

transport-logistika tizimlarini yagona raqamli platforma asosida shakllantirish boyicha

bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirish taklif etilmoqda. Ushbu ish bosqichlari

maqola mualliflar tomonidan zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan

innovatsion transport-logistika tizimini yaratish uchun asos o'rganilmoqda. Bizning

fikrimizcha, mamlakatimiz transport-logistika tizimida raqamli platformani o’rganish

bo"yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:

- innovatsion transport va logistika o‘zaro hamkorligida yetkazib berish

zanjirida raqamli platformalar uchun yagona kirish nuqtasini yaratish; - ta'minot zanjiri

ishtirokchilari o'rtasida transport va logistika ma'lumotlarining samarali almashinuvini

qo'llab-quvvatlash; - ishtirokchilarga zarur ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash

uchun tashqi taqsimlangan tizimlardan foydalanish imkonini beruvchi transport va

logistika sohasida qo'shma innovatsion tadqiqotlar uchun talab qilinadigan umumiy

standartlar; - ta'minot zanjirlari ishtirokchilarini aniqlash va ularning o'zaro

hamkorligini ta'minlash uchun tashqi axborot tizimlari, shu jumladan xorijiy tizimlar

bilan integratsiya; - transport-logistika operatsiyalari bo‘yicha o‘zaro hisob-

kitoblarni boshqarishni ta’minlash, raqamli platforma ishtirokchilari o‘rtasida

transport-logistika sohasini o‘rganishda infratuzilmadan birgalikda foydalanish; -

ta'minot zanjiri ishtirokchilarining raqamli platformalari va yetakchi logistika

markazlari bilan o'zaro aloqa qilish uchun texnologik interfeyslarni amalga oshirish.

Rivojlangan xorijiy davlatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan

jarayonlar bundan bir necha o‘n yillar avval to‘liq amalga oshirilganini ko‘rishimiz

mumkin. Xususan, AQSh, Germaniya, Fransiya, Angliya, Turkiya, Singapur, BAA,

Xitoy, Malayziya, Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda transport sohasi

to‘liq avtomatlashtirilgan. Buning natijasida transport sohasi yillar davomida har

tomonlama rivojlanib borayotgani, jarayonlar raqamli texnologiyalar orqali amalga

oshirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda ushbu mamlakatlar “Aqlli

shahar” konsepsiyasi asosidagi sun’iy intellektdan foydalangan holda yangi bosqichga

o‘tayotganini ko‘rishimiz mumkin. Demak, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar

qatoriga qo‘ymoqchi bo‘lsak, avvalo, har bir sohani alohida rivojlantirish orqaligina

muammolarni hal etishimiz, belgilangan maqsadlarga erishishimiz mumkin. Transport


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

361

sohasiga raqamlashtirishni joriy etish bilan bog‘liq quyidagi muammolarni ta’kidlash

lozim: - respublikamizdagi asosiy yo‘lovchi va yuk lokomotivining deyarli barcha

hududlarda raqamlashtirilmaganligi; - aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transporti

tizimini yagona ma’lumotlar bazasiga raqamlashtirish va barcha hududlarni qamrab

oluvchi 3D xaritalar mavjud emasligi; - yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi

tashkilotlar va mijozlar o‘rtasida yagona axborot integratsiyasining sustligi;

Mamlakatda avtomobil transporti, temir yo‘l va havo transportida yagona raqamli

platforma mavjud emasligi kabi ko‘plab muammolar mavjud bo‘lib, bu

raqamlashtirishni yanada jadallashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Joriy davrda

va yaqin kelajakda mamlakatimiz transport tizimida raqamli infratuzilma, intermodal

xizmatlar kabi istiqbolli ishlanmalarning joriy etilishi yo‘lovchi va yuk tashish

hajmini oshirib, iqtisodiy barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki,

mamlakatimizning qulay geografik va tranzit joylashuvidadir. Bizda suv yo‘llarini

mavjud emasligini va transport faqat quruqlikda ekanini inobatga oladigan bo‘lsak,

mamlakatimizda temir yo‘llari va avtomobil transportining ahamiyati o‘z-o‘zidan

ortib boraveradi va yuzaga keladigan muammolar bartaraf etilishi lozim bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ivanov D., Tsipoulanidis A., Schönberger J. –

Global Supply Chain and

Operations Management

. – Springer, 2021.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4477-sonli Qarori –

Transport-

logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan

davlat dasturi

. – Toshkent, 2019.

3.

UNESCAP –

Digital and Sustainable Trade Facilitation in Central Asia

. –

United Nations, 2021.

https://www.unescap.org

4.

Sharipov N.S. –

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotga

ta’siri

. – Toshkent, “IQTISOD”, 2021.

5.

Forbes Logistics Tech Insights –

Top Emerging Technologies in Logistics

. –

Forbes.com, 2023.

6.

Abduvahobov, T. (2020). Qishloq xo‘jaligi logistikasining iqtisodiy jihatlari va

rivojlanish tendensiyalari. Tashkent: Iqtisodiyot va tarmoq ma'muriyati nashriyoti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

362

7.

Berkov, A. (2019). Logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi. Moskva:

Yekaterinburg, Ekonomika.

8.

Davronov, N.(2018). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlanishi va

transportirovkasi. Tashkent: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi Akademiyasi nashriyoti.

9.

Bebudovna, Boltayeva Shakhnoz. "Importance of Logistics System

Development in Uzbekistan."

EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS

AND OPEN SOCIETY

2.11 (2022): 6-9.

10.

Narzieva, D. M., and A. D. Kudratov. "the importance of digitalization of the

economy and priorities in Uzbekistan."

World Economics and Finance Bulletin

2.2

(2021): 9-13.

11.

Zamirbekova, G. "ISSUES OF TRANSPORT LOGISTICS IN EFFECTIVE

DEVELOPMENT OF BUSINESS ACTIVITY."

SCIENTIFIC APPROACH TO THE

MODERN EDUCATION SYSTEM

1.3 (2023).1.

12.

Болтаева, Шахноз. "Modern Directions of Small Business and

Entrepreneurship Development in Uzbekistan."

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

20.20 (2022).

13.

Рахматуллаева Ф. М., Болтаева Ш. Б. Совершенствование системы

управления персоналом на промышленных предприятиях //Экономика и

финансы (Узбекистан). –2014. – №. 5. – С. 51-54.

14.

Болтаева Ш. Инновационные способы финансирования в агробизнесе

//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №.1

34.

15.

Шахноз, Б. (2021). IMPRORING THE ACTIVITIES OF SMALL ENTITIES

ON THE BASIS OF INNOVATIVE MARKETING TECNOLOGIES.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz)

,

1

(1).

16.

Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz. "ATROF-MUHITNING IFLOSLANISHI VA

INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI."

SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN

THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH

2.17 (2024): 10-12.

17.

Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz, Abduhakimov Nurbekjon Nuriddin o‘g‘li, and

Xo‘jaqulov Ramozon Saloxiddinovich. "OZBEKISTONDA AGROTURIZMNI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

363

RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI."

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND

RESEARCH IN EDUCATION

3.25 (2024): 172-175.

18.

Zokir ogli, Zayniyev Diyorbek. "GLOBAL EKOLOGIK OZGARISHLAR VA

ULARNI OQIBATLARI."

IMRAS

7.1 (2024): 81-83.

19.

Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz, Qurbonov Jaxongir Muxtorovich, and

Nematilloyev Shaxriyor Azimovich."QISHLOQ XOJALIGIDA .AHAMIYATI."

SO

‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI

7.2 (2024): 92-95.

20.

Болтаева, Ш. (2024). CHARACTERISTICS OF THE DIGITAL ECONOMY

AND ITS DESCRIPTION: CHARACTERISTICS OF THE DIGITAL ECONOMY

AND ITS DESCRIPTION.

Центр Научных Публикаций (buxdu.Uz)

,

21.

Болтаева, Ш. (2024). CHO’LLASHISH VA QURG’OQCHILIKGA QARSHI

KURASHISH YO’LLARI.

Центр Научных Публикаций (buxdu.Uz)

,

50

(50).

извлечено от

https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/12528

22.

Bebudovna B. S., Xasan o‘g‘li S. R. QUVUR TRANSPORTINI

RIVOJLANTIRISH VA UNING LOGISTIKADAGI AHAMIYATI //FORMATION

OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES. –

2024. – Т. 3. – №. 29. – С. 536-540.