MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
305
O’SMIRLAR ORASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
ORQALI ORTTIRILGAN STRESSLARNING NAMOYON BO‘LISHI
PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA
Xatamova Nafisa G’oyibnazarovna
Buxoro viloyati Olot tumani MMTB ga qarashli 9-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Butun dunyo miqyosida kuzatilayotgan tezkor o‘zgarishlar va
taraqqiyot psixologik amaliyot soxasiga yangi vazifalarini kirib kelishiga olib
kelmoqda. Insonda kuzatiladigan stresslarni tabiati va kelib chiqish sabablariga
bo‘gliq xolatda yoritish maqsadga muvofiq. Jamiyat taraqqiyotinig zamonaviy
bosqichi axborot asri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: o‘smirlar, axborot vositalari, globallashuv jarayoni, muomala,
emotsional soha, stress, psixika, xulq-atvor,depressiya
KIRISH
Ommaviy axborot vositalari nima?
Ommaviy axborotni davriy tarqatishning
doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar,
byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal
dasturlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta
nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb
yuritiladi), qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda
ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir.
Ommaviy axborot vositalari judayam qudratli, ta’sirchan mafkuraviy quroldir.
Sababi, OAV jamiyatning, ommaning muammolarini hal qila olish, ta’sir o‘tkazish,
tarbiya qilish xususiyatiga ega. Ommaviy axborot vositalari orqali umumbashariy
qadriyatlarni, turli demokratik tamoyillar, huquq va erkinliklar targ‘ib qilinadi.
Ommaviy axborot vositalari so‘z erkinligining, demokratiyaning yaqqol o‘ziga xos
ko‘rsatgichidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
306
Ommaviy axborot vositalarining ko‘plab ijobiy tomonlari mavjud. Huquq va
erkinliklarning yuqori darajada rivojlanganligi, ochiqlik va shaffoflik, qiziqarli
kontentlar orqali ommaga yangi, kerakli ma’lumotlarni yetkazish, yangi do‘stlik
aloqalarining vujudga kelishi, ijtimoiy ko‘nikmalarning vujudga kelishi, shaxs
rivojlanishi uchun muhim omil bo‘la olishi va hokazolar bunga misol bo‘la oladi. Har
narsaning yaxshi va yomon tarafi mavjudligi kabi ommaviy axborot vositalarining ham
yetarlicha salbiy tomonlari mavjud.
Zamon rivojlanib borgan sayin texnika va texnologiya ham, tabiiyki, rivojlanib
bormoqda. Ommaviy axborot vositalari ham rivojlanishi natijasida insonlarda turli
psixologik o‘zgarishlar, ruhiy bosim, kasalliklar vujudga kelmoqda. Bundan tashqari u
feyk (haqiqiy bo‘lmagan, soxta) ma’lumotlarning tarqalishi, axborot xurujlari,
zo‘ravonlik, giyohvandlik kabi illatlarning tarqalishiga asos bo‘lishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalarining ushbu salbiy tomonlari milliy o‘zlikni anglashda
sustkashlikni keltirib chiqarib, yoshlarning tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirib
yubormoqda.
Ommaviy axborot vositalarining ko‘plab qulaylik, ijobiy tomonlari bisyor.
Lekin shu bilan birga salbiy oqibatlarga olib keluvchi sabablari ham kundan kun yaqqol
ko‘zga tashlanmoqda. Yosh avlod dunyoqarashini, ongini, mafkurasini yot g‘oyalardan
himoya qilish, ularga qarshi tura olish uchun ota-onalar, pedagog xodimlar, mahalla,
o‘quv muassasalari, davlat idoralari o‘zaro hamkorlikda ishlashi lozim.
Shuningdek, tegishli idoralar axborot xurujlarini oldini olishi, ijtimoiy
tarmoqlar, televediye, matbuotda e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni nazorat qilishi,
buzg‘unchi g‘oyalarni bartaraf etishga imkon qadar mas’ul bo‘lishlari lozim. Bundan
tashqari, zamon rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, ommaviy axborot
vositalarining moddiytexnik bazasini yaxshilash, matbuot, noshirlik, internet
jurnalistikasini xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi uchun shaffoflik, erkinlik
muhitida ishlashiga yo‘l qo‘yish borasida ko‘plab ishlar olib borilishi lozim.
Globallashuvning oqibati va bir vaqtning o‘zida uni ta’minlaydigan omil sifatida
axborot oqimini haddan ziyod kengayib ketganini e'tirof etishimiz mumkin. Axborotlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
307
sport, shou biznes va san’at olami yangiliklari bilan cheklanmay siyosiy, ilmiy, badiy,
rasmiy, norasmiy va x.k. sohalardagi ma'lumotlarni ham taqdim qilishi bilan birga
ularni oson qo‘lga kirtish imkoniyati ham paydo bo‘lgan. Yoshi, kasbi, qiziqishlaridan
qatiy nazar xar bir inson axborotlar olamiga kirib boradi, ularni qabul qiladi,
о’zlashtiradi, muomalada bo‘ladi. Manashu keng qo‘lamdagi axborotlari
istemolchilarini katta qatlami sifatida o‘smirlarni ko‘rsatish mumkin. Sir emaski,
zamonaviy o‘smir o‘z rivojlanish mohiyatiga ko‘ra murakkab dunyoda yashamoqda.
Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan ma’lumotlar
o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda qiziqishlar tizimiga ta’sir etib
ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lishi to‘g’risidagi
ma’lumotlar yoritilgan.
O‘smir shaxsning dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar
tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalarda ham globallashuv ta'sirida
keskin o‘zgarishlar roy bermoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali
olinadigan ma’lumotlar ham o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda
qiziqishlar tizimiga ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga
sabab bo‘lmoqda. Shunday bizilishlardan biri stress holati bo‘lib, tan olish kerakki, to
hozirga qadar mazkur tushunchaning mohiyati munozaralidir.
Emotsiya bu - inson tomonidan turli voqea-hodisa va faktlarga bildiradigan
subektiv munosabati. Emotsiyalar somatik sohada (mimika va jest) va fiziologik
sohada (yurak urishi va nafas olish) turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ommaviy
axborot vositalarining ushbu salbiy oqibatlari tufayli ko‘plab yosh avlod vakillari
elektron o‘yinlar, onlayn qimorlar, diniy aqidaparastlarning nayrangiga uchib,
o‘zligiga, yaqinlariga, Vataniga bilib-bilmay xiyonat qilib qo‘yishmoqda. Bundan
tashqari
ommaviy
madaniyatga
ko‘r-ko‘rona
taqlid
natijasida,
milliy
ma’naviyatimizga, mafkuramizga putur yetmoqda. Taassufki, bularning oldini olish
maqsadadida yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Homila davridan to
ulg‘aygunga qadar bo‘lgan davrda qanday chora-tadbirlar olib borish, yoshlarni
barkamol, ma’naviyatli, miliy mafkura ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 1059-sonli qarori asosida 2019-yil 31-dekabr kuni “Uzluksiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
308
ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi qabul qilindi. Jumladan, konsepsiyada ommaviy
axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan
g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish
bo‘yicha chora-
tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Stress insonda nerv tizimining qattiq emotsional zo‘riqishi oqibatida yuzaga
keladigan, kuchli va uzoq davom etuvchi psixologik tanglik holatidir. Stressni insonga
safarbar qilivchi ijobiy ta’siri eustress deb nomlanadi, salbiy ta’siri esa distress
deyiladi. Eustress insonga ruxiy kuch beradi, faoliyatga undaydi. Distress odamga
salbiy tasir qiladi. Uning oqibati aqliy, jismoniy, emotsional va ruhiy zo‘riqishga
organizmning holdan toyishiga va qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining
buzilishi, oshqozon yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Stresslar doimo subektiv
bo‘ladi. О’smirlarda stressni paydo bo‘lishi va rivojlanishi bolalik davridagi
ijtimoiylashuvga bog liq.
Xususan, onaning qaysarligi, qattiqqo‘lligi, talablarni yuqori qo‘yishi, birovni
fikri bilan xisoblashmaslik, yoki, aksincha onaning passivligi, o‘ziga ishonmagasligi
bolani stressga tushishiga sabab bolishi mumkin. Otasining e’tibori kamligi,
agressivlik va befarqlik bunday xulq-atvor shakillari ota bilan bola о’rtasida
identifikatsiya imkomyatini qiyinlashtiradi. Oilaning konfliktliligi, salbiy muhitning
bo‘lishi ham ijtmoiylashuvga tasir ko‘rsatadi. Oiladagi kechgan ijtimoilashuv
natijasida o‘smir otish davrini boshidan okazayotganligi bois stresslarga beriluvchan
bo‘lib qoladi. Stresslarni bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin, ammo ulardan so‘nggi
davrlarda ко'p uchraydigan turi bu informatsion stress hisoblanadi. Informatsion stress
emotsional stress turlaridan biri hisoblanadi.
Atrofimizda fan va texnika taraqqiyoti va uni insonga bo‘lgan ta'siri jamiyat
va tabiatning tasiridan kuchli va ustun bo‘lib bormoqda. Insoniyat tomonidan
to‘plangan va yaratilgan axborot hajmi kengaymoqda va har o‘n yillikda yanada
kengayib borishi kuzatilmoqda, ammo inson miyasi va uni tashkil etadigan
hujayralarning soni o‘zgarmagan, qolaversa ta’limning davomiyligi ortib bormoqda va
shuning о’zi informatsion stress ortishi xavfini tug'diradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
309
O‘smirlar bunday holatda eng zaif tasirchan guruh sifatida namoyon
boladi.O‘smirlarda informatsion stressnig salbiy o‘qibati sifatida: yolg’izlikka
moyillik, diqqatning tarqoqligi va parishonxotirlik, doimiy charchash, befarqlik va
holsizlik, uyqu rejimining buzilishi, ovqatlanishning izdan chiqishi, sababsiz
agressiyani namoyon etish, o‘z-o‘zini past baholashi, o‘z kuchiga nisbatan
ishonchsizlik kabi holatlarni ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘z navbatida pedagoglar,
murabbiylar, ota-onalar va yoshlar tarbiyasi bilan shugullanayotgan barcha insonlar
oldida farzandlarimizni informatsion va boshqa stresslsrdan ximoyalash kabi muxim
vazifalarni qoymoqda. Bu vazifani amalga oshirish yo‘llarini aniqlash uchun Maxatma
Gandining fikrini keltirish o‘rinlidir. M. Gandiga “Globallashuv jarayoniga qanday
qaraysiz?" degan savolni berishganda, u shunday ma’noda javob bergan ekan: “Men
tashqaridagi bo‘rondan qo‘rqib, derazamni yopib qo‘ya olmayman, chunki menga toza
havo kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan deb derazamni katta ochib ham
qo‘ya olmayman, chunki mening uyimni changto‘zon bosib ketishini xohlamayman”.
XULOSA
Miyaning o‘z imkoniyatlari axborotni qabul qilishi keng, axborot hajmini
ortishi xafli, ammo qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni qayta ishlash zaruriyati
paydo bo‘lsa bu kuchli asab zo‘rqishini olib keladi va infarmatsion stressni keltirib
chiqaradi, ya’ni miyaga kirib turgan axborot hajmi va tezligi, bioiogik va ijtimoiy
imkoniyatlarga to‘g’ri kelmasligi ham infarmatsion stress yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi. Bu yerda axborot hajmi bir omil bo‘lsa, ikkinchidan vaqt kamligi va unga
shaxs motivatsiyasi ijtimoiy sabablar ham qo‘shilsa miyani o‘z o‘zini himoyalash
mexanizmi ishlamay qoladi, va inson o‘zini informatsion stresslardan muxofaza
qilaolmay qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
Tigranyan R.A. Stress i yego znachenie dlya organizma. –M., 1998
1.
Xaydarov F., Jo‘raev N. Stress yoki ruhiy muvozanatni saqlash osonmi? –T.,
1997 Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish
omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
310
2.
Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. –
Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.
3.
Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy qo‘llanma.
Toshkent: Star – Poligraf. 2008
4.
Internet materiallari