MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
297
MENI ADABIYOTGA G’ARQ QILGAN YOZUVCHI
Bahronova Shahribonu Bobir qizi
Kogon tuman MMTB ga qarashli 1-umumta’lim maktabi 11-sinf o'quvchisi
Annotatsiya: Yozuvchining hech kimga nasib qilmaydigan baxti bor. Bu – bir
varoq oq qog‘ozga dardini to‘kib solish baxtidir
Kalit so‘zlar: yozuvchi, roman,qissa, obraz, nasr, adabiyot, badiiy asar,nazm
KIRISH
Elimiz suygan, ardoqli adibimiz O‘tkir Hoshimov asarlari yozuvchining o‘zi
kabi ko‘ngilga yaqin. Suyukli ijodkorimiz yillar davomida qimmatini yo‘qotmaydigan
asarlar yaratgan haqiqiy xalq yozuvchisidir. Uning romanlarini, qissalarini yoki
hikoyalarini o‘qir ekansiz, hech bir mantiqsizlikka, zamon va makon qonuniyatidagi
uzilishlarga duch kelmaysiz. Sababi esa oddiy, O‘tkir Hoshimov asarlari o‘ta
hayotiyligi, ayniqsa syujetdagi motivlarning aksariyatini o‘z boshidan kechirganligi
bilan ajralib turadi.
O‘tkir Hoshimov asarlarida: roman, qissa, hikoyalarida so‘z san’atining asosiy
mavzusi, muammosi – inson taqdiri, uning qalb kechinmalarini badiiy tahlilga
tortishda kata yutuqlarga erishgan edi. Ijod namunalaridagi personajlarning nafaqat
portretini ichki olamini, tuyg‘larini ham shuqadar mahorat bilan tasvirlaganki asarni
o‘qib turib kitobxon qahramonlarni xuddi yonida turgandek tasavvurga ega bo‘ladi.
Ya’ni ijodkor obrazlar ruhiyatidagi o‘ta nafis jarayonlarni haqiqiy san’atkorona
gavdalantirardi. “Muhabbat”, “Cho‘l havosi”, “Nigora”, “Shamollar esaveradi” kabi
qissa hamda hikoyalari buninga yorqin misoldir.
Vaqt o‘tgan sayin ijodkor dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga e’tiborini
ko‘proq jalb qila boshladi va ayni paytda inson ruhiyati, ma’naviyati tahliliga
yo‘g‘rilgan asarlar ustida ham fikr yuritardi. Аyni shu yo‘nalishda yaratilgan “Bahor
qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari” qissalari xalqning ko‘nglidan
joy oldi va yozuvchiga katta muvaffaqiyat, shuhrat keltirdi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
298
Ijod olamida, adabiyot dunyosida “nasrdagi tarona”, “nasrdagi shoir” singari
terminlar mavjud. Ma’limki, Аbdulla Qodiriy XX asr adabiyotida haqli ravishda
prozaning shoiri deya atalgan edi. 60-yillar zamonaviy o‘zbek adabiyotida esa O‘tkir
Hoshimov asarlarini bamalol nasrdagi kuy, tarona ijodkorning o‘zini esa nasrdagi
mahoratli shoir deb atashimiz mumkin. Dastlabki yaratgan qissasi “Cho‘l havosi” dan
boshlab umri oxirida yaratgan asarlariga qadar – barchasiga xos umumiy, o‘xshash
jihati shundaki, ular takrori yo‘q, sehrli ohang bilan bezatilgan. Ijodkor qalamidan
tushayotgan so‘zlar go‘yoki go‘zal kuy singari kitobxonni mahliyo qilmay qolmaydi.
Hatto keskinlik kuchli bo‘lgan ruhiy dramalarda ham, fojialar, qabihlig-u chirkinliklar
haqida so‘z ketgandagi tasvirlarda ham yozuvchi nafislikni, nazokatni yo‘qotmaydi.
Yozuvchi asarlarida samimiy, hazin va yorqin bir tarona hamisha yangrab turadi.
Bundan kelib chiqib ayta olamizki, adibni, uning ijod mahsullarini xalqqa, kitobxonga
manzur qilgan jihatlaridan biri shu bo‘ladi.
“O‘tkir Hoshimov ijodga qadam qo‘ygan yillarga kelib mustabid tuzum davri
dag‘dag‘a-yu zug‘umlari bir oz yumshagan, jamiyatni demokratlashtirish boshlangan,
erkin fikrlarga qisman yo‘l berilgan edi. Biroq rasmiy doiralarda, “mo‘tabar”
minbarlarda, ilm-fan, radio, televideniya, matbuotda bor haqiqatni aytish imkoniyati
hamon cheklangandi. Bunday paytda jamiyatning vijdoni, mehnatkash xalqning ovozi
bo‘lish vazifasi adabiyot, so‘z ustalarining zimmasiga tushdi. А. Qahhor, O. Yoqubov,
P.Qodirov, ular izidan brogan E. Vohidov, A.Oripov, Sh.Xolmirzayev chindan ham
haqiqat, adolat jarchisi, xalq dilining tarjimoni sifatida maydonga chiqdilar. Ular
yaratgan eng sara asarlar ijtimoiy tafakkur sohalari – tarix, falsafa, sotsiologiya,
siyosat, adabiyotshunosik va publitsistika bajarishi lozim bo‘lgan talay vazifalarni ham
ado etdi.
Shu tariqa adabiyotda “gap aytish ”, “masala ko‘tarish” tamoyili kuchaydi,
“problematik she’r, doston”, problematik drama, hikoya, qissa, roman turlari paydo
bo‘ldi. Аyni paytda didli, kuyinchak kitobxon asardan, albatta, “muhim gap” kutadigan
bo‘lib qoldi, tanqidchilikda asarlarni ularda ko‘tarilgan dolzarb muammolarga qarab
baholash muayyan udum tusini oldi. ”
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
299
Аtoqli adibimiz O‘tkir Hoshimov ijodi mana shu yo‘ldan yurdi va ko‘plab qissa
va hikoyalar dunyoga keldi. Ijodkorning “Terаklar yaproq yozdi”, “Nur borki, soya
bor”, “Dehqonning bir kuni”, “Kvazarlar” singari hikoya, qissa hamda romanlari
asarlardan “gаp kutadigan” o‘quvchilarni nihoyatda hayajonga soldi. “Maktab
bolalarining umri paxtazorda o‘tayotgani, dori sepilgan g‘o‘za bargidek erta xazon
bo‘layotgani, yangi tushgan kelinchakning hayotidagi eng shirin daqiqalari erksiz og‘ir
mehnat girdobida kechayotgani qishloqdagi, kasalxonadagi, savdo sohasidagi, oliy
o‘quv yurtlaridagi, tahririyatlardagi adolatsizlik, huquqbuzarlik va qing‘irliklar –
O‘tkir Hoshimov asarlarida hayajon, iztirob bilan qalamga olingan bu xil hayotiy
muammolar talqini o‘quvchilarning o‘shanday ijtimoiy illatlarga nisbatan fikrini
shakllantirishda, qahrini qo‘zg‘atishda muhim ahamiyat kasb etdi”- deydi mahoratli
ijodkor Umarali Normatov.
O‘tkir Hoshimovning deyarli har bir asari adabiy tanqid diqqatini o‘ziga jalb
qilgan. Romanlari, hikoya va qissalari hamda, hatto maqolalari ham baxsli
munozaralarga sabab bo‘lgan. Аyniqsa, uning asarlari haqida Umarali Normatov eng
ko‘p maqola yozgan. Biroq bu tanqidchi yozuvchi asarlari haqida faqat ijobiy fikrlar
bildirgan deb aytolmaymiz. Umarali Normatov “Nur borki soya bor” romani
yozilganidan so‘ng bu asar haqida “Ehtiroslar to‘lqini” tanqidiy maqolasini chiqardi.
Bundan so‘ng “Ikki eshik orasi” asari haqida ham maqola yozib, romandagi badiiy
tafakkurning nozik tomonlarini ishonarli tahlil qilib berdi.
Umarali Normatov O‘tkir Hoshimov ijodi, asarlari haqida juda ko‘p maqolalar
yozgan. Аmmo tanqidchining “Kvazarlar” haqidagi tanqidiy maqolasi katta baxslarga
sabab bo‘lgan. Bu bilan aytmoqchimizki, O‘tkir Hoshimov asarlari doim
tanqidchilikka harakat, bahs, turtki olib kirgan. Yozuvchining xalq mehrini
qozonishida katta o‘rin tutgan “Dunyoning ishlari” asariga Ozod Sharafiddinov,
Ibrohim G‘afurov, Matyoqib Qo‘shjonov, S. Mirvaliyev, N. Shukorov, B.Nazarov kabi
mohir munaqqidlar yuksak baho berganlar. Biroq bir munaqqid bu asarda jiddiy
muammo, ulkan va asosiy xarakter yo‘qligini maqolasida yozib, birinchi Toshkentda,
keyin Moskvada nashr qildiradi. Turli xil munosabatlarga qaramay bu asar xalqning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
300
haqiqiy e’tirofiga sazovor bo‘ldi va adabiyotimizning umrboqiy asarlari qatoriga
qo‘shila oldi.
Аdabiy tanqidiy asarlarga nisbatan O‘tkir Hoshimovning o‘z mulohazasi,
qarashi, e’tiqodi bor. “Tanqid yong‘oqqa o‘xshaydi,- deydi yozuvchi. – Mag‘zi to‘q
mazali bo‘lsa, mazza qilib yeyman. Puch, yopishqoq bo‘lsa, tupurib tashlayman”
Yozuvchi ijodini, yaratgan asarlarini tanqidchilar e’tiborini tortish sabablari
haqida gapirsak, yozuvchi asarlarini na jiddiy muammo, na yirik xarakter, na dolzarb
mavzu ulug‘lab, xalqqa tanitmaydi. Badiiy asarda shunday eskirmaydiganyangilik
bo‘ladiki, o‘sha asos kitobxon diqqatini jalb qiladi. Eskirmaydigan yangilik, aslida,
tabiiylik, samimiylik, inson va olam o‘rtasidagi aloqalarning yangi, nozik tomonlarini
mohirona tasvirlashdir.“Otkir Hoshimovning asarlaridagi badiiylikni men
ko‘klamning ilk maysalarida, qo‘ng‘irog‘ini chalib bosh ko‘targan chuchmomalarida,
“tilla tugma” – qoqi o‘tlarda, qabriston sokinligida, Qonqus arig‘ining mungli
qo‘shig‘ida ko‘raman”
5
,- deb yozadi Abdug‘afur Rasulov adib haqida xotirlab.
Аdibning barcha asarlarida bot-bot takrorlanadigan joy nomlari kitobxonni e’tiborini
tortmay qolmaydi. Do‘mbirobot, Alvasti ko‘prik, No‘g‘ayqo‘rg‘on, Qozirobod,
Bo‘rijar, Ko‘tarma,Qonqus, Yangi mahalla singari joy nomlari shular jumlasidandir.
Yozuvchi nega bu joylarni asarlarida tez-tez takrorlagan degan savol tug‘ilishi
tabiiydir. Sababi O‘tkir Hoshimov bu yerlarda tug‘ilib, o‘sgan, umri shu mavzelar
orasida o‘tgan. Ushbu joylar yozuvchiga juda qadrdon. Bu ijodkorning asarlariga o‘z
biografiyasining asosiy ta’sirlaridan biridir.
O‘tkir Hoshimov olam ichra o‘z adabiy olamini yaratayotgan mahoratli
adiblarimizdan biridir. Uning yaratgan har bir asari betakror va o‘ziga xosdir.
Yozuvchining yaratgan har bir asari unga farzandi kabi aziz, qalbiga yaqin, ular haqida
soatlab gapirishi mumkin. Farzandlar doim mukammal va bir xil bo‘lmaganidek
yozuvchi yaratgan asarlarining hammasi ham yuksak saviyada bo‘lmaydi. Masalan
“Shamollar esaveradi” va “Bahor qaytmaydi” ning, “Odamlar nima derkin” hamda
“Dunyoning ishlari” ning og‘irligini taroziga tortsak pallalari teng bo‘lmaydi.
Yoki “Vijdon dorisi” bilan “Tushda kechgan umrlar”ni, “Kvazarlar” bilan “Ikki eshik
orasi”ni tenglashtirishning iloji yo‘q. “Qalbning oppoq daftari”, “Davlat siri”,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
301
“Mardlik” kabi maqolalarining zalvori uncha-muncha roman va qissanikidan kam
emas.
Adibning “Tushda kechgan umrlar” asarini o‘qir ekansiz qalbingiz larzaga
keladi, yuragingiz titraydi. Аsarda o‘z davrida e’tiqod qo‘ygan, ishongan sovet
tuzumining barbod bo‘lishi, butun hayotini shu tuzumga bag‘ishlagan shu tuzum uchun
xizmat qilganlari sarob bolib chiqishi mahorat bilan tasvirlangan. Romanda mustabid
tuzumining haqiqiy chirkin qiyofasi ochib berilgan. “Tushda kechgan umrlar”
Mustaqillik sharofati sabab yozilgan katta asardir. Bunday deyishimizga sabab O‘tkir
hoshimov insonlar xarakterini yoritishda o‘zini umuman cheklamadi. Sobiq sho‘ro
davrida esa bu mumkin emas edi, asarlarda faqat ijtimoiy mavzular yoritilishi kerak
edi. Yozuvchi 20-yillar adabiyotida ko‘klarga ko‘tarilgan hukumat va partiyaning
suyangan tog‘i – komissarni salbiy obraz sifatida tasvirlaydi. Komissar xarakterida
Sho‘ro tuzumi tarbiyalagan barcha xususiyatlar yoritigan. Komissar Soat G‘aniyevich
millat degan tushunchani sira tan olmaydi. Vijdonli, e’tiqodi baland, iymonli insonlar
uning dushmani edi. Soat G‘aniyevich deyarli har bir gapida din odamini, iymonli
insonlarni haqorat qilardi. Atrofidagi barcha odamdan, hatto oilasi, rafiqasi, bolasidan
ham shubha qiladigan odam edi u.
“Tushda kechgan umrlar” asaridagi voqealar yozuvchi tug‘ilib katta bo‘lgan,
bolaligi o‘tgan Do‘mbirabot, Ko‘tarma, Qatortol mavzelarida ro‘y beradi. romanda
ayniqsa yozuvchiga qadrdon bo‘lgan Qonqus arig‘ining mukammal, murakkab timsoli
yaratilgan: “Soat jahl bilan ko‘ylagini yechib, o‘rik shoxiga ildi-da, qonqusga kalla
tashladi. Suv sovuq edi. Sho‘ng‘ib chiqib, oqimga qarshi suza boshladi…. Ilgari
oqimga qarshi hech suzmagan ekan. Qanaqa anhor o‘zi bu la’nati? Yuzasi qilt etmaydi.
Hovuzga o‘xshab jimirlab turibdi-yu, tagi shiddat bilan oqadi. U oldinga intiladi, suv
orqaga tortadi!” “Tushda kechgan umrlar” asari obrazlari o‘ta jonli tasvirlangan.
Asarni o‘qir ekansiz qahramonlar, huddi tirikdek, ko‘z oldingizda gavdalanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, romandagi qahramonlarning ayrimlarini yozuvchi hayotiy
prototiplar asosida yaratgan.
Masalan Qurbonoy xola obrazi O‘tkir Hoshimovning amakivachchasi
Shukrullaxon taqdiridan olib yozilgan. Bu haqda ustoz Abdug‘afur Rasulov shunday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
302
degandilar: “2000-yil 28-martda bo‘lgan voqea sira esimdan chiqmaydi. Professor
Shukrulla Nosirov janozasida O‘tkir Hoshimov bilan yonma-yon turgan edik.
– Abdug‘afur aka, romandagi Qurbonoy xola mana shu… Shukurxon aka
edilar – dedi O‘tkir Hoshimov.Birgina shu gap hayolimni ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi”
Аsar yozilishi haqida yozuvchining o‘zi quyidagicha xotirlaydi. “Аfg‘ondan
kelgan ko‘p yigitlar bilan suhbatlashdim. Daxshatli voqealar tushda kechgandek edi
go‘yo. 75 yillik davr shunaqa daxshatli bo‘ldiku, axir. Hamma narsa tayyor, yozishim
kerak, lekin yozolmayapman. Ikki yil o‘ylab yurganman, biroq yozishga o‘tira
olmayapman. Oktabr oyining oxirlari, kech kuz payti edi. Tobim qochib qoldi va
kasalxonaga bordim. U yerning uchinchi qavati balkonida turgandim. Shunda
ro‘paramdagi daraxtdan bitta xazon uchib keldi va oyog‘imni tagiga qo‘ndi. Bosgan
edim, qisir-qisir etib maydalanib ketdi. O‘shanda romanning birinchi jumlasi tug‘ildi.
“Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi. Oyoq ostida kasalmand xazonlar
ingraydi” tamom. Manashu romanning musiqasi. Har bitta asarning shu kabi musiqasi
bo‘ladi va birinchi musiqasi tug‘iladi, keyin asar yoziladi”.
Аsardagi bosh qahramonlar: Rustam, uning otasi, Komissar Soat G‘aniyev,
Qurbonoy xolalarning hayoti go‘yo tushdagidek ma’nisiz va alg‘ov-dalg‘ov o‘tadi.
Rustam urush xotiralaridan qutula olmadi. U o‘zi yaxshi ko‘rgan qizga, Shahnozaga,
uylanadi. Ular bir-birini qattiq sevsa ham baxtli bo‘la olishmaydi. Bunga sabab esa
afg‘on urushining salbiy ta’siri edi. Urushdan qaytaganidan so‘ng uchragan
nohaqliklari, adolatsizliklari, ayolinin baxtsizligiga o‘zini sababchi deb bilishi uning
fojiali o‘limiga sabab bo‘ladi.Yozuvchining ustozi Said Аhmad asarga quyidagicha
baho beradi. “Romanni loqayd hayajonsiz o‘qib bo‘lmaydi, u kitobxonni larzaga
soladi, xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba
urushqoqlarga dil-dilidan qarg‘ish yog‘diradi”
Romandan xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, daxshatli afg‘on urushi insonlar boshiga ko‘plab kulfatlarni soldi. Sho‘ro
tuzumining qatag‘on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Buning asosiy sababi esa,
erksizlik, mustamlakachilik edi. Xalq mustaqil, erkin bo‘lsa, bosqinchilar uni istagan
ko‘yiga sola olmaydi, boshqara olmaydi.Adib o‘zi bilmagan mavzuni, mohiyatini
anglamagan masalani qalamga olmadi. O‘z qahramonlarini holisona, tirik, hayotiy,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
303
jonli odam sifatida tasvirladi. Ularning qanday inson ekanligini zohiriy emas botiniy
yoritdi. Ya’ni ruhiy olamini muhit, davr bilan birgalikda, kata falsafiy mushohada
asosida teran tahlil qlldi. Аynan shu sifatlar bilan adibning “Bahor qaytmaydi” qissasi
dunyoga keldi. Keyinchalik mazkur qissa asosida teleserial yaratildi.
Millionlab insonlarning qalbidan joy olgan bu asar ijodkorga xos mohirona
uslub bilan yozilgan. Asarda Alloh tomonida berilgan iste’dod, iqtidorni qadrlamagan,
ulug‘ maqsadlardan ko‘ra nafsini ustun qo‘ygan, nafs yo‘lida tubanlashgan, xudbin
yigitning ruhiy-ma’naviy inqirozi mohirona tasvirlangan. Asarni o‘qir ekansiz,
yozuvchining qalb nolalari, iztirobli kechinmalari, hayajon va zavqqa to‘la tuyg‘ulari
nafasini his qilasiz. Аsar bosh qahramonlari Аlimardon, Muqaddam, Аnvarlarning har
birining o‘z xarakteri, o‘z dunyoqarashi o‘y-hayollari shu darajada aniq va mukammal
tasvirlanganki, go‘yo asar jonlangandek va haqiqiy hayotda yuz berayotgandek
tuyuladi kishiga. Shu sababdan ham o‘tgan asrning 70-yillarida bu asar yozuvchining
tashrifqog‘oziga aylangandi desak yolg‘on bolmas. Qissada adib biografiyasiga
bog‘liq jihatlarni ham uchratamiz. Masalan, asarda yozuvchi tug‘ilib, o‘sgan “Yangi
Mahalla” nomi ko‘p marotaba takrorlangan. Asar bosh obrazlari Аlimardon,
Muqaddam va Аnvar asli Yangi mahallalik. Muqaddamning ota-onasi, Anvarning
oilasi hamon o‘sha yerda yashashadi. Yozuvchi bu joyni tasvirlar ekan, muqaddas bir
maskan, nurli odamlar haqida yozayotganini sezib turadi. Alimardon kibrliligi,
xudbinligi sabali oilasidan ayrilgach, atrofdagilaridan chetga chiqib qolayotganini
sezgach, o‘zi xiyonat qilgan, sobiq do‘sti Anvarnikiga bosh egib boradi: “Alimardon
Anvarning Yangi Mahalladagi shahar hovlisiga … boshi og‘ib kelib qoldi, ammo endi
bari bir Anvarningf oldida bosh egishga majbur bo‘lganini o‘ylab, ich-ichidan ezila
boshladi”
Аnvar do‘sti Alimardonni ergashtirib Muqaddamning hovlisiga keladi. U
xiyonatkor do‘sti uchun bosh egib, Muqaddamning otasidan uzr so‘rash uchun uning
yoniga kirib keladi. Asarda Alimardonning mana shu paytdagi ichki ruhiy holati juda
chiroyli yozilgan. Muqaddam hovlisidan chiqib kelgan Anvarni shunday tasvirlaydi:
“Uzoqdan Anvarning oq ko‘ylagi ko‘rindi. U yolg‘iz o‘zi kelar, hech qayoqqa qaramay
yelkasini og‘ir yuk bosgan odamday og‘ir-og‘ir qadam bosardi… Anvar uning yoniga
og‘ir cho‘kdi-da indamay o‘tiraverdi: Alimardonnim qorong‘ilikda uning rangi o‘chib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
304
ketganini, ko‘zlarida tubsiz bir g‘ussa borligini sezdi. Mashina bir sapchib yelib
ketdi… Hozirgina suv sepib o‘tilgan kata ko‘chaga chiqib olinganidan keyin Anvar
unga qarab qo‘ydi.
– To‘xtat mashinangni! – dedi ovozi xirillab.
… Muqaddam qishloqqa ketibdi, - dedi u ovozi qaltirab – Butunlay ketibdi! –
u boyadan beri bo‘g‘ziga tiqilib turgan gapni aytdi: - Sening shunchalik xaromligingni
bilganimda bu yerga kelmasdim! Xayf senga otalik!”
O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasi ko‘pchilik san’atkorlar
hayotida ham unitilmas xotiralar qoldirdi. “Bahor qaytmaydi” videofilmini
yozuvchining ijodiy hamkori Mirabbos Mirzaahmedov suratga oldi. Bosh qahramon
Alimardon To‘rayev obrazini muallifning tengdoshi mahoratli aktyor Lutfilla
Sa’dullayev yaratdi. Filmda mashhur bo‘lgan “Ketmoqdaman” taronasini Hojiakbar
Hamidov qoyilmaqom qilib ijro etdi. U O‘tkir Hoshimovning sinfdoshining ukasi va
adibning ashaddiy muxlisi ekanligi bizga keyin ayon bo‘ldi.
XULOSA
O‘tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina
emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Uning
«Hazon bo‘lgan bahor», «To‘ylar muborak», «Vijdon dorisi», «Inson sadoqati»,
«Qatag‘on» drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib o‘rin
egallagan. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda
muayyan iz qoldirgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O’tkir Hoshimov. Bahor Qaytmaydi/Muhabbat qissalari. T., “O‘qituvchi”,
2018.114-bet
2.
O‘tkir Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – . T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashr., 2008. 18-b
3.
Abdug‘afur Rasulov. Ardoqli adib. – T.,Sharq. 2001. 114-bet.
4.
O‘tkir Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va
san’at nashr., 2008. 3-b
5.
Internet materiallari