MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
286
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA XAVF GURIHIGA KIRUVCHI
OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH
Bozorova Gulchiroy Qurbondurdiyevna
Buxoro viloyati Olot tuman MMTB ga qarshli 6-maktab psixologi
Annotatsiya Farovon oila-bu ota-onalar moddiy, ijtimoiy, psixologik va
boshqa ichki manbalarga asoslangan moslashuvchan qobiliyatlar orqali oʻz
vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradilar, ular tezda oʻz farzandlarining ehtiyojlariga
moslashadilar va uni tarbiyalash hamda rivojlantirish muammolarini muvaffaqiyatli
hal qiladilar. Ammo oilaning bir turi mavjud boʻlib, unda meʼyorlardan maʼlum bir
ogʻish mavjud boʻlib, uni farovon deb belgilashga imkon bermaydi. Ushbu toifadagi
oilalar xavf ostida boʻlgan oilaga tegishli.
Kalit soʻzlar: xavf ostida boʻlgan oila bolalari, oʻqituvchilar, mahalla ijtimoiy
xodimlari, hamkorlik,ruhiy holat.
KIRISH
Maqolada davlatimiz umumta‘lim maktablarida xavf ostida boʻlgan oila
bolalar bilan ishlashda oʻqituvchilar va mahalla ijtimoiy xodimlari oʻrtasidagi
hamkorlikni empirik oʻrganish natijalari keltirilgan. Xavf ostidagi oila bolalari, bir
tomondan, ta‘lim muassasalarida oʻqitiladi, tarbiyalanadi va ijtimoiylashtiriladi,
ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy himoya muassasalari tomonidan qoʻllab-
quvvatlanadi, ikki ijtimoiy subyektning toʻliq oʻzaro hamkorligini ta‘minlash juda
muhimdir.Oila ijtimoiy faoliyatning ajralmas qismidir, chunki bolaning muvaffaqiyatli
rivojlanishi va sotsializatsiyasi asosan oilaviy vaziyat bilan belgilanadi. Inson
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy turli xil omillar taʼsir qiladi. Shaxsning
shakllanishiga taʼsir qiluvchi asosiy ijtimoiy omil bu oila.
Oila tarkibiga, oiladagi oila aʼzolariga va umuman atrofdagi insonlarga boʻlgan
munosabatiga qarab, inson dunyoga ijobiy yoki salbiy qaraydi, oʻz qarashlarini
shakllantiradi, boshqalar bilan munosabatlarini quradi. Oilaviy munosabatlar
insonning kelajakda oʻz karerasini qanday qurishiga, qaysi yoʻldan borishiga taʼsir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
287
qiladi. Aynan oilada shaxs oʻzining birinchi hayotiy tajribasini oladi, shuning uchun
bola qaysi oilada, farovon yoki xavf ostida tarbiyalanishi juda muhimdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Biz taʼlim va
tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, – degan fikri,
shuningdek, jadidchi Fitratning “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi,
davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif
boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʼtibordan qolib, oʻzgalarga tobe va
qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq”–
degan fikrlariga davlatimiz rahbarining alohida urgʻu berishi zimmamizda xalq
manfaatlari, farzandlar kelajagi, ularning oiladagi tarbiyasi, muhiti va parvarishiga oid
masʼuliyat nechogʻli yuqori ekanidan dalolatdir. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi oilaga,
yaʼni ota-onalar tomonidan berilgan tarbiyaga bogʻliq.
Farovon oila-bu ota-onalar moddiy, ijtimoiy, psixologik va boshqa ichki
manbalarga asoslangan moslashuvchan qobiliyatlar orqali oʻz vazifalarini
muvaffaqiyatli bajaradilar, ular tezda oʻz farzandlarining ehtiyojlariga moslashadilar
va uni tarbiyalash hamda rivojlantirish muammolarini muvaffaqiyatli hal qiladilar.
Ammo oilaning bir turi mavjud boʻlib, unda meʼyorlardan maʼlum bir ogʻish mavjud
boʻlib, uni farovon deb belgilashga imkon bermaydi. Ushbu toifadagi oilalar xavf
ostida boʻlgan oilaga tegishli.
Xavf ostida boʻlgan oila-bu obyektiv yoki subyektiv sharoitlarda ijtimoiy
faoliyat qiyin boʻlgan va deyarli muqarrar ravishda hayotdagi qiyinchilik holatida
boʻlgan oila tushuniladi. Koʻpgina hollarda, bunday oila bolani tarbiyalash vazifalarini
hayotdagi katta qiyinchiliklar bilan birlashtiradi. Ota-onalar, qoida tariqasida, adaptiv
qobiliyatlarning sezilarli darajada pasayishi tufayli oilaviy taʼlim funksiyalarini bajara
olmaydilar, shuning uchun bunday oilada bolani tarbiyalash jarayoni unchalik
samarali emas. Ular bolaning xatti-harakatlariga salbiy taʼsir qiladi, bolalarga nisbatan
huquqi buzilgan xatti-harakatlar qiladi.
Shuningdek, xavf ostida boʻlgan oila deganda biz tuzilishi buzilgan, ichki
chegaralari "xiralashgan", asosiy oilaviy funksiyalari qadrsizlangan yoki eʼtiborsiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
288
qoldirilgan, tarbiyaning aniq yoki yashirin nuqsonlari boʻlgan, natijada psixologik
iqlim buzilgan va "qiyin" vaziyatdagi bolalar paydo boʻlgan oila [4, b-23]ni
tushunamiz. Bundan tashqari, bunday oilada munosabatlar buzilishi mavjud boʻlib,
oila aʼzolarining normal aqliy rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, bu esa jamiyatda
moslashishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va ijtimoiy xavf tugʻdiradi [3, b-254].
Psixolog olim Y.Y.Drevko xavf ostida boʻlgan oilalar qatoriga oʻz hayotining
muayyan sharoitlari tufayli jamiyat tomonidan salbiy tashqi taʼsirlarga koʻproq moyil
boʻlgan oilalar toifalarini kiritadi. A.N.Elizarovaning fikricha xavf ostida boʻlgan
oilalar quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi:
-
bunday oilalar aʼzolari oilada sodir boʻlayotgan voqealarni tahlil qilish
qobiliyatiga ega emaslar, shuning uchun ular oila hayotini yaxshilash va samarali
natijalarga erishish uchun maqsadlarni belgilashga qodir emaslar.
-
Oila muammolarini ogʻzaki muhokama qilish qobiliyati past; psixolog
ularga oila hayotini qanday yaxshilash mumkinligini va muammoning sabablari
nimada ekanligini soʻz bilan tushuntirishga harakat qilganda, bu oilalar aʼzolari yaxshi
tushunmaydilar.
-
Sevgi, gʻamxoʻrlik, oʻzaro yordam bilan bogʻliq his-tuygʻularga qarshi
kuchga erishish, tajovuzkorlik bilan bogʻliq hissiyotlar oilasida ustunlik mavjud
boʻladi.
-
Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish muammosiga
nisbatan yuqori darajadagi xavf mavjud.
aktab oʻquvchilarini xulq-atvoriga salbiy
taʼsir koʻrsatuvchi,
Soʻnggi yillarda mamlakatimizdada bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga
olgan holda sifatli taʼlim, zamonaviy va yetarli ijtimoiy himoya hamda xavfsizlikni
taʼminlash bilan bogʻliq bolaning ijtimoiy huquqlari kafolatlarini taʼminlash boʻyicha
koʻp ishlar qilindi. Davlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirish orqali oʻz fuqarolarining,
ayniqsa bolalarning ijtimoiy huquqlarini kafolatlashga intiladi, chunki ular eng zaif
guruhlardan biri hisoblanadi. Millat kelajagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilishga bogʻliq.
Ruhiy va jismonan sogʻlom, bagʻrikenglik va mehr-muhabbat ruhida tarbiyalangan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
289
inson jamiyat ravnaqi, sogʻlom yosh avlodni shakllantirishga fidoyilik qiluvchi faol
fuqaroga aylana oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2023-yil 1-iyundagi
“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali
nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi
Farmoni bilan kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini
joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali
aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash hamda ijtimoiy
himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan
oilalarga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni
yoʻlga qoʻyishga maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy
boʻlinmalari va shahar, tumanlarida Inson‖ ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilib,
hozirda faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Barcha bolalar huquq egasidir va bolalar hurmat qilinishi kerak boʻlgan
huquqlarning (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning 5-qismi) subyekti
ekanligiga koʻra, davlat bolalar huquqlarini taʼminlashga harakat qilishi kerak.
Demokratik jamiyat qurish, shuningdek, xavf ostida boʻlgan oila bolalar uchun yaxshi
ijtimoiy himoya va xavfsizlik tizimini yaratish orqali amalga oshiriladi hamda u taʼlim
tizimi bilan birgalikda ishlashi kerak.
Xavf ostidagi oila bolalari umumtaʼlim maktablarida samarali
ijtimoiylashuviga erishish, sifatli bilim olishlari, bola huquqlari toʻgʻrisidagi davlat
va xalqaro huquqlarini himoya qilish uchun uchun maktab hamda ijtimoiy ish
tashkiloti xisoblangan Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorlikda ishlashlari kerak.
Xavf ostida boʻlgan oila bolalari xavfli muhitda yashaydi, xavf omillariga bevosita
yoki bilvosita taʼsir qiladi, xavfli vaziyatda boʻladi hamda xavfli harakatlar sodir etishi
mumkin. Hozirda oʻqituvchilar sinf rahbar sifatida ishlaganida, har kuni bolalar va
ularning oilalari bilan ishlaydi, ularni oʻrgatadi va tarbiyalaydi hamda bolalarni
ijtimoiylashtirishning asosiy subyektlaridan biridir. Ular jamiyatning boshqa ijtimoiy
subyektlari, masalan, ijtimoiy xizmatlar va boshqa bolalarni himoya qilish organlari
bilan faol hamkorlik qilishlari kerak. Bolalar va oilalar bilan taʼlim tashkilotlari va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
290
ijtimoiy ish muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik juda muhim, chunki bolalar himoyasi
va ularning manfaatlarini himoya qilish jamoaviy mehnatni talab qiladigan juda
murakkab va masʼuliyatli vazifadir.
Oʻqituvchilar oʻrtasida olib borgan tadqiqotlarimiz tufayli ular sinf rahbar
sifatida koʻpincha oʻquvchilar bilan bogʻliq murakkab ijtimoiy muammolarga duch
kelishlarini va ularni mustaqil ravishda hal qilishga harakat qilishlarini aniqladik,
ammo ular taʼkidlaganidek, bu ishni ijtimoiy xodimlar yaxshiroq bajarishi mumkin.
Ularning fikriga koʻra, maktab rahbariyati va mahalla ijtimoiy xodimini
hamkorlikdagi ishi oʻqituvchilarga asosiy ishlariga, yaʼni oʻquv va tarbiyaviy
faoliyatga eʼtiborni qaratish imkonini beradi.
Respondentlarning 76 foizi maktabda ijtimoiy xodim hamkorligi mavjudligi
ularning ishini qanday osonlashtirishi mumkinligini tushuntiradi:
-
mahalla ijtimoiy xodimlar kasbiy malakasi maktab mutaxassislariga
bolalarning taʼlim va tarbiyasini murakkablashtiradigan noqulay hayotiy vaziyatlar
natijasida xavf ostida boʻlgan bolalar hayotida yuzaga keladigan muammolarni toʻgʻri
tushunish va yengib oʻtishga yordam beradi. Bu maktab darajasida ijtimoiy ishlarni
oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi va ijtimoiy xizmatlar bilan oʻzaro aloqani
yaxshilaydi;
-
mahalla ijtimoiy xodimlar maktab va oila oʻrtasidagi aloqani oʻzgartirishi
va yaxshilashi mumkin;
-
mahalla ijtimoiy xodimlar maktab va ijtimoiy ish muassasalari oʻrtasida
vositachilik qilishlari mumkin. Ijtimoiy tizimning funktsiyalari va imkoniyatlarini
bilgan holda, ushbu xodimlar xavf ostida boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashning
maqbul va samarali usulini topishda oʻqituvchilarning ishini yengillashtirishi va
oilalarni tegishli tuzilma yoki ijtimoiy xizmatga yoʻnaltirishi mumkin.
XULOSA.
Taʼlim muassasalarida xavf ostida boʻlgan oila bolalar bilan ishlashda yuzaga
keladigan muammolarga umumiy munosabat mavjudligi sababli, umuman olganda,
oʻqituvchilar maktab oʻquvchilarini taʼlim doirasidan tashqarida qoʻllab-quvvatlash
bilan bogʻliq qoʻshimcha ishlarni bajarishga qarshi ekanligini taʼkidlash mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
291
Oʻqituvchilar sinf rahbar sifatida haddan tashqari yuklanishni boshdan kechirmoqda,
chunki bunday holatlar ularning ishlarida tez-tez uchraydi. Ular oʻz vakolatlariga
koʻra bolani malakali qoʻllab-quvvatlay oladigan, oʻqituvchilarning ishini
yengillashtiradigan va ijtimoiy institutlar bilan aloqa oʻrnata oladigan taʼlim
muassasalari bilan maktab ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlik gʻoyasini
qoʻllabquvvatlaydi. Oʻqituvchilar oilada turli xil inqirozlar mavjud boʻlganda ijtimoiy
xizmatlar bilan bogʻlanish zarurligini aniq koʻrishadi: oiladagi zoʻravonlik, oila
muhitining oʻquvchi farzandiga nisbatan xavfligi va h.k. Umuman olgan xavf
guruhidagi oila bolalari bilan ishlashda umumta‘lim maktabi va mahalla ijtimoiy
xodimlari oʻrtasida hamkorlikni ta‘minlovchi mexanizm yaratilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Агулина С.В., Рогова Ю.А. Семьи «группы риска» как социальная и
психолого-педагогическая проблема [Текст] / Северо-Кавказский федеральный
университет Ставрополь
2.
Шульга Т.И. Работа с неблагополучной семьей [Текст]: учеб. пособие /
Т.И.Шульга. – М.: Дрофа, 2005. – 254, |2| с.
3.
Целуйко В.М. Вы и ваши дети. Психология семьи. [Текст] Ростов-на-
Дону: Феникс, 2004. 283 с. -23 C.
2.
Древко Ю.Ю. Коррекция детско-родительских отношений в семьях
группы «риска» // Психология в экономике и управлении. Иркутск: Байкальский
государственный университет, 2014. – С. 40-44.
3.
Елизаров А.Н. Специфика работы психолога с семьями группы риска
[Текст] // Материалы Всероссийской научно-практической конференции
«Психологическое обеспечение профилактики социального сиротства и
отклоняющегося поведения детей и юношества» 13-15 апреля 2004 года. – М.:
Консорциум «Социальное здоровье России», 2004. – С. 114-115.
4.
Дишкова М.С. Взаимодействие между образователни и социални
учреждении за преодоля- ване на девиациите в поведението на децата. – Б.:
«Университет «проф. д-р А.Златаров», 2017. – 310 с.
5.
Internet materiallari