Authors

  • Berdiqulova Muazzam G’ulom qizi

Author Biography

  • Berdiqulova Muazzam G’ulom qizi

    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

                                            

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117090

Keywords:

Ottirilgan Immun Tanqislik Sindromi immunitet virus antitella qon infeksiya organism giyohvand narkaman AQSH Lyu Montanye Gollo

Abstract

Ottirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) retrovirus guruhiga mansub virus qo’zg’atadigan  kasallik  ikki  davrda  bo’linadi. OITV infeksiyasi  va  bevosita  OITS (SPID)  davri.  OITV infeksiyasi  davri  odam  organizmida  virus  bor,  lekin  kasallik   alomatlari  hali  namoyon  bo’lmagan  davr.  Virus  deyarli  bir  vaqtda  Parijda professor  Lyuk  Montanye  hamda   AQSHda  professor  Gollo  boshchiligidagi  olimlar  tomonidan  kashf  etilgan.   


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

269

OTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI

Berdiqulova Muazzam G’ulom qizi

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Anotatsiya: |Ottirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) retrovirus guruhiga

mansub virus qo’zg’atadigan kasallik ikki davrda bo’linadi. OITV infeksiyasi va

bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor,

lekin kasallik alomatlari hali namoyon bo’lmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda

Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQSHda professor Gollo boshchiligidagi

olimlar tomonidan kashf etilgan.

Kalit so’zlar: Ottirilgan Immun Tanqislik Sindromi, immunitet, virus,

antitella, qon, infeksiya, organism, giyohvand, narkaman, AQSH, Lyu Montanye,

Gollo,

OITS (Ottirilgan Immun Tanqisligi Sindromi)

Ottirilgan immun tanqisligi sindromi bu virus odamning immunitet tizimiga

tanlab ta’sir ko’rsatadi. Virus odam organizmiga tushgach 2-3 kundan so’ng 25-

30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin.

Harorat kutarilishi, tunda terlash, bo’g’imlar va bosh og’rig’i , lohaslik, qayt

qilish, ich ketishi, badanda ayniqsa uning yuqori qismida toshmalar paydo bo’lishi

mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus ta’siriga immunitet

tizimi ma’lum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bog’liq. Lekin bu davrda

antitellolarni aniqlash natija bermaydi chunki immunitet tizimining javobi hali

to’liq shakillanmagan bo’ladi. Kasallikning bu davri 8-10 yilgacha ba’zan undan

ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi

tashhisini qo’yish qonda kasallik virusiga qarshi paydo bo’lgan antitellolarni

aniqlash – immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan . OITS OITV

infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo’llari kasallik

virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkak shahvatida, ayollarning jinsiy

a’zolari chiqindilarida va ko’krak sutida bo’ladi. Shuning uchun OITS asosan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

270

uch xil yo’l bilan yuqadi. OITS bilan kasallanganlarning ko’pchiligini narkamanlar

(giyohvandlar), fohishalar gomo va biseksuallar tashkil etadi. OITS OITV

infeksiyasing yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm o’rtasidagi kurash

uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan yakun topadi. Shu vaqtda OITS davri

boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga mikrobga bardosh

berish xususiyatini yo’qotadi. Jumladan nafas, me’da ichak, siydik yo’llarida

doimo mavjud bo’lgan va kasallik qo’zg’ata olmaydigan mikroblar ham

faollashib, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. OITS organizmga jinsiy

aloqa parenteral muolajalar (nosteril ignalar, shprits va boshqa tibbiy anjomlar

ishlatilganda) virusni yuqtirib olgan onadan homlaga homladorlik davrida, tug’ish

jarayonida va gudak emiziladigan bo’lsa ko’krak suti bilan yuqib qolishi

mumkin. Virusni yuqtirgan inson uzi sezmay qolishi ham mumkin. Virusning

asosiy belgilari; tananing haddan ziyod arriqlab ketish, tana haroratning doimiy

holda ko’tarilib yurishi, ishtahaning yuqolishi, immunitetning keskin tushib ketishi,

limfa tugunlarining kattalashishi hisoblanadi. OITS kasalligining hozirgi kunda

davosi topilganicha yuq. Butun jahon bo’yicha 1 dekabrni OITS ga qarshi kurash

kuni deb e’lon qilingan. OITS kasalligi profilaktikasi infeksiya keng tarqalgan

kasalliklardan biri bo’lganligi uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha

soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. OITS kasalligi bilan chalingan

bemorlar ism familyasi sir saqlanadi. OITS dispanserlari mavjud.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

“Bemorlarni uyda va shifoxonada davolash” O’zbekiston milliy

ensklapediyasi. Toshkent 2011y.

2.

“Hamshiralik ishi” Umarova. T. YU. Qayumova I.A. Ibragimova. M.Q.

Toshkent 2003 y

3.

“Hamshiralik ishi asoslari” K. O’. Zokirova. D.O’. To’xtamatova. S.A.

Mirzaboyeva Toshkent 2010 y

4.

Internet vep saytlar. Ziyo net. Uz.