Authors

  • Abdukarimov Saidislom G‘ayrat o’g’li

Author Biography

  • Abdukarimov Saidislom G‘ayrat o’g’li

    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117097

Abstract

Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari bo’yicha dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Muallif mavjud muammolarni ko‘rsatib, ularning samarali yechimlari bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

231

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA MAHKUMLARNI OZODLIKKA

TAYYORLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Abdukarimov Saidislom G‘ayrat o’g’li

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida jazoni

o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish

va kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari bo’yicha dolzarb jihatlari tahlil qilinadi.

Muallif mavjud muammolarni ko‘rsatib, ularning samarali yechimlari bo‘yicha

takliflarni ilgari suradi.

ANNOTATION: This article analyzes current aspects of preparing convicts

serving sentences in penitentiary institutions for release, adapting them to social life,

and preventing them from committing crimes in the future. The author highlights

existing problems and puts forward proposals for their effective solutions.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Og‘ir jazo,

ayniqsa, fuqarolarni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarning

jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko‘rsatish o‘rinsiz ekanligini

hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish

samaradorligi jazoning og‘irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda,

qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog‘lik anglashiga bog‘liq.

Jazoning muqarrarligi jinoyatchilikning oldini olishda samarali ta’sir ko‘rsatuvchi

omillardan hisoblanadi”

1

Davlatimiz mustaqilligiga erishganidan so’ng amalga oshirilgan islohotlar sud-

huquq sohasini erkinlashtirish va demokratlashtirishga, fuqarolarning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasidagi roli va

ahamiyatini oshirishga keng yo’l ochildi.

1

Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. Т.10. – Т., 2002. – Б.36


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

232

Hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilingan

shaxslar sonining yildan-yilga kamayib borishi ijobiy holat bo’lsa-da, biroq maxsus

kontigent (mahkumlar) bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tubdan, zamon

talablari asosida qayta ko’rib chiqish va uni yangicha tashkil qilishni taqozo qilib

kelmoqda.

1997 yil 25-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-

ijroiya kodeksida qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini

ta’minlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini

ishonchli himoya qilish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish

maqsadida tarbiyalash va axloqan tuzatish uchun huquqiy poydevor bo’lib xizmat qilib

kelmoqda.

Mamlakatda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning

huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qayta

jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo’yicha

tarbiyaviy ishlarning samaradorligin oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarlarni

amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyotini o’rganish natijalari mahkumlarning

huquqlargi rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini

ta’minlash, kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va

mehnatga o’rgatishning shaffof va yanada samarali huquqiy mexanizmlarin joriy etish

zarurligidan dalolat bermoqda.

Hozirgi kunda mahkumlar uchun reabilitatsiya va ozodlikka tayyorgarlik

jarayonlari ko'plab davlatlarda muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi. Mahkumlarni

qayta jamiyatga integratsiya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy

barqarorlikni ta'minlashda muhim ro‘l o'ynaydi

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifasi jazo

ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini

olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya

qilishdan iborat.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

233

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorining 17.07.2018

yildagi 543-sonli “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni

ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish

bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning 2-bandida ozodlikdan

mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga

joylashtirish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari belgilab

o’tilgan ya’ni bular quyidagilar:

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy

moslashtirishga mas’ul tuzilmalar faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy

asoslarini takomillashtirish, ularning vazifa, funksiya va vakolatlarini aniq

chegaralash;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy

moslashtirish, shu jumladan, ular hayotining sifati va darajasini oshirish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning psixologik va

ijtimoiy moslashuvi monitoringi tizimini shakllantirish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy

moslashtirish va reabilitatsiya qilish sohasidagi ishlarni amalga oshirish doirasida

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sherikchilikni

rivojlantirish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya

qilish jarayoniga xususiy sektor vakillarini keng jalb etish orqali ularga tegishli

imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari

o‘rtasida davlat-xususiy sherikchilik tizimini rivojlantirish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning psixologik,

ijtimoiy-maishiy ta’minot va ish bilan ta’minlash faoliyatini tayyorlash, prognozlash

va rejalashtirish;

retsidiv va takroriy jinoyatlar sonini kamaytirishga qaratilgan ta’sirchan

choralar ko‘rish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini kuchaytirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

234

Xulosa qilib aytganda, mahkumlarni ozodlikka tayyorlash jarayoni nafaqat

jinoyatchilikning oldini olish, balki jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda

ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2022.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-oktabrdagi PQ–4870-son

qarori “Jazoni ijro etish tizimini isloh qilish va mahkumlarni ijtimoiy moslashtirish

tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3.

Karimov I.A.

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.

– Toshkent: Ma’naviyat,

2008.

4.

Alimova, D. S. (2021). “Mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda ta’lim va

tarbiyaning roli.”

Jinoyat huquqi va kriminologiya jurnali

, №2, 56–61.

5.

Ergashev, S. A. (2022). “Jazoni ijro etish muassasalarida islohotlar va ularning

samaradorligi.”

Huquq va jamiyat

jurnali, №1, 44–49.

6.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) hisobotlari – “Rehabilitation and

Reintegration of Offenders” (2020).

7.

United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC).

The United Nations

Standard Minimum Rules for the Treatment of Prisoners (the Nelson Mandela Rules)

,

2015.