Authors

  • Ikramova Moxira Mirzorohimovna

Author Biography

  • Ikramova Moxira Mirzorohimovna

    Toshkent viloyati, Angren shahri 21-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117098

Keywords:

Til kuch imkoniyat doston maqom asr millat o‘zbek madaniyat kashfiyot.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilining davlat miqyosidagi ahamiyati ilmiy yoritilgan. Qaror loyihalari, farmonlar keltirib o‘tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

228

O’ZBEK TILINING DAVLAT MIQYOSIDAGI AHAMIYATI

Ikramova Moxira Mirzorohimovna

Toshkent viloyati, Angren shahri 21-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun

milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk

qadriyatdir.

(Sh.M.Mirziyoyev)

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilining davlat miqyosidagi ahamiyati

ilmiy yoritilgan. Qaror loyihalari, farmonlar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Til, kuch, imkoniyat, doston, maqom, asr, millat, o‘zbek,

madaniyat, kashfiyot.

Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz

imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik

dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli

qo‘shiqlariga quloq tutsin. Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek

tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu

armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini

aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar,

badiiy durdonalar yaratganlar.

O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z

tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-

qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar

solgani tarixdan yaxshi ma’lum. Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir

sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob

qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini —


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

229

milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama

rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.

Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib

va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va

ehtirom bilan yod etamiz. Ushbu qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989

yil 21 oktyabr sanasini — «Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz

o‘rinlidir. Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir

sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz

uchun oson kechmagan edi.

Prezidentimiz tomonidan 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish

hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlash

allaqchon yo’lga qo’yildi. Muhtaram yurtboshimizning 2020-yil 20-oktabrdagi

“Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish

chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va

xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini tubdan oshirish, unib-o'sib kelayotgan

yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash,

mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta'minlash, O'zbekistondagi millat

va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o'zbek tilini o'rganish

uchun shart-sharoitlar yaratish, o'zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik

maqsadlari, ustuvor yo'nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini

belgilashda muhim qadam bo'ldi.

Farmonning davlat fuqarolik xizmatida ahamiyatli tomoni shundaki 2021-yil

1-apreldan boshlab o'zbek tili va adabiyoti bo'yicha bilimni baholashning milliy test

tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanishi

hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo'yicha

daraja sertifikatlari joriy etiladigan bo'ldi. Bugun hayotimizdan tobora chuqur o'rin

olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”

tamoyili asosida ish yuritilayotgan bir paytda bu davr va zamon talabidir. Chunki aholi

muammolari bilan ishlashda, xalq bilan muloqot qilishda davlat tilini bilish muhim

ahamiyatga ega.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

230

Yaqin tariximizga nazar soladigan bo'lsak, bundan 31 yil avval “Davlat tili

haqida”gi qonun qabul qilingan edi. O'tgan yillar davomida bu qonunga bir qator

o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Joriy yilda “O'zbek tili bayrami kunini belgilash

to'g'risida” Qonun qabul qilinib, unga ko'ra, ushbu bayram har yili 21-oktabr kuni

o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Albatta, o'zbek

tilining o'z kuni, o'z bayramiga ega bo'lishi davlatchiligimiz tarixida muhim hodisadir.

Xalqaro tajribaga nazar soladigan bo'lsak, turli davlatlarda, masalan Xitoy 20-aprel,

Ispaniyada 23-aprel, Rossiyada 6-iyun, Ozarbayjonda 1-avgust, Turkiyada 26-sentabr,

Italiyada 9-dekabr, Arabistonda 18-dekabr sanasi tili kuni sifatida nishonlanadi. To'g'ri,

dunyoda tillar ko'p, ayrim manbaalarda ta'kidlanishicha, jahon xalqlari 7 000 ga yaqin

tilda muloqot qilishadi.

ADABIYOTLAR:

1.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 06/19/5850/3939-

son

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek

tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5850-son

Farmoni

3.

https://lex.uz/docs/-57013